uchinchi bosqich: o’rta asrlar- V asrdan XV asrgacha. Bu xronologiya
Yevropa tarixshunosligi nuqtai nazaridan olindi. (Bu davrning o’ziga xos jihatlari
shundaki sharq va g’arbda ko’plab tarixiy asarlar yaratildi. Bu asarlarda endilikda
ijtimoiy, iqtisodiy, tarixiy voqea va xodisalar yaxlit bir davrni, davrlarni qamrab
oldi, tarixiy asar yozishni ilmiy uslublarini shakillantirish tomon yo’l tutildi)
to’rtinchi bosqich: yangi davr XVI- XVIII asrlar. ( bu davrda tarix fani
bo’yicha asarlar yaratish tizimli tusga kirdi, ayniqsa XVIII asr ma’rifatparvarlik
davrida tarixiy ongga alohida e’tibor berildi. Tarix fanini medodi va
metodologiyasi yaratila boshlandi, shuningdek diniy mafkuradan tarixni xalos
bo’lishi yuz berdi. Ilk bor Polibiydan keyin jahon tarixini yaratishga urinildi
(Volter) tarixiy ongni mohiyat mazmunini tushunishga harakat boshlandi, tarix
falsafasi atamasi paydo bo’ldi)
Do'stlaringiz bilan baham: |