Mavzu: Tarbiyachining kasb etikasi


Mavzu: Aqliy tarbiya haqida tushuncha. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlantirirsh


Download 200.17 Kb.
bet30/32
Sana20.06.2023
Hajmi200.17 Kb.
#1632234
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Tarbiyachining kasb etikasi

Mavzu: Aqliy tarbiya haqida tushuncha. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlantirirsh.
Har bir bola yoshligidan aqliy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishi uchun unga sog‘lom turmush tarzi kundalik foydali narsalarni o'rgatadigan va ijobiy tasvirlarni ularning xotirasida qoldiradigan tarbiya shartlari kerak. O'yin bolalar uchun juda muhim va aynan ular uchun juda qadrli hamdir. Agar bolaning kundalik turmush tarzida yuqorida keltirganimizdek foydali va aqlni charxlaydigan qiziqarli o‘yinlar bilan shug‘ullanmasa, u tez va yaxshi rivojlana olmaydi. Uch yoshdan katta bolalar o‘z o‘yinlarida ularni o'rab turgan odamlarning hayotini aks ettiradi. Agar biz bolalar o'yinlariga nazar tashlasak, ularning o'yinlarida ular hayotda kuzatadigan kattalarning munosabatlari, g'amxo'rliklari va tajribalarini ko'rishimiz mumkin.
Bola 5-7 yoshga to‘lgach ularning o'yinlari yanada boyib, rang-barang bo'lib boradi. O'yinni birgalikda o'ynash jarayonida ular bir-biridan ko'p narsalarni o'rganadilar. O'yin esa hayolotni, fikrlashni, yuqori insoniy tuyg'ularni, oqilona irodani, milliylikni, insonparvarlik va vatanparvarlikni, tafakkurni rivojlantiradi. O‘yin orqali o‘z tasavvurlarini namoyish etib, ular o‘zlari uchun ajoyib hayotni yaratadilar. Bolalar uchun bunday faoliyat ijodkorlik va kashfiyotlar maydoni, sevimli faoliyat turi. Ular uchun bu ajralmas va eng qiziqarli, zavqlantiruvchi mashg‘ulotdir. Faqatgina bu o‘yinlar milliylik va o‘zbekona mezonlariga mos ravishda, bolani toliqtirmaydigan, jismoniy hamda ruhiy holatiga xos bo‘lgan foydalilik, bunyodkorlik g‘oyalaridan holi bo‘lgan tarzda bo‘lishi talab etiladi.
O‘yin-bolani shaxs sifatida to‘g‘ri shakllanishi va ongini, zehnini o‘stirish bilan birga nutqini ravon qiluvchi eng asosiy vositadir!
Bola rivojlanishida nutq hal qiluvchi rol o'ynaydi. Uni o'zlashtirish bolalar o'rtasidagi muloqotni va atrofdagi dunyoni tushunishning eng muhim omili.
Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishi turli xil o'yin va mashg'ulotlarda, amaliy va ijodiy faoliyatga o‘zaro bog‘liq. Bunday vaqtda birinchi navbatda ota-onalarning e‘tibori va ko‘magi asosiy ro‘l o‘ynaydi. Negaki, har bir bola ko‘p narsalari oilasida, undagi muhit va o‘zaro muomalardan o‘rnak oladi.
Aqliy rivojlanish - ota-onalar va pedagog tomonidan bolaning aqliy qobiliyatlari va tafakkurini rivojlantirishda, uning aqliy harakatlari va bilim qobiliyatlarini to‘g‘ri shakllantirishdir!
Bolaning aqliy jihatdan tarbiyalash va rivojlantirishni mavjud turmush tarzidan, uning hissiyotlaridan va uni ruhiy qiyofasini yaratadigan barcha boshqa xususiyatlardan holi tarzda tasavvur qilish mushkul. Maktabgacha yoshdagi bolalarda aqliy o‘sishni soddalashtirilgan holda, zo‘riqishlarsiz borliq haqida iloji boricha ko'proq va eng muhimi to‘g‘ri bilim berish, kognitiv faoliyatning umumiy usullarini (tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish qobiliyatini) rivojlantirish, nutqni rivojlantirish hamda me‘yorida kundalik yangi bilimlarni berib borish bilan amalga oshirish zarur.
Aqliy tarbiya – bu bolaning har tomonlama taraqqiy topishida sog‘lom turmush tarzi va foydali mehnat faoliyati, qiziqarli o‘yinlar va o‘z vaqtida to‘g‘ri bilim berish orqali kelajak hayotga tayyorlashning, chin ma‘noda shaxs bo‘lib yetishishining muhim tarkibiy qismi. Aqliy tarbiya ta’lim, o‘yin, mehnat jarayonida, hayotiy vaziyatlarni hal etish, kattalar va tengdoshlar bilan bo‘lgan muloqotda, ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan axborotlarni qabul qilish va o‘zlashtirishda ro‘y beradi.
Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biridir!
Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam ravishda to‘g‘ri pedagogik ijobiy ta‘sir o‘tkazish
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning ahamiyati juda yuqori va unga hech vaqt bee‘tiborlik bilan nazar tashlab bo‘lmaydi. Chunki aql - his-tuyg‘ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha bo‘lgan jarayonlar yig‘indisi.
Aqliy rivojlanish – fikrning kengligida voqealarning turli bog‘lanishida, munosabatlarda teran ko‘ra olish va ularni umumlashtirish qobilyatlarida namoyon bo‘ladi.
Bolaning aqliy rivojlanishida sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri berilgan tarbiya va ta‘lim samarali ta‘sir ko‘rsatadi.
Bularning hammasi maktabgacha yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalar mazmunini chuqurlashtirish va asta-sekinlik bilan hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligidan dalolatdir.
Yosh bolalar har doim buyumlar va hodisalar orasida yashaydi. Tevarak atrofdagi buyumlar, atrof-muhit bolaning sezgi organlari – analizatorlariga ta‘sir etadi va dastlabki sezgilarni hosil eta boshlaydi.


Download 200.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling