Mavzu: Tarbiyachining kasb etikasi
Mavzu: Bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlash bo`yicha guruhdagi tarbiyachi hujjatlari
Download 200.17 Kb.
|
Tarbiyachining kasb etikasi
Mavzu: Bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlash bo`yicha guruhdagi tarbiyachi hujjatlari.
Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 999-son qaroriga asosan 2018/2019 o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida, Farg‘ona viloyatining Furqat tumani va Quvasoy shahrida hamda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Bektemir, Uchtepa, Yashnobod, Chilonzor, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlash tizimi tajriba-sinov tariqasida muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Tajriba-sinov doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida tashkil etilgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarining (keyingi o‘rinlarda — tayyorlov guruhlari) 494 ta guruhida 11 103 nafar bola tayyorlovdan o‘tdi. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlash bo‘yicha dastlabki loyihaning ijobiy tajribasini boshqa hududlarda ham tatbiq etish, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bolalarni tarbiyalash, kelgusida muvaffaqiyatli o‘quv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va ularni boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlash tizimini to‘liq joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni amalga oshirish borasidagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar uchun tayyorlov guruhlarini shakllantirish; (3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2022-y., 09/22/558/0887-son) Download 200.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling