Mavzu. Tana haroratini tushiruvchi va analgetiklar Markaziy nerv faoliyatini kuchaytiradigan moddalar


Download 0.57 Mb.
bet8/20
Sana11.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1259878
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
форм амалиёт 2 курс конспект

Xolinomimetik moddalar.
Bu guruxga tabiiy xolinomimetik – atsetilxolin, uning stabillashgan preparati – karboxolin hamda atsetilxolin hosil bo‘lishini aktivlashtiruvchi moddalar – arekolin, piloxarbin, atseklidin va tenzamonlar kiradi.
1. Karboxolin – oq, kristall poroshok, suvda yaxshi eriydi, A ro‘yxatda.
Ta’siri. Karboxolin xolinergetik innervatsiyaning tipik mimetik dorisi, xuddi atsetilxolin kabi ta’sir etadi, lekin atsetilxolinesteraza uni sekin parchalaydi va organizmda 40-80 min ta’sir etadi.
Uning ta’sirida so‘lak bezlari sekretsiyasi 3-5 min. dan keyin birdan tezlashib, 6-16 barobar ko‘payadi va 30-40 min davom etadi. Oshqozon shirasi miqdori xam 30-70 min davomida bir necha marta ko‘payadi.
Karboxolin qoramol va qo‘y – echkilarda oshqozon va ichaklar motorikasini kichik dozalarda aktivlashtiradi, doza kuchaytirilsa katta qorin muskul devori tonusini kuchaytiradi. Karboxolin k___larda so‘lak, oshqozon, ichak va bronxlardagi bezlar sekretsiyasini kuchaytiradi, oshqozon va barcha ichaklar peristaltikasi kuchayadi.
Karboxolin xazm organlaridagi o‘zgarishlar bilan birga o‘pkadagi qisqarishlarini ham kuchaytiradi, qon bosimini pasaytiradi, yurak ishini dastlab susaytiradi, keyin tiklaydi, ko‘z qorachig‘ini qisqartiradi.
Qo‘llash. Qoramollar atoniyasida, otlar va qoramollar revmatik sanchiqlarida, ichaklar atoniyasida, bachadon atoniyasida. Go‘shtxo‘r xayvonlar ich qotishida hamda ginekologik kasalliklarda.
2. Arekolin – alkaloid, filippin mamlakatida o‘sadigan palьma urug‘idan hamda sintetik yo‘l bilan olinadi, A ro‘yxatda.
Ta’siri. Arekolin M-xolinoreaktiv qo‘zg‘atadi, kuchli o‘zgarish hazm yo‘lida kuzatiladi, oshqozon, ichaklar va bachadon muskullari tonusini kuchaytiradi: ter, so‘lak, bronxika va hazm yo‘li bezlari sekretsiyasini kuchaytiradi va kuchli surgi ta’sir etadi. YUrak ishini susaytiradi, ko‘z qorachig‘i kichrayadi. Ichaklarda gelьmentlarni o‘ldiradi. Ta’siri 15-20 minutdan keyin boshlanadi va 1-3 soat davom etadi.
Qo‘llash. Hayvonlardi surgi dori sifatida, otlarda oyoq bo‘g‘imlari revmatik yallig‘lanishida, _________________________, bosh miya shishida, itlarda ichakssestodozlari antigelьmentik sifatida.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling