Mavzu: Tarbiyachining kasb etikasi
Mavzu: “Ilm yo’li” variativ dasturi ilm olishning maktab ta’limiga tayyorlashning zamonaviy bosqichidir
Download 200.17 Kb.
|
Tarbiyachining kasb etikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Davlat MTT pedagoglarining olib boradigan ish hujjatlari. MTT tarbiyachining ish hujjatlari
Mavzu: “Ilm yo’li” variativ dasturi ilm olishning maktab ta’limiga tayyorlashning zamonaviy bosqichidir.
Variativ dasturning asosiy tushunchalari. “Ilm yo‘li” variativ dasturi mualliflarining nazarida, maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim-tarbiya vazifasini amalga oshirish bilan birgalikda, bola hayotiy faoliyatining asosiy sohasi hamdir. Shu munosabat bilan, mazkur dasturda aynan pedagog har bir bolaning ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish huquqini ta’minlashi lozim degan g‘oyani ilgari suradi. Bu jarayonda bolalarning zaif toifasiga alohida e’tibor talab etiladi. Jamoada bolalar bir-biri bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga, jinsi, irqi, millati, madaniyati, tili, e’tiqodi, yoshi, alohida talab-ehtiyojlari, oilaning tuzilishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy holatidan qat’i nazar, boshqa kishilar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishga o‘rganadi. “Ilm yo‘li” variativ dasturi inklyuziv ta’limning quyidagi tamoyillariga tayanadi: • Insonning qadr-qimmati uning qobiliyati va erishgan yutuqlari bilan belgilanmaydi; • Har bir inson his etish va fikr yuritishga qodir; • Har bir inson muloqot yuritishga va uning fikrlari e’tirof etilishiga haqlidir; • Barcha kishilar bir-biriga ehtiyoj sezadi; • Chinakam ta’lim muayyan o‘zaro munosabatlar doirasidagina amalga oshirilishi mumkin; • Barcha insonlar qo‘llab-quvvatlashga va tengdoshlar bilan do‘st bo‘lishga ehtiyoj sezadi; • Ta’lim olayotganlar uchun ijobiy yutuqlarga erishish qo‘lidan kelmaydigan ishdan ko‘ra, uddalay oladigan ishda ko‘proq namoyon bo‘ladi; • Rang-baranglik inson hayotini boyitadi; • Bir-birimizdan farq qilishimiz va har birimiz individual shaxs ekanimizni tan olish; • Rivojlantiruvchi dasturlarning individuallashuvini ta’minlash Mavzu: Davlat MTT pedagoglarining olib boradigan ish hujjatlari. MTT tarbiyachining ish hujjatlari MTM da murabbiy va tarbiyachilarga zarur bo’lgan shaxsiy xislatlari byicha pedagogik mahoratiga qo’yilgan talablar. murabbiy va tarbiyachilarning bolalarni tushuna olish va bola shaxsiga hurmat bilan qarash bilan bog’liq hislatlari; murabbiy va tarbiyachilarning o’z tarbiyalanuvchilariga tarbiyaviy va ruhiy (ertak, hikoya, hikoyat, hikmatlar va donolar fikrlarini aytish orqali) ta’sir o’tkaza olishga doir xislatlari; murabbiy va tarbiyachilarning o’z atrofdagilariga, ayniqsa o’z tarbiyalanuvchilariga ibrat-namuna bo’la olishi, ya’ni “Ibrat-namuna hayot dorilfununi” tizimidagi ma’lumotlar bilan qurollanggan holda mashg’ulotlar o’tkaza olishiga oid xislatlari. MTM dagi murabbiy va tarbiyachilarning shaxsiy xislatlariga ularning bolalar jamoasidagi vazifalari, ularning ish faoliyatidagi fidoyiligi, bolasevarligi, bolaning istiqboliga qiziqishlari bilan aniqlanadi. Umuman olganda, MTM da faoliyat yurituvchi murabbiy va tarbiyachilar quyidagidek psixo-fizologik xususiyatlarga ham ega bo’lishi kerak: mustahkam sog’liq, sog’lom fikrlilik, jismoniy baquvvatlilik, irodalilik, chidamlilik, ishchanlik, g’ayratlilik, bayroqdor bo’lishga ishtiyoqlilik va hokazo. Shuningdek, ular konstruktiv, analitik va ijodiy fikrlashlarga ham qodir bo’lishlari kerak. Ularga konstruktiv fikrlash ishni oqilona rivojlantirish va odilona tashkil qilish uchun kerak bo’lsa, analitik fikrlash bolaning mehnat va rasm chizish ko’nikmalarini hosil qilishini nazorat qilish va ular natijalarini tahlil qilish uchun kerak bo’ladi va nihoyat ijodiy fikrlash – bu kasbiy faoliyat jarayonidagi har qanday topshiriq yoki vazifani mustaqil hal qilish hamda ularning istiqbollarini ko’ra bilishda juda kerak bo’ladi. Bulardan tashqari ushbu jarayonda murabbiy va tarbiyachilarning nutq madaniyati ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ular o’z nutq madaniyatiga ham talabchan bo’lishlari kerak. Ularga qo’yilgan talabni quyidagicha ifodalasak bo’ladi: Murabbiy va tarbiyachining muloyim, jozibador, bolalarni o’ziga tortuvchi ohangda gapira olishi kerak; Murabbiy va tarbiyachining o’z ovozini xohlagan paytda va holatda boshqara olishi, rostlay olishi va o’z ovoziga muloyimlik ruhi va ta’sirchanlik ruhi beraolishi kerak; Download 200.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling