Mavzu: Taqdimot nutqi tayyorlash
Download 0.53 Mb.
|
ijtimoiy mustaqil ish 303 GURUHm (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og‘zaki adabiy nutqning ko‘rinishlari: 1. Kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi
- Ma’lumki, ma’ruza yoki taqdimot nutqi adabiy tilning og‘zaki shakli ko‘rinishida ro‘yobga chiqadi. Adabiy tilni o‘rganish va egallash to‘rt xil yo‘l bilan amalga oshadi
- Taqdimot jarayonida ko`rgazmali vositalardan foydalanish. Multimediali taqdimot
- Etiboringiz uchun raxmat
Mavzu: Taqdimot nutqi tayyorlash.Taqdimot nutqi ilmiy va ommabop uslublarga xos bo‘lib, adabiy so‘zlashuv nutqi hisoblanadi. Bunday nutq adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ammo adabiy tilda so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyin jarayondir. Buning sabablari quyidagichaTaqdimot nutqi ilmiy va ommabop uslublarga xos bo‘lib, adabiy so‘zlashuv nutqi hisoblanadi. Bunday nutq adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ammo adabiy tilda so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyin jarayondir. Buning sabablari quyidagicha,: - og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab olish imkoni kam bo‘ladi, chunki og‘zaki nutq tezkor va jadallashgan (avtomatik) jarayondir; - og‘zaki nutqning o‘ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud. Ya’ni gap bo‘laklarining tushib qolishi, o‘rin almashishi, qisqarishi va b. - og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari asosiy rol o‘ynaydi; - og‘zaki nutqning yuzaga chiqishi so‘zlovchining kayfiyatiga, nutqning vaziyatiga, so‘zlovchining nutqy a’zolari normal va sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq; - kishi so‘zlaganda o‘z nutqiga xuddi yozayotgandagi kabi yetarli e’tibor beravermaydi va b.Og‘zaki adabiy nutqning ko‘rinishlari: 1. Kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi. (Adabiy tilda gapiruvchi shaxslar nutqi). 2. Lektorlar nutqi. (Pedagoglar, olimlar, targ‘ibotchilarning ma’ruzalari. Bu monologik xarakterdagi nutq). 3. Radio va televideniye nutqi (tili). (Diktorlar, sharhlovchilar, jurnalistlar, muxbirlar nutqi). 4. Sahna nutqi (Aktyorlar nutqi – dramatik asar tili. Dialogik xarakterga ega).Ma’lumki, ma’ruza yoki taqdimot nutqi adabiy tilning og‘zaki shakli ko‘rinishida ro‘yobga chiqadi. Adabiy tilni o‘rganish va egallash to‘rt xil yo‘l bilan amalga oshadi:
Taqdimot yoki ma’ruzada nutq egasining maqsadi – muayyan bir axborotni tinglovchiga tugal, tushunarli va ta’sirli tarzda yetkazishdir. Buning uchun so‘zlovchiga faqat til qonun-qoidalarini bilishning o‘zi kifoya emas, balki notiqning nutq texnikasi yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. Ovoz - nutq texnikasining eng muhim elementi. So‘zlovchining ovozida quyidagi xususiyatlar bo‘lishi lozim: jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi); - keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo‘lgan darajasi); havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshituvchanlik); ixchamlik, harakatchanlik; chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish);Taqdimot jarayonida ko`rgazmali vositalardan foydalanish. Multimediali taqdimot - bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o`zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Ma`lumki, inson ma’lumotning ko‘p qismini ko‘rish (-80%) va eshitish (-15%) organlari orqali qabul qiladi.1.Taqdimotni umumiy bezash usulini tanlash; 2. Slaydlarning mazmuniy o‘lchamlarini tanlash; 3.Yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qo‘shish; 4. Slayd hajmi va o‘lchamlarini tanlash; 5. Slaydlarga bezashda zarur bo‘lgan o`zgarishlar kiritish; 6. Slaydlarni ko‘rsatishda tovushli animatsiya jihatlarini yaratish.Taqdmotni tayyorlash jarayonida Microsoft Power Pointda ko‘rsatilayotgan ma’lumotlar taqdim etilayotgan ishning mazmuni va mohiyatini, natijalari va xulosalarini, takliflarini aks ettirishi lozim. Taqdimot quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishi kerak: A) slaydlar soni (7 – 10 ta); V) slaydlarning mazmuniy o‘lchamlari; S) birinchi slayd ishning mavzusi, obyekti, bajaruvchi to‘g’risida to‘liq ma’lumot berishi zarur; D) oxirgi slayd ma’lumotlar manbalari tavsifiga bag’ishlangan bo‘lishi kerak.Etiboringiz uchun raxmat Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling