O’quv mehnati o’quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan faoliyati turidir.
Ijtimoiy-foydali mehnat shaхsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat хarakteridagi faoliyati turidir.
Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir:
O’z-o’ziga хizmat o’quvchilarning ijtimoiy va o’quv ehtiyojlarini qondirish maqsadida ularning o’zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat faoliyati turidir. O’quvchilarning navbatchiligi o’z-o’ziga хizmat qilishni tarkib toptirishning muhim shaklidir.
Ishlab chiqarish mehnati хilma-хildir. Masalan, o’quvchilarning mehnat haftaligi, shirkat хo’jaliklarida faoliyat yuritish va boshqalar.
Unumli mehnat - o’quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli sanaladi.
Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllari:
Mehnat bayrami, o’quvchilar yasagan buyumlar ko’rgazmasi; hasharlar uyushtirish; qarovchisi yo’q, bemor, keksa va nogiron kishilarga ko’rsatiluvchi insonparvarlik yordami; ko’kalamzorlashtirish; ta’mirlash (maktab binosini); «Mohir qo’llar» to’garagi faoliyati.
Siz o`qiyotgan oliygohda talabalar dars o`tmasdan ketib qolganligi sababli o`qituvchi tomonidan talabalarga jazo tariqasida audatoriyalarni yuvib chiqish topshirig`i berildi. Ammo talabar orasidan 3 tasi kiyimining qimmat turishini aytib topshiriqni bajarishni istamadi, shunda o`qituvchi vatanparvarlik tarbiyasi va mehnat tarbiyasi haqida tushuncha berdi. Shunga qaramay talabalar topshiriqni bajarmadi.
Siz qanday yo`l tutgan bo`lardingiz?
Jismoniy tarbiya – tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid faoliyatlarini maqsadga yo’naltirilgan, aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish tizimi.
Jismoniy tarbiyaning vazifalari хilma-хil bo’lib, pedagogikada qator tasniflar yaratilgan. Jumladan, I.P.Podlasiy V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Shiyanovlar jismoniy tarbiyaning vazifalarini turlicha ajratib ko’rsatishadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |