Mavzu. Tana haroratini tushiruvchi va analgetiklar Markaziy nerv faoliyatini kuchaytiradigan moddalar


Mavzu. Burishtiradigan, oʼrab oladigan shilimshiq moddalar, yumshatadigan moddalar, adsorbsiya qiladigan moddalar


Download 0.57 Mb.
bet11/20
Sana11.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1259878
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
форм амалиёт 2 курс конспект

Mavzu. Burishtiradigan, oʼrab oladigan shilimshiq moddalar, yumshatadigan moddalar, adsorbsiya qiladigan moddalar.
Burishtiruvchi moddalar.
Tannin, eman po‘stlog‘ining qaynatmasii, moychechak damlamasi, qo‘rg‘oshin atsetat, vismut nitrat, alumen /achchiq tosh/, rux oksid, rux sulьfat, kumush nitrat burishtiruvchi moddalar hisoblanadi.
Bu moddalar kuyilgan joyida hujayrassitoplazmasi oksidlarini burishtirib, alьbuminatlar – jarohatlovchi omillardan saqlaydigan parda hosil qiladi. SHilliq parda yuzasi burishib tortiladi, mayda qon tomirlar torayadi, tomirlar o‘tkazuvchanligi, yallig‘lanish jarayoni, og‘riq kamayadi. Bu moddalarni yallig‘lanishiga qarshi mahalliy ta’sirlovchi moddalar deb atasa ham bo‘ladi. Burishtiruvchi moddalar ikki turga bo‘linadi:
1. Organik moddalar – tannin, eman po‘stlog‘i qaynatmasi, moychechak gullari.
2. Noorganik moddalar – yuqorida keltirilgan rux, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, kumush tuzlari eritmalari.
Burishtiruvchi moddalar asosan mahalliy ta’sirlash uchun ter iva shilliqlarning yallig‘lanishida – chayish, surtish, primochka qilish hamda sepmalar sifatida qo‘llanadi. Tannin alkaloidlar bilan zaharlanganda ishlatish mumkin. Tanin alkaloidlar bilan erimaydigan birikmalar hosil qilib, ularni zararsizlantiradi, lekin ba’zi alkaloidlarning tannin Bilan birikmalari tez parchalanishi mumkin, shuning uchun tanin yuborilgandan keyin oshqozon ichakni chayib, birikmalarni tashqariga chiqarish kerak. Tanin og‘ir metallar hamda glikozidlarni cho‘ktiradi, shu moddalr bilan zaharlanganda tannninning o‘zi yoki achchiq choy bilan / unda tannin ko‘p miqdorda bo‘ladi/ oshqozonni chayish o‘rinlidir. Pediatriyada o‘simliklardan tayyorlanadigan burishtiruvchi moddalar ko‘proq qo‘llanadi.
Noorganik moddalar burishtirishidan tashqari ta’sirlab, kuydirish mumkin, bu ta’sir metallarning kationlariga va eritmalar konsentratsiyasiga bog‘liq. Agar metall kationlari bo‘sh, yumshoq, oson dissotsiatsiyaga uchraydigan alьbuminatlar hosil qilsa, koagulyasiya jarayoni to‘qimalarga chuqurroq o‘tadi. Bu jarayonga nerv oxirlari, kichik tomirlar, bezlar ham jalb qilinadi. Retseptorlardan markaziy nerv sistemasiga ta’sirlovchi impulьslar o‘ta boshlaydi. Kuydiruvchi ta’sirda jarayon tobora chuqurlashadi, yangi xujayralar qamrab olinaveradi, hatto hujayralar va to‘qimalar nekrozga uchraydi.
Burishtiruvchi, ta’sirlovchi, kuydiruvchi ta’sirlar shakliga ko‘ra metallar quyidagi qatorga qo‘yiladi:
CHapda joylashgan metall tuzlari burishtiruvchi hamda ta’sirlovchi, o‘ngda joylashganlari konsentratsiyasiga qarab burishtiruvchi, ta’sirlovchi va kuydiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
O‘rab oluvchi va yumshatuvchi moddalar.
Kraxmal, kanop urug‘i shilliqlari shilliq pardalarni o‘rab olib, sezuvchan nervlar oxirini ta’sirlovchi omillardan saqlab qoladi. To‘qimalarga kuyilganda, og‘iz orqali yuborilganda shilliqlarni o‘rab olib, kimyoviy moddalarning toksinlari so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi. Bu moddalar yallig‘lanishiga qarshi ta’sir etadi hamda ichak peristalьtikasini kamaytirib, og‘riqni qoldiradi. Bular oshqozon – ichak yallig‘lanishida, ayniqsa bolalar amaliyotida tez uchrab turadigan enteritlarda qo‘llanadi. O‘rab oluvchi sifatida guruch, suli qaynatmalari / shillig‘i / ham ishlatiladi. Ta’sirlovchi xususiyati bor moddalar bilan birga qo‘llanishi mumkin. Farmatsevtika amaliyotida o‘rab oluvchi moddalar emulьsiya, suspenziyalar tayyorlash uchun qo‘llaniladi.
Vazelin, kakao moyi, lanolin, glitserin va o‘simliklardan olinadigan moylar yumshatuvchi moddalar hisoblanadi. Bular teriga, shilliqlarga quyilganda parda hosil qilib, shu joylarni tashqi muhit ta’sirlardan saqlab qoladi, terini yumshatadi. Pediatriya va jarrohlik amaliyotida keng qo‘llanadi. Farmatsevtika amaliyotida yumshoq dori shakllarini – malham, pasta, linimentlarni tayyorlashda qo‘llanadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling