Mavzu: tarixiy ong va milliy o’zlikni anglash dialektikasi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
tarixiy ong va milliy ozlikni anglash dialektikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Induvidlarni o’zligini anglashi Millatni o’zligini anglashi
Ibtidoiy jamoa davri davlat va jamiyat davri Mifologiya huquqiy-rasmiy hujjatlar Tarixiy asarlar Induvid, jamiyat-millatni tarixiy bilimi tarixiy ongi, tarixiy xotirasi Induvidlarni o’zligini anglashi Millatni o’zligini anglashi
Bu jarayon har qaysi xalq-millatning ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davomida yuz beradi. Tarixiy ong, tarixiy ong asosida millatni o’zligini anglashi jadal yoki sekin-asta borishi mumkin. Bunday hollarda millatni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotini qay darajada borishi ta’sir ko’rsatadi. Ijtimoiy voqelik, millatni siyosiy nufuzi bunga ta’sir ko’rsatadigan asosiy omildir. Agarda millat o’z suverenitetiga ega bo’lsa uni milliy o’zligini yuqori darajaligidan dalolat beradi. Xalq-millat uzoq vaqt boshqalarga qaram bo’lsa uni tarixiy ong, tarixiy xotira barqaror rivojlanishiga to’siqlar paydo bo’ladi. Bu o’z navbatida induvid, millatni o’zligini anglash jarayonini sekinlashtiradi. Demak, yuqoridagilarga asoslanib quyidagi xulosalarni chiqaramiz.
Ijtimoiy ong shakllaridan bo’lgan tarixiy ong va tarixiy xotira murakkab hamda serqirra hodisadir.
ularning o’zaro hamda ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan aloqasi mavjud.
―Tarixiy ong — o’tmishni uning umuman jamiyatga, xususan turli ijtimoiy-demografik, ijtimoiy-professional, etnoijtimoiy, etnokonfessional guruxlarga, shuningdek aloxida individlarga xos bulgan butun rang-barangligini hisobga olgan holda baxolash xamdir. Bizningcha, tarixiy ong jamiyat, uning ijtimoiy guruxdari va individlarning o’z utmishi xamda butun insoniyat utmishi xakidagi tasavvurlari yigindisidir. Tarixiy ongda o’tmish, bugun va kelajak uygunlikda in’ikos etadi‖. 1
Tarixiy ong va tarixiy xotira yaxlit birlikda bo’lsada, lekin tarixiy ong birlamchi bo’ladi. Tarixiy ong shakllangan, o’zini mukammal darajasiga yetgan bo’lsa, tarixiy xotira shaxs, xalq, millatda yuqori darajada ko’rinadi. Tarixiy ong, bu—har qanday bilimda bo’ladigan, hamma narsa, hatto ma’naviy borliq ham bo’lib o’tganligini anglashdir.
Uning shakllanishi insoniyat-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti bilan birgalikda bordi. Ijtimoiy ong siyosiy, mafkura, huquqiy ong, axloq, din, fan, san'at falsafa shakllarida mavjud bo’ladi.
Tarixiy ong ijtimoiy ongning turli xil shakllarida uning bir unsuri, bir parchasi sifatida chiqadi va bularning evolyutsiyasi, xilma-xilligi tabiat va jamiyatning evolyutsiyasi va xilma-xilligi bilan belgilanadi.
Demak, tarixiy ong o’z taraqqiyotida oltita bosqichni bosib o’tadi deb aytish mumkin, har bir bosqich o’ziga xos xususiyatlariga ega.
asarlar, tarixiy qarashlar, tarixiy ta’limot, konsepsiyalardir. Bularning orasida tarixiy ongning oily darajada ko’rinishlari tarixiy ta’limot, turli tarixiy konsepsiyalardir.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling