Mavzu: Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida Reja: Fanning predmeti, maqsad va vazifalari. «Tarbiyaviy ishlar metodikasi»


Download 147.12 Kb.
bet18/26
Sana21.02.2023
Hajmi147.12 Kb.
#1218882
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
Mavzu Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida Reja Fanning p

Muloqotning kommunikativ tomoni ― muloqotlarga kirishuvchilar o’rtasidagi ma’lumot almashinuvi jarayoni.

  • Muloqotning interaktiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvoriga ta’siri.

  • Muloqotning perseptiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog’lik bo’lgan murakkab psixologik jarayon.

    Har qanday muloqot rasmiy yoki norasmiy buladi. Rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvoridan kelib chiqadi. Masalan, rahbarning o’z xodimlari bilan, professorning talaba bilan muloqoti. Norasmiy muloqot odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o’sha suhbatdoshlarning fikr-uylari , niyat-maqsadlari va emosional munosabatlari bilan belgilanadi. M: do’stlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo’lovchilar suhbati, tanaffusda talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi suhbati. Odamlarning asl tabiatiga mos bo’lgani uchun xam norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko’proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin bunday muloqotga xam qobiliyat kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko’ngilligi, suhbatlashish yo’llarini bilish, til topishish qobiliyati, o’zgalarni tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun hamma xam rahbar bula olmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma xam qo’l uravermaydi, chunki buning uchun xam rasmiy, xam norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab etiladi.
    Muloqot mavzui va yo’nalishiga kura:
    A. Ijtimoiy yo’naltirilgan ( keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan).
    B. Guruhdagi predmetga yo’naltirilgan (mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki biror topshiriq bajarish jarayonidagi muloqot).
    V. Shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o’z muammolarini yechish maqsadida o’rnatgan munosabatlari).
    G. Pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o’rtasida amalga oshiriladigan murakkab o’zaro ta’sir jarayoni).
    Har bir muloqot turining o’z qonun-qoidalari , ta’sir usullari va yo’l-yo’riqlari borki, ularni bilish xar bir kishining, ayniqsa, odamlar bilan doimo muloqotda bo’ladiganlarning burchidir.
    Endi muloqotning xar bir tarkibiy qismi bilan alohida tanishib chiqamiz.


    1. Download 147.12 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling