Mavzu: Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida Reja: Fanning predmeti, maqsad va vazifalari. «Tarbiyaviy ishlar metodikasi»


Pedagogik xushmuomalalikni o’zgartirish shartlari


Download 147.12 Kb.
bet24/26
Sana21.02.2023
Hajmi147.12 Kb.
#1218882
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Mavzu Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida Reja Fanning p

Pedagogik xushmuomalalikni o’zgartirish shartlari. Pedagogik xushmuomalalik o’qituvchining ma’naviy yetuklik darajasi, qaysiki o’z ustida ishlab, maxsus bilimlarini orttirib borishi va o’quvchilar bilan xushmuomalalik qilish ko’nikmalarini shakllantirishni talab qiladi. U avvalo yoshlar ruhiyati va hozirgi zamon o’quvchilarining xususiyatlari haqida pedagogik ma’lumotga ega bo’lishini talab etadi. (Albatta o’quvchilarga ko’rsata olish, bolalarning ichki xulq-atvori).
Albatta o’quvchilarning ta’sir ko’rsatuvchi ko’nikma va bilimlar, o’qituvchi uchun juda zarur. Bular quyidagilardir:
- Bolalarni sevish, uni o’quvchilarga ko’rsata olish, bolalarning ichki xulq-atvorini mohiyatini ko’ra olish, sezish, vaziyatni mo’ljal qila olish: o’quvchilarga maqsadli ta’sir ko’rsatish usullarini tanlash, bolalar bilan suhbatlashish va hokazo.

O’qituvchining vositachilik qobiliyatini rivojlantirish. O’qituvchida to’g’ri aloqa usullarining ta’minlanishi, pedagogik odobni saqlashi, har qanday faoliyatda uning vositachilik qobiliyat - ko’nikmalarini rivojlantirish talab qiladi.


A.S.Makarenko o’qituvchining vositachilik qobiliyatini rivojlantirishda muomalaning iltimos shakli haqida “Iltimos qilish muomalaning boshqa turlaridan shu bilan farq qiladigan, ishni bolaning batamom o’z xohishiga qo’yib beradi. Iltimos xuddi shunday bo’lishi ham kerak. Bu iltimosni shunday ifoda qilish kerakki, bola uni birovning majbur qilish, orqasida emas, balki o’z ixtiyori bilan bajarayotgandek his qilish”- degan edi.
A.N.Leontev o’qituvchining vositachilik qobiliyatlariga keng tavsif beradi:
1. O’quvchining ijtimoiy o’qish qobiliyatini bilishi;
2. O’quvchining tashqi belgilaridan uning ruhiy holatini tushunish;
3. O’zini o’quvchilar bilan aloqa qilishga yo’llash;
4. O’quvchilar bilan nutqli va so’zsiz bog’lanish orqali nutqli aloqani samarali tashkil etish.
Eng muhimi pedagogik jarayonda o’zaro hamkorlik asosida o’quvchilar bilan aloqa qilish qobiliyatlarini yo’lga qo’yishi va tashkil yetish maqsadga muvofiq. Bu muammolarni takomillashtirishda A.B.Dobrovich, V.Leviyev, V.A.Kan-Kalik singari mualliflarning asarlari yordam beradi.

Download 147.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling