Mavzu: Tarbiyachining kasb etikasi
MAVZU: Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonunini o`rganish va tahlil qilish
Download 200.17 Kb.
|
Tarbiyachining kasb etikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablari mazmuni.
MAVZU: Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonunini o`rganish va tahlil qilish.
1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda.Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalar — nogironligi bo‘lganidan yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, oila, pedagoglar, mutaxassislar, jamiyat va davlatning alohida e’tiboriga muhtoj bo‘lgan individual ehtiyojlarga ega bolalar; davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilot; inklyuziv ta’lim va tarbiya — bolalarning alohida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan jarayon; maktabgacha bo‘lgan yosh — bolalarning tug‘ilgan paytidan yetti yoshgacha, to ularga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berish boshlangan paytga qadar bo‘lgan yoshi; maktabgacha ta’lim va tarbiya — bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi; Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablari mazmuni. Davlat ta’lablari bu-Bola rivoji va ta’limida ishtirok etayotgan, ota- onalar,pedagog va barcha kattalarga kutilayotgan natijalar xaqida ma’lumot beruvchi xujjat.Asosiy kompetensiyalarini shakllantirish orqali bola rivoji va uning potensial imkoniyatlarini ochishga yo’naltirilgan Mulkchilik shaklidan qatiy nazar MTT larning pedagog hodimlari tomonidan Maktabgacha ta’lim tizimi uchun talimiiy dastur,o’quv metodik materiallar,o’yin va o’yinchoqlar yaratishda bajarilishi shart. Davlat talablari tuzilmasi Umumiy qoidalar Maqsad,vazifa va asosiy tamoillar Asosiy tushunchalar yakuniy qoidalar Rivojlanish sohalari Davlat ta’lablarining tarkibi Kelishilgan tashkilotlar 1-Ilova Ilk yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari 2-Ilova Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari Davlat talablari Boblari 1-Bob Umumiy qoidalar Ozbekiston Respublikasi xududida barcha turdagi ta’lim muassasalari DMTT,NMTT maktabgacha yoshdagi guruhlari bo’lgan Mehribonlik uylari Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi ko’llej va oliy ta’lim muassasalari ,malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari,maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar mazkur davlat talablariga rioya qilishi lozim. Download 200.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling