Mavzu. Tana haroratini tushiruvchi va analgetiklar Markaziy nerv faoliyatini kuchaytiradigan moddalar
Download 0.57 Mb.
|
форм амалиёт 2 курс конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- Мавзу: Ishqoriy va ishqiriy er metal tuzlari. Ogir metal tuzlari. REJА: 1. Natriy, kaliy, magniy va bariy tuzlarining preparatlari.
- TАYaNCh TUShUNChАLАR: 1. Ishqoriy va ishqoriy yer metall tuzlari, ogʼir metall tuzlari va margimush birikmalariga umumiy xarakteristika.
- 3. Аlyuminiy, qoʼrgʼoshin, vismut, mis, temir, kumush, simob tuzlarining organizmdagi ahamiyati, ularning taʼsir mexanizmi, ishlatilishi va saqlash qoidalari haqida.
- 5. Аnorganik birikmalarning taʼsir mexanizmi, vakillari ularning qoʼllanilishi va saqlash qoidalari toʼgʼrisida.
SАVOLLАR:
1. Ferment preparatlari vakillarini va qoʼllanilishini ayting? 2. Immunostimulyatorlarga nimalar kiradi va ahamiyati? 3. Qanday aminokislotalarni bilasiz? 4. Bakterial preparatlari qanday tayyorlanadi? 5. Fosfor peratlari qaysi vaqtda qanday dozalarda qoʼllaniladi? 6. Yodning ahamiyatini ating? 7. Yod preparatlari va ularning qoʼllanilishi va saqlash qoidalarini ayting? Мавзу: Ishqoriy va ishqiriy er metal tuzlari. Ogir metal tuzlari. REJА: 1. Natriy, kaliy, magniy va bariy tuzlarining preparatlari. 2. Аlyuminiy, qoʼrgʼoshin, vismut, mis, temir, kumush, simob tuzlari. 3. Margimush organik va anorganik birikmalarining taʼsir mexanizmi va ahamiyati. TАYaNCh TUShUNChАLАR: 1. Ishqoriy va ishqoriy yer metall tuzlari, ogʼir metall tuzlari va margimush birikmalariga umumiy xarakteristika. 2. Natriy, kaliy, magniy va bariy tuzlarining prepratlari, ularning ahamiyati taʼsir mexanizmi, qoʼllanilishi va saqlash qoidalari toʼgʼrisidagi tushunchalar. 3. Аlyuminiy, qoʼrgʼoshin, vismut, mis, temir, kumush, simob tuzlarining organizmdagi ahamiyati, ularning taʼsir mexanizmi, ishlatilishi va saqlash qoidalari haqida. 4. Margimush birikmalarining chorvachilikda qoʼllanilishi, taʼsir mexanizmi va saqlash qoidalari, dozalari toʼgʼrisida. 5. Аnorganik birikmalarning taʼsir mexanizmi, vakillari ularning qoʼllanilishi va saqlash qoidalari toʼgʼrisida. Ishqoriy va ishqoriy yer metallar tuzlari. Ishqoriy metallar – natriy, kaliy. Ishqoriy yer metallar – kalьtsiy, magniy. Tuzlar vodorod ionlari, kislotalarda metallar ionlari va gidroksil ionlari bilan gidrookis metallar va kislotalar anionlari. (NCI + NaO+NaCI+N2O). Bular boʼladi: oʼrtacha, nordon, asosli. Organizmga tuzlar ham ionli, ham molekulyar holatda, taʼsiri uning xossalariga va tuzning xolatiga bogʼliq hamda toʼqimalarning tuzilishiga. Bularning hammasi taʼsir etadi osmotik bosim toʼqimalariag va ularni normallashtirib turadi. Bularning maxalliy taʼsiri kontsentratsiyasiga bogʼliq. 1. Izotonik ertima – bu organizmda hech qanday katta oʼzgarish boʼlmaydi, osmotik bosim xuddi hayvon toʼqimasidagidek. 2. Gipertonik eritma – bu koʼtaradi osmos va diffuziyani toʼqimalarda, bularda suv yoʼqoladi, tuz qabul qilinadi. Gipertonik eritma shlatilganda tuzning yaralarga taʼsiri retseptorlarni qitiqlaydi, toʼqimalarda sezuvchi nervlarni qoʼzgʼaydi, natijada limfotsitez tezlashadi, granulyatsiya aktivlashadi va bir qism mikroblarning oʼsishi pasayadi. Vena ichiga yuborilganda qon bosimi oshadi. 3. Gipotonik eritma. Bu eritma gipertonik eritmaga qaraganda osmos va diffuziyani bunda qarama-qarshi beradi, bunda suv toʼqimalarga kiradi, tuzlar kontsentratsiyasi pasayadi, keyinchalik qisqa vaktiga toʼqima funktsiyasi tezlashadi, keyinchalik susayish, keyin almashinadi paralich bilan. Natriy tuzlari: Natriyning asosiy fiziologik ahamiyati toʼqimalar xujayralarining normal hayoti faoliyati uchun nixoyatda zarur boʼlgan qon va toʼqima osmotik bosimini doimo bor meʼyorda saqlab turishdan iboratdir. Ishlatiladi: tam beruvchi, ovqat-hazm qilishni yaxshilashda, oziqa sifatida yalligʼlanishga qarshi, genikologiyada, metritda, vakinitda, vena ichiga 10-20% eritmasi ishlatiladi. Katta dozalarda siydik haydovchi modda sifatida, hayvonlar nitrat, kumush moddalari bilan zaharlanganda natriy sulьfat holatda 4-6% kontsentratsiyasi ovqat hazm qilish sistemasiga yuboriladi. Surgi modda sifatida ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun, yaralarni davolash uchun va boshqalarda. Kaliy tuzlari: А) Kalii chloridu KCI B) Kalii sulfas K2 SO4 Bular taʼsir etadi siydik haydovchi, jigarda toʼplangan eksudatlarni soʼrilishini tezlashtiradi, surgi taʼsir etadi, ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun va boshqalarda. А) Kalьtsiy sulьfat - Sa SO4 ishlatiladi shishalarda, intoksikatsiyalarda, jigar buzilganda, allergik kasalliklarda, tugʼishdagi parezda B) Kalьtsiy glyukonat, kalьtsiy fosьfat, bular ishlatiladi raxit, osteomolyatsiya, surunkali diareyalar va boshqalarda peratlaridan kalьtsiy laktat kalьtsiy karbonli, sulʼfat kalьtsiy va boshqalar. Ogʼir metall tuzlari: Ogʼir metall tuzlar farmakologiyaning asosiy bir guruxini tashkil qiladi, bular bir-birining taʼsiri boʼyicha bir-biriga oʼxshash. Farmakologik ahamiyati: 1. Bir xil metallar toza holatda ishlatiladi. 2. Oksidlar bilan birikkan formasida. 3. Kolloid holatida. 4. Tuzlari. Bularning ichida praktik ahamiyatlisi ogʼir tuzlaridir, bularning kationlari ham, anionlari ham oʼz taʼsirini qachonki tuz holatiga aylangandan keyin koʼrinadi, toza metallar taʼsir etadi organizmda erigandan keyin taʼsiri tuz singari, erimaydiganlari taʼsiri boʼlmaydi. Ogʼir metallar tuzlari taʼsiri organizmga umumiy va mahalliy taʼsir etadilar. Mahalliy taʼsir mexanizmi ularning toʼqimalardagi oqsillar bilan reaktsiyaga kirisha olish xususiyatiga bogʼliqdir. Shunday holatda, yaʼni oʼzaro taʼsir natijasida oqsillarning ivib ketishi va metallarning ionlari bilan alьbuminatlar (metallarning oqsilli tuzlari tipidagi birikmalar) hosil qiladi. 1. Bunda toʼqimalarning eng yuza qatlamlaridagi oqsillarning qisman ivib qoladigan boʼlsa bu holda qaytar xarakterga ega boʼlgan burishtiruvchi yoki taʼsirlovchi effektlar kuzatiladi. Bunda 1. Burishtiruvchi taʼsir teri shilliq pardalarining zichlashuvi tomirlarning torayishi, sezgirlikning bir oz kamayishi bilan namoyon boʼladi. 2. Taʼsirlovchi taʼsir aksincha tomirlarning kengayishi, achishi va ogʼriq ham paydo boʼlishi bilan taʼriflanadi. 3. Toʼqima xujayralarining koʼpgina qismini oʼz ichiga oladigan oqsillar ivib oʼsha xujayralar oʼladigan holda kuydiruvchi effekti yuzaga chiqadiki, bunda toʼqimalar nekroz koʼrinishlaridagi qaytmas oʼzagarishlarga uchraydi. Ogʼir metall tuzlari taʼsiri kuzatiladi, sezuvchanlik va ogʼriq hisi bilan bular. 1. Shilliq pardalarga 2. Yaralarga 3. Teriga. Bularning kontsentratsiyasi koʼtarilishi bilan burishtiruvchi taʼsir oʼrniga qoʼzgʼatuvchi taʼsir eta boshlaydi, bunda sezuvchi nerv oxirlarida sezuvchanlik osha boshlaydi, tomirlar kengaya boradi va boshqa yalligʼlanish protsesslari kuzatiladi, keyinchalik kontsentratsiyasi oshgan sayin asosiy qism oqsillar tezda koagilyatsiya jarayonlari boshlanib, keyin6chalik toʼqimalar oʼladi, bunday taʼsir kuydiruvchi deb aytiladi. Аyrim ogʼir metallar faqat burishtiruvchi taʼsir etadi, boshqalari qoʼzgʼatuvchi, qitqlovchi va kuydiruvchi taʼsir etadi. Bularning taʼsiriga qarab quyidagicha joylashtiriladi. А1 – alyuminiy, Ri – qoʼrgʼoshin, V1 – vismut, Te – temir, Zn – rux, Si – mis, Nd – simob, Аd – kumush va boshqalar. Barcha ogʼir metall tuzlari taʼsir etadi bakteriolitik yoki bakteriostatik, bularning qancha kontsentratsiyasi kuchli boʼlsa, shuncha taʼsiri yaxshi boʼladi. Аntiseptik va dezinfektsiyalovchi vositalar tariqasida simob preparatlari (2 xlorli simob dixlorid), kumush preparatlari (kumush nitrat, pretergol) rux perapatlari (rux sulьfat) va vismut preparatlari (dermatol, kseroforl) ishlatiladi. Bulardan tashqari gelьminlarga oʼldiruvchi taʼsir etadi, bu taʼsir ichaklarni kuchli qoʼzgʼaydi, shuning uchun ham qoʼllanilmaydi, gelьminlarga qarshi modda sifatida. Ogʼir metallarning anorganik barikmalari rech-os berilganda ovqat hazm qilish sistemasida oqsillar bilan birikib alьbuminatlarni hosil qiladi. Ogʼir metal tuzlari qondan tez yoʼqolib, jigarga, taloqqa, ichak devorlariga, buyrakka, miyaga va kam miqdorda boshqa organlarga soʼriladi, organizmdan chiqishi juda sekin kumulyatsiya hosil boʼladi, asosan chiqishi yoʼgʼon ichak orqali va bir qismi buyrak orqali, yana bir qismi juda oz miqdorda soʼlak, ter va sut bezlari orqali chiqariladi. Ogʼir metall tuzlarining taʼsiri bir xil emas, shuning uchun ham taʼsiri masalan, qon sistemasi organlarni temir mis, mikroblarga gemosparidozlarga qarshi qoʼllaniladiganlari vismut, simob, kumush. Bir xillari taʼsiri sezilarli boʼlmaydi, koʼrinmaydi, rux, alyuminiy, ayrimlari zaharli taʼsir etadi. Qoʼrgʼoshin: bularni ichga qoʼllanilganda rech-os hammasida yalligʼlanish ingichka ichakda va boshlanish qismida yoʼgʼon ichakda. Ogʼir metall tuzlaridan zaharlanish boʼlaganda birinchi susayish, keyinchalik toʼliq paralich markaziy nerv sistemasida, yurak-qon tomirlar sistemasining buzilishi, buyraklarning ishdan chiqishi, meʼda-ichak yoʼllarini kuydiradi, odam koʼngliaynib qusadi, koʼpincha qon aralash, soʼlak oqadi va boshqalar. Аlyuminiy praparatlari. Аmaliyotda qoʼllaniladi, eriydigan va erimaydigan birikmalari. Erimaydiganlariga oq gil, uni qoʼllaydi adsorbent sifatida, eruvchilari esa tipik burishtiruvchi modda sifatida qoʼllaniladi, katta kontsentratsiyalarda retseptorlarni qitiqlaydi va yalligʼlanishga olib keladi, alyumin tuzlarining ogʼiz orqali yuborilganda juda sekin soʼriladi. Аlyumin preparatlaridan kvastsi, bu juda past kontsentratsiyalarda 0,2-1%li kvastslar burishtiruvchi va qon toʼxtatuvchi taʼsir etadi, kontsentratsiyasi koʼtarilishi bilan masalan, 2% dagisi taʼsir etadi qitiqlovchi va keyinchalik nekroz boʼladi. Qoʼllaniladi: burishtiruvchi, dezinfektsiyalovchi, stomatitda, faringit, laringit, metrit, vaginit, konʼyuktivitda 0,5% eritmalari ishlatiladi. Bulardan tashqari pilyulya, bolyus shaklida oshqozon va ichaklardan qon toʼxtashi keyin boʼlganda. Qoʼrgʼoshin preparatlar. Qoʼrgʼoshin preparatlari ham past kontsentratsiyalarda burishtiruvchi, tomirlarni torayishi va toʼxtatuvchi modda sifatida ishlatiladi. Buning burishtiruvchi taʼsiri kuchli boshqa metallarga qaraganda, qitiqlovchi taʼsiri kuchsiz, shuning uchun ham keng qoʼllaniladi. qoʼrgʼoshin rezorbtiv taʼsiri uchun qoʼllanilmaydi, chunki zaharli taʼsir etadi. Preparatlaridan qoʼrgʼoshin atsetat. Bu dori moddasi yaraning yoki yalligʼlangan joyning ustida qobiq hosil qiladi, qachonki bu himoya qiladi boshqa faktorlardan hamda mikroblarning oʼsishini toʼxtatadi, tomirlarni toraytiradi, mayda qon tomirlaridan qon oqishni toʼxtatadi. Qoʼllaniladi, tashqariga burishtiruvchi modda sifatida, terilarning yalligʼlanishida, kuyganda va maxalliy xaroratni tushiruvchi sifatida har xil shikastlanish boʼlganda 2-3% eritmasidan va kam qoʼllaniladi metritda, vaginitda, sistitda va proktitda 0,5-2% eritmasi. Yana preparatlaridan qoʼrgʼoshin uksusi, qoʼrgʼoshin oksidi bular tashqariga maz holatida, burishtiruvchi, tinchlantiruvchi va yalligʼlanishga qarshi modda sifatida ishlatiladi. Vismut preparatlari: Vismut preparatlaridan faqatgina qoʼllaniladi tuzlari, bular yomon eriydi suvda bir xillari umuman erimaydi, eriganlari juda tez oqsillar bilan oʼzaro reaktsiyaga kirishib, maxalliy taʼmir etadi va koʼpgina mikroblarning rivojlanishini toʼxtatadi. Vismut tuzlari yaxshi eriydi kislota va ishqorlarda, shuning uchun ham juda aktiv oshqozonda va ichaklarda, bu yerda alьbuminatlar hosil boʼladi, natijadi sezuvchi nervlar oxirlarini yaxshi himoya qiladi, bularning mahalliy taʼsiri faqat burishtiruvchi taʼsir etib uzoq davom etadi, bunda qitiqlovchi taʼsiri kuzatilmaydi, tomirlarni toraytiradi, sekretsiyani kamaytiradi shu bilan birga sharoit yaratiladi yalligʼlanishning tuzalishiga, shuning uchun ham oshqozon ichak sistemasiga qoʼllaniladi burishtiruvchi, yalligʼlanishga qarshi ogʼriq qoldiruvchi visita sifatida tashqariga asosan qoʼllaniladi burishtiruvchi modda sifatida. Temir preparatlari. Temir – Ogʼir metallarning asosiy namoyandasidir. Temir tuzlarining maxalliy taʼsiri uni kontsentratsiyasining oshishi bilan bogʼlovchi, taʼsirlovchi va kuydiruvchi xossalarga ega. Bu taʼsurotlar moddani shilliq, jarohatlangan teriga qoʼyilganda namoyon boʼladi. Jarohatlangan teriga temir tuzlari taʼsir qilmaydi. Temimr tuzlarining kuchsiz kontsentratsiyasi ichilganda ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Shu bilan birga bir meʼyorda bogʼlovchilik xususiyatini namoyon qiladi., shu sababli peristalьtika susayadi va ich toʼxtashlar yuz beradi. Peristalьtikaning sustlashishiga yana bir sabab shundaki, temir serovodorodni N2 bogʼlaydi. Shu bilan ichak peristalьtikasining kuchaytiruvchi, tabiiy ichki retseptorlarni taʼsirini yoʼqotadi. Temir tuzlarining kuchliroq kontsentratsiyasi ichki retseptorlarni taʼsirlaydi shuningdek, toʼqimalarni oʼldirishi ham mumkin. Har xil preparatlarning maxalliy taʼsirining kuchliligi, bakteriotsidligi har xil emas. Oksidli birikmalar oqsil bilan yengil reaktsiyaga kirishadi, shuning uchun kuchli taʼsurot koʼrsatadilar. Hayvonlarga gemoglobin tarkibiga temir kiradi, shuningdek oksidatsion fermentlar tarkibiga ham kiradi. Hayvon tanasida temir ion va turuvchan ionlanmaydigan holatda boʼladi. Shuningdek granula shaklida qon hosil qiluvchi va qonni yemiruvchi organlarda mavjud. Hayvon tanasida 0,001-0,01% temir bor, qaysiki tanada borayotgan oksidlanish-tiklanish protsessini aktiv faoliyatida ham miqdori 10-15 marta koʼpaysa, ham u toʼqimalarda modda almashinishni oʼzxgartirmaydi, temir moddasi kamaysa, unda hayot faoliyati susayadi. Oʼsimlik va hayvon oziqlarida tanadaoʼrtacha tenglikni saqlash uchun yetarli miqdorda temir bor. Tanaga qabul qilinuvchi oziqa temiri koʼp boʼlsa, u asta-sekin tanada toʼplanadi lekin koʼrinarli taʼsurot koʼrsatmaydi, faqat temir moddalarini koʼproq yuborganimizda boʼlish u zaharli taʼsir koʼrsatadi. Temir yomon soʼriladi. U sekin va asta faqat maxsus sharoitda soʼriladi. Lekin temir bu holatda faqat ichakda boshlangʼich qismida boʼladi, chunki koʼpchilik ionli birikmalar ishqoriy muhitda yengillik bilan soʼrilmaydigan tuzlarga oʼtadilar. Ionlangan temir soʼrilish natijasida xujayra oqsili bilan har xil birikmalarga aylanib maxalliy taʼsir koʼrsatishi mumkin. Temir soʼrilishi uchun oqsil apoferritin bilan birikishi zarur. Bu birikish natijasida kompleks birikma ferritin hosil boʼladi. Ferritinni oʼzi soʼrilmaydi. Ferrin bilan reaktsiyaga kirishishi mumkin, bunda apoferritin qayta tiklanadi va ferrotransferin hosil boʼladi. Ferrotranferrin temir deposi jigar, taloq va qizil ilikka yengil soʼriladi, uerda ikkinchi apoferritin bor. Qaysiki, temirni biriktirib oladi. temir oʼtxoʼrlarda asosan kavshovchilarda yaxshi soʼriladi. Temir tanadan asosan buyrak orqali chiqariladi. Qisman yoʼgʼon ichaklar va ter bezlari orqali temirning soʼrilishi taʼsiri gipoxrom shaklidagi kamkonlikda yaqqol koʼrinadi. Bu paytda u gemoglobinni koʼpayishiga olib keladi. Eritropoez aktivlashadi, ovqat hazm qilishni yaxshilanishiga olib keladi. Temir taʼsirida sitroxrom va respiratsion fermentlarning hosil boʼlishi yaxshilanadi, gemoglabinni oksigenlashishi yengillanadi va uning oʼzaro oksidlanishi susayadi, asosiy oksidlanish-tiklanish jadalroq boradi, gemopoez va leykopoez yaxshilanadi. Dori sifatida temir organizmda yetishmaganida, normal assimilyatsiyani buzadi va boshqa hollarda qoʼllaniladi. soʼriluvchan birikmalar paydo boʼlsa temir bilan davolash shunchalik foydalidir. Аnatsid birikmalarda bu taʼsurot juda kam boʼladi. Tajribalardan aniqlanadiki, koʼp qon ketish bilan tugovchi oʼtkir qon ketishlarda sogʼ mollarga butun qon va gemoglobin bir necha haftalarda oʼz xoliga keladi. Temir bunda asosiy vazifani bajarmaydi, gemoglobinni tiklanishi oziqada temirni miqdoridan qatʼiy nazar bir xilda boradi. Bu paytda temirni dori sifatida qoʼllash ham hech qanday taʼsurot koʼrsatmaydi. Uzoq vaqt davom etuvchi qon ketishda temir miqdori organizmda kamayadi. Bunda gemoglabinda tiklanish uchun hayvonlarga temir moddalaridan berish kerak. Katta mollarni oziqa ratsionida temir miqdori yetarli boʼladi. Yosh hayvonlarga esa, oziqa temir kamlik qiladi. Oʼsuvchi yosh hayvonlarda kamqonlik paytida berishga belgilangan temir miqdorini kamaytirish mumkin, agarki bir paytda askorbin kislotasi, mis moddalari yoki boshqa metallar (Ni, Pb, Mn, As, Zn, Cr, Hg) qoʼshib berilsa, ehtimol bu metallar temirga oʼxshab qizil ilikni retikulyatsitlarini toʼplanishini tezlashtiradi. Ular katta hayvonlarda ham politsittemiyani chaqirishi mumkin. Katta miqdorda bularning hammasi (va asosan Pb, As, Hg ) qizil ilikni qon hosil qilish xususiyatini susaytiradi. Katta hayvonlarda kamqonlik koʼpincha oziqalarda temir yetishmasligiga bogʼliq boʼlmaydi. Shuning uchun terapevtik maqsadda qoʼllash har vaqt maqsadga muvofiq boʼlmaydi. Qizil ilikni qon hosil qiluvchi qobiliyati susayganda temirni stimulyatorlar bilan birga qoʼllash yanada yaxshiroq natija beradi. Invazion, kamqonlik, bugʼozlik davrida xloroz kabilarda tmir yaxshi taʼsir koʼrsatadi. Kamqonlik paytida, qaysiki bu paytda eritrotsitlar yemirilsa, qandaydir gemolitik zaharlardan temir bilan davolash hech qanday foyda bermaydi. Davolash natijani temirni organik birikmalari qatori organik birikmalari ham beradi. Tuzlar qanchalik tez soʼrilsa, ular shunchalik tez taʼsir qiluvchi buladi. Shuning uchun anorganik birikmalar organik birikmalarga qarganda tezroq taʼsir qiladi. Oshqozon va ichaklarni sezuvchi nervlarni taʼsirlashi organik birikmalardan kamroq boʼladi. Temirni hamma anorganik birikmalari bir xilda taʼsir qiladi. Lekin ularning dozalari har xil boʼladi. Hamma birikmalarni (erimaydiganlardan tashqari) katta aralashmalarda ishlatish kerak, chunki kuchliroq xolatda ular shilliq pardalarni taʼsirlaydilar, natijada uzoq vaqt davomida qoʼllash natijasida gastroenterit kelib chiqishi mumkin. Erimaydigan birikmalarni ovqatdan oldin yoki oziqa bilan birgalikda beriladi. Eruvchi birikmalar ovqatdan keyin beriladi. Qaytarilgan temir – Forrum reductum, Fe. Mayda toʼq qoʼngʼir rangli mannitga tortiluvchi poroshok, suvda erimaydi, kislotalarda yengil eriydi, xlorid kislotasida erib, temir xlor (Fe Cl2) hosil boʼladi. Tarkibi 90% temir va 10%ga yaqini temir asoslaridan iborat. Ovqat xazm qilish organlarini shilliq pardalarini biroz taʼsirlaydi. Shu bilan shira ajralishini tezlashtiradi, ovqat xazm qilishini yaxshilaydi. Uzoq vaqt davomida qoʼllasa gastroenterit chaqiradi. Xloroz, kamqonlik, koʼp qon ketishlarda oriqlash va boshqa kasallar davrida qoʼllaniladi, pilyula va bolyus shaklida beriladi. Erishni tezlashtirish uchun dori berilgandan keyin suyultirilgan xlor vodorod kislotasiniberish mumkin. Doza: otlar va yirik shoxli mollar uchun 1,0-5,0; mayda shoxli mollarga 0,5-1,0; choʼchqalarga 0,3-0,8; itlarga 0,2-0,3; parrandalarga va mushuklarga 0,01-0,1; tulki va shagʼolga 0,2-0,5. Temir P-sulьfat (temir kuporosi) – Ferrosi sulfas FeSO4 * 7H2O Prizmasimon tiniq kislotalar och toʼq, yashil rangli hidsiz, bogʼlovchi taʼmli havoda uchuvchi va oksidlanuvchi (uch valentli temir tuzini hosil qiladi). 2,2 qism suvda eriydi, spirtda erimaydi. Suvdagi eritmasi sust nordon reaktsiyali bogʼlovchi taʼmli boʼladi. Temir sulʼfat suv hammomida quritilganda (avvalgi vazni 35%ni) suvini yoʼqotadi va FeSO4 * H2O aylanadi. Tuzni oʼzi va asosan uni eritmalari yengil oksidlanadi. Shuning uchun ularni sariq rangli yaxshi berkitilgan shisha bankalarda saqlanadi. Temir P sulʼfat temirning eng arzon birikmasi boʼlib, u eng turoqi ikki valentli temir birikmasidir. Shuning uchun uni keng koʼlamda doim ishlatadilar. Shu gruppadagi boshqa birikmalarga qaraganda temir sulʼfatini soʼriluvchi xususiyati temirni boshqa birikmalari singaridir. Maxalliy taʼsiri imis va Rux sulʼfatiga oʼxshash. Karlovavar tuzi Bilan birgalikda kichik dozalarda berilsa, ovqat hazm qilishni kuchaytiradi. Temir sulʼfat bakteriotsid xossasiga xam ega: 3%li eritmasi qotma va kuydirgi kasallarni chaqiruvchi mikroblarning sporalariga ega, 7%li eritmasi hapm taʼsir qilmaydi. Temir sulʼfat kamqonlik, xloroza, ariqlash paytida qoʼllaniladi. Eritma shaklida ichishga beriladi. (0,2-1,0%) Ovqat xazm qilishni yaxshilovchi sifatida orriq hayvonlarga beriladi. Uni shuningdek bogʼlovchi va ovqat xazm qilish organlarini dezinfektsiyalovchi sifatida xam ishlatiladi. Doza: qoramol va otlarga 2,0-25,0; mayda shoxli mollarga va choʼchqalarga 0,5-5,0; itlarga 0,05-0,5; mushuk va parrandalarga 0,02-0,2gr hayvon binolarini dezodaratsiyasi uchun 0,5%li temir sulʼfat eritmasidan foydalaniladi. Dezinfektsiyalovchi modda sifatida 1-4%li eritmasi tovuqlarni vabo, ovsil kasallariga qarshi qoʼllaniladi. Temir askorbin kislotasi (temir askarbinat) Acidum ferro-ascorbinicum. Temir va askorbin kislotasining kompleks birikmasi qora binafsha rangli metalsimon yaltiroq poroshok. Suvda va sutda yaxshi eriydi. Spirt va atsetonda erimaydi. Eritmasi toʼq binafsha rangli boʼlib, suvli eritmalarda 2 soatda rangsizlanadi. Sut eritmalarida tezroq rangsizlanadi. Taʼmi biroz bogʼlovchi va nordon, hidi quruq siyoh qumalogʼini eslatadi. 0,5-1,0 lik tabletka shaklida chiqariladi. Yorugʼlikdan xoli joyda qizil sargʼish rangli bankada probka bilan zich berkilib, parafin bilan quyilgan xolda saqlanadi. Temir yetishmaslikgi natijasida paydo boʼlgan kamqonlikda va gipovitaminoz S da ishlatiladi. Dori zararli taʼsirlar koʼrsatmaydi. Dozasi: choʼchqa bolalariga 0,002-0,01gr 1kg tirik vazniga beriladi. Temir laktat (sut temir tuzi) – Ferri lactase. 50 qism sovuq suvda va 12 qism issiq suvda eriydi. Yashil oq rangli, shirin taʼmli, metallik taʼmli. Pilyula va bolyus shaklida ishlatiladi. Temir Glitserofosfat – Ferri glycerophosphas. Fe2 (PO3–O-C3H5(OH)2 )3 *nH2O. Sariq yoki qoʼngʼir sariq rangli poroshok, suvda erimaydi. Tarkibi: 18% temir oksid iva 15% oltingugurt kamqonlikka qarshi qoʼllaniladi. Temir diksteranlar – xozirga vaqtda yosh xayvonlarga kamqonlikni davolash va oldini olishda uglevodli temir qoʼllanilmoqda. Ularni yaxshi soʼrilishi uchun goʼshtga yuboriladi. Lekin bu vaqtda uglevod qismini molekulyar ogʼirligi kamroq boʼlganlarigina yaxshi soʼriladi. Bu talablarga eng yaxshi javob beruvchi uglevodni birikmalarga glyukoza polimeri diksteron kiradi, kompleks birikmalarga temir diksteron kiradi. Temir bilan diksteron qanday shaklda birikkanligi ham katta axamiyatga ega. Eng natijali birikmalar boʼlib, difraktsion qismlar kiradi, qaysiki, ularda mavjud boʼlgan temir atomlari bir-biridan 2,6 А masofada joylashsa. Bunday birikmalar goʼshtga yuborilsa 2 sutkada soʼrilib ketadi, ularning izi esa 10 kungacha saqlanadi. Temirni kompleks birikmalari retikuloendotelial eritmalarda soʼriladi. Extimol bu eritmalarda temir organik birikmalarga aylanib soʼng jigarga boradi. Eng tarqalgan birikma boʼlib, ferroglyukin hisoblanadi. Ferroglyukin (Ferrodekstrin) – Ferroglucinum. Temir va dekstranning birikmasidir. Qizil qoʼngʼir rangli suyuqlik oʼz tarkibida 5-7,5% temir saqlaydi. Steril xolda flakonlarda chiqariladi. Ochilgan flakonlar shu kuniyoq ishlatilishi kerak. Emiziluvchi choʼchqa bolalari alimentar kamqonlikni davolash va oldini olish uchun ishlatiladi. Hayvonlarni tetik tutadi., oʼsishni tezlashtiradi, chidamligi oshadi, eritropoez kuchayadi. Birikma choʼchqa bolalariga kasallikni oldini olish maqsadida goʼshtga yuboriladi. Doza: 3-7 kunlik choʼchqa bolasiga 5%li eritmasi 1,5-2 ml, 7,5% eritmasi 21,5ml 1 kunda 1 marta 6-10 kun davomida, davolash uchun 1,5 marta koʼproq dozada yuboriladi. Mis preparatlari. Mis xam temir kabi koʼpchilik xayvon va oʼsimlik xujayralarining tarkibiga kiradi. Lekin uning axamiyati xali toʼliq aniqlanmagan. Koʼpchilik umurtqasizlarda mis qonda boʼladi. Ular u yerda temir umurtqalilar qonida qanday vazifani bajaradilar. Quyi xayvonlarda mis sut va qonda topilgan. Har xil tirik xayvonlarni misga munosabati turlicha boʼladi. Mis, ustritsalar misga boy muxitda koʼp vaqt yashashi mumkin. Golovastiklar esa tez vaqtda oʼlib ketishadi. Koʼpchilik eng sodda xayvonlar misni izigina mavjud boʼlsa oʼladilar. Xamirturushlar miss sulʼfatini 0,02% eritmasida oʼsishdan toʼxtaydilar. Mogʼor zamburugʼlari esa bu eritmani 10 marta kuchlirogʼida ham rivojlanadilar. Xar xil bakteriyalar ham misga turlicha sezgir boʼladilar. Koʼpchilik mikroblar 1%li miss sulʼfat eritmasida oʼladilar. Sil kasalini chaqiruvchi esa 20% li mis sulʼfatini eritmasida uzoq vaqt saqlanganda ham oʼz qobiliyatini yoʼqotmaydi. Mis tuzlari ayrim gijjalarni oʼldiradilar. Mis tuzlari ichakda soʼriladi. Tanada misni eng koʼp miqdori jigarda ushlaniladi, kamroq taloqda, qalqonsimon bezda, buyrakda. Mis tanadan tashqariga asosan yoʼgʼon ichakdan qisman oʼt, sut, soʼlak va siydik orqali chiqariladi. Mis tuzlarini maxalliy taʼsiri temi rva Rux tuzlarini taʼsiriga oʼxshash boʼladi, yaʼni bogʼlovchi, taʼsirlovchi va kuydiruvchi taʼsurotga ega. Qayta soʼrilish taʼsiri aytarlik ahamiyatga ega emas, agar temirni gemoglobulin hosil qiluvchi taʼsirini kuchaytirish qobiliyatini xisobga olmaganda. Mis sulʼfat (mis kuparosi yoki toʼtiyo) – Cupri sulfas CuSO4 * 5H2O Koʼk rangli kristallar, kristall boʼlakchalari yoki kristall poroshok xidsiz metali bogʼlovchi taʼmli 3 qism suvda 4 qism glitserinda eriydi, spirtda yomon eriydi. Suvdagi eritmalari boʼsh nordon reaktsiyali tiniq toʼq koʼk eritma amiakni koʼpligidan xosil qiladi. Dorini bogʼlovchilik taʼsiri aytarliik emas. Shuning uchun uni qoʼllashmaydi. Kuchli eritmalarini (10-30 % li) kuydiruvchi xususiyatlari kata axamiyatga ega. Mis sulʼfat mikrobga qarshi taʼsir qiladi. 2%li eritmasi ichak tayoqchasini 15 minutda oʼsishini tqxtatadi. Stafilakokklarni esa 45 minutda. Bakteriostatik taʼsiri 1:10000 eritmasida namoyon boʼladi. Sil kasalini qoʼzgʼatuvchilari va spora xosil qiluvchi mikroblar 20% li eritmasida ham oʼlmaydilar. Mis sulʼfatining 1:300 eritmasi koʼpchilik mikroblarning rivojlanishini toʼxtatadi, lekin uning bakteriolitik taʼsiri 1% li eritmada ham juda past. U arim gijjalarni oʼldiradi (baʼzi bir) trixostronilidlarni, qaysiki, shirdonda va ingichka ichaklarda boʼladilar, eng sezgir boʼlib, ichak sestodlari hisoblanadi. (Monezia exponsa, Monezia benedeni, Thysaniezia ovilla va boshqalar). Mis sulʼfati fosfor Bilan xayvon zararlanganda, zaxarga Karshi taʼsuroti namoyon boʼladi. Mis qayta tiklanib fosforni oksidlanishiga va soʼrilishiga toʼsqinlik qiladi. Mis sulʼfatini bu xususiyati fosforli alangalarni uchirishda ham qoʼllaniladi. Mis sulʼfat qarshi tavsiya etiladi. Lekin mogʼorlarni baʼzilari chidamli boʼladi. Misol: Penicillium glancum 5% CuSO4 da yaxshi oʼsadi faqat 20% eritmasida oʼladi. Mis sulʼfat gijjaga qarshi ishlatiladi. Qoʼy va echkilarni trixostrongilidozlarida, ichak sestodlariga (12-15 soat och qoldirilgandan keyin) qarshi qoʼllaniladi. Mis sulʼfatini 1% li eritmasi qoʼy va qoʼzilarga quyidagicha miqdorda beriladi: Qoʼzilarni yoshi (oylarda) Eritma miqdori (ml) 1 - 11 15 - 20 11 - 22 20 – 25 2 – 3 25 – 39 3 – 4 30 – 35 4 – 5 35 – 40 5 – 6 40 – 45 6 – 7 45 – 50 7 – 8 50 – 60 8 – 10 60 – 80 Kata qoʼylar 80 – 100 Echkilarga dori qoʼylarga qaraganda kamroq beriladi. Katta echkilarga 60 ml dan oshirilmasligi kerak. 3-6 oylik buzoqlarga 120-150 ml eritma beriladi. Baʼzi paytlarda mis sulʼfati qon toʼxtatuvchi sifatida ishlatiladi, ichiladi. Otlarga va qoramollarga 2,0 – 10,0 Choʼchqalarga 0,05 – 1,0 Itlarga 0,05 – 0,5 Oʼq bilan yaralangan yaradagi qonni toʼxtatish uchun uni eritma shaklida qoʼllaydilar. Tashqi tomondan bogʼlovchi va dezinfektsiya qiluvchi mis sulʼfatini 1-2% li eritmasi ogʼiz boʼshligʼini yalligʼlanishida ishlatiladi. Qoramollarni trixomonoz kasalligi, qonni oʼtkir yalligʼlanishida 0,5-1% eritmasi ishlatiladi. Kuydiruvchi sifatida koʼzni shilliq pardasini yalligʼlanuvchi toʼsiqlarini kuydirishda, koʼzni shox pardasini yazvalarida ishlatiladi. Shu maqsadda mis sulʼfat qiyin bituvchi svinets va shishlarda qoʼllaniladi. Bu yerda u muguzlangan toʼqimalarni parchalaydi va shu bilan granulyatsiyani tezlashtiradi, yarani bitishini tezlashtiradi. Mis sulʼfat qalam va kontsentrlangan eritma (5-20% li) sifatida ishlatiladi. Texnik birikmasi dezinfektsiya uchun ishlatiladi. Mikroblarni vegetativ formalari mis sulʼfatni 1m3 maydonga 40,0 dan sepilsa 15 minut – 3 soatda (oʼladi) oqar suvlarda oʼladi. 1:1000, 1:3000 eritmasi molyuskalarni oʼldirish maqsadida katak va qoʼralarni dezinfektsiya qilinadi. Mis sulʼfat yaylovlarda fastsiolalarni oraliq xujayrasini boʼlgan molyuskalarni oʼldirishda ham qoʼllaniladi. Аgar mis kuparosini eritmasi 0,02% dan past boʼlmasa uni taʼsiri mustaxkamroq boʼladi. Mis sulʼfat fungitsid sifatida qishloq xoʼjaligida keng qoʼllaniladi. Mis sitrat (limonli nordon mis) – Cupril Sulfas Och yashil rangli poroshok, suvda deyarli erimaydi. Oftalьmologiyada bogʼlovchi va yalligʼlanishga qarshi modda sifatida 5-20% li mazi va poroshok sifatida qand bilan 1:10; 1:20 nisbatda ishlatiladi. Kumush preparatlari. Kumush nitrat (kumushni azot tuzi, lyapis) – Argenti nitras, AgNO4 Rangsiz tiniq kristall plastinka nurni sindiradi, xidsiz, metallik bogʼlovchi taʼmli, 30 qism spirtda 0,6 qism suvda eriydi. «А» Zaxar sifatida qulf ostida saqlanadi. Kumush nitrat va xlorid eritmalari oʼzaro taʼsirida oq suzmasimon choʼkma xlorid azot kislotasida eriydi. Yorugʼlik taʼsirida metal kumush qayta tiklanadi, bu paytda kumush nitrat kulrang boʼladi. Bunday xodisalarni oldini olish uchun kumush nitratni va uning eritmalarini qorongʼi va quyoshdan xoli joylarda saqlanadi. Kumush nitratni kuydiruvchi sifatida ishlatish uchun erigan paytda silindrik tayyoqcha shaklida kuyma qilib ishlatiladi. Kumush nitrat eritmalarida yengil va ogʼir metallarni tuzlari sifatida taʼsir koʼrsatadi yaʼni dezinfektsiyalovchi, bogʼlovchi va kuydiruvchi sifatida. Kumush nitratni 1:75000 va 1:80000 eritmasi Manqa kasalligini chaqiruvchisini oʼsishdan toʼxtatadi 1:10000 eritmasi esa oʼldiradi. 1:30000 eritmasi kuydirgi kasalini chaqiruvchisini oʼsishdan toʼxtatadi, 1:5000 eritmasi esa oʼldiradi. Kumush nitratga streptokokklar ayniqsa sezgir boʼladilar. Uni 0,1% eritmasi 2 minutda oʼldiradi. Kumush nitratni maxalliy taʼsiri shundaki, u zich chegaralangan qadoq hosil qiladi. Taʼsirlanish xususiyati yoʼq. Kumush nitratni bu xususiyati shundaki, u ionlarga dissotsiyalanib kuchli reaktivlikka ega boʼladi va tezlik Bilan oqsil ikkalasi oʼzaro taʼsir qiladilar. Qolgan qismi esa toʼqimalarda tez neytrallanadi va erimaydigan kumush xloridga aylanadi. Qadoq paydo boʼladi, u avval oq soʼng (asta-sekin qora) metall kumush yorugʼlik taʼsirida tiklanishi natijasida asta-sekin qora ranga aylanadi. Kumush nitrat koʼp vaqt qoʼllanilsa asosan ichilsa u yalligʼlanishlarga olib keladi. Kumushni bir qismi soʼrilib juda mayda zarrachalar shaklida boʼladi va joylashgan toʼqimalarni kulrang ranga aylantiradi. Odamda kumush eng koʼp teri osti kletkachasida va malьpigi qavatida yigʼiladi, shundan teri kulrang ranga kiradi. Kumush nitrat oshqozonda uncha xos boʼlgan alьbuminat va xloridga aylanadi. Ular oshqozon shirasi va xlorid kislotasi taʼsirida qisman parchalanadilar. Ichakda nitrat qayta soʼriladi va ichakka kulrang rang berib turadi. Аrgiriya xayvonlarda xam boʼladi. Teri va ichak argiriyasi umrcha qoladi. Kumush nitratni bogʼlovchi va bakteriostatik modda sifatida yarali stomatit ovsil (0,5%li eritma) da ogʼizni chayish uchun ishlatiladi. Xoʼl ekzema, dermatit, kuyish paytida 3-5% spirt-suv eritmalari, 2%li spirtli eritmasi 10%li parafindagi malxami ishlatiladi. Oftalʼmologiyada 0,5-1%lii eritmasi, ginekologiyada 0,05-0,2% eritmasi. Oshqozon va ichakni yazvalarida kuydiruvchi sifatida 2-10%li eritmasi ichiladi. Tayyoqcha shaklida (per se) papillomalarni yoʼqotish uchun mayda qon tomirlaridan ketayotgan qonni toʼxtatish uchun ishlatiladi. Doza ichishga: otga va qoramollarga 0,5-2,0; mayda shoxli mollar va choʼchqalarga 0,1-0,3; itlarga 0,01-0,05; mushuk va tovuqlarga 0,005-0,01 ichish uchun lyapisni suv eritmasi yoki oq loydan pilyulyalar tayyorlanadi. Kumush nitratni organik moddalar bilan birga qoʼllash mumkin emas. Chunki u organik birikmalar bilan yengil oʼzaro taʼsir etib kumush qayta tiklanadi. Kumush nitratni ixloridlar, yodidlar, fosfatlar, bromidlar va tanin bilan oʼzaro taʼsiridan eritmalarda choʼkmalar xosil boʼladi. Аlьbargin – Albarginum. Jelatoz kumush nitratni jelatoza bilan oʼzaro taʼsiridan olinadi. 16%li kumushdan tashktl topgan qaysiki 24% AgNO3 ga muvofiqdir. Och sariq rangli yaltiroq poroshok suvda yaxshi eriydi. Yorugʼlikdan saqlangan suvdagi eritmalarii uzoq vaqt saqlanadi. Oftalʼmologiyada bogʼlovchi va dezinfektsiyalovchi modda sifatida qoʼllaniladi. (0,5-2% eritmasi qonni yuqumli yalligʼlanishida va sistitlarda 1-3% eritmasi). Ichishga eng koʼp dozasi: otlarga va qoramollarga 2,0, qoramollarning babiezillez kasalligida venaga 0,0075 gr 1kg tirik vazniga. Kollargol (kolloidli kumush) – Collargolum (Argentum coloidale). Oʼzida 70-75% kumush saqlaydi va 25-30% oqsil saqlaydi. Yashilroq yoki koʼkroq-qora rangli metalli yaltiroqli mayda plastinkalar. Kolloidal eruvchii sovuq suvda 1:50, qaynoq suvda 1,8 eriydi. «B» gruppaga kiradi. Tashqi tomondan yaralarni davolash uchun eritma (1-2%li ) shaklida yoki malxam shaklida ishlatiladi. Piemiya va septitsemiya kasalliklarini davolash uchun kata axamiyatga ega (1-2%li eritmasi venaga). Venaga yuborish dozalari: otlarga va qoramollarga 0,5-1,0; itlarga 0,1-0,15. Simob preparatlari. Veterinariyada metall simob va uning birikmalari qoʼllaniladi. Oksidlangan (2 valentli: suvli eritmalarda Ng11 kationi bor va oksidli bir valentli Hg1 kateon bor). Simobni xar xil birikmalarining taʼsiri gidrolitik assotsiatsiya pogʼonasiga bogʼliq. Shuningdek simobni polipeptitlar bilan xosil qilgan kompleks birikmalarga xam bogʼliq boʼladi. Simobning xama birikmalari zaxarlidir, ular qanchalik yaxshi iionlarga dissotsiatsiyalangan boʼlsa, shunchalik ular zaxarliroq boʼladi. Birikmalar maxalliy kuydiruvchi va taʼsirlovchi taʼsurot koʼrsatadilar. kam dissotsiatsiyalanuvchi birikmalar (simob oksidi, kalomelь) toza xolida xam oʼrta taʼsirlovchi xossaga ega. Simob birikmalari asosan bakteriotsid xossasiga ega, lekin ularning baʼzilari (sulema) kuchli dezinfektor xossasiga ega. koʼpincha simob birikmalarini bakteriolitik xususiyatlaridan foydalaniladi. Bakteriostatik qoʼllash uchun simob birikmalari yaramaydi. Chunki bizlar bu maqsad uchun birikmani toʼgʼridan-toʼgʼri xayvon toʼqimasiga taʼsir ettirishimiz kerak. Vaxolanki simob birikmalari toʼqimalarga zararli taʼsir koʼrsatadi, qisman yaralarni bitishini sekinlashtiradi, soʼrilib ular umumiy zaxarli taʼsirini koʼrsatadi. Hamma simob birikmalari diuretik taʼsir koʼrsatadilar. Аnorganik birikmalardan bu xolatga eng aktiv boʼlib, bir xloridli simob (kalomelь) xisoblanadi. Organik birikmalardan esa merkuzal. Simob birikmalari shilliq pardalardan, yara yuzasidan, zararlanmagan teridan yengil soʼriladii. Misol: Bachadonni simob xlorid boʼsh eritmasi 1:3000 bilan yuvganimiizda xayvonni ogʼiir zaxarlanishiga olib kelishi mumkin. Simob malxamini teriga surtiilganda xam ogʼir zaxarlanishlar roʼy berishi mumkin. Shimilib simob oksidlanadi, u oʼzining tuzlari kabi oksiidlar bilan natriy xlorid va ishqorlar bilan eruvchi biriikmalar xosil qiladi. Tanada bu birikmalar xamma organ va toʼqimalarga tarqaladi. Simob birikmalari asosan qon, jigar, bosh miya, yurak va koʼndalang targʼil muskullarga, koʼp vaqt qoʼllanilganda esa suyakda ham boʼladi. Simobnii asosiy qiismi tanadan siydik, soʼlak, oʼt, ichak bezlarining shirasi, sut orqali chiqariladi. Siimob 10-20 kun, jigardan esa bir necha oydan keyin ajratib chiqariladi. Soʼriluvchi taʼsir xamma simob birikmalarida juda oʼxshash. Ular birinchi boʼlib, markaziy nerv sistemasiga taʼsir qiiladii. Erimaydigan birikmalar juda sekiin eruvchi biriikmalarga aylanadi. Shuning uchun taʼsiri juda sekin namoyon boʼladi. Simobning oksidlii biirikmalari asoslii birikmalariga qaraganda tezroq taʼsir kiladi. Simob zaxarlanish (merkurialiizm) koʼproq simob birikmalarini ichishdan roʼy beradi. Bu vaqtda oshqozon va iichakda ogʼriqli yalligʼlanish boʼladi, perilьstalьtika va ovqat xazm qiilishi buziladi, ich ketish paydo boʼladi, xoxlotdga qon aralashgan, badboʼy xidi boʼladi. Simobni kulrang surtmasi – Unguentum hydrargyri cinereum Bir xil kulrang modda 30% siimob tashkil qiladi, mayda simob yuqori dispers xolatda turadi 1g surtmada 150000000 mayda simob sharlari bor. Bu xolat uni yogʼlar bilan yaxshilab ezilganda paydo boʼladi. Sutma malxam teri osti toʼqimalari va teriga surilishi uchun yengil soʼriluvchi moddalardan tayyorlanadi. 30 qism simobga 10 qism lanolin aralashmasi, 40 qism choʼchqani tozalangan yogʼi va 20 qism buqani tozalangan yogʼi iyaxshi natija beradi. Malxam teriga surilganda xujayraoro tirqishlar va yogʼ bezlarini yoʼllari orqali oʼtadi. Bezlarda va xujayraoro tiriqishlarda simob beruvchi xolatga oʼtadi va sekin-asta soʼriladi. Simob birikmalari teri orasida koʼp vaqt saqlanib va qiisman teri osti toʼqimalariga oʼtib nervlarni taʼsirlaydilar. Bu vaqtda tomirlar kengayadi, qon bilan taʼmirlanish yaxshilanadi, yalligʼlanish oʼtkirlashadi va yalligʼlanishda xosil boʼlgan moddalarning soʼrilishi tezlashadi. Simobni bugʼlari parazitlarga qarshi ishlatiladi. Kulrang simob surtmasi kishloq xoʼjalik xayvonlari uchun 10,0 surtmasi teriga surganda qoramollarni oʼlimga olib kelgan xolatlar xam boʼlgan, 20,0 malxam qoramollarni oʼldiradi. Shu sababli Davlat farmokopese bilan surtmasi maksimal miqdori aniqlangan: otlarga 20,0; qoramollarga 5,0; itlarga 2,0 malxam davomli yalligʼlanishlarni oʼtkirlash uchun terida va teri ostiida tendinitlarda, tendovaginitlarda qoʼllaniladi. Mustaxkam davolovchi natiija faqat surtmani teriga yaxshilab ortilganidagiina olinadi. Ikkinchii marta surtma 1-2 kundan keyin surtiladi. Davolovchi natija 3-6 kunda (oʼtkirlashuv) va toʼqimalarni toʼliq tiklanish 10-15 kunda boʼladi. Parazitlarga qarshi modda sifatida surtma qichima paytida foydalaniladi. Simob Monoxlorid (simob-1 xlorid, kalomelь) – Hydrargyri monochloridum Hg2Cl2 yoki HgCl Oq yoki biroz sargʼish kam kristalli poroshok hidsiz, taʼmsiiz, suvda, spirtda, organik erituvchilarda erimaydi. Suvda qizdirib, shu bilan birga kuchli yorugʼlik taʼsirida va oksidlovchilar taʼsirida sulemaga aylanadi. (Hg2Cl2 - Hg2Cl2). «B» gruppada saqlaydi. Ichilgan kaldomelь oshqozonga oʼzgarishsiz boradi. Ichaklarda oʼtni, oshqozon va ichaklarning shirasini taʼsirida eruvchi simob alьbuminatlarga yoki ioksidli birikmalarga aylanadi. Qaysilarki oz miiqdorda taʼsirlovchi taʼsurot koʼrsatadi. Kalomelьni kam qismi eruvchi birkmalarga aylanadi. Qolgan koʼpchilik qismi esa naxlot bilan chiqarib tashlanadi. Kalomelьni eruvchi birikmalarga aylanishi oʼtxoʼrlarda koʼproq boʼladi, goʼshtxoʼrlarga qaraganda shuning uchun oʼtxoʼrlar tezroq zaxarlanadi. Kalomelьni ich suruvchi taʼsiri goʼshtxoʼrlarda kuchliroq boʼladi. Ichaklarda moddalarning turib qolishi va boshqa sabablar natijasida kalomelь qanchalik koʼp ovqat xazm qilish organlarida turib qolsa, shunchaliik zaxarlanish xavfi zoʼrayadi. Kalomelьning taʼsiri va uni farmakodinamikasi I.P.Pavlov va uning oʼquvchilari tomonidan shartlii refleks yoʼli biilan mukammal oʼrganilgan. Kalomelь ichak bezlarining ishini tezlashtiradi, oʼt chiqishini koʼpaytiradi, unda shiralarning fermentatiiv kuchi kamayadi. Kalomelьnii sekretsiiiyaga taʼsiriii shunchaliik yaxshiki, uni eksperiimentalь farmakologiyada sekretor xususiyat boʼyicha tanadagi u yoki boshqa oʼzgarishlarning sodir boʼlishini aniqlash uchun keng qoʼllaniladi. Sekretsiyaning kuchayishi bilan bir qatorda perilьstalьtika kuchayadi, ichaklarda soʼrilish toʼxtaydi. Buning xammasi najodni suyuqlanishiga va uni tashqariga chiqarilishini tezlashtiradi. Kalomelьni eruvchi birikmalari ovqat xazm qilish organlaridan dezinfektsiyalovchi taʼsir koʼrsatadi. Shu bilan birga kalomelь chirishga qarshi taʼsir etuvchi modda, u bizgishni toʼxtatadi. Kalomelьni koʼzni shilliq pardasiga qoʼyganimizda uning eruvchi birikmalari paydo boʼladi, bu xolat koʼzning shox pardasini xiralashganda uni surdirish uchun ishlatiladi. Kalomelьga xar xil xayvonlarning sezgirligi xar xil. Eng sezgirlar kavshovchilar, undan keyin otlar, eng kam sezgirlar bu choʼchqalar. Sigirlar 10,0 kalomelьdan oʼladilar, qoʼylar 5,0; otlar 20,0; itlar 2,0; choʼchqalar 5,0-10,0 kalomelьni suruvchi va dezinfektsiyalovchi sifatida xar xil ichak infektsiyalariga qarshi, ich ketishlarda, ich qotishlarda dezinfektsiyalovchi sifatida choʼchqalarga, itlarga va yirtqich xayvonlarga beriladi. Tashqi tomondan koʼzni shox pardasini xiralashganini surdirishda kalomelьni poroshogi per se yoki qand bilan birga qoʼllaniladi. Bunda yod moddalarini ishlatish mumkin emas. Kalomelьni ichish dozalari: otlarga 1,0-5,0; choʼchqalarga 0,05-1,5; itlarga 0,01-0,3; mushukga 0,01-0,1; tulkilarga 0,01-0,3; pestsiga 0,1-0,3; norkalarga 0,05-0,1. Simob Diyodid (simob – ikkiyodli) Hydrargyri dijoditum HgJ2 Kaliy yodidni sulema bilan oʼzaro taʼsiridan paydo boʼladi. (HgCl2 + 2KJ - HgJ2 + 2KCl). Toʼq, qizil rangli xidsiz suvda deyarli erimaydigan mayda kristall poroshok. Natriy va kaliy yodlarni suvdagi eritmalarida erib rangsiz kompleks tuzlarni eritmalarini xosil qiladilar: KJ + HgJ2 - K(HgJ2); 2KJ + HgJ2 - K2HgJ А gruppada qulf ostida saqlanadi, qora idishda. Simob yodid eritmalarida sulema singari taʼsir qiladi, kuchli taʼsirlovchi va kuydiruvchi taʼsurot koʼrsatadi. Eritmani kuchi kamaygan sari taʼsirlovchi qobiliyati xam kamaya boradi. 1:10000 nisbatda shilliq pardalarga boʼsh taʼsir qiladi. 1:20000 nisbati xech taʼsir qilmaydi. Dorini bakteriotsidligi sulemaga oʼxshash lekin uni suvda yomon erishi uni keng qoʼllash uchun imkoniyat beradi. Simob yodid malxam shaklida simobni kulrang malxamiga oʼxshash taʼsir qiladi va unda kuchliroq va tezroq taʼsir qiladi. U tez soʼriladi va toʼqimalarni taʼsirlaydi. Simob disodid 5-10% li malxam shaklida ishlatiladi. Yalligʼlanishni tezlashtiruvchi sifatida teri, muskul va paylarni davomli yalligʼlanishlarda qoʼllaniladi. Simob sariq oksidi - Hydrargyri oxydum flaxum, HgO Cariq rangli suvda erimaydigan azot va xlorid kislotada eruvchi poroshok «B» gruppada saqlanadi. Simob yodidga qaraganda toʼqimalarni sustroq taʼsirlaydi, kuydiruvchi xossasi faqat 50% li malxamigina ega. Teriga sezilarli taʼsir koʼrsatmaydi. Yangi tayyorlangan xolida ishlatiladi, yalligʼlanishiga qarshi shilliq pardalarga taʼsir qildiradi. Аsosan oftalʼmologiyada 0,5-5% li surtmalari qoʼllaniladi. Аmidoxlorid simob – Hydrargyri amidochloridum HgNH2Cl Аmiakni sulema bilan oʼzaro taʼsiridan olinadi. Oq suvda erimaydigan amorf poroshok, «B» gruppada saqlanadi. Malxam shaklida ishlatiladi. Teri kasalliklari paytidia yalligʼlanishni oʼtkirlash uchun ishlatiladi. Oq simobli surtma sifatida chiqariladi. Uni tarkibida 10% li amidoxlor simob bor. Tsianid simob (tsionitad simob) – Hydrargyri syanidum. Rangsiz, suvda va spirtda eriydi. Prizmatik kristallar eritmalarda iionlaymagan xolatda saqlanadi. Shuning uchun toʼqimalarni kam taʼsirlaydi. «А» gruppada kulf oyida saqlaydi. Shilliq pardalar dezinfektsiyalovchi uchun 0,03-0,14% li eritmasi qoʼllanadi, teri kasalliklarida , insektitsid sifatida surtma va eritma shaklida qoʼllanadi. Simob dixlorid (ikkixlorli simob, sulema) – Hydrargyri dicloridum (Hydrargyrum bichloratum) HgCl2 Oq poroshok yoki rangsiz kristallar. 18,5 qism sovuq suvda va 3 qism issiq suvda eriydi, 4 qism spirtda, 17 qism efirda va 14 qism glitserinda eriydi. Sulemani suvdagi eritmalarini iliq va yorugʼ joyda saqlansa u kalomelьga aylanadi. HgCl2 + H2O - Hg2Cl2 + O + 2NSl. Sulemani «А» gruppa kulf osti saqlaydilar. Sulema ionlangan xolatda oqsillar bilan qoʼshilib erimaydigan simob alьbuminatlarini xosil qiladi. Аgar alьbuminatlar mikro protoplazmasi xisobidan xosiil boʼlsa unda mikrob oʼladi (dezinfektsiyalovchi xossa) toʼqiima xisobiga xosiil boʼlsa unda yalliigʼlanishlar sodir boʼladi. Sekin-asta dissotsiyalanuvchi tuzlar oqsillar bilan kompleks eruvchi birikmalar xosiil qiladi, qaysiki boshqa kompleks birikmalar qatori yengil soʼriiladi. Ular sekin dissotsiyalanadi. Shuning uchun kuchsiz taʼsurot koʼrsatadi. Lekin ancha davomli. Sulema kontsentratsiyasiga qarab, teriga shilliq pardalarga va jaroxatlarga xar xil taʼsir qiladi, 0,02-0,1% li eritmasi bogʼlovchi sifatida taʼsir qiladi. 0,5-2% li eritmasi yalligʼlanish chaqiradi, 5-6% li eritmasi kuydiruvchi taʼsir qiladi. Sulema juda xam zaxarli boʼlgani uchun uni xayvonlarga qoʼllashmaydi. Sulemani eritma shaklida dezinfektsiya uchun ishlatiladi (0,05-2% li) parazitlarga qarshi bitlashda 0,1% li eritma shaklida. Ot va itlarni qoʼtir kasalligida 0,2-1% li spirtdagi eritmasi. Diotsid – Diocidum. Setilpiridiniy – bromidni yoki xloridni (2qism) va etanolmerkurixloridni (1qism) aralashmasi. Oq kristall poroshok. Suvda va spirtda yaxshi eriydi. Ikkala xolida taʼsir qiladilar etanolmerkurixlorid-antiseptik sifatida, setilpiridinni bromid ketonli sovun shaklida taʼsir qiladi. setilpiridinni bromidni etanolmerkurixlorid bilan birikmasi oʼzaro taʼsir qiladi. Natijada ularning aktivligi kuchayadi. Shuning uchun preparat kompleks xolida chiqariladi. (oq rangli poroshok, suvda va mpirtda yaxshi eriydi) va aloxida tabletka xolida chiqariladi. «А» gruppada kulf ostida saqlaydilar. Dezinfektsiyalovchi va yuvuvchi modda sifatida ishlatadilar. 1:5000 eritmasi xirurg qoʼlini yuvishga tavsiya qilinadi. Margimush preparatlari. Margimush bir necha seriyadagi preparatlarni tashkil qilib, oʼzining taʼsiri va tarkibiga qarab xar xildir, oddiy oq margimush boshlab, toki murakkab osarsol va miarsenolgacha boʼlinadi. Margimush preparatlari avvaldan veterinariyada, modda almashinuvini yaxshilovchi gijja va qoʼtir kasalliklariga ishlatilib kelingan. Margimush birikmalarining 3-valentliligida (arsenitlar) va 5-valentliligida (arsenatlar) tarkib topgandir. Аrsenitlar farmakologiik jixatidan kuchlidir va koʼpincha ularni qoʼllaniladi, shuningdek arsenitlarni toksiinligii bir necha marta yuqoridir. Margiimushning neorganik birikmalari shilliq pardalar orqalii yengil shimiriladi. Qon orqali butun organizmga tarqaladi, maʼlum bir qismi jigarda va buyrakda oʼz xolatini oʼzgartiradi. Margimush oʼz navbatida buyrak, ichak bezlari orqali oz qismi esa ter va sut bezlari orqalii ajraladi. Аjralish qabul qilingandan 2-8 soat keyin boshlanib juda sekin ajraladi. (3-10kun), baʼzi paytda ajralish 2-7 oy davom etadi, margimushning baʼzi bir erimaydigan birikmalari organizmda bir yilgacha saqlanadi. Margimush eritmalarini bir necha bor taʼsiri natijasida terida ekzema taraqqiy etadi. Margimushning taʼsirchanligi uning beriladigan dozasiiga bogʼliqdir. Margimush kam miqdorda beriilsa qoʼtaram boʼlgan xayvonlarga yaxshii taʼsiir etib, ularda iishtaxa ochadi, ozuqa moddalarini oshiradi, tirik ogʼirligi tez ortadi, yogʼ yigʼadi teri qatlami silliq xolatga keladi, teri qalinlashadi, yumshoq va yaltiroq boʼladi. Yosh mollarning oʼsishi tezlashadi, suyaklarii uzun va yoʼgʼon tortadi, muskullarini kuchi ortadi, qon tarkibida qizil qon tanachalarini bir muncha koʼpayganligi seziladi. Koʼp miqdordagi margimush zaxarlidir. Margimushni davolash va zaxarli dozasini oʼrtasida deyarli farq kam. Zaxarli dozasi boshlanish paytida xazm boʼluvchi ozuqalarni oʼzlashtirilishi yaxshi boʼlib, suyak miyasining qon xosil qilish vazifasi ortadi, lekin tezda zaxarlanish xolati paydo boʼladi, kaysiki xayvonni to oʼlimgacha olib boradi. Margimush bilan davomli zaxarlanishda ozuqa yoʼllarini buzilishi, ishtaxasi yoʼqoladi, qayt qilgisi keladi, ichi ketadi. Undan keyin shilliq pardalarining yalligʼlanishi koʼrinadi, konʼyuktivit, rinit, traxit, bronxit, stomatit, gastrit, enterit, juni kuruklashadi, xurpayadi, toʼkiladi, teri quruqlashadi. Issiq boʼladi, baʼzan ogʼriydi. Xayvon kuchli oriqlaydi, urgʼochilari koʼpincha bola tashlaydi, sterilitet, yoʼldoshi tushmaydi, xar xil bachadon kasalliklari kelib chiqadi. Suti tez kamayadi. Аsta-sekin markaziy va atrof nerv sistemasining oʼzgarish natijasida motor va sezuvchi qismi shol boʼladi. Koʼpincha tovush bogʼlamlarining shali (paralich) boʼladi. Zaxarlanish ogʼir boʼlganda, kekiradi va yurak xolati oʼzgaradi. Oʼtkir zaxarlanish shal yoki oshqozon, ichak yoʼllarini buzilishi bilan oʼtadi. Shal xolatida oʼtishi margimushni qonga tezlikda shimirilishi natijasida boʼladi, bundan tashqari, tashqarida margimushni koʼp boʼlishi shuningdek vena qoniga boʼlishi sabab boʼladi. Maqsadga muvofiq klinika belgilaridan, umumiy axvoli susayadi, aloxida muskullarida paraliya, yurak faoliyatini susayishi, kekirish va koʼz qorachigʼini kengayishi asosiy belgilardan xisoblanadi. Yuqoridagi belgilarini kuchayishi natijasida xayvon 1-10 soat ichida xalok boʼladi. Oshqozon ichak shaklida boʼlganida zaxarlanish oshqozon ichak yoʼllari orqali oʼtgan boʼladi. Bu vaqtda asosiy belgilaridan, ogʼzidan va burnidan shilimshiq oqadi, qayt qiladi. Yutunishi qiyinlashadi, kolik, ich qotish tez vaqtda ich ketish bilan almashinadi, axlotida koʼpincha qon aralashgan boʼladi, oshqozon ichak shilliq pardalari boʼlak-boʼlak boʼlib, koʼp miqdorda shilliq xolatida ajraladi. Margimushni ishlatilishi yuzaki yara, jaroxatlangan teri orqali boʼlganda oshqozon – ichak orqali zaxarlanishiga nisbatan 10-15 marta yengil oʼtadi. Shu paytgacha oʼtadi. Shu paytgacha margimushni taʼsir kuchi aniqlanmagan. Taxminan u organizmda uch valentlikdan besh valentlikka aylanishi va Yana aks xolatiga qaytishi (А2O3 – O2 - А2O5; А2O5– А2O3) shu xolatda tiklovchi va achituvchi boʼlib modda almashinuviga taʼsir koʼrsatadi. Uch valentli margimush smstein birikmalariga yengil oʼrin beradi. Bitta sisteinga nisbatan xosil boʼlgan kompleks, achitish protsesslarida birmuncha kuchliroq katalizator boʼlib, xizmat qiladi. Koʼp miqdordagi margimush qarama-qarshi kam taʼsir qilib, achish protsessini buzadi. Margimush kapilyarlarni kengaytiradi asosan kapilyarlarni innervatsiya boʼlgan joyida n.splanchnici. Kam miqdordagi margimush ichaklarda maʼlum miqdorda giperemiya uygʼotadi. Natijada ozuqa moddalarini shimirilishi yaxshilanadi. Koʼp miqdordagi kapilyarlarda paralich xosil qiladi. Shuning natijasida bu yerda qon uyushi xosil boʼladi, tezda yalligʼlanish boshlanib, baʼzan nekroz boʼladi. Margimushni davolash dozasi, ogʼiz orqali berilib, fermentativ protsesslarni kuchaytiradi, ozuqa xazm qilish va uni oʼzlashtirishni oshiradi. Koʼp miqdorda qabul qilinsa shilliq pardalar yalligʼlanadi. Margimush modda almashinuviga taʼsir koʼrsatib, natijada qon xosil qiluvchi organlarni qitiqlab, oʼz navbatida qizil qon tanachalarini qonga oʼtkazadi. Ilgaridan maʼlum boʼlishicha, margimushni doimo qabul qilish natijasida unga organizm oʼrganib qoladi va margimushni oʼldirish dozasidan 10 barovar koʼp isteʼmol qilinsa xam organizm zaxarlanmaydi. Margimush oʼrganishda faqat margimushni ichaklaridan qabul qilish kerak. Xayvonga 10 marta oʼlim dozasini ogʼizdan berilsa, xayvon uni singiradi, lekin 1 oʼlim dozasi teri ostiga yuborilsa xayvonni oʼldiradi. Shuningdek venaga va yuzakni yaralarga yuborilganda kam 1 oʼlim dozasi kifoya boʼladi. Yaʼni xayvonni oʼldiradi. Bunday oʼrganish xayvonni organizmda boʼladigan reaktsiyaga bogʼliiq boʼlib, margimushning ovqat xazm qilish yoʼllaridagi shilliq pardalar orqali yaxshi shimirilmasligidadir. Margimushning ornagik va organikmas birikmalari parazitlarga qarshi taʼsir koʼrsatadi. Farqi shundaki organik preparat diopozon davolash va zaxarli miqdori organikmas preparatga nisbatan maʼlum miqdorda ortiq. Margimush birikmalari oddiy kasal uygʼutuvchilarga zaxarli taʼsir, ular mikrob, kanna, gijjalarga va bir necha marta kam zaxarlidir. Margimushli angidrid, margimush angidridi – Acidum arsenicasum anhydricum, AS2O3 Ogʼir oq shinisimon yoki oq sargʼish poroshok, suvda qiyin eriydi (1:65-80); solyaniy kislotada, yedkiy natriy eritmasi va uglekisli ishqorida yaxshi eriydi. Suvdagi eritmasi boʼsh, nordon reaktsiya beradi, qulflangan xolda saqlanadi (А - spiskasida). Margimush angidrid surunkasiga ovqat xazm qilish buzilganda ogʼizdan qoʼllaniladi. Masalan: xayvon oriqlaganda, kam qonliikda, raxitda va osteomolyatsiyada. Ogʼizdan dozasi: ot va yirik shoxli mollarga 0,1-0,5; mayda shoxli mol va (parranda) choʼchqalarga 0,005-0,05; itlarga 0,001-0,005 margimushni doimo qoʼllash natijasida xayvon oʼrganish tufaylii dozasini eng kichigidan eng kattagacha yoki davolash dozasigacha yetkaziladi, keyin aksincha kamaytiriladi, ikkinchi kurs davolash boshlaguncha 5-6 kun dam beriladi. Margimushning organik birikmalari: Margimushning organik birikmalarini organizmga yuborganda shuni koʼrsatadiki uning toʼgʼridan-toʼgʼri uglerod bilan bevosita aloqasi galogen va sionidlarning birikmada yoʼqligi. Birikmani xayvon uchun toksinligini pasaytiradi, parazitotsidlik bu xolda pasaymaydi, baʼzi koʼpayadi. Yana xam aktivroq boʼlib xisoblanuvchi preparatlarni asosida margimushli bogʼlam boʼlishidir. R-As=As-R Benzol xosilasini aminogruppa qoʼsh bogʼi bilan almashilganda koʼrinadiki, solvarsen deb ataluvchi dioksidaminoarsenobenzolni davolash indeksi atoksildan 9 marta, margimush angidriddan 37 marta kuchlidir. Keyinchalik solvarsanni oʼrniga novarsenol qoʼllana boshladi. Uni xam umumiy zaxarliligi parazitotsidligi birmuncha yengildir. Keyinchalik miarsenolni sintezlab uni faqatgina venagagina emas, muskul ichiga xam yuboriladigan boʼldi. Besh valentli margimush asosini oʼrginilib, atoksilni, sintezlab undan: asorsol, aminorsol va boshqalar topildi. Parazitotsidlik mezanizm taʼsiri. Margimush preparatlari umuman murakkabdir. Maʼlum boʼlishicha margimushning organik birikmalaridagi molekulasi kam aktivdir, lekin organizmda. Ular organizmda murakkab kuchli taʼsir etuvchi orsenoksid R-A2O. kaysiki juda xam kam kontsentratsiyasi organizmda yaxshi sharoit tugʼdiradi, lekin baribir triponozom, spirtaxet va mikroblarga kulay emas. Shu bilan birga bu modda xayvonlar uchun xam zaxarlidir, shuning uchun uni toza xolda ishlatilmaydi. Organizmda orsenoksid koʼrinishicha sekin hosil boʼlib, parazitlarni boʼgʼuvchi xisoblanib, xayvon organizmiga kam taʼsir etadi. Qondagi parazitlarga taʼsir qilishidan tashqari, margimushni organik birikmalari shuningdek umumiy taʼsiri, margimushni neorganik birikmalari uchun spetsifikdir, maxsusdir. Novarsenol – Novorsenolum. Аralashma: 3,3-diamino-4, 4-dioksiarsenobenzol-N-farmalьdegid sulfaksilat natriy va 3,3-diamino-4, 4-dioksi - arsenobenzol-N1N- bis-farmalьdegidsulьfaksilat natriy, kondensatsiyali salьvarsan bilan farmalьdegidsulьfaksilat natriy maxsulidir. Tarkibida 19-20% margimush bor. Mayda sarik poroshok suvda yengil eriydi, sariq eritma xosil qilishi bilan neytral reaktsiyalidir. 210 dan yuqorida saqlanganda parchalanadi. Novarsenol shiddatli tiklovchidir. Xavoni taʼsirida yengil parchalanib qorayadi, achish natijasida zaxarli moddaga aylanadi. Shuning uchun preparat ampulada chiqariladi. Veterinariya tajribasida novarsenol maxsus davolovchi modda deb tavsiya qilinib, kontagiozniy plevrapnevmaniya, su-auru va otlarda qosirish kasali: buzoqlarda septicheskaya pnevmoniya, echkilarda infektsion plevropnevmaniya, quyon va tovuqlarda spiraxetoz kasalliklarida maxsus dori xisobida qoʼllaniladi. Novarsenol yuborilgandan 2-4 kundan keyin kasal xayvonni normagacha pasayadi, yurak faoliyati yaxshilanadi. Umumiy axvoli yengillashib shu bilan xayvon butunlay tuzalib ketadi. Novarsenolni kasal boshlagan vaqtida qoʼllanilsa yaxshi natija beradi, va foydali taʼsir koʼrsatadi. Eng yaxshi taʼsir koʼrsatish, kasalni 2-3 kunda yuborilganda foydali xisoblanadi. Novarsenolni kasal uygʼotuvchiga taʼsiri ilmiy koʼrsatilmagan, bir qator yuqori aktivligi in vivo va boʼshligʼi in vitro shuningdek maxsulligi va taʼsirini tezligi xayvon tanasida yaxshi sharoit tugʼdirish, kasal uygʼotuvchilariga mutlaqo yomon sharoit tugʼdiradi. Tekshirishlar koʼrsatadiki, novarsenolni taʼsiri mikroorganizmlarda tialoviy fermentlar sistemasini oʼrab oladi, bu esa modda almashinuvini tez boʼlishi natijasida kelib, chiqadi, shu bilan birga novarsenol xayvonni umumiy axvolini yaxshilaydi, shundan maʼlumki novarsenolni kasal paydo boʼlmasdan uni inkubatsion davrida yuborish kerak boʼladi. Novarsenol xar xil xayvon parrandalardagi kasalliklarga karshi. Masalan: su-auru, otlarda qochirish kasali yuqumli plevpnevmaniya, speraxetozlarga qarshi qoʼllaniladi preparat qoʼllanmasligi asosan venaga yuboriladi, teri ostiga oz miqdorda tushib qolsa toʼqimalarni zararlaydi baʼzan nekroz xosil qiladi. Miorsenol – Myarsenolum. 3,3-diamino-4,4-dioksi-arsenobenzol-N1N-bistilen-sulьfanat natriy. Oʼzida 18,2-19,2% As-ni saqlaydi. Yengil, moʼrt, tiniq sariq, xidsiz, poroshok suvda yengil eruvchan, ampulada chiqariladi. Qulflangan holda saqlanadi. Preparat novarsenolga nisbatan kuchliroq lekin koʼp saqlanganda oʼz kuchini tezroq pasaytiradi. Eritmasi tiniq, tashqi muxitda saklanganda oʼzgarmaydi, lekin zaxarliligi oshadi, shuning uchun yangi tayyorlangan eritmasi ishlatiladi. Miorsenolni taʼsiri va qoʼllanilishi, novarsenolga oʼxshashdir. Miorsenolni taʼsir kuchi novarsenolga nisbatan bir necha marta past va kam zaxarli, muskul ichiga yuboriladi, asosan yo shva oriq mollarga qoʼllaniladi. Muskulga dozasi: otlarga 4,0-6,0; yirik shoxli mollarga 2,0-3,3; tovuqlarga 0,02-0,1; tulkilarga 0,1 grammi yuboriladi. SАVOLLАR: 1. Ishqoriy va ishqoriy yer metallarga qaysi moddalar kiradi? 2. Natriy, kaliy, magnit va bariy preparatlari xakida tushuncha bering? 3. Аllyuminiiy, qoʼrgʼoshin, vismut, temir, kumush simob preparatlarini xarakteristika bering? 4. Margimushning orgnaik birikmalariga qaysi moddalar kiradi? 5. Margimushning anorganik birikmalari xakida tushuncha bering? 6. Margimush preparatlarining taʼsir mexanizm iva axamiyati haqida? 18-19 – MАЪRUZА MАVZU: АNTIMIKROB MODDАLАR REJА:
2. Kislorod beruvchi moddalar. 3. Xlor preparatlari. 4. Kislota, ishqor va sovunlar. 5. fenol va uning birikmalari. TАYaNCh TUShUNChАLАR: 1. Formalьdegid guruxiga kiruvchi preparatlarga umumiy xarakteristika. Farmakodinamikasi, qoʼllash va saqlash qoidalari xaqida. 2. Kislorod beruvchi moddalarga umumiy xarakteristika. Ularning axamiyati, taʼsir mexanizmi toʼgʼrisida. 3. Xlor preparatlarining taʼsir mexanizmi, axamiyati qoʼllanilishi toʼgʼrisida. 4. Kislota ishqor va sovunlarning axamiyati, qoʼllanilishi saklash qoiidalari toʼgʼrisida. 5. Fenol va uning birikmalariga umumiy xarakteristika, ularning axamiyati, qoʼllanilishi dozalari va saqlash qoidalari haqida. Mavzu: Mikroblarga, parazitlarga qarshi qoʼllaniladigan dori moddalar. Veterinariya amaliyotida keng ishlatilishi va samaradorligi boʼyicha katta axamiyatga sazovor boʼlgan Ushbu vositalar mikroorganizmlarga qarshi taʼsir etadigan preparatlardan. Bular farmakologik taʼsiri boʼyicha mikroorganizmlarni oʼldiradi, bakteriostatik-mikroorganizmlarning rivojlanishi, koʼpayishini toʼxtatadi. Lekin bakteriotsid va bakteriostatik taʼsir oʼrtasiga chegara kuyish qiyin, chunki bir xil moddaning kichik kontsentratsiyasi bakteriostatik, katta kontsentratsiyasi bakteriotsid taʼsir koʼrsatishi mumkin. Mikroblarga qarshi moddalar 3 turga boʼlinadi: a. Dezinfektsiyalovchi moddalar. b. Аntiseptik moddalar. c. Ximioterapevtik moddalar. Mikroblarga qarshi moddalar deganda antiseptik, dezinfektsiyalovchi moddalar koʼzda tutiladi, chunki ular asosan kuchli bakteriotsid va mikroblarga qarshi keng doirada taʼsir koʼrsatadi. Dezinfektsiyalovchi moddalar idishlar, xonalar, tibbiy asboblar, kiyimlardagi mikroorganizmlarga karshi taʼsir koʼrsatish uchun qoʼllanadi. Bu moddalar ishlatilgan joylarni oʼzgartirishi, xidi yoqimsiz boʼlmasligi kerak. Аntiseptiklar terida, shilliq qavatda va yaralardagi mikroorganizmlarga qarshi taʼsir koʼrsatish uchun qoʼllaniladi. Bu moddalar toʼqimalarni taʼsirlamasligi, qoʼzgʼamasligi, koʼyilgan joyidan qonga soʼrilmasligi, allergik jarayonlarni sodir etmasligi kerak. Bular ayniqsa bolalar uchun kam zaxarli boʼlishi kerak, chunki ularda toʼqima toʼsiqlari xam yaxshi rivojlanmagan boʼladi. Bu moddaning birini antiseptik, boshqasini dezinfektsiyalovchi deyish, ular Bu moddaning birini antiseptik, boshqasini dezinfektsiyalovchi deyish, ular oʼrtasidagi chegara kuyish qiyin, chunki ularning koʼpchiligi aniq kontsentratsiyada antiseptik sifatida, undan katta kontsentratsiyada dezinfektsiyalovchi modda sifatida qoʼllaniladi. Ximioterapevtik moddalar mikroblarga tanlab taʼsir etadi, ular asosan organizmda joylashgan mikroorganizmlarga qarshi taʼsir koʼrsatish uchun qoʼllaniladi. 6- GURUXI Аlьdegidlar – vodorodsiz alьkogollardir. Ularning asosiy xususiyati molekulasida albatta O=S-N gruppirovkasining boʼlishidir. Tabbiy alьdegidlarning katta qismi oʼsimliklarda asosan efir moylarida va koʼp miqdorda tirik organizmlarda organik moddalarning parchalanishidan xosil boʼlgan oraliq maxsulot xolida uchraydi. Аlьdegidlar oson oksidlanadi va qaytaruvchi xolida taʼsir etadi (R*SON – O---R*SOON) lekin ular kaytarilish va spirtga aylanishi xam mumkin (R*SON – N2---O - R*SN3) ishkoriy muxitda esa kushiluvchi oksidlanish – qaytarilish reaktsiyasi sodir boʼladi (2R*SON – KON SN2ON - R*SOOK). Bu reaktsiyalar alьdegidlarni qoʼllashda asos boʼladi. Bu gruppaga kiruvchi koʼp miqdordagi moddalardan veterinariya amaliyotida faqat formalьdegid va uning preparatlari qoʼllaniladi, ularning taʼsir mexanizmlari shundan iboratki, ular oqsil birikmalardan kislorodni siqib chiqarib Mitoxondriyaning ayrim kismlarini parchalaydi. Bunday taʼsirga koʼproq mikrob xujayralari sezgirdir, lekin xayvon organizmidagi xujayralar xam sezgir. Formalьdegid – Formaldehydum. Bu chumoli kislotasining alьdegiddir. Rangsiz, oʼziga xos utkir xidi gaz – 210 sovuqda suyuqlikka aylanadi. -920 da esa muzlaydi. Suvda va spirtda xar kanday nisbatda eriydi. Formalьdegidni qizitilgan miss ustidan metil spirt parlari orqali 45-500 issik xavoni utkazish yoʼli bilan olinadi. Formalьdegid oson polimerlanadi va dioksimetilen (SN* SO2N)2 trioksimetilek (SN* SON)3 va boshqa polimerlarga aylanadi. Formalьdegid oksidlovchilar, fenol, kamfora, mentol, timol va rezortsii bilan birikmaydi. Formalьdegid fakat nam muxitida taʼsir etadi. Namlik bilan bir katorda dezinfektsiyalash uchun temperatura xam axamiyatlidir. Temperatura 100 dan past boʼlmasligi kerak, kancha yuqori boʼlsa formalьdegidning antimikrob taʼsiri shuncha kuchayadi. Past temperaturada formalьdegid bakteriyalarni oʼldirish tugul, ularga bakteriostatik taʼsir xam koʼrsatmaydi. Eritmalar shaklida formalьdegid yuqori bakteriotsidlik taʼsir koʼrsatadi 1% li kontsentratsiyada u 0,1% li sulemaga teng va undan uz taʼsirining turgunligi va uzoqligi bilan fark kiladi. Formalьdegid – kichimaga qarshi kuchli moddalardir. 23% li eritma eritma yoki 2 % li liniment xolida u kichima kanallarini oʼldiradi. Bunda u parazitning xazm kilish apparati orkali taʼsir etadi. Xayvon uzoq vakt terisi ustida kancha uzok tursa shuncha ishonchli taʼsir koʼrsatadi. Shuning uchun xam u pashshalar uchun juda zaxarli (0,1% li eritmasi) va burgalar uchun uncha taʼsiri yoʼq. Shilliq qavatlarga, teriga va jaroxat yuzasiga taʼsir etganda formalьdegid avval qotiruvchi keyin qitiqlovchi taʼsir koʼrsatadi. Qotiruvchii taʼsirda toʼqimalarda suvni chiqarishi aniq bilinadi. Bunda teri yoki shilliq qavat quruq qattiq boʼlib qoladi va bezlarning sekretsiyasi juda ozayadi. Formalьdegid bilan zararlanganda u tushgan joyda oʼtkir yalligʼlanish vujudga keladi, xansirash, umumiy susayish sodir boʼladi. Zaxarlanganda oqsil ichkiziladi N*SON ni biriktirish uchun, oshqozon yuviladi, aktiv koʼmirning suvdagi eritmasi bilan, spetsifik antidot tarzida atsetat ammoniy eritmasi beriladi. Formalin xonalarni, ustiboshlarni va boshqa predmetlarni dezinfektsiyalash uchun ishlatiladi. Qichimaga qarshi 2-5% li spirtli eritmasi, yiringli konʼyuktivitda yalligʼlanishga qarshi 0,001% eritmasi va pashshalarga qarshi xamda patologo-anatomik preparatlarni konservatsiya qilish uchun ishlatiladi. Parchalanmagan urotropin buyraklar orqali ajraladi va siydikni kislotali muxitida oʼz komponentlariga parchalanadi. Urotropinning xarakterli xususiyati shundaki u buyrak va siydik yoʼllariga dezinfektsiyalovchi taʼsir koʼrsatadi va kuchsiz diuretik taʼsir etadi. Ichish uchun va vena ichiga yuborish uchun dozasi: sigirga 5,0-20,0; eshak, qoʼy, echki va choʼchqaga 2,0-5,0; it va tulkiga 0,5-2,0; tovuqlarga 0,001-0,05. Oʼzidan kislorod beruvchi moddalar. Bu gruppaga oksidlash xususiyatiga ega boʼlgan yaʼni oʼzidan atomar kislorod ajratadigan dorivor moddalar kiradi. Аtomar kislorod oʼz molekulasidan ajralib aktivlashadi va mikroblar bilan birikib bakteriotsid taʼsir etib , kuchsiz kontsentratsiyalarda sezuvchi nerv oxirlariga qitiqlovchi taʼsir koʼrsatadi, kuchli kontsentratsiyada esa toʼqimalarni nekroz qiladi. Vodorod peroksid – Hydrogenii peroxydum. Praktikada vodorod peroksidning eritmasi qoʼllaniladi. (N2O2) – Solutio hydrogenii peroxydi concentrata yoki Perhydrolum (30% N2O2) - Solutio hydrogenii peroxydii diluta yoki Hydrogenii peroxydum solutum (3% N2O2). (30% N2O2) kuchli oksidlash xususiyatiga ega boʼlgan, tiniq rangsiz, kuchsiz kislotali (nordon) reaktsiyali suyuqliklar. Vodorod perekisining taʼsiri qisqa muddatli va yuzaki boʼladi. Temperaturaning ortishi bilan uning bakteritsidligi ortadi. Masalan: 1%li eritmada 150 da stafilakokklar 10 minutda oʼladi, 350 da esa 1 minutda oʼladi. Vodorod perekisining ofitsalь eritmasi retseptorlarni qitiqlaydi va qotiruvchi taʼsir koʼrsatadi: uning qotiruvchi effekt qon toʼxtatish taʼsiri bilan isbotlanadi. Ichilganda N2O2 shilliq ajralishini kuchaytiradi. Itlarda qayt qilishni chaqiradi. Sigirlarda esa oshqozon chandigʼida gaz toʼplanib ogʼir formadagi timponiyani vujudga keltiradi. Otlarda koʼpincha oshqozonning oʼtkir shishishini keltiradi. Stomatitlarda N2O2 eritmasi yoqimsiz xidlarni yoʼqotadi (chiruvchi protsesslarni yoʼqotadi). Vodorod perekisining jaroxatlarga bakteriotsidik taʼsiridan tashqari undan ajralib chiqqan kislorod koʼplab mayda pufakchalar xosil qilib qon kuyumlari va jaroxatni mexanik ravishda xar xil iflosliklardan tozalaydi; u granulyatsion toʼqimani aktivlashtiradi. Vodorod perekisining 3%li eritmasi asosan yaralarni dezinfektsiya, dezodoratsiya qilish uchun, tashqi quloq yalliqlanishida fibrinoz konʼyuktivitda va faringitda, xiirurgiyada esa yopish – olgan bint va salfetkalarni ajratish uchun ishlatiladi. Kaliy permanganat – Kalii hypermanganas KMpO4 Toʼq savsar rangli romba shaklidagi kristall poroshok suvda eriydi va kontsentratsiyasining ortishiga qarab, pushti rangdan to toʼq malina ranggacha oʼzgaradi. Kaliy permanganat spirt, glitserin, shakar, efir moylari, salitsil va karbol kislota tanin, oltingugurt, koʼmir va boshqa organik va oson oksidlanuvchi moddalar xamda yod, simob va boshqa alkoloidlar bilan birikmaydi. Kaliy permanganat organik moddalar bilan oʼzaro taʼsir etib ishkoriy va kislotali muxitda ozod kislorod ajratib chiqaradi. Аmmo kislotali muhitda kuchli va intensivroq. 2 KMpO4 + N2O - 2 KON + 2 MpO2 +30 Kuydirgi sporalari 3% li KMpO4 eritmasida 1 sutkada oʼladi, sil tayyoqchalari esa 5 sutkada xam oʼlmaydi. Kaliy permanganatning 0,1% - 1%li eritmalari kataralь, yiringli va sassiq stomatitlarda, faringitlarda, proktitlarda, vaginitlarda va endometritlarda qotiruvchi, dezinfektsiyalovchi va dezodorant taʼsir koʼrsatadi; 2-4%li eritmasi quyuqlarda kompress uchun ishlatiladi: 1:1000 kontsentratsiyadagi KMpO4 yirik shoxli xayvonlar kinini trixomonoz boʼlganda yuvish uchun ishlatiladi. Fosfor va morfin bilan zaxarlanganda 1-3% li eritmalari ichkaziladi. Shuningdek 0,1-2% eritmalari oʼtkir gastritda yalligʼlanishga qarshi ichkaziladi. 2-4% li eritmalari goʼsht doʼkonlari, kolbasa baliq idishlarini dezinfektsiya va dezodoratsiya qilish uchun ishlatiladi. Kaliy permanganat oʼtlovchi xayvonlarda xam zararlidir. Quruq KMpO4 ning 15,0-20,0 grammi otlarga berilganda xazm apparatida xech kanday buzilish boʼlmaydi. Soʼyilgan xayvonlarni yorib koʼrilganda xam xech kanday oʼzgarish aniqlanmagan, xatto shilliq kavatlarning boʼyalishi xam juda kam uchraydi. Xlor preparatlari. Xlor tabiatda juda xam tarqalgandir. U juda koʼp xilma-xil moddalar: taniqli zaxarlar (iprit, difosgen), stimulyatsiyalovchi dorilar (kalьtsiy xlorid) oziq moddalar (osh tuzi) ning asosini tashkil qiladi. Iarkibidan ozod xlor ajralib chiqib antimiikrob taʼsir etadigan va xlor bilan farmakologik aktiv xisoblangan juda koʼp miqqdorda preparatlar bor. (xlorli kaliy va xlorli natriy tuzlari, oxak, xlorli suv, xloratsid va xloramin). Ozod xlor sovuq suvda juda yaxshi eriydi, temperatura ortishi bilan uning eruvchanligi pasayadi: masalan: 40 suvda 460 xajm gazsimon xlor erisa, 200 da 226 xajm, 90 da esa 14 xajm eriydi. Buni xlorli suv tayyorlashda eʼtiborga olish kerak. Xlor lipoidlarda erimaydi va yogʼlarda juda yomon eriydi. Shuning uchun yogʼlar predmetlarni xlorning uyuvchi taʼsiridan saklash uchun ishlatiladi. Quruq gazsimon xlor inert boʼlib fosfor, temir kabi reaktiv moddalar bilan xam reaktsiyaga kirmaydi. Nam muxitda esa uning aktivligi ancha yuqori, suv bilan xlor, xlor kislotasi xlorsimon kislota (xloriovatistaya kislota) xosil kiladi. Cl2 + H2O – HCl + HCL O HCL O chidamsiz boʼlib, tezda NS va kislorodga ajralib ketadi. HCLO – HCL + O ajralib chiqqan O kuchli oksidlovchi boʼlib antimikrob taʼsir koʼrsatadi. Xlorning giposulьfat natriy bilan reaktsiyasi ortiqcha xlorli neytrallash uchun (Na2S2O3+4Cl2+5H2O-Na2SO4+H2SO4+8HCl) uning vodorod sulʼfid bilan oʼzaro taʼsiri. (H2S+Cl2- 2HCl+S; S+4H2O+3Cl2-H2SO4+6HCl) va ammiak bilan oʼzaro taʼsiri etib (2NH3+3Cl2-N2+6HCl; 8NH3+3Cl2-6NH4Cl N 2) dezodoratsiya uchun ishlatiladi. Xlorning taʼsir mexanizmi uning ajralib chikkan kislorod bilan oksidlanishidan iborat. Kislotali muxitda xlor kislota xam qisman taʼsir etadi. Bundan tashqari xlorning oʼzi xam oqsiillar Bilan reaktsiyaga kirib ularning xususiyatlarini buzadi. Har xil toʼqimalarga aloxida spetsifik taʼsir koʼrsatmasa xam xlor tirik toʼqimlarga xam mikroblarga xam boshqa organik va noorganik birikmalarga intensiv taʼsir koʼrsatadi. Eritmada xlor kancha koʼp boʼlsa uning reaktsiyasi shuncha intensiv sodir boʼladi. Ifloslangan obʼektlarni dezinfektsiiyalashda xlor tezda organik, namga boy moddalar bilan reaktsiyaga kiriladi. Gazsimon xlorning tirik organizmga taʼsiri uning nam shilliq kavat va jarrox yuzasiga tekkanida bilinadi. Kuchsiz kontsentratsiyada nerv uchlarini qitiqlaydi va bezlarning sekretsiyasini kuchaytiradi. Kontsentratsiyaning ortishii bilan bu taʼsirlar kuchayadi va yalligʼlanishga olib boradi. Kalʼtsiy gipoxlorid (xlorli ohak, oqlaydigan ohak) – Calcii hydrochlorosum (calcaria chlorata). Bu asosan ishlab chiqarishning texnik sharoitiga qarab, saqlanish sharoitiga qarab kalʼtsiy xlorid (Sa Cl2) kalʼtsiy gipoxlorid Sa(OCl2) va kalʼtsiy gidratokisi Sa(ON2) ning xar xil nisbatdagi aralashuvidan iiborat. U toza, soʼndirilgan oxakni ular bilan toʼyintiirishi yoʼli bilan olinadi. Oq yoki kulrang poroshok boʼlib xlor xidi kelib turadi. Suvda qisman eriydi. Xlor oxagining asosiy taʼsir etuvchi ingridienti xlor boʼlib, u 40 % gacha boʼladi. Аktiv xlor oxakda ozot xolda xamda gipoxlorid kalьtsiy xolida boʼladit. Kislotali muxitda u suv bilan oʼzaro taʼsir etib NS va NS O ga aylanadi. (NS O parchalanib azot kislorod chiqaradi). Ishqoriy muxitda oxakning aktiv qiismi gipoxloridlar asosan kalьtsiy gipoxlorid boʼlib u okisь xlorga S2O atomar kislorodga va ozod xlorga ajraladi. Oxakda xlorning miqdori oʼzgaruvchan boʼlganligi uchun xar xil dezinfektsiyalovchi eritmalar tayyorlashdan oldin uning miqdorini aniqlash kerak. Buning uchun iodometrik usuldan foydalaniiladi. 1 gramm oxakni 10ml 10% li kaliy iodid eritmasiga qoʼshiladi va unga ozod iod toʼla ajralib chiqquncha suyultirilgan yoki kuchli xlorid kislota qoʼshib detsinormalь natriy giposulьfat eritmasi bilan titrlanadi. Kislotali muxitda kaliy iodiddan siqib chiqarilgan iodning miqdori aktiv xlor miqdoriga ekvivalentdir. Xlorli oxak mikroblarning vegetativ formalarinii va sporalarini oʼldiradi, ammo manka va sil mikroblariga taʼsir etmaydi. Oxakning suvdagi 30% li eritmasi 1 minutda kuydirgi sporalarining oʼsishini toʼxtatadi, 5% lisi 20-25 minutda 1% li eritmasi esa 90 minutda saramas, choʼchqa sentitsemiyasi va boshqa koʼpgina vegetativ mikroblar xlorli oxakning 1 % li eritmasida 12 -1 minutdayoq oʼsishdan toʼxtaydi. Stafilakokk va streptokokklar 1% li eritmada 1-5 minutdayoq oʼsishdan toʼxtaydilar. 0,4% li sulemaga teng xlorning antiimikrob xususiyati suvli muxitda 3-10 sekunddayoq namoyon boʼladi. Praktikada oxak eritmalari deziinfektsiyalanuvchi obʼektga 15-20 minut, agar juda xam ifloslangan joylar boʼlsa 1 soat taʼsir ettirilishi kerak. Gazsimon xlor singari xlorli oxak xam ammiak va vodorod sulьfid bilan reaktsiiyaga kiradi va ularni neytrallaydi. Shuning uchun xam dezodoratsiyada qoʼllaniladi. Xayvonlar terisiga quruq oxak taʼsir etmaydi, lekin eritma xolida boʼlsa yoki namlik boʼlsa qitiqlovchi taʼsir qiladi va kontsentratsiyasi qancha yuqori boʼlsa shuncha kuchli taʼsir etadi. Praktikada xlorli oxak xayvonlar tuyogʼidagi shishlarni yemirish uchun ishlatiladi. Uning bu xususiyati antimikrob xolda ishlatilganda salbiy taʼsir etishi mumkin. Xlorli oxak otxona, molxona, tuproq, gung, vagonlar va suvni dezinfektsiya qilish uchun ishlatiladi. Uni eritma vzvesь xolida 6-33% lisi, tiniq eritma xolida 1-5% lisi yoki quruq oʼzi ishlatiladi. Xlorli ohak bilan metall buyumlar, tekstilь vat yeri buyumlari dezinfektsiya qilinadi. Kislotalar, ishqorlar va sovunlar. Kislotalar. Kislotalar dissotsialanish darajasiga qarab xar xilda boʼladi, taʼsir mexanizmi xam qanchalik __________ boʼlsa kislotalarning biologik taʼsiri shunchalik koʼproq seziladi. Masalan: 1. Kuchli kislotalar dissotsiyalanish 85% yakin HCl, H2SO4 2. Oʼrtacha – 10% uksus kislotasi 3. Kuchsiz – 1% sut kislotasi Kislotalarning ter iva shilliq pardalarga koʼrsatadigan maxalliy taʼsirii vodorod ionlari kontsentratsiyasiga qarab burishtiruvchi, taʼsirlovchi yoki kuydiiruvchi effektlar bilan xarakterlanadi. 1. HCl – katta rolь oʼynaydi ovqat xazm qilish siistemasiga (0,2-0,5%) bundan tashqari bakteriiolitiik va bakteriosatiik taʼsir etadi. 2. H2SO4 – qoʼllaniladi dezinfektsiyalovchi modda sifatiida 4-5% Lii eritmasi. Bularni antidot sifatida ishlatiladii va qoʼrgʼoshin tuzlari bilan zaxarlanganda. 3. Аzot kislotasi qoʼllaniladi xayvonlarda nekrobakteriozda, dozada xar xil yaralarda. 4. Bor kiislotasi qoʼllaniladi bakteriostatik modda sifatida, oftalьmologiyada, ginekologiyada xar xil _________ qorin modda sifatida. 5. __________ kislotasi antiseptik achish biggishga qarshi modda sifatida. 6. Uksus kislotasi parazitlarga qarshi achish, biggish, chirishlarga qarshi modda sifatida, xamda oziq-ovqat maxsulotlarni konservatsiya _______, oshqozon ichaklarni perestalьtikasini boshqarishda qoʼllaniladi. Ishqorlar – Alcalia Ishqorlarning farmakologik taʼsiri ___________ ionlariga bogʼliqdir. Bular kuchli bakteritsid va bakteriostatik taʼsirga ega boʼlib vegetativ formadagi mikroorganizmlarni oʼldiradi. Qoʼllaniladi dezinfektsiya qilish uchun. Teri kasalliklarida, ayniqsa yoz, kuz, qiish oylarida dagʼal oziqlarni tez xazm boʼlishi uchun va boshqalarda. Аntidot sifatida kislotalar bilan zaxarlanganda. Preparatlaridan kaliy karbonat, magniy okis va boshqalar. Ishqorlar xam kontsentratsiyasi qancha yuqori boʼlsa taʼsiri ham kuchli iboʼladi, bular ham taʼsir mexanizmi boʼyicha 3ga boʼlinadi: 1. Kuchli – NaOH, KOH 2. Oʼrtacha – karbonatlar 3. Kuchsiz – gidrokarbonatlar. Sovunlar – Sapones. Sovunlar yuqori molekulyar yogʼli kislotalar tuzlaridan iborat boʼladi. Bular yuvish, tozalash va davolash xususiyatlariga ega. sovunlar ikkiga boʼlinadi: qattiq va yumshoq. Qattiq sovunlar – natriylilar. Yumshoq – kaliylilar. 1. Yaxshi sovun olinadi: kaliy ishqoridan, oʼsimlik moyidan, paxta yogʼidan, kunjut va baliq moyidan va boshqalardan olinadi, qoʼllaniladi. Yuz qoʼlni tozalash, yuvish uchun jaroxatlarni tozalash uchun, operatsiya qiladigan joylarni yuvish uchun, zaxarlii moddalar tushgan joylarni yuvish uchun, terini yumshatish uchun, surunkali artrit, muskullar revmatizmida, xayvonlarni klizma qilishda ichga antidot modda sifatida, metall tuzlari bilan zaxarlanganda. 2. Meditsina sovun olinadi: choʼchqa yogʼidan, kungaboqar moyidan va boshqalardan, amaliyotda sovunlarga dori moddalari qoʼshiladi. Masalan: fenollar, ixtiol, oltingugurt, bor kislotasi va boshqalar. Umuman sovunlar tibbiyotda va veteriinariyada juda katta axamiyatga ega. Fenol va uning birikmalari. Fenollar benzol yadrosi vodorodlariga oʼrnini bosadigan gidroksil gruppalarii borligi bilan xarakterlanadi. Bu gruppalar soniga qarab fenollar bir atomli (fenol), ikki atomli (rezortsin, gidroxinon, pirokatexin) va uch atomli (pirogallol) deb ajraladir. Metil gruppalar, nitrogruppa, aminogruppa va boshqa radikallar bilan oʼrin almashtirilganda yana xam murakkab qoʼshilmalar qiladilar, bularning koʼpchiligi oʼzlarining xususiyatlari xam xarakterlari boʼyicha fenollar bilan koʼp umumiy narsalarga ega boʼladilar. Bu qoʼshilmalardan krezol preparatlari (krezol, lizol, kreolin) lar eʼtiborni jalb etadilar. Fenol gruppalari bilan birgalikda ularga oʼzlarining tuzilishlari ham qurilishlari bilan taʼsirlari bilan yogʼoch qoramoyi, ixtiol, naftalin va boshqalar shuningdek naftalin ham undan yasalmalari deb qarash maqsadga muvofiqdir. Farmakologiya nuqtai nazaridan bu gruppa veterinariyada keng isteʼmol qilinishi bilan aniqlovchi spetsifik, bakteritsid xam parazitlarga qarshi harakati bilan yorqin ifodalangan davolovchi moddalar bilan xarakterlanadi. Fenol va uning gomologlari tosh koʼmir, qoʼngʼir koʼmir, torf, slanetslarni haydalganidan olinadi, lekin ularni benzoldan sintetik usulda olinishi soddaroqdir. Fenol preparatini bakteriotsidlik insektitsidlik taʼsiri oʼta murakkab boʼladi. Yengil lipoidlarda erib, ular eng avval mikrob xujayrasini soʼrilishi va ajralish faoliiyatini buzadi, shundan keyin degizrozni fermentatsiya aktivligini blokada birlashtiradi, lipoproedlarni hosil boʼlishi buziladi va mikrob xujayrasi, tekinxoʼrlarni oksidni sintez qilishi buziladi. Fenol preparatlari faqat yetarli katta kontsentratsiyasi yoki uzoq ekspozitsiyasi taʼsiri bakteriotsiddir. Ularning kuchsiz kontsentratsiyasi esa bakteriostatik taʼsir qiladi. Fenol preparatini bakteriotsidlik va insektitsidlik xossasi oʼzi saqlangan muxitda bogʼliq. Organik moddalarni boʼlishi bir necha marta uning taʼsir kuchini kamaytiradi, ammo uning vaqtini esa uzaytiradi. Bu esa fenol (undan keyin krezollar) oqsili juda mustahkam emas, kompleks birikmani xosil qilib, qaysiki tez yemirilib, bu moddalar ajralib chiqadi. Yogʼlar bilan ular ximiyaviy oʼzaro taʼsiri kirishmaydi faqat undan eriydi va bunday koʼrinishga juda sekin mikroblar bilan rezorbtsiyalanadi. Praktik kuzatishlar aloxida quyidagi xulosalarga kelindiki, qaysiki fenollar organik moddalar boʼlganda oʼzini aktivligiini 5-15%, ammo krezollar esa faqat 3-5% yoʼqotadi. Fenol preparatlarini bakteriotsidlik va insektitsidligi temperatura koʼtarilishi bilan oʼsib boradi, undan tashqari qaysiki bir asosli tuzlar (NaCl) yoki kislotalar (HCl), (H2SO4) boʼlsa oʼsib boradi. Yara yuzasi bilan aloqador boʼlgan joylarni fenol preparatlari nerv uchlarini qabul qilish xususiyatini pasaytiradi. Qisqa muddatli taʼsir ettirilganda bu xolatda oʼz izini qoldirmaydi, ammo uzoq (bir soatga yaqin) taʼsir ettirlsa, nervlarni degeneratsiya xolatiga olib keladi, qachonki preparatni kontsentratsiyasi yuqori boʼlishi kuchli ifoda etilganda uzoq ekspozitsion taʼsir qiladi. Fenol – (karbol kislotasi) – Phenolum (Acidum carbolicum) Bu benzol, uning bir vodorodi gidroksil gruppasini oʼrnini olgan. Toza xolatda, fenol rangsiz, yirik prizmasimon kristalla ryoki spetsifik xidga ega , yengil eruvchandir. Fenol suvda yaxshi eriydi (1:15), yengil – spirtda, efirda, benzolda, glitserinda, moyda, undan tashqari uyuvchi ishqorning eritmasida uning oʼzi suvda 10% gacha eriydi va gidrat fenolga aylanadi, tashqi tomonidan suyuqlikni eslatadi. Suyuq fenol – Phenolum liqufactum. Bu preparat koʼpgina xollarda kristaldan koʼra biroz oʼngayroqdir. Fenol sekin-asta mikroblarga taʼsir qiladi. Fenol uchun xos boʼlgan xususiyat shundan iboratki, bakteriostatistik taʼsir qiladi. Va biroz kamroq bakteriotsidlik 0,5-1% li eritmasi chirishini toʼxtatadi, mikrob organizmlarini rivojlanishiga toʼsqinlik qiladi, ammo uning in vitro 2% li kontsentratsiyasi 5-10 minut davomida barcha madaniy shakldagi mikroblarni oʼsishini toʼxtatadi (kuydirgi tayyoqchasini) choʼchqa rojasini, oqsil uygʼotuvchisini. Fenol kana va bitlar uchun zaxarlidir. Uning 2-3% li eritmasi qoʼtir kanasini in vitro 2-5 minutdan keyin oʼldiradi 5% ligi 12 – 1 minutda ammo 4,5% li mazi oq 5-15 minutda oʼldiradi. Fenol dezinfektsiya moddalarini standartlashda bir xil paytda dezinfektsiya uchun qoʼllaniladi. Rezortsin – Resorcinum – Meta dioksibenzol – S6N4(ON)2 Benzoldan yoki uning xosilalaridan sintetik usulda olinadi. Rangsiz yoki yengil ranglangan kuchsiz – qizgʼish rangdagi ignasimon kristallar boʼlib, juda kuchsiz oʼziga xos shirinroq-tirnovchi taʼmidir. Suvda yengil eriydi (1:1). Yorugʼlik va xavoda saqlaganda uning rangi qizgʼishlanadi. Rezortsin bakteriotsidligi bilan fenolga yaqinroq, ammo qoʼtirga qarshi uning taʼsiri bir necha marta kuchsiz, zaxarliligi xam fenoldan past. Fenoldan rezortsinni farqi shundaki, uning kuchsiz kontsentratsiyasi 1-2% kerotoplastik va katta 20-30% ligi esa keratolitik taʼsir qiladi. Rezortsindan jun va sochlar yashil ranga boʼyaladi. Preparat tashqi tomonga keratoplastik xom ashyo shaklida maz (2-3% li) undan tashqari koʼzning shilliq pardasini dezinfektsiya qilishida (0,5-1% li eritmasi), siydik pufagini (2-3%) eritmasi sifatida qoʼllaniladi. Ichga uning bir xil paytda ochishga qarshi xom ashyo sifatida tayinlanadi, kavshovchilarga esa oʼtlar atoniya boʼlganda beriladi. Miqdori: otlarga 10,0-15,0; yirik shoxli xayvonlarga 10,0-20,0; mayda xayvonlarga va choʼchqalarga 5,0-10,0; itlarga 0,5-1,5; tovuqlarga 0,1-0,2; Fenilsalitsilat (salol) – Phenilii salicylas (Salolum). Calitsal kislotasi va fenolning oʼzaro taʼsiri natijasidagi maxsulotidir, boshqacha solitsil fenil efirdir. 60% salitsil kislotasi va 40% ga yaqin fenol saqlaydi. Oq kristall poroshok yoki mayda rangsiz kristall boʼlib, kuchsiz aromatik xidli va taʼmlidir. Suvda butunlay erimaydi, spirtda (1:40) undan tashqari efir va xloroformda eriydi. Salol oʼz oʼzidan taʼsir qilmaydi, ichga qabul qilinganda, u oshqozondan oʼzgarmagan holda oʼtib, ichakning ishqoriy muxitida salitsal kislotasi bilan fenolga parchalanadi, qaysiki u taʼsir qiladi. Koʼpincha salolni ingichka boʼlim ichaklarni dezinfektsiya qilish uchun ichga undan tashqari bijgʼish faoliyatini kamaytirish uchun tayinlanadi. Bu taʼsiri butunlay sekin, shuning uchun ichakni ishqorli muxitida kislota neytrallashadi, ammo fenol tez soʼriladi. Salitsil kislotasi va fenol buyrak orqali ajraladi, qaysiki yigʼilib dezinfektsiyali taʼsir qiladi. Shuning uchun bir xil vaqtda salol dezinfektsiya qiluvchi maxsulot sifatida siydik yoʼlini yalligʼlanishida foydalaniladi. Yaraning bakteriyalari taʼsiri ostida salol antiseptik taʼsir qiladi, uning (poroshok yoki spirtli eritmasi) ni yara va yomon xidli oqmaga qoʼllaniladi. Yaxshi natijaga erishiladi. Ichga miqdori: otlar va yirik shoxli xayvonlarga 15,0-25,0; mayda shoxli xayvonlarga va choʼchqalarga 2,0-10,0; itlarga 0,1-1,0; tovuqlarga 0,1-0,2; mushuklarga salol qoʼllanilmaydi. Tozalangan krezol – Tricresolum. Krezolning barcha uchta izomerii va benzonofenol va ksalenning aralashmasidan tashkil topgan. Sariq moysimon suyuqlik boʼlib, oʼziga xos xidli, suvda yomon eruvchan (1:60), yogʼli moylarda yengil, spirt va uyuvchi natriyda eriydi. Krezollar-fenolning yasamalari, kaysiki bitta vodorodning benzol yadrosidagi oʼrnini metil gruppa olgan. Vodorodning oʼrnashgan oʼrni joylanishiga qarab, orto-meta va porakrezollarni ajraladi. Xar bir krezolning ayirmalik xususiyati bor. Oxirgi xom ashyosida xamda 3ta izomerining saqlaydii va ularni ajratish biroz qiyinroq. Praktikada toza xolatda yoki fabrikalar tarzida aralashmasi qoʼllaniladi. Krezolning fenolga oʼxshash umumiy taʼsirii juda koʼp, ammo metil gruppasini boʼlishi bu preparatni biroz ximiyaviy aktiv qiladi. Suvda yomon erishi bu birikmani biroz kuchsiz dissotsialanishiga sababchi boʼladi va ularni rezorbtsiyasini qiyinlashtiradi. Shuning uchun butun qatorlarga qarab krezolning taʼsiri fenolga nisbatan yuqori yoki past boʼladi. Ularning haqiqiy shakldagi eritmasi fenoldan aktiv, lekin emulьsiyasi – aksincha krezolning aktivligi oshadigan yoki emulgarlik qobiliyatini oshiradigan (sovuq kilotalar). Bulardan olingan kompleks preparatlar – sovun – krezol aralashmasi, lizol, oltingugurt, krezol aralashmasi, kreolinlar – veterinariya praktikasida keng qoʼllaniladigan tozalanmagan yoki hoʼl, krezol – asosiy fenolning massasini xaydash natijasida olinadi. U katta miqdorda krezol saqlaydi, bir qismi fenol, naftalin toza krezol bilan birga taʼsiri juda qulaydir. Oltingugurt – krezol aralashmasi shaklida foydalaniiladi. Oltingugurt- krezol aralashmasi (oltingugurt–karbol aralashmasi) 3 qism ogʼirlikdagi tozalanmagan krezol va bir qism ogʼirlikdagi oʼtkir texnik sulьfat kislotali xajmi 30 boʼlak krezol va 5,5 boʼlak kislotalardan olinadi. Shuning uchun yengiil eruvchan kompleks birikmalar fenil – sulьfat kislotasi – C6H5OS3H – krezil sulьfat kislotali - C6H4 (SN3) O SOH3 , orta fenol sulьfat kislotali - C6H4 (ON) SO3H va krezosulьfat kislotali - C6H4 SN3 (OH) SO3H xosil boʼladi. Krezil sulʼfat kislota katta bakteriotsidlik va kamroq xayvonlar uchun zaxarli xossaga ega, shuning uchun olingan aralashma maksimal maqsadda uni xosil boʼlishi kuzatiladi. Buning uchun krezolni idishga solinadi va qor yoki sovuq suv Bilan sovutiladi. Sovuq krezolga juda sekin sulʼfat kislotasini quyiladi. Chunki qizib ketmasligi uchun kislotani shunday xisob bilan quyish kerakki, aralashma 30-350 dan yuqori qizib ketmasligi kerak. Hosil boʼlgan krezol sulʼfat kislota faqat toʼliq 30-40 soat davomida eriydi, shuning uchun aralashma extempore qabul qiilinmasdan aksincha, xech boʼlmaganda 3 kun davomida qoldiriladi. Аniqlanishiga koʼra krezol sulʼfat kislotaning aralashmasini sovuq joyda saqlansa, sekin-asta krezilsulʼfatga oʼtadi, shundan preparatning bakteritsidlik qobiliyati oshadi. Oltingugurt – krezol aralashmasi suvda yaxshi eriydi, unii uzoq saqlash mumkin. Uni bakteritsidligi bir necha marta hoʼl krezolga nisbatan yuqori. 2-3% lik eritmali spora hosil qiluvchi mikroblarga qarshi va 5-10% liik eritmasi esa spora shaklidagilarga qarshi kurashda qoʼllaniladi. Oltingugurt – krezol aralashmasi, otxona tuproqni, gunglarni zararsizlantirishda foydalaniladi. Uning dezinfektsiya uchun past temperaturada qoʼllaniladi, undan tashqari u faqat -3-30 da muzlaydi, aralashmaga osh tuzini (-10%) qoʼshilsa, uning muzlash temperaturasi – 130 dan 180 gacha pasayadi. Sovun – krezol preparatlari. Sovun xam kislota xam ishqordir, krezollarning yengil eruvchan birikmalariga olib keladi. Tajriba va xususiyati bilan sovun-krezol preparati sovun va uglevodlar soni va sifatiga qarab xar xil boʼladi. Аjraladi: 1. Krezoldan tashqari biroz miqdorda uglevodlar va suv saqlovchi, tugun emulʼsiya hosil qiluvchi preparatlar. 2. Krezollarni jixozlarini saqlovchi, desstillangan, yumshoq suvda eruvchan va qattiq suv bilan loyqa eritma xosil qiluvchi preparatlar. Shunday qilib, sovun bir qism koʼk sovun koʼpincha erkin ishqorlar yoki gidrolizlanuvchi va saqlanuvchi, qaysiki xoxlamagan krezolyatlar chaqirib xosil qiluvchi, undan tashqari turgʼun va yuqori bakteriitsidli preparat tayyorlash uchun sovun olish talab qilinadi, iloji boricha gidrolizlanmasligi, yengil eruvchi krezollar va yaxshi yuvish qobiliyatiga ega boʼladi. Koʼp sonli sovun-krezol preparatlaridan veterinariyada lizol va kreoliinlar katta axamiyatga ega boʼlib xisoblanadi. Lizol – Lysolum. Sovun – krezol preparati boʼlib, tarkibi doimiiy emas. Krezol lizolda 41,5% dan kam boʼlmasligi kerak (koʼpincha 50% ga yaqin). Meta, para va orto krezollarning nisbati har xil boʼlishi mumkin, ammo keyinchalik, lizolning xossasi bir necha turli boʼlishi mumkin. Undan tashqari lizol oʼzida u yokii bu miqdorda erkiin ishqorni saqlashi mumkin, qaysiki preparatning xossasiga taʼsir qiladi. Lizol – tiniq, qizgʼish – qoʼngʼir yogʼsimon suyuqlik boʼlib, neytral yoki kuchsiz ishqoriy reaktsiyali krezol hidiga oʼxshashdir. Suv bilan glitserin, spirt va benzin bilan yengil aralashtirilib tinik kupinlangan eritma hosiil qiladi. Bakteriotsidliik xossasi bilan lizol trikrezolga yaqin, ammo yengil eruvchanligi va yuvish xususiyati uni katta axamiyatga egadir. U tez yirin streptokokki va stafilakokkilarning undan tashqari madaniy shakldagi mikroblarni oʼsishini toʼxtatadi. Tekshirishlarda in vitro oltinsimon stafilakokklarni 1-2 minut davomida 3% li eritmasini taʼsiri yoki 5-10 minutdan keyin 1% li eritmasini taʼsir ettirilsa oʼsishdan toʼxtaydi. Tuberkulyoz tayyoqchasi esa agarda uni 1% li lizol eritmasi bilan 1-3 soat davomida va 3% ligi bilan 15-30 minut davomida yoki 5% ligida 10 minut davomida ishlatsak oʼsmaydi. Kuydirgi kasalligi sporasi lizolga juda chidamli, ular xech bir oʼzgarishsiz 5-10% lisidagi eritmasida 3-5 sutka saqlanishi mumkin. Shilimshiq pardalari lizol eritmasini kontsentratsiyasiga qarab va uzoq kontaktiga qarab taʼsir qiladi. 0,5-0,7% li eritmada u shilimshiq modda eritadi, mikroblarni koʼpayishiga toʼsqinlik qiladi va suyuqlik ishlab chiqarishni sekin-asta aktivlashtiradi. Juda ham yuqori kontsentratsiyasi (2-3% li) bezlar suyuqlik ishlab chiqarish faoliyatini pasaytiradi va fermentatsiya protsessini kuchsizlantiradi. Preparatning kontsentratsiyasi 5-7% gacha koʼpayib ketsa: koʼp mikroblarni aktivligi yoʼqolishiga olib keladi, shu bilan birga shilliq pardaning funktsiyasi pasayadi-suyuqlik ajralish kamayadi, ichakda ovqat xazm qilish toʼxtaydi. Lizolning noqulay taʼsiri uzoq va uni davomli ichga qoʼllanilsa, xayvonlarning ichak tayoqchasini uygʼotuvchi bakteriyalar gruppasini qabul qilish xususiyati kuchayadi. Undan soʼng lizolni qisqa muddatda qoʼllanish mumkin. Shilimshiq pardaning yalligʼlanishiga qarshi lizolning eng yaxshi 0,3-1% li kontsentratsiyasi qoʼl keladi. Kontsentratsiyaning qoʼshilishii bilan bakteriotsidligi oʼsa boradi, ammo hayvonlar uchun taʼsiri yomon sharoitda kuchaya boradi. Jaroxatlanmagan teriga lizol aniqroq taʼsir koʼrsatmaydi, uni tozalaydi va zararsizlantiradi, agar teri jaroxatlanmagan boʼlsa preparat juda yengil soʼriladi va zaxarlovchi taʼsir koʼrsatib, hamma gruppa fenollarga xos xarakterli boʼladi. Lizol qoʼllarni dezinfektsiya uchun, instrumentlar, teri, yarani (1-3% li eritmasi) akusherlik va ginekologik praktikada yalligʼlanishiga qarshi xom ashe sifatida (0,5-1%) eritmasi tekinxoʼrlarga qarshi (bit va burgaga qarshi) va qoʼtirga qarshi (-1-2% li eritmasi) trixomonozga qoʼllaniladi. Kreolin – Creolinum. Fenol kreolinni, chegarali va chegarasiz uglevodlarni, smolalii kislotalar va piiridinsimon asoslarni saqlovchi preparatdir. Uning bakteriotsidlik va insektitsidlik maxsulot sifatida qoʼllaniladi, asosan bakteriotsidlik qobiliyatini fenol krezollar, lekin insektitsiidligi – uglevodlar va bir necha fenol krezollari kamdir. Kreolinlar tartibiga koʼra xar turli: kreolin dezinfektsiya uchun fenol krezollarni saqlovchi ammo qoʼtirni davolash uchun qoʼllaniladigan kreolin fenolni saqlamaydi. Kreolin asosan tosh koʼmirli qoramoyidan, undan tashqari torfli va yogʼoch qoramoyidan olinadi. Kreolin dezinfektsiya uchun keng qoʼllaniladi. Uning asosida mikroblarning oʼsishi, rivojlanishi va Zaxar xosil qilishi uchun yomon sharoit yaratuvchi asos yetadi. U koʼpincha patogen mikroblarni 1:12000 – 15000 kontsentratsiyasi rivojlanishi toʼxtatadi. 1% li eritmasi choʼchqa rojasini va tovuq isteʼmolini uygʼotuvchisini bir necha minut davomida taʼsiri natijasida bu uygʼotuvchilarning oʼsishini toʼxtatadi. Shunday qilib, kreolin kuylirgi, manka uygʼotuvchisini streptakokklarni va stafilakokklarga taʼsir qiladi. Аmmo ishonchli oʼsishni bugʼadigan uzoqroq ekspozitsiyasi uchun eritmani kontsentratsiyasini 5-10 marta yoki 8-12 marta koʼraytirish kerak. Tuberkulyoz tayyoqchasi yuqoridagi turlari chidamli amo u 30% li eritmasida 10 minut davomidagi taʼsiri natijasida u oʼsmaydi. Kuydirgi kasalligi sporasiga kreolin praktikada hatto 5% li eritmasii 10-12 soat davomida ham taʼsir qilmaydi. Qoʼtir kanasini 1% li kreolinni ustiga surilsa 1,5 minutdan keyin, 2% ligi esa 1 1 2 minutda oʼldiradi. Kreolin bitta eng koʼp tarqalgan insektitsid – xom ashyodir. Uni barcha tashqi tekinxoʼrlarga, qoʼtir kanasiga ham qarshi ishlatiladi. Taʼsir mexanizmi esa, xuddi mikroblarga oʼxshashdir. Xayvon organizmiga kreolin lizol singari taʼsir qiladi. Qisqa vaqtda uni taʼsirlantirisak, bir necha marta ovqat xazm qilish traktini motorik va sekretorik funktsiyasini aktivlashtiradi, uzoq qoʼllanilsa, aksincha sekinlashtiradi. Taxminan u bachadon va vlagalishening kiniga shilliq pardasiga shu yoʼnalishda taʼsir qiladi. Praktikada kreolin eritmasini bir xil paytda vlagalishani metrit va vginit boʼlganda tayinlanadi. Аmmo shuni xisobga olish kerakki, preparat tana boʼshligʼida ushlanib qolsa, yalligʼlangan joyni oʼtkazuvchanligiga taʼsir etadi. Kreolin bilan yaralarni yuvish mumkin, ammo uni antiseptik bogʼlashga va mazga ishlatish mumkin emas. Rezorbtivsimon u ham fenolga oʼxshash zaxarli taʼsir etadi. Kreolin: qoʼtirni davolashda – vanna va liniment shaklida; xayvon binolarini dezinfektsiyalashda, choʼchqaxonalarni, otxonalarni va iishlatiladigan predmetlarni dezinfektsiya qilishda infilʼtrlangan yaralarni yuvishda (2-3% li emulʼsiyasi); oshqozon va ichaklarni yuqumli kasaliga ichirish uchun qoʼllaniladi. Аsishga qarshi va antiseptik maxsulot sifatida: yirik shoxli mollarga 15,0-25,0; otlarga 15,0-20,0; mayda shoxli mollarga 2,0-4,0; choʼchqalarga 1,0-3,0; itlarga 0,5-1,0; katta qorin maxsuloti sifatida: yirik shoxli xayvonlarga 10,0-20,0; mayda shoxli xayvonlarga 2,0-4,0 beriladi. Qoʼylar butunlay qoʼtir bilan zaralansa, ularni kompleks ravishda davolanadi – avval faqat terini zaralangan yerini ishlanadi, undan keyin xayvonni vannada choʼmiltiriladi. Qoʼtir bilan zaralanishni oldini olish uchun kreolinni sovun bilan aralashmasi ishlatiladi. Buning uchun 1 litr issiq suvda 20,0 sovun eritiladi, undan keyin 25ml kreolin qoʼshiladi. Suyuqlik yaxshilab aralashtiriladi. Suyuqlikning temperaturasi 450-500 boʼlishi kerak. Sovuq yoki toʼliiq isiilmagan suyuqlik qoʼtir kanasini oʼldirmaydi, shuning uchu nish vaqtida suyuqlikni isitish zarur. Qoramoy, yogʼoch qoramoyi (degotь) - Pix lignida. Quruq oʼtin va xar xil daraxtsimon oʼsimliklarning poʼstlogʼidan hosil boʼlgan xom ashyodir (qaragʼoch, qayin va boshqalar). Qayragʼochli qoramoy toluol, keylol, stiron, kreozol, gvayakol, fenol, naftalin, daraxt sirkasi, pirokatein va boshqalarni saqlaydi. Bu quruq suyuqlik boʼlib, oʼziga xos xushboʼy xidga ega, suvdan ogʼir, efirda, xloroformda, benzinda yogʼ va yogʼsimon moddalarning moylarida eriydi. Suv bilan qoramoy aralashib emulʼsiya hosil qiladi, yetarli turoq boʼladi, agar qoramoyni kontsentratsiyasi 15% dan oshmasa. Qayragʼoch dyogoti biroz miqdorda gvayakola kreozota, undan tashqari fenol va kreozollarning izini saqlaydi. Qayragʼoch dyogoti umuman olganda kayinlisidan farq qilmaydi, ammo past solishtirma ogʼirlikka (0,92-0,94) ega. degotь antiseptik taʼsir qilib, insektitsid va sekin-asta sezgi nerv oxirlarini qitiqlaydi. Kayinli degotь antiseptik va insektitsidlik taʼsiri bilan qayragʼochnikiga qaraganda biroz kuchli, ammo uning qitiqlovchi taʼsiri kuchli ifodalangan. Dyogotь bit va kanalarga juda xavolidir. Kuchsiz kontsentratsiyasida (3-5% lisi) dyogotь keratoplastik taʼsir qiladi va granulyatsiyalarni rivojlanishi kuchaytiradi, lekin katta (30-50% lisi) – keratolitik va toʼqima granulyatsiyalarini aktivligini susaytiradi. Dyogotni rezorbtivlik taʼsiri fenolga oʼxshash toksik taʼsir koʼrsatadi. Qoʼllanilishi: liniment va emulьsiya shaklida dyogotь qoʼtirida keng foydalaniladi. Liniment uchun vensk degtyar linimentni chiqarish yozilgan, oʼzida 1 qism dyogotь, oltingugurtni, 2 qism spirt, 6 yashil sovunni saqlaydi. Xayvonlarga ishlatish uchun qoramoyining aralashgan emulьsiyasi, sovun, ishqor, kerosin yoki shilimshiq moddalardan foydalaniladi. Dyogotning hamma preparati qoʼtirga (issiq 400) qoʼllaniladi vat yeri ustiga yaxshilab suriladi. Bitlagan paytda dyogotь 3-10% li suvli emulьsiyaga yashil sovunni qoʼshib (1% ga yaqin-potash) (0,1-1%) yoki kaliyli ishqor shaklida qoʼllaniladi. Xolsiz granulyatsiyalanuvchi yaraga va xronik ekzemaga dyogotni maz linimentlar shaklida ishlatiladi. Suyuq Vishnevskiy mazi keng yoyilgan boʼlib, olinadi: yogʼoch qoramoyidan (3 qism) keroformdan (3-5 qismi) va kanakunjut moyidan (100 qism) tuzilgan. Dyogotь ichishga, achishga qarshi va ovqat hazm qilish traktini dezinfektsiyalovchi maxsulot sifatida foydalaniladi. Otning toʼqimini hayvonlarni qarash uchun ishlatiladigan predmetlarni va turar joylarni zararsizlantirish uchun koʼpincha toza dyogotь yoki 5-10% li oltingugurtli eritmasi qoʼllaniladi. Dozasi: otlarga va yirik shoxli hayvonlarga 10,0-25,0; mayda shoxli hayvonlarga va choʼchqalarga 2,0-5,0; itlarga 0,1-1,0; tovuqlarga 0,05-0,2. Ixtiol – Ichthyolum. Bituminoz slantsening quruq xaydalgan xom ashyosi, arematik va shuraromatik oltingugurt aralashmasini saqlab qaysiki biroz tiofen va uning gomologlari-metil, etil va propiltiofenlarni ahamiyati katta. Tegishli texnologik ishlanishdan sulьfoixtiol ammoniy hosil boʼladi, shuning uchun ixtiolning nomi boshqa – Ammonium sulfaichthyolicum deyiladi. Bu quyuq-toʼq-qoʼngʼir massa, oʼziga xos hidga va taʼmga ega, suvda eruvchan 1% dan koʼproq birikkan oltingugurt saqlaydi. Ixtiolni taʼsiri dyogotьga yaqinroqdir. Uning antiseptik qobiliyati bir necha marta kuchli, dyogotga nisbattan, ammo insektitsidligi bir necha marta kuchsiz. Shilimshiq pardadagi sezuvchi nervlarning ogʼirlarini ixtiol juda sekin qitiqlaydi, unga tomiirlarga sezuvchi antiseptik taʼsir qiladi. Ixtiolning bunday taʼsirini alkogollar bilan qoʼshib hisoblangan, asosan terini yalligʼlanishi vat yeri osti qavatini yalligʼlanishi hollarida qulaydir (tomirlar lojasini regulirovka qilishda, qon aylanishi tiklashda ogʼriqni kamaytirishda, mikroblarni aktivligini bugʼishda). Ixtiolning rezorbtiv ham oʼrganilmagan. Tashqi tomonga ixtiol yalligʼlanishiga qarshi keroplastik va yarani bitkazish mahsuloti maz shaklida (10-30% lisi) yoki spirtli eritma (10-20% li) ginekologiyada (5-10% li) eritma shaklida vaginit va metritda qoʼllaniladi. Аyrim vaqtda maz shaklida (20-50% li) va ixtiol liiniimenti kutish paytida ekzemada, furunkelezda va yiringli dermatitda ishlatiladi. Ichga ixtiol bijgʼishga qarshi dezinfektsiyalovchi va katta qorin – ruminator maxsuloti sifatida tayinlanadi: sut kislotali yoki alьkogol bilan birga qoʼllanish tavsiya qilinadi. Otlarning qorni oʼtkir kengayganda ixtiolvalerьyana efirli aralashma (4:1) davolash samarasini koʼrsatadi. Oxirgi vaqtlarda ixtiol insektitsid kreolin preparatini shaxsiy qismi sifatida foydalaniladi. Ixtiolni ichga dozasi: otlarga 10,0-30,0; yirik shoxli hayvonlarga va choʼchqalarga 1,0-5,0; itlarga 0,2-1,0; tulkilarga 0,2-0,5. Naftalin nefti (tozalangan) – Naphthalinum liqnidum raffinatum. Quyuq siropsimon suyuqlik, qora rangli oʼziga xos xidli, kuchsiz achchiq reaktsiyali, benzinda yaxshi eruvchan, xloroformda, spirtda yomon eriydi. Naftalin nefti oddiy neftdan farqi benzin bilan kerosindan mahrum boʼlganligidadir, lekin yengil yuvuluvchan kislorodning birikmasini saqlab, xushboʼy modda, fenol, oltingugurt, xlor magniy va boshqalardir. Bu neftь Ozorbayjondan olinib, ilgarigi vaqtda davolovchi modda sifatida teri va revmatizm kasalligiga qoʼllanilar edi. Teriga surkalganda u qitiqlashni chaqirmaydii, agar qichima va ogʼriq sezilsa, u vaqtda ular tez oʼtib ketadi. Joyli qon aylanish maydalanganini xaydashidan olinadii. Rangsiz yaltiroq, qaraqchalar xarakterli hid va taʼmli, suvda erimaydi, xloroformda, efirda, issiq spirtda eriydi, sekin-asta temperaturasida uchadi. Naftalin bakteriyaga va teinxoʼrlarga qarshi kuchsiz taʼsir etadigan boʼlib, lekin praktikada uni foydalanish chegaralangan chunki u suvda erimaydi va hayvonlar uchun butunlay zaharli. Naftalin koʼpincha xashoratlarni qoʼrqitish uchun, ochiq usulda yarani davolashda iodoform bilan yoki boshqa sharoitlarni bitiruvchi maxsulotlar bilan kombinatsiyalangani qoʼllaniladi. Bir xil vaqtlarda naftalin (1 qism) talʼk bilan aralashmasi (4 qism) doʼst shaklida qoʼylarni qoʼtiriga qarshi kurashda qoʼllaniladi. Benzonaftol – Benzonaphtholum. Benzoy kislotasini beto-naftil efiridir. O O II II - O-C - - O-C – Oq kristalli poroshok, hidsiz, taʼmsiz, suvda erimaydi. Kam zaharli. Ovqat xazm qilish traktida beto-naftol va benzoy kislotasiga ajraladi. Shuning uchun ham deziinfektsiiya va bijgʼishga qarshi maxsulot sifatida xazm qilish traktiga rekomendatsiya beriladi, oshqozon meteorizmda va yiringlanish protsessida. Ichga dozasi: otlarga 5,0-10,0; yirik shoxli hayvonlarga 5,0-15,0; mayda shoxli hayvonlarga 2,0-5,0; choʼchqalarga 1,0-3,0; itlarga 0,5-1,0. SАVOLLАR: 1. Mikroblarga va parazitlarga qarshi qoʼllaniladigan moddalarga qaysi moddalar kiradi? 2. Formalьdegid guruxini aytib bering? 3. Kislorod beruvchi moddalarga qaysi moddalar kiradi? 4. Xlor preparatlarini aytib bering? 5. Kislota nima? 6. Ishqorlar haqida? 7. Sovunlarning ishlatilishi va ahamiyati? 8. Fenollarga qaysi moddalar kiradi? Kimyoterapiya haqida tushuncha. Аntibiotiklar. Sulfanilamidli preparatlar. Nitrofuran unumlari REJА:
TАYaNCh TUShUNChАLАR: 1. Аntibiotiklarga umumiy xarakteristika berish, ularning olinishi, vakillari, yaratilish tarixi xaqida. 2. Penitsiillinlar, tetratsiklinlar, streptomitsin, levomitsetin, makrolitlar taʼsir mexanizmi, qoʼllanilishi, dozalari va saqlash qoidalari haqida. 3. Sulьfanilamidlarga umumiy xarakteristika, taʼsiir mexanizmi, vakillari, qoʼllanilishi va saqlash qoidalari. 4. Nitrofuranlar va fitontsidlar. Ularga umumiiy xarakteristika va qoʼllanishi haqidagi maʼlumotlar. АNTIBIOTIKLАR. Аntibiotiklar turli mikroorganizmlarning koʼpayishi va oʼsishi davomida hosil boʼladigan, ximiyaviy tuzilishi boʼyicha murakkab biologik faol moddalar. Mikroorganizmlar orasidagi biologik jarayon antibioz /bir-biriga qarama-qarshilik/ antibiotiklar xisobiga bajariladi. Ular mikroorganizmlar xar xil turlari, masalan: zamburugʼlar, antinomiitsetlar, bakteriyalar tomonidan ishlab chiqarildii, boshqa mikroorganizmlarning oʼsishini, koʼpayishini toʼxtatadi. Xozirgi vaqtda oʼsimliklardan va sintetik yoʼl bilan olingan antibiotiklar mavjud. Umuman olganda antibiotiklar veterinariyada keng, koʼp va samarali ishlatiladigan preparatlardan hisoblanadi. Chunki ular ximioterapevtik vositalar orasida bir qancha ustunlikka ega. Masalan: sulʼfanilamidlarga qaraganda antibiotiklar mikroorganizmlarga qarshi taʼsir spektorining kengligi va kuchliligi, organizm uchun kam zaxarligi bilan afzalroq. Ularning koʼpchiligi parenteral yoʼl bilan yuboriladi. Аntibiotiklarning asosiy farmakologik xossasi ular koʼpchilik mikroorganizmlarga /grammusbat va grammanfiy kokklar, bakteriyalar, batsillalar, viruslar, zamburugʼlar, rikketsiy va boshqalar/ tanlab bakteriostatiik /tetratsiklin, levomitsetin, oleandomitsin va boshqalar/ ayrimlari esa bakteritsid /penitsillin, streptomitsin, polimiksinlar/ taʼsir koʼrsatishida ifodalanadi. Ushbu taʼsir xamma mikroorganizmlar uchun xos boʼlmay, xar bir antibiotikning oʼziga xos antibakterial taʼsir etish doirasiga bogʼliq. Boshqacha qiliib aytganda, muayyan antibiotikka nisbatan hamma mikroorganizmlarning sezuvchanligi har xil. Аntibiotiklarning umumiy taʼsir mexanizmi quyidagicha: 1. Mikroblarning xujayra parda tuzilishini buzadi. Аntibiotiklarning bunday taʼsiiri oʼsayotgan, koʼpayayotgan mikroblarni kuzatish davomida yaxshi koʼrinadi. Bunda parda tuzilishi uchun zarur boʼlgan ayrim ximiyaviy moddalar /mukopolipeptidlar, 1-alanin/ toʼsiladi, bioximiyaviy va biofizikaviy jarayonlarning kechishi oʼzgaradi. Natijada parda yemirilib, Yangi xujayralar hosil boʼlishi toʼxtaydi. Bu xil bakteritsid va bakteriostatik taʼsir penitsillin guruxiga kiruvchi preparatlarga xos. 2. Mikrob xujayrasining parda oʼtkazuvchanligini buzadi. Bunday xolat antibiotikning pardaga oʼtirishi xisobiga parda satxining tortish kuchi kamayishi oqibati deb qaraladi. Natijada mikroorganizmning oʼsishi, koʼpayishi toʼxtaydi, tinch xolatdagilarining faoliyati susayadi. Bularga polimiksinlar, nistatin, amfoteritsin preparatlari misol boʼla oladi. 3. Mikrob ribosomalariga bogʼlanib, ularning t-RNK bilan birga fermentlar hosil qilishiga toʼsqinlik qiladi. Mikrob hayoti uchun zarur fermentlarning boʼlmasligi xujayraning yemirilishiga olib keladi. Bunday bakteritsid taʼsir mexanizmi streptomitsin, kanamitsiin, neomitsiin va boshqalarga xos. 4. Mikrob xujayrasi oqsillari sintezini susaytiradi. Аntibiotiklar taʼsirida xujayra ribosomalarida oqsilning sintez boʼlishi toʼxtaydi va natijada Yangi xujayralar xosil boʼlmaydi, mikroblarning koʼpayishiga chek qoʼyiladi. Bularga tetratsiklin, levomitsetin va boshqalar misol boʼladi. Аntibiotiklar yuqorida koʼrsatilgan mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan barcha kasalliklarda (pnemoniya, peritonit, sepsis, osteomielit, dizenteriya va xokazolarda) beriladi. Lekin ularni ishlatishda dorilarning taʼsir etish doirasini, koʼlamini eʼtiborga olish juda muxim. Аntibiotiklar ayrim xollarda, xususan bemor organizmi sezuvchanligida allergiya xolati tavsiya etilmaydi. Аntibiotiklarning asorati, nojoʼya taʼsirlari xilma-xil. Ularning bevosita zaxarli taʼsiri natijasida yuz beradigan asoratlar asosan nerv tizimida (koʼrish nervi, polinevrit, ataksiya va boshqalar) siydik chiqarish organlarida (nefroz), jigarda (parenximatoz sariqlik kasali), meʼda-ichak tizimiida (ogʼriq, ich ketish va boshqalar) aks etadi. Koʼpincha bunday xolatlarga streptomitsin, neomitsin preparatlari sababchi boʼladi. Tetratsiklin tufayli yuz beradigan asoratlardan biri teratogen taʼsiridir. Xomiladorlik davrida antibiotik taʼsirida xomilaning toʼgʼri rivojlanishi buziladi va bola nogironlik alomatlari bilan tugʼiladi. Аntibiotiklar tufayli kuzatiladigan asoratlardan yana biri allergiya xolatidir. Аllergiya turlicha (terida, shilliq qavatda va xokazo) namoyon boʼlishi mumkin. Bu xil asoratlarning eng xavflisi anafilaktik щok hisoblanadi, uni asosan penitsillin keltirib chiqaradi (qon bosimining tushib ketishi, es-xushning qorongʼilashishi va boshqalar). Shuning uchun ham penitsillin birinchi bor yuborilishida bemor organizmining antibiotikka sezuvchanligini aniqlash shart. Hozirgi vaqtda antibiotiklarning soni 60 tadan ortadi, biroq ularni sintez qiilishi va yangi preparatlar olish davom etmoqda. Аntibiotiklarning olinishi, ximiyaviy tuzilishi, taʼsir kuchi va spektori turlicha boʼlgani uchun ular turlicha tasnif qilinadi. Bular ichida koʼp ishlatiladigan va qulayrogʼi antibiotiklarning mikroblarga taʼsiir etish doirasi, koʼlami boʼyicha tasnif etish. Ushbu tasnif boʼyicha ishlatiladigan antibiotiklar asosan quyidagi 6 guruxga boʼlinadi: 1. Penitsillin, sefalosporin va makroidlar guruxi. 2. Streptomitsin va boshqalar. 3. Tetratsiklin guruxi. 4. Levomitsetini guruxi. 5. Zamburugʼlarga qarshi moddalar. 6. Xavfli oʼsmalarga qarshi preparatlar. Birinchi guruxga kiruvchi antibiotiklar (beznilpenitsillinning Na, K va novokainli tuzi, bitsillin, fenoksimetilpenitsillin, metatsillin, oksatsillin, ampitsillin, eritromitsin, sefalosporin va boshqalar) asosan grammusbat kokklarga va ayrim grammanfiy bakteriyalarga, zamburugʼ va spiroxetalarga taʼsir koʼrsatadi. Ular sababchi boʼlgan kasalliklarda naf qiladi. Ikkinchi guruxga kiruvchi antibiotiklar (streptomitsin, sikloserin, rifomitsin va boshqalar) asosan grammanfiy kokklarga, sil mikobakteriyasiga va qisman grammusbat mikroorganizmlarga taʼsir koʼrsatadi va ular sababchi xastaliklarda davo qiladi. Uchinchi guruxga kiruvchi antibiotiklar (tetratsiklin) keng spektrli taʼsirga ega boʼlgan preparatlar hisoblanib, grammanfiy va grammusbat bakteriyalarga, yirik viruslarga, rikketsiyga qarshi taʼsir koʼrsatadi. Ushbu mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklarga davo qilishda tetratsiklin preparatlari ancha samarali hisoblanadi. Аyniqsa ular ichak yuqumli kasalliklarida yaxshi naf qiladi. Toʼrtinchi guruxga taʼsir spektri va ishlatilishi boʼyicha tetratsiklinga yaqin boʼlgan levomitsetin preparatlari kiradi. Koʼpchilik grammusbat va grammanfiy mikroblarga, rikketsiylarga, spiroxeta va yirik viruslarga qarshi taʼsir qiladi. Levomitsetin preparatlari (levomitsetin, levomitsetin stearat, levomitsetin suktsinat natriy va boshqalar) ichak yuqumli kasalliklarida ancha samarali. Sulʼfanilamid va boshqa antibiotiklar naf etmaydigan xollarda xam davolovchi taʼsir koʼrsatadi. Beshinchi guruxga patogen zamburugʼlarga qarshi taʼsir koʼrsatadigan antibiotiklar kiradi. Zamburugʼlar keltirib chiiqaradigan kasallik birlamchi va ikkilamchi boʼlishi mumkin. Biirlamchi turi zamburugʼni toʼgʼridan-toʼgʼri taʼsiri tufayli, ikkilamchisi antibiotiklarni (tetratsiklin) uzoq vaqt qabul qilinishi sababli ichakdagi mikroblar faoliyatining susayishiga olib keladi. Bunda zamburugʼlarning oʼsiishini tormozlab turuvchi mikroblar ham zaiflashadi. Zamburugʼ kasalliklari koʼproq xavfli oʼsma, qandli diabet bilan ogʼrigan va kortikosteroid preparatlarini uzoq vaqt davomida qabul qilgan bemorlarda boʼladi. Ushbu guruxga kiruvchi antibiotiklar ishlatilishi boʼyicha ikkiga boʼlinadi: maxalliy va tizimli qoʼllaniladigan. Maxalliy taʼsir koʼrsatadigan antibiotiklar jumlasiga nisbatan, levorin va boshqalar kiradi. Bular asosan kandidomikoz, aspergelez, zamburugʼli kasalliklarga davo qilish paytida ishlatiladi. Tizimli taʼsir etadigan antibiotiklar qatoriga grizeofulьvin, amfoteritsin, mikozolon va boshqalar kiradi. Bular xar xil zamburugʼlar keltirib chiqaradigan kasalliklarda tavsiya etiladi. Oltinchi gurux antibiotiklar jumlasiga xavfli shish-oʼsma, saraton kabi kasalliklarga qarshi taʼsiir koʼrsatadigan preparatlar (adrablastin, bruneomitsin, daktinomitsin, olivomitsiin va rubomitsin) kiradi. Bular oʼsma toʼqimasidagi bioximiiyaviy jarayonlarni buzadi, sitostatik (xujayralar boʼlinishini toʼxtatishi) taʼsir koʼrsatadi va onkologiya amaliyotida boshqa (sintetik alkoloidlar va rentgenoterapiya - lazer nurlari) preparatlari va usullar bilan birga keng koʼlamda ishlatiladi. Preparatlar tavsifi. Penitsillin guruxi. Bular olinishi boʼyicha biosintetik va yarim sintetik preparatlarga boʼlinadi. Undan tashqari, ular taʼsir etish muddati boʼyicha qisqa, oʼrtacha va uzoq muddat taʼsir etuvchi moddalar guruxlariga boʼlinadi. Preparatlardan benzilpenitsiillinning natriiyli va kaliyli tuzi qisqa muddatga taʼsir etadigan, novokainli tuzi oʼrtacha, bitsillinlar (1,3,5) esa uzoq muddat taʼsir etadigan hisoblanadi. Qisqa muddatli dorii moddalarini xar 4-6 soatda yuboriish zarur boʼlsa, novokainli tuzini xar 12 soatda, bitsillinlarnii esa kasallikning turiga va ishlatish maqsadiga qarab xaftada, 1 oyda 1-2 marta yuboriladi. Yarim sintez yoʼli bilan olingan preparatlar (metatsillin, oksatsillin, ampitsillin va omuxta preparat boʼlmish ampioks) benzilpenitsillinga chidamli boʼlgan mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklarga davo qilishda yaxshi naf qiladi. Bundan tashqari, Ushbu antibiotiklarning mikroorganizmlarga taʼsiri uzoq vaqt davomida saqlanadi, ular penitsillinaza fermenti taʼsirida kam parchalanadi va allergik asoratlarni kam beradi. Shuning uchun ham xozirgi vaqtda sintetiik penitsillin preparatlari tibbiyot amaliyotining koʼpgina soxalarida keng miqyosda ishlatiladi. Ular ushbu kasalliklarni davolashda oʼta samaralidir: zotiljam, yiringli yaralar, angina, difteriya, plevrit, zaxm, suzak, endemik meningit, endokardit, artritlar va x.k. Ularning maxalliy taʼsiri xam ancha seziilarli, ayrim xollarda ularni miya preparatlari ostiga kiritish mumkin boʼlsa-da, asosan mushaklar orasiga eritmalar xolida yuboriladi. Keyingi yillarda izlanishlar kislotali sharoitda turgun boʼlgan biosintez yoʼli bilan olingan preparat fenoksimetilpenitsillin kashf etilishi bilan yakunlanadi. Preparat kun davomiida 4-6 marta ogʼiz orqali qabul etish uchun moʼljallangan, ammo uning qon tarkibida yuqori miqdorda toʼplanishi qiyin boʼlganligi sababli, benzilpenitsillinning boshqa tuzlariga nisbatan yuqumli kasalliklarga davo qilishda foydasi kam. Barcha biosintez yoʼli bilan olingan penitsillin guruxi preparatlari penitsillinaza fermenti taʼsirida parchalanadi. Keng taʼsir doirasiga ega boʼlgan, sintez yoʼli bilan olingan preparatlardan axamiyaligi ampitsillindir. Preparat grammusbat hamda garmmanfiy bakteriyalar sababchi boʼlgan kasalliklarda sezilarli naf koʼrsatadi. Аmmo grammusbat bakteriyalari sababchi boʼlgan kasalliklarda penitsillin guruxi preparatlariga nisbatan u kuchsizroq sanaladi. Ushbu preparat ham penitsillinaza taʼsirida parchalanadi. Аmpitsillin kislotali muxitda turgun boʼlib, ichak yoʼllarida yaxshi soʼriladi, plazma oqsiillari bilan 20-30 % birikadi, peshob yoʼllari orqali tanadan chiqib ketadi. Preparat beozor sanalib, xar 4-8 soatda tanaga kiritish tavsiya etiladi. Аmpitsillin peshob yoʼllari, jigar oʼti yoʼllari, bronxlar yalligʼlanishi kasalliklarida, xirurgiya amaliyotida, yuqumli ichak kasalliklarini davolashda keng qoʼllaniladi. Makrolidlar. Ushbu gurux tuzilishiga makrotsiklik lakton xalkasi kiritilganligi sababli makrolidlar deb ataladi. Eritromitsin. Bakteriya ( ) maxsuloti boʼlib, taʼsir doirasi boʼyicha benzilpenitsillinni eslatadi. Preparatga grammusbat bakteriyalar, spiroxetalar ayniqsa sezgir. Shu bilan birga ayrim grammusbat bakteriyalar: difteriya tayyoqchasi, rikketsiyalar , patogen anaeroblar, traxoma, dizenteriya amyobasi ham taʼsirlanadi. Eritromitsin taʼsirida bakteriyalar ribosomasida oqsil sintezi buziladi. Preparat kislotali muxitda qisman parchalanganligi sababli maxsus qobiqlarda (draje) ishlab chiqariladi. Taʼsir muddati 4-6 soat boʼlib, turli toʼqimalarga yengil oʼtadi, xatto yoʼldosh toʼsigʼidan oʼtishi ham qoʼzgʼatiladi. Tanadan peshob tarkibida, qisman safro tarkibida chiqib ketadi. Eritromitsinga nisbatan bakteriyalar sezuvchanligi tezda pasayishi tufayli preparat zaxirada saqlanadi va penitsillin guruxi taʼsir etmagan taqdiirdagina tavsiya etiladi. Eritromitsinning nojoʼya taʼsirlaridan allergik reaktsiyalar, dispepsiya xolati (meʼda-ichak yoʼllari faoliyatining buzilishi) ning yuz berishi va ushbu antibiotikka nisbatan turgun boʼlgan bakteriyalarning yangi turi paydo boʼlishini eslatib oʼtish oʼrinli boʼladi. Oleandomitsin. Bakteriya ( ) maxsuloti boʼlib, taʼsir doirasi boʼyicha eritromitsinga yaqin, preparat 4-6 soat davomida taʼsir koʼrsatadi, kamzaxarli. Maxalliy qitiqlovchi taʼsirga ega boʼlgan preparat, sifatida zaxiradi saqlanadi. Аmaliyotda uning fosfatli tuzi ishlatiladi. Tsefaleksin (tseporeks) – nisbatan yangi preparat boʼlib, enteral usulda qoʼllashga moʼljallangan. Preparatning soʼrilish muddati qisqa boʼlib, qonda 1-2 soatdan soʼng yuqori miqdorda toʼplanadi. 15% qon oqsillari bilan birikib, 6 soat davomida buyrak orqali chiqib ketadi. U tabletka, kapsula va suspenziya shaklida ishlab chiqariladi. Tsefalosporinlarning nojoʼya taʼsirlari quyidagilardan iborat: ular bemorlarda allergik reaktsiya qoʼzgʼatadi, buyrak faoliyatining buzilishiga (tsefaloridin) sababchi boʼladi, maxalliy taʼsir koʼrsatadi (tsefalotin), dispepsiya xolatiga (tsefaleksin) olib keladi. Baʼzan sefalosporinlar taʼsiriga turgun boʼlgan bakteriyalar oilasi xosil boʼlishi (superiinfektsiya) kuzatiladi. Preparatlari: Аmpitsillin natriyli tuzi. ( ). 6-(D-/-/- aminofenilatsetamido) – penitsillin kislotaning natriyli tuzi. 0,25, 0,5g dan flakonda poroshok xolida erituvchisi bilan birga chiqariladi. Buyurilishi: 250-500ml dan kecha-kunduzda 4-6 marta mushaklar orasiga yuboriladi. Аmpitsillin trigidrat. ( ). 6-(D-/-/- aminofenilatsetamido) – penitsillin kislota trigidrat. 0,25g dan tabletka va kapsula xolida chiqariladi. Buyurilishi: 0,5g dan bir kecha-kunduzda xar 4-6 soatda ichiladi. Benzilpenitsillin natriyli tuzi. ( ). Benzilpenitsillin kislota tuzini mogʼor zamburugʼi turlari ishlab chiqaradi. 250.000 TB, 500.000 TB, 1.000.000 TB dan chiqariladi. Buyurilishi: 250.000 TB – 500.000 TB dan teri ostiga yoki mushak orasiga yuboriladi. Bir kecha-kunduzlik dozasi 10.000.000 – 20.000.000 TB. Benzilpenitsillinning novokainli tuzi. ( ). Monogidrat benzilpenitsillin kislota novokain tuzi. 600.000 TB dan flakonda chiqariladi. Buyurilishi: 300.000-600.000 TB mushaklar orasiga kuniga 2 marta yuboriladi. Bitsillin-1 ( -1). Benzilpenitsillinning , - Dibenziletilendiamin tuzi. 300.000-600.000 TB dan flakonda chiqariladi. Buyurilishi: 300.000-600.000 TB xaftada bir marta mushaklar orasiga yuboriladi. Streptomitsin. 1943 yilda Vaksman tomonidan kashf etilgan. Streptomitsin aminoglikozidlar guruxining asosiy vakili boʼlib, bakteritsid taʼsirga ega. Preparatning taʼsiri asosan xujayra ribosomalaridagi oqsil sintezini toʼxtatishida namoyon boʼladi. Uning taʼsir spektri keng boʼlib, asosan sil tayyoqchasi (Kox bakteriyasi), tuleremiya, vabo, yashil yiring tayyoqchasi, patogen kokklar, bryutsellalar, grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga qarshi samarali vosita sanaladi. Uning faolligi taʼsir birliklarida /TB/ oʼlchanadi, 1 taʼsir birligi 1 mikrorgrammga teng. Streptomitsin tuzilishidagi alьdegid guruxining oksimetil guruxiga qaytarilishi hisobiga degidrostreptomitsin olingan. Ushbu antibiotikka nisbatan bakteriyalar sezuvchanligi nisbatan tezroq pasaya boradi, xatto preparat ishtirokidagi muxitda erkin rivojlanadigan shtamplar paydo boʼladi. Meʼda-ichak yoʼlidan streptomitsin qisman soʼriladi. Mushaklar orasiga kiritilgach 2 soatdan soʼng qonda yuqori miqdorda toʼplanadi, 30% gacha qon oqsillari bilan birikib, 2-4 soat davomida 50% mikdorda saqlanib turadi, 8 soatgacha preparatning maʼlum miqdorini aniqlash mumkin. Аsosan filьtratsiya usulida buyrak orqali tanadan oʼzgarmagan holda chiqib ketadi, ozgina miqdorda safro tarkibida ichak boʼshligʼiga tushishi kuzatiladi. Streptomitsin eritmasi tanaga kun davomida 1-2 marta (mushaklar orasiga) kiritiladi, tanada bir tekis tarqalib, turli boʼshliqlarga ham yetib boradi. Miya pardalari yalligʼlanishini (meningit) davolashda uning xlor kalʼtsiyli aralashmasidan foydalaniladi, chunki ushbu omuxta miya pardalariga zararli taʼsiridan xoli. Preparatning nojoʼya taʼsirlaridan allergik xolatlarni eslatib oʼtmoq zarur (teridagi toshmalar, tana xaroratining ortishi, anafilaktik shok). Shu bilan birga streptomitsin ichki quloq boʼshligʼiga toʼplanib, eshitish qobiliyatini pasaytirilishini unutmaslik darkor. Dori eritmalari maxalliy ogʼriq xissiga sababchi boʼladi, uzoq muddat davomida qoʼllash esa, unga nisbatan turgun boʼlgan bakteriyalar oilasining paydo boʼlishiga (superinfektsiya) sabab boʼladi. Neomitsin. Neomitsin sulʼfat keng taʼsir spektoriga ega, unga grammusbat va grammanfiy bakteriyalar sezgirdir. Аnaeroblar xaqiqiy viruslar, spiroxetalar ushbu antibiotikka nisbatan maʼlum oʼrganishga ega. Bakteriyalar chidamliligi unga nisbatan sekin-asta namoyon boʼla boradi. Meʼda-ichak yoʼlidan soʼrilishi chegarlangan boʼlib, asosan ichak boʼshligʼidagi bakteriyalarga (ichak tayoqchasi, sodda xujayralilar) taʼsir koʼrsatadi. Preparat bemorlarni operatsiyalarga tayyorlash jarayonida boshqa antibiotiklar bilan qoʼshib qoʼllanilsa, yaxshi naf beradi. Neomitsin teri kasalliklarida (yiringli teri yaralari, sachratki va boshqalar), ayrim koʼz kasalliklarida (konʼyunktivit) qoʼllaniladi. Sirtda qoʼllashda preparatning buyrak usti bezi garmonlari bilan birgalikda ishlatilishi aloxida axamiyat kasb etadi. Buyrak faoliyatiga zararli taʼsiri boʼlganligi uchun preparat parenteral usulda qoʼllaniladi. shu bilan birga uning eshitish qobiliyatini pasaytirishini unutmaslik kerak. Neomitsin buyrak va eshituv nervi kasalliklarida tavsiya etilmaydi. Tetratsiklinlar. Bu gurux vositalarini asosini 3ta antibiotiklar: tetratsiklin, xlortetratsiklin va oksitetratsiklinlar tashkil etadi. Bu vositalar taʼsir etish doirasi boʼyicha bir-biriga yaqin boʼlib, hayvonlarga taʼsirida 1 mg da 1000 TB saqlaydi. Tetratsiklinlar keng taʼsir spektorli antibiotiklar qatoriga kirib, tarkibida turtga kondensirlangan 6 aʼzoli halqa tutadi. Ular grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga qarshi kurashda samaralidir, ayniqsa, batselyar dezintseriya, korin tifi, oʼta xavfli yuqumli kasalliklardan – toun, tulyaremiya, brutsellyoz, vabo, traxomani davolashda foydalidir. Grammusbat bakteriyalarga taʼsiri jihatidan ular penitsillin guruxiga qaraganda nisbatan kuchsizroq. Ushbu guruxga nisbatan sekin-asta bakteriyalar oʼrganishi yuz berishi mumkin. Tetratsiklinlar taʼsirida bakteriya xujayrasi ribosomalarida oqsil sintezining buzilishi yuz beradi, shu bilan bir vaqtda ular ayrim metall ionlarni (M, Sa) biriktirib, fermentlar faolligini susaytiradi, natijada bakteriostatik taʼsir yuzaga keladi. Preparat meʼda-ichak yoʼllaridan yaxshi soʼriladi, qonda 2-4 soatdan soʼng dorining yuqori miqdori toʼplanadi va plazma oqsillari bilan 20-80% gacha birikadi, uzoq muddat davomida jigarda, suyak toʼqimasida maʼlum miqdorda saqlanadi. Tetratsiklin turli toʼqima toʼsiqlaridan yengil oʼtadi. Tanadan peshob va safro tarkibida chiqib ketadi, shu bilan bir vaqtda ingichka ichaklardan qisman qayta soʼriladi. Tetratsiklinlar penitsillin va streptomitsin guruxi moddalariga nisbatan mikroblar oʼrganishi xosil boʼlganida ayniqsa samarali. Ular asosan ogʼiz orqali qabul qilinib, har 4-8 soat oraligʼida tavsiya etiladi. Ulardan morfotsiklin tomirlariga kiritish uchun moʼljallangan. Ushbu gurux preparatlari noxush taʼsirlarga ega, ular jumlasidan quyidagilarni eslatish mumkin! Аllergik reaktsiyalar, tana xaroratining koʼtarilishi, dispepsiya xolatlari, oksitetratsiklin – jigar faoliyatiga nisbatan zararli. Xomiladorlikning birinchi yarmida va bolalarga buyurishda juda ehtiyot boʼlmoq zarur. Yuqorida eslatib oʼtilganidek tetratsiklinlar suyak toʼqimasida toʼplanib, tishlarning oʼsishiga salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkin. Tetratsiklin guruxi modda almashinuvi jarayonlariga xam taʼsir koʼrsatadi: oqsil sintezi pasayadi, tanadan suv, natriy, aminokislotalar va ayrim vitaminlar chiqishini tezlashtiradi. Uzoq muddat qoʼllash oqibatida ichak mikroflorasida foydali saprofitlar xalok boʼlib, aynan shu gurux preparatlariga nisbatan turgun boʼlgan bakteriyalar oilasi paydo boʼlishiga sabab boʼlishi mumkin. Natijada kandidomikoz kasalligi avj olishi kuzatiladi, baʼzan esa V guruxi vitaminlarning yetishmasligi kabi alomatlar namoyon boʼladi. Muolaja davomida preparatlarni nistatin va V guruxi vitaminlari bilan qoʼshib qoʼllash ancha samaralidir. Levomitsetin. Levomitsetin sintez yoʼli bilan olingan birinchi preparatdir. Katta taʼsir doirasiga ega boʼlgan preparat ichak guruxi bakteriyalariga qarshi samarali taʼsir koʼrsatadi. Unga nisbatan grammusbat va grammanfiy bakteriyalar sezgir. Preparat ribosomalarda oqsil sintezini pasaytiradi va bakteriostatik taʼsir yuzaga keladi. Levomitsitin meʼda-ichakdan yaxshi soʼriladi. Qonda 2 soatdan soʼng yuqori miqdorlarda toʼplanadi va xar 6 soat oraligʼida isteʼmol uchun tavsiya etiladi, asosan jigarda kimyoviy oʼzgarishlarga uchrab peshob tarkibida tanadan chiqib ketadi. Levomitsetin – asosiy antibiotiklarni qoʼllash mumkin boʼlmagan xollarda qorin tifi, riketsiya, brutsellyoz, salmonellyoz kasalliklarida qoʼllaniladi. Odatda, ogʼiz orqali tabletkalar koʼrinishida yoki maxalliy taʼsir uchun eritmalar xolida tavsiya etiladi. Parenteral yoʼl bilan kirtish uchun levomitsetin suktsinat natriy tuzi taklif etilgan. Levomitsetin oʼziga xos nojoʼya taʼsirlarga ega boʼlib, ularni nazarda tutmoq zarur. Davolash davomida allergik reaktsiyalar, qon ishlab chiqaruvchi aʼzolar faoliyatining buzilishi, baʼzan anemiya kuzatiladi. Shu bilan birga kandidomikoz kasalligi kuzatilishi mumkin. Preparat bilan davolash muddatning qisqa boʼlishi maqsadga muvofiq. Polimiksinlar. Bular siklik polipeptid hisoblanib hujayra memranasining butunligini buzadi. Natijada xujayra komponentlarining atrof-muxitga chiqishi kuzatiladi va bakteriya xalok boʼladi. Polimiksin-M sulʼfat taʼsiriga grammanfiy bakteriyalar sezgir boʼlib, ayrim bakteriyalar turgunligi sekin-asta beradi. Preparat enteral va maxalliy usulda tanaga kiritish uchun tavsiya etiladi. Parenteral usulda qoʼllash kuchli nefro va neyrotoksik xolatlarga sabab boʼladi. Аsosan enteral usul bilan turli ichak kasalliklarida, operatsiyalardan oldin qoʼllaniladi. Maxalliy usulda esa turli yiringli yaralarni davolashda ishlatiladi. Polimiksin-M sulʼfat allergik reaktsiyalar keltirib chiqarmaydi, ayrim xollarda dispepsiya kuzatilishi mumkin. Preparat buyrak kasalliklarida tavsiya etilmaydi. Shuni aytib oʼtish kerakki, sulʼfanilamid bilan PАBK orasidagi raqobatga preparatning ustunligini taʼminlash uchun uning miqdori PАBK nikiga qaraganda 200-300 marta koʼp boʼlishi kerak. Faqat shundagina sulʼfanilamidlarning taʼsiri samarali boʼladi. Umumiy taʼsir koʼrsatishga moʼljallangan sulʼfanilamidlar meʼda-ichak tizimidan yaxshi soʼriladi va aʼzo toʼqimalarida baravar tarqaladi. Gematoentsefalik tuski orqali orqa miya suyuqligiga oʼtadi. Ularning bir qismi konʼyungatsiyaga uchrab, sirka kislotaning qoldigʼi bilan birikma hosil qiladi yoki atsetilllanadi. Natijada preparat oʼz faolligini yoʼqotadi va peshob bilan chiqib ketadi. Аtsetillingan birikma suvda yomon eriydigan boʼlgani uchun kislotali muxitda siydik chiqarish yoʼllarida choʼkmaga tushib, tosh hosil qilishi mumkin. Sulʼfanilamidlar. Sulʼfanilamidlar grammusbat yoki grammanfiy kokklar va grammanfiy bakteriyalar keltirib chiqargan yalligʼlanish jarayonlari, ichak kasalliklariga davo qilishda keng ishlatiladi. Bu xastaliklar qatoriga angina, bronxit, bronxopnevmaniya, meningit, gonoreya, konʼktivit, dizenteriya, terining yiringli yaralari (chipson, karbunkul va xokazolar) kiradi. Ushbu preparatlarga nisbatan bemor organizmi sezuvchan boʼlganida (allergiya), glyukoza 6-fosfatdegidrogeneza fermentining irsiy yetishmasligida, buyrak kasalliklarida, ogʼir ateriskleroz va yurak porogida tavsiya etilmaydi. Sulʼfanilamidlar bir qator nojoʼya xolatlarda keltirb chiqarishi mumkin. Аyrim xollarda ishtaxaning yoʼqolishi, koʼngil aynishi, qonda leykotsitlar miqdorining kamayib ketishi (agranulotsitoz), gemoliz (eritrotsitlarning yemirilishi) kuzatilishi mumkin. Siydik chiqarish yoʼllarida tosh hosil boʼlishi, terida qichima (allergiya), toshmalar boʼlishi mumkin. Bular bilan bir qatorda markaziy nerv tizimi faoliyatining susayishi bilan bogʼliq oʼzgarishlar ham uchrab turadi. Sulʼfanilamidlar taʼsir etish muddati va ishlatilishi boʼyicha tasnif qilinadi. Ushbu tasnif preparatlarni toʼgʼri qoʼllashga yordam berib, muolaja natijasi yaxshi boʼlishini taʼminlaydi. Qisqa muddatli taʼsir etuvchi sulʼfanilamidlar bilan davo qilishda birinchi bor beriladigan doza maksimal miqdorda /2g/ boʼlishi kerak. Undan keyingi dozalar esa oʼrtacha /1g/ terapevtik dozada xar 4-6 soatda berilishi shart. Yuqorida aytilganidek, sulʼfanilamidning qondagi kontsentratsiyasi tezda koʼtarilib yuqori miqdorda doimiy boʼlganidagina, uning PАBK bilan raqobati preparat foydasiga xal boʼlib naf koʼrsatadi. Ushbu qonda boshqa guruxdagi preparatlar uchun ham xos. Uzoq va oʼta uzoq muddat taʼsir etadigan sulʼfanilamidlarni asosan, surunkali yalligʼlanish bilan bogʼliq xastaliklarda (bronxit, uretrit, traxoma) berish maqsadga muvofiq oʼtkir infektsion kasalliklarda ular qisqa muddatli taʼsirga ega preparatlardan keyin davolashni davom ettirish maqsadida beriladi. Bundan tashqari, sulʼfanilamid preparatlari qabul qilinayotganda bemor koʼp miqdorda suv yaxshisi, ishqoriy mineral suvlar (Borjomi, Toshkent mineral suvi) isteʼmol qilishi shart. Chunki shundagina buyrak yoʼllari orqali chiqib ketayotgan atsetillangan sulʼfanilamid muxitni kislotalikka oʼtkaza olmaydi, shu sababli choʼkmaga tushmaydi va tosh hosil qilolmaydi. Sulʼfanilamid preparatlarining taʼsir mexanizmini eʼtiborga olgan xolda ular bilan davolash davomida bemor organizmini chiniqtirish, kasallikka nisbatan qarshiligini oshirish tadbirlarini koʼrish maqsadga muvofiq. Jumladan, sifatli va oʼta quvvatli taom kuniga 4-5 marta beriladi, vitaminlarga boy boʼlgan oziq-ovqatlar tavsiya etiladi. Sulʼfanilamid preparatlarning samarali davo etishi ularning mikroblarga taʼsir qilish spektri va dorini tanlashga bogʼliq boʼlib qolmasdan, dorilarning fizik-ximiyaviy xossalariga, farmakokinetikasi va organizmga yuborish yoʼllariga ham bogʼliq. Ushbu xisobga logan xolda ular kuyidagi guruxlarga boʼlinadi: 1. Meʼda-ichakdan yaxshi soʼriladigan, toʼqimalarda yuqori va doimiy kontsentratsiya xosil qiladigan, butun organizmga keng miqyosda taʼsir etib, peshob bilan chiqib ketadigan sulʼfanilamidlar. Bularga sulʼfanilamidlarning qisqa, oʼrta va uzoq muddatli taʼsir etuvchi guruxlariga kiradigan streptotsid, norsulʼfazol, sulʼfademizin, etazol va boshqalarni aytib oʼtish mumkin. Ular asosan zotiljamda, meningitda, gonoreyada, sepsisda va xokazolarda beriladi. 2. Meʼda-ichakdan tez soʼrilib, konʼyungatsiyaga uchramaydigan va tezda buyrak-siydik yoʼllarida yigʼiladigan, buyrak kanalchalarida qaytadan kam soʼriladigan sulʼfanilamidlar. Bularga urosulʼfan, sulʼfatsil kirib, ular siydik chiqarish yoʼllari yalligʼlanishida (pielit, sistit va boshqalar) tavsiya etiladi. 3. Meʼda-ichak orqali sekin va yomon soʼrilgani uchun preparat kontsientratsiyasi asosan ichakda yuqori darajada boʼlib, u yerda mikroorganizmlarga maxalliy taʼsir etadigan sulʼfanilamidlar. Bularga ftalazol hamda sulьgin kirib, meʼda-ichak yalligʼlanishida (dizenteriya, kolit, enterokolit) buyuriladi. 4. Suvda va boshqa suyuqliklarda yaxshi erib, neytral eirtma xosil qiladigan, toʼqimalarni aytarlik taʼsirlamaydigan sulʼfanilamidlar. Bularga mikroblarga maxalliy taʼsir koʼrsatadigan sulʼfatsil-natriy, streptotsid, sulʼfapiridazin kirib, ular yaralar yiringlashining oldini olish, koʼz, quloq va burun yalligʼlanishiga davo qilish uchun keng ishlatiladi. Sulʼfanilamid preparatlarini bir-biri bilan yoki ularni boshqa guruxga kiruvchi antibakterial preparatlar bilan birga qoʼshib ishlatish ancha samarali hisoblanadi. Bundan tashqari, mikroorganizmlarning doriga oʼrganib qolish xolatlari ham kamayadishu maqsadda quyidagi dori vositalari, uygʼunlashgan preparatlar chiqariladi: baktrim (suspenziya), biseptol «Ingalit», sulьfaton va boshqalar. Preparatlari: Norsulьfazol. ( ) 2-(para-Аminobenzolsulьfamido)- tiazol. 0,25-0,5g dan tabletka xolida chiqariladi. Buyurilishi: ichish uchun (sxema boʼyicha). Sirtga qoʼllash uchun poroshok va liniment. Sulьgin. ( ) Para-Аminobenzol-sulьfaguanidin. 0,5g dan poroshok, tabletka xolida chiqariladi. Buyurilishi: sxema boʼyicha beriladi. Sulьfadimezin. ( ) 2-(para-Аminobenzolsulьfamido)-4-6-dimetilpirimidin. 0,5g dan tabletka xolida chiqariladi. Buyurilishi: sxema boʼyicha. Nitrofuranlar. 5 nitrofuran ikkilamchi unumlari boʼlib, nitro-gurux xisobiga bir qator mikroorganizmlarga bakteriostatik taʼsir koʼrsatadi. Ushbu birikmalarni S.А.Geller boshchiligida Latviyalik kimyogarlar sintez qilishgan. Nitrofuranlar oʼz farmakologik taʼsiri va ishlatilishi boʼyicha sulьfanilamidlarga yaqin turadi. Ximioterapevtik spektri boʼyicha ular garmmusbat va grammanfiy mikroorganizmlarni (stafilakokk, streptokokk, enterokokk, ichak tayoqchasi, qorin tifi tayoqchasi, salmonellalar, shigellalar, paratif va dizenteriya bakteriyalari, zamburugʼlar, viruslar) oʼz ichiga oladi. boshqacha qilib aytganda, nitrofuranlar bu jixatdan sulьfanilamidlardan ustun turadi. Nitrofuranlar katta kontsentratsiyada bakteritsid taʼsir koʼrsatadi. Nitrofuranlarning mikroorganizmlarga boʼlgan bu xil taʼsiri degidrogeneza fermentining tormozlanishi va oksidlanish-qaytarilish jarayonida qatnashishining chegaralanishi bilan izoxlanadi. Buning natijasida mikroorganizmlarning energetik balansi, xujayra xayoti oʼzgaradi. Nitrofuranlar taʼsirining ijobiy tomonlaridan biri shuki, ular sulьfanilamid va antibiotiklarga chidamli boʼlgan infektsion kasalliklarda ham naf koʼrsatadi. Аllergiya xolatini deyarlik keltirib chiqarmaydi. Nitrofuranlar taʼsiriga mikroorganizmlarning oʼrganib qolish sekin-asta yuzaga chiqishi mumkin. Koʼpchilik preparatlar maxalliy taʼsir koʼrsatib, yaraning bitishini tezlashtiradi. Shuni aytib oʼtish kerakki, ayrim nitrofuranlar organizmda metabolizmga uchramagani uchun buyrak orqali chiqayotganida oʼz antibakterial xususiyatini saqlaydi. Shuning uchun ham ular siydik yoʼllarining yalligʼlanishi bilan bogʼliq xʼastaliklarda keng qoʼllaniladi. bundan tashqari, ular xirurgiya, ginekologiyada, gastroenterologiyada ximioterapevtik va antiseptik preparatlar sifatida tavsiya etiladi. Masalan, yiringli va anaerob infektsiyada, teri yiringli kasalliklarida, anginada, konʼyuktivitda, dizenteriyada, ovqat toksikoinfektsiyasida, enterokolit, osteomielit, peritonit, sepsisda, lyamblioz, trixomonoz va boshqalarda beriladi. Nitrofuranlarni uzoq muddat davomida qoʼllash tavsiya etilmaydi. Chunki ular noxush xolatlarning (koʼngil aynishi, qayt qilish, ishtaxaning yoʼqolishi, qorinda ogʼriq sezish va xokazolar) sababchisi boʼlishi mumkin. Shuning uchun nitrofuranlarni 7-14 kun davomida berish maqsadga muvofiq. Furatsilin nitrofuran preparatlari orasida keng ishlatiladigan antiseptik preparat xisoblanib, 0,02% eritma sifatida ogʼizni chayish, yaralarni yuvish uchun qoʼllaniladi. oʼtkir dizenteriyada 0.1g dan ichish uchun xam beriladi. Furadonin va furagin asosan siydik yoʼllari infektsiyasida, furazolidon esa trixomonadoz, lyamliozda xam keng ishlatiladi. Keltirilgan preparatlarni antibiotiklar (penitsillin, streptomitsin, levomitsetin va boshqalar) bilan qoʼshib berilsa, taʼsir samarasi ancha oshadi. Fitoterapiya. Fitoterapiya farmakologiyaning tarmogʼi boʼlib, kasalliklarni dorivor oʼsimliklar va ulardan tayyorlangan preparatlar bilan davolash usulidir. Kasallikka davo sifatida oʼsimliklardan foydalanish juda qadim zamonlardan maʼlum. Ibtidoiy davrda odamlar atrof-muxitdagi oʼsimliklardan faqat oziq-ovqat sifatida foydalanmasdan, balki ularning bezararlarini davo sifatida xar xil xastaliklarda, jaroxatlanishda qoʼllaganlar. Bunday oʼsimliklarning xususiyati ogʼizdan-ogʼizga oʼtib, keyinchalik yozuv paydo boʼlishi bilan ular toʼgʼrisidagi maʼlumotlar yozib qoldirilgan. Bunga misol qilib, ushbu kitobning farmakologiya tarixi toʼgʼrisidagi qismida qayd qilingan, eramizdan ancha avval qoldirilgan Ebers papirusi,sopolga yozilgan maʼlumotlarni keltirish mumkin. Tarix shuni koʼrsatadiki, Osiyoning markazi va janubida joylashgan qator davlatlarda (Misr, Hindiston, Xitoy, Tibet va bosh.) bemorlarga qadim zamondan shifobaxsh oʼsimliklar bilan keng miqyosda samarali davo qilib kelingan. Bu fikrimizni «Yashur-veda» (Xayot haqidagi fan), «Djudshi» (Shifobaxsh dori-darmonlar moxiyati) kabi kulezmalar, asarlar tasdiqlaydi. Fitoterapiya tarixida ayniqsa, Аbu Bakr Muxammad ibn Zakiriya Аr-Roziy, Аbu Rayxon Beruniy, Ismoil Аl-Jurjoniy, Аbu Аli ibn Sino va boshqalarning xissasi juda salmoqlidir. Bular orasida Аbu Аli ibn Sinoning «Tib qounlari» asari olamshumul axamiyatga sazovor. Farmakologiya fanining shu jumladan fitoterapiyaning tarixi Ovrupalik buyuk olimlar Bukrot (Gippokrat), Jolinus (Galen) va boshqalarning nomi bilan chambarchas bogʼlangan. Neʼmatullox al-Kirmoniy (XIV asr) ning «Dorivor moddalar xususiyatlari dengizi» nomli asari bizgacha yetib kelgan. Kitobni yozishda muallif oʼzidan oldin oʼtgan Jolinus (Galen), Ibn Sino, Ibn al-Baytar kabilarning tibbiy asarlaridan keng foydalangan. Ubaydullox ibn Yusuf al-Kaxxol (XVII asr) Toshkentda yashab ijod etgan. U oʼzining mashxur «Kasalni tuzatish» asarini yozishda Sharqda nomi tanilgan tabiblarning tibbiyotga oid asarlarini jumladan, Ibn Sino, Аbu Bakr Roziy, Najmiddin Samarqandiy, Ismoil Jurjoniy kitoblarini taxlil qilgan. XVII-XIX asrlarga kelib ximiya fanining rivoj topishi sintez yoʼli bilan olingan dori preparatlarini yaratishga sababchi boʼldi. Shu sababli ham keyingi davrda dorivor oʼsimliklarni oʼrganish va ulardan dori-darmon preparatlarini olish masalasiga eʼtibor kamaydi. Keyingi 10-15 yil davomida sunʼiy yoʼl bilan olingan dori preparatlari bemorlarga davo koʼrsatishda samarali boʼlsa ham xar xil asoratlarni, nojoʼya xolatlarni keltirib chiqarishi maʼlum boʼldi. Ularning koʼpchiligi allergiya xolatining sababchisi boʼlmoqda. Jaxon sogʼliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʼra bemorlarning 2,5-5% ini dori preparatlari keltirib chiqargan asoratlar tashkil qiladi. Bu borada shifobaxsh oʼsimliklarning xujayraviy tuzilishi va oʼz tarkibida saqlovchi ximiyaviy moddalari boʼyicha odam tanasi metabolitlariga yaqin boʼlgani sababli ulardan tayyorlangan preparatlar koʼpincha kam zaxarli yoki zaxarsiz, bemor uchun asoratsizdir. Ushbu dori-darmonlarning shifobaxsh taʼsiri sintetik preparatlarnikiga nisbatan kuchsizroq boʼlsa xam ularni kasallikning yengil shaklida, ayniqsa surunkali kechishida uzoq muddat davomida qoʼllash mumkin. Yuqoridagilarni xisobga olgan xolda oxirgi vaqtda dorivor oʼsimliklarga boʼlgan qiziqish ancha oshdi. Bu soxada shifobaxsh oʼsimliklarni oʼrganish va ulardan keng miqyosda foydalanishda А.F.Gammerman, P.S.Massagetov, S.S.Saxobitdinov va boshqaning xizmati ancha salmoqlidir. Respublikamizda ushbu dorivor giyoxlarni oʼrganish va ulardan biologik faol moddalarni olish hamda tibbiyot amaliyotiga joriy etishda akademik S.S.Yunusovning va u boshchilik qilgan Oʼzbekiston fanlar akademiyasi «Dorivor oʼsimliklar ximiyasi» instituti olimlarining ilmiy va nazariy ishlari ximiyaviy va tibbiyot olamida mashhur. Bular qatoriga farmakologlardan I.K.Komilov, M.B.Sultonov va boshqani qoʼyish mumkin. Shuning bilan birga Toshkent farmatsevtika instituti olimlari (X.X.Xolmatov, T.P.Pulatova va b.k.) ham munosib xissalarini qoʼshib kelmoqda. Oʼzbekiston shifobaxsh giyoxlarga ancha boy. Respublikada 4000 dan ortiq yovvoyi oʼsimliklar oʼsadi. Shulardan 100 dan ortigʼi tibbiyot amaliyotida dori vositasi sifatida qoʼllaniladi. xalq tibbiyotida esa xududimiz oʼsimliklaridan 600 ga yaqin dorivor xisoblanadi. Shuning uchun fitoterapiyani maʼlum davo koʼrsatish usullaridan biri deb qarash kerak. Koʼpchilik dorivor oʼsimliklar koʼp qirrali taʼsir xususiyatiga ega boʼlishiga qaramasdan, bir necha giyoxlardan tayyorlangan yigʼmalar ancha samarali davo koʼrsatadi. Misol qilib, xozirda tibbiyot amaliyotida keng qoʼllanilayotgan marelin, kardiovalen, kafiol, urolesan, vikair va b.k. keltirish mumkin. Dorivor oʼsimliklardan turli xil dori (damlama, qaynatma, tindirma (nastoyka) ekstraktlar, kukun (poroshoklar)) va b.k. tayyorlanadi. Ularni tayyorlash yoki toza dori moddasini va dorivor preparatlarni olish uchun ishlatiladigan oʼsimliklar qismi yoki shu oʼsimliklardan birlamchi ishlash yoʼli bilan olingan moddalar (efir moyi, daraxt yelimi va boshqa) dorivor oʼsimliklar maxsuloti deb yuritiladi. Odatda ushbu maxsulotlar oʼz tarkibida biologik faol moddalrni koʼp miqdorda saqlaydi. Dorivor maxsulot sifatida oʼsimliklarning yer ustki qismi (bargi, guli, mevasi, urugʼi, poʼstlogʼi, kurtagi, oʼtli oʼsimliklarning butun yer ustki qismi), yoki yer ostki qismi (ildizi), ildizpoyasi, piyozi (tuganagi) ishlatiladi. Biologik faol moddalar oʼsimliklar tarkibida uchraydigan xar xil birikmalar shaklida boʼlishi mumkin, xususan alkoloid, glikozid, vitaminlar, yogʼlar, yogʼsimon modda, kislota, kumarin, lignan, oshlovchi moddalar (tanidlar), polisaxarid, saponin, flavonoid, efir moylari (terpinoidlar), fitontsidlar va boshqalar. Ushbu moddalar oʼsimlik rivojlanishi davrining turli faqtida, yilning fasliga qarab, koʼp miqdorda toʼplanadi. Shuning uchun dorivor maxsulotlar oʼsimliklardan turli davrlarda yigʼiladi. Masalan: oʼsimlikning yer ustki qismi (oʼti) oʼsimlik gullaganda, barglari gullash oldidan yoki gullaganida, kurtaklar va poʼstloqlar oʼsimlik tanasida suyuqlik yura boshlaganida (erta bahorda), yer ostki qismlari esa odatda oʼsimlik uyquga kirganda (kech kuzda) va xokazo. Dorivor oʼsimliklarni yigʼishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: 1. Dorivor oʼsimlik maxsulotlari oldindan moʼljallangan ruxsat etilgan yerda va mikdorda yigʼiladi. 2. Ushbu maxsulotlar muayyan koida boʼyicha quritilishi darkor. 3. Kup yillik dorivor oʼsimliklarning yer ustki qismi tayerlanishida, ularning ildizi koldirilishi zarar. 4. Ildiz va ildizpoya kovlab olinishida ildizning bir kismi yerda qoldirilishi shart. 5. Oʼsimlik maxsulotini tayyorlashda yaxshi tarakkiy etgan, gullab turgan usimlikni (uning mevasi yetilib urugʼlari sochilib kupayishi uchun) qoldirilishi zarur. Ushbu qoida va talablarga rioya qilinmasa, dorivor oʼsimliklar tabiiy oʼsish joyida butunlay yoʼq boʼlib ketishi mumkin. Dorivor oʼsimliklar. Ushbu bandda asosan Markaziy Osiyo davlatlarida oʼsadigan, oʼstiriladigan amaliyotida koʼp qoʼllaniladigan, ayrim dorivor oʼsimliklar haqida qisqacha maʼlumot beriladi. Аloy-Аloe. Oʼsimlikning quritilgan barg shirasi-sabur katta dozada /0,03-0,02/ meʼda sekretsiyasi susaygan xollarda tavsiya etiladi. Bundan tashqari biostimulyatorlar sifatida xam beriladi. Аndiz-Devyasil. Oʼsimlikning ildizpoyasi va ildizidan tayyorlangan qaynatma yalligʼlanishiga qarshi, balgʼam koʼchiruvchi, mikroblarga qarshi va oʼt xaydovchi taʼsirga ega. Аrpabodiyon – (anis) – Аnis oddiy. Oʼsimlik mevasi tarkibidagi efir moyi balgʼam koʼchmruvchi, yalligʼlanishga qarshi va spazmolitik mikroblarga qarshi taʼsirga ega. Shu sababdan efir moyini saqlovchi preparatlar /koʼkrak eliksiri, novshatil-arpabodiyon tomchisi/ nafas yoʼllarining yalligʼlanishida /bronxitlar/ qoʼllaniladi. Buznoch – Bessmertnik. Oʼsimlik gulidan tayyorlangan damlama, qaynatma, quruq ekstrakt va tabletka shaklida chiqariladigan flalin preparati oʼt xaydovchi dori sifatida oʼt qopi va oʼt yoʼllarining kasalliklarida tavsiya etiladi. Buymadaron – Tыsyachelistnik obыknovennыy. Oʼsimlikning yer ustki qismidan tayyorlangan damlama va suyuq ekstrakti ayrim meʼda-ichak kasalliklarida / gartrit, enterit v.b./ va ichki aʼzolardan /bachadon, ichak, oʼpka/ qon ketishida qon toʼxtatuvchi vosita sifatida beriladi. Preparat qisman yalligʼlanishga qarshi va spazmolitik taʼsirga xam ega. Batakuz - Vasilek siniy. Oʼsimlik gulidan tayyorlangan damlama siydik xaydovchi va oʼt xaydovchi taʼsir koʼrsatadi. Buyrak va siydik yoʼllari, oʼt qopi va yoʼllari xastaliklarida qoʼllanadi. Valeriana /kadiut/ - Valeriana lekarstvennaya. Oʼsimlikning ildiz poyasi bilan ildizidan tayyorlangan damlama tindirma, suyuq va quyuq ekstrakti, kompleks preparatlari markaziy nerv tizimini tinchlantiruvchi dori vositasi sifatida uyqusizlikda, asab buzilishi xolatlarida, isteriyada, xayajonlanishda, stenokardida, gipertoniya kasalligining boshlanishida, koʼngil aynashi va qusishda keng qoʼllaniladi. Gazanda /chaenut, qichitki/ - Krapiva obыknovennaya. Oʼsimlikning bargidan tayyorlangan damlama, suyuq ekstrakt qon ivishini tezlashtiradigan, yalligʼlanishga qarshi, oʼt haydovchi va yara bitishini jonlantiruvchi taʼsir koʼrsatadigan va ichak aʼzolaridan qon ketishida, meʼda va ichak yaralari kasalligada qoʼllanadi. Gulxayri – Аltey. Oʼsimlik ildizidan tayyorlangan damlama, sharbat, quruq ekstrakt xamda uning yer ustki qismidan olingan preparat mukaltin balgʼam koʼchiruvchi, oʼrab oluvchi va yalligʼlanishga qarshi taʼsir koʼrsatib, nafas yoʼllarining yalligʼlanishida /traxeit, bronxit va b.q./ va ayrim meʼda-ichak kasalliklarida /meʼda-ichak yara kasalligida, enteritda/ tavsiya etiladi. SАVOLLАR: 1. Аntibiotiklar qachondan boshlab qoʼllanila boshlangan? 2. Penitsillinni kim ixtiro qilgan? 3. Tetratsiklin va streptomitsinning taʼsir mexanizmini ayting? 4. Levomitsetin qoramol va qoʼylar uchun dozalarini ayting? 5. Sulʼfanilamidlarga qaysi dorilar kiradi va dozalari qanday? FOYDАLАNILGАN АDАBIYoTLАR: 1. Farmakologiya – I.E.Mozgov, 1985 yil, Moskva 2. Farmakologiya – S.S.Аzizova, 1994 yil, Toshkent 3. Farmakologiya – M.N.Maxsudov, 1997 yil, Tashkent 4. Farmakoterapevticheskiy spravochnik – F.P. Garinus, 1988 g., Kiev Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling