- Buyurtmachi tanlovni o‘tkazish uchun toq sonli a’zolardan (kamida besh kishidan) iborat xarid komissiyasini tuzadi.
- Tanlov komissiyasi a’zolarining tarkibi va soni olinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zgarishi mumkin.
- Xarid qilish xo‘jalik faoliyati doirasida o‘tkazilganda xarid komissiyasi buyurtmachining vakillari orasidan, zarur bo‘lgan taqdirda ovoz berish huquqiga ega ekspertlar jalb etilgan holda shakllantiriladi.
- Xarid qilish loyiha faoliyati doirasida o‘tkazilganda tanlov komissiyasi vazifalarini belgilangan tartibda tashkil etiladigan loyihani amalga oshiruvchi guruh bajaradi, u xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish natijalari to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Tanlov o‘tkazishda xarid komissiyasi faoliyatini tartibga solish - Qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 5000 baravaridan ortiq miqdordagi davlat xaridlari o‘tkazilganda tanlov komissiyasi tarkibiga buyurtmachining vakillaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zinjiniring” respublika loyihalashtirish institutining vakillari kiritiladi.
- Tanlov komissiyasi buyurtmachining tegishli qarori bilan tuziladi va tarqatib yuboriladi.
- Tanlov o‘tkazish bo‘yicha xarid komissiyasining tezkor faoliyatini uning mas’ul kotibi tashkil etadi.
Tanlov hujjatlarini ishlab chiqish va tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon quyidagi axborot bo‘lishi kerak: - - tovarning (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va narxi;
- - tanlov o‘tkaziladigan joy manzili;
- - tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar;
- - buyurtmachining ishtirokchilar bilan aloqada bo‘lish uchun bog‘lovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxsining yoki boshqa xodimlarining F.I.O., lavozimi va manzili;
- - tanlov hujjatlari qoidalarini izohlash uchun so‘rov berish shakli;
- - takliflarni berish muddati tugaydigan sana va vaqt;
- - tanlov takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar.
- Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa axborot ham bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |