Mavzu: tarixshunoslik fani predmeti, funksional vazifasi, tarixchilarning tarixshunoslikdagi o`rni reja


Download 38.33 Kb.
bet2/3
Sana28.03.2023
Hajmi38.33 Kb.
#1301122
1   2   3
Bog'liq
ASLONOV G`IYOS TARIXSHUNOSLIK FANI PREDMETI, FUNKSIONAL

Иккинчидан, тарихшунослик ҳақида илмий тарихий тадқиқотлар ва тарих фани ривожи ҳақидаги илмий билимлар тизими сифатида фикр юритадиган бўлсак, ватан тарихшунослиги ривожи контекстида 1950-йилларнинг охири, ва 1960-йилларни “тизимли эпизодик” ривожланиш даври деб шартли равишда характерлаш мумкин. Гап шундаки бу даврда тарихшунослик ёрдамчи функцияларни бажарувчи “мавқега” эга бўлиб, унинг унинг предмети атрофида собиқ СССР илмий тарихий доираларида қизғин баҳслар олиб борилаётган эди. Бу анжуманлар тарихшуносликнинг тарихий билимлар тизимида ўз объекти ва предметига, функциялари ва вазифаларига эга бўлган махсус соҳага айланишида муҳим омил бўлиб, муаммо тарихшунослиги тадқиқотларининг сифатида ҳам акс этди.
Учинчидан, 1968 йилда ФА Тарих институтида тарихшунослик бўлимининг ташкил топиши Ўзбекистонда тарихшуносликнинг мустақил соҳа сифатида ривожланишида муҳим роль ўйнаганлигини алоҳида таъкидлаш лозимдир. Бу соҳа шаклланиши ва ривожида Б.В.Луниннинг хизматлари айниқса юксак эътирофга сазовордир. Муаммо тарихшунослиги ҳақида гапирадиган бўлсак, бу соҳа Ўзбекистонда 1970-йилларда, Г.Желтова, Ф.Қосимов ва бошқа бир қатор тадқиқотчиларнинг монографик асарлари чоп этилиши билан вужудга келди. Бу тадқиқотчилик йўналишидаги тизимли иш тўғрисида шуни таъкидлаш ўринли бўладики, айнан шу даврдан бошлаб нафақат умумлаштирувчи балким, таҳлилий-танқидий мазмундаги капитал асарлар чоп этила бошлади. 1970-1980 йилларда муаммо тарихшунослиги ривожлана бориб, бу соҳада жиддий тадқиқотлар амалга оширилди, диссертациялар ҳимоя қилинди, кўплаб мақолалар эълон қилинди.

Tarixshunoslik fani predmeti, uning maqsad va vazifalari. Tarixshunoslik tarix fanlari tizimida o‘ziga xos mustaqil o‘ringa ega. Faning o‘z manbalari, tadqiqot usullari mavjuddir. Tarixshunoslik fanini oliy ta’lim tizimida o‘qitishdan asosiy maqsad talabalarda qadimgi davrdan hozirgi kungacha yaratilgan tadqiqotlar, ularning haqqoniyligi, qimmati, fikrlar xilma-xilligi, tarixiy shaxslar va voqealarni baholash, tarixiy bilimlarni to‘plash, tarixchilarning monografiya, ilmiy tadqiqot va maqolalarini o‘rganishda tarixiylik tamoyillarga asoslanib xulosa chiqarishga o‘rgatishdir. Fanning vazifasi esa adabiyotlarning qiyosiy tahlilini amalga oshirish, tarixiy voqealarni tarixshunoslik nuqtai-nazaridan tahlil qilish, mualliflarni klassifikasiya (guruhlarga bo‘lib o‘rganish) qilishdir.
Tarixshunoslikning ob’ekti tarixiy jarayonning o‘zi bo‘lmay, balki tarixiy tafakkur, uni o‘rganish, tarix haqidagi fan hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston tarixida O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar tarixi mavzusida O‘rta Osiyo hududida ilk o‘rta asrlarda mavjud davlatlar, arablar istilosi, islom dinining yoyilishi, markazlashgan davlatlarning paydo bo‘lishi va hokazolarni o‘rganilsa, tarixshunoslik fanida esa bu davr tarixi o‘rta asrlarda, yangi davrda va bizning kunlarda qanday tadqiq etilganligini tahlil etadi.
Tarixshunoslik tushunchasi ikki ma’noda qo‘llaniladi: 1. Tarixiy bilimlar taraqqiyoti va tarixiy tadqiqot usullariga doir fan ma’nosida. 2. Muayyan tarixiy davrga yoki muammoga bag‘ishlangan tarixiy tadqiqotlar majmuasi ma’nosida (masalan, hozirgi davrda istorigrafiya).
Tarixshunoslik tarixiy bilimlar taraqqiyotini, muayyan tarixiy bosqichda yaratilgan yoki ma’lum bir muammoga bag’ishlangan tarixiy tadqiqotlarni o’rganadi va tahlil qiladi. Tarixshunoslik nafaqat tarix, balki maxsus tarix fanlari (masalan, sharqshunoslik, etnologiya, arxeologiya va boshqalar) tarixi bilan ham shug’ullanadi. Tarixshunoslikning asosiy vazifasi tarix fani rivojini chuqur va har tomonlama xolisona o‘rganish, muayyan taraqqiyot davrida to’plangan tarixiy bilimlarni tahliliy tadqiq etishdan, amalga oshirilgan ishlarning natijasini chiqarishdan hamda shu asosda tadqiq etilgan dolzarb muammolarni aniqlab, kelgusi tadqiqotlarning yunalishlarini belgilashdan, tarixchilarni muayyan tarixiy ilmiy muammo doirasidagi adabiyotlarga yunaltirishdan iborat.
Tarixshunoslik shuningdek, fan taraqqiyotida o’z o’rniga ega bo’lgan ilmiy tarixshunoslik markazlari tarixini, unda faoliyat ko’rsatgan ilmiy kadrlarning salohiyati, ularning fan rivojiga qo’shgan hissalarini o’rganish kabi vazifalarni ham bajaradi.
Tarixshunoslik tadqiqotlarda tadqiqotchining vazifasi o’zidan avvalgi bosqichlarda yaratilgan ilmiy asarlarni zamonaviy bilimlar nuqtai nazaridan o’rganish, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini taxlil qilishdan iborat.
Tarixshunoslik Vatan tarixini o‘rganishda, tarixiy muammolar ustida bahs yuritishga, ijodkorlikka ilhomlantiradi.
Tarixshunoslikda eng asosiy e’tibor quyidagilarga qaratiladi:

  • tarixshunoslik tahlilining nazariy masalalari, metodologiyasi rivoji masalalari, mazkur soha nazariy va metodologik muammolari haqidagi fikrlar kurashi; – tarixchilar tomonidan o‘rganilayotgan mavzular, shuningdek masalani yoritishda jalb qilingan manbalarning kengayishi va o‘zgarishi evolyusiyasi;

  • ilmiy tahlil usullarining takomillashuvi, tadqiqotning manbashunoslik vositalari, manbalar tanqidi;

  • tarixiy materialni bayon qilish xarakteri, turli davrdagi tarixchilar stili.

Xullas, tarixshunoslik tarix fanining tarixini o’rganuvchi fandir.
Tarixshunoslik tarix faniga nisbatan yangi fan hisoblanadi. O’rta asrlarda yaratilgan ba’zi tarixiy asarlarda, jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» va «Hindiston», Abu Bakr Narshaxiyning «Tarixi Buxoro», Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Boburning «Boburnoma», Muhammad Yusufbek Bayoniyning «Tarixi Xorazm», «Shajarai Xorazmshohiy», Ahmad Donishning «Buxoro amirlarining tarjimai hollari» va boshqalarda muayyan ma’lumotlarni umumlashtirishga, fakt va tarixiy jarayonlar bayonida tahliliy yondashuvga bo’lgan harakatlar kuzatiladi.
O‘zbekistonda tarixshunoslikning akademik ma’nodagi institutsional shakllanishi XX asrning 60 yillarida, Fanlar akademiyasi Prezidiumining maxsus qarori bilan Tarix instituti bazasida tarixshunoslik sektorining tashkil etilishi bilan amalga oshdi. 1968 yilda Tarix instituti qoshida «Tarixshunoslik» sektori, keyinroq bo’lim tashkil etilishi bu sohaning rivojiga katta hissa qo’shdi (bo’limni 1968-1988 yillarda tarix fanlari dri B.V.Lunin, 1988-1992 yillarda tarix fanlari nomzodi
V.A.Germanov boshqargan, 1992 yildan esa tarix fanlari doktori, professor
D.A.Alimova rahbarlik qilib keldi).
O’zbekiston FA Tarix instituti tashkil topgach, bir qator tarixshunoslar, jumladan, V.Ya. Nepomnin, R.N.Nabiyev, I.K. Dodonov, L.M.Landa, X.I.Inoyatov, B.V.Luninlar muayyan muammolarning tarixshunosligini tadqiq qilishga kirishdilar. Tarixshunoslik bo’limi tomonidan o’tkazish an’anaviy bo’lib qolgan «Tarixshunoslik o’qishlari» O’zbekiston tarix fani sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni sarhisob qilib boradi. O’zbekistonda tarixshunoslik fani ilmiy maktablariga B. V. Lunin, G.I.Jeltova, F.H.Qosimov, R. Rajapova, D.A. Alimova kabi olimlar tomonidan asos solindi.
Mustaqillik yillarida tarixshunoslik tadqiqotlari ancha kengaydi. 5 ta doktorlik, 20 dan ortiq nomzodlik ishlari himoya qilindi. Ayniqsa, xorijiy tadqiqotchilar (AQSH, Koreya, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya) O’zbekiston tarixshunoslari bilan ilmiy-amaliy aloqalar o’rnatib, O’zbekiston tarixshunosligining muhim muammolarini o’rganishda davom etmoqdalar.
Tarixshunoslik tarix fanlaridan manbashunoslik bilan juda yaqin aloqada bo‘lib, har bir davr manbalarning ko‘pligi, ularga tanqidiy yondashuv va foydalanish tarixiy tafakkurning, bilimning darajasi, saviyasini belgilaydi.
Tarixshunoslikning rivojlanishida manbalar doirasining kengligi va o‘sha davrdagi tarixiy tadqiqot usuli asosiy omil hisoblanadi. Tarixiy tadqiqot usullarining takomillashishi (masalan: tanqidiy yondashuv, tarixiy taqqoslash va boshqalar), yangi (epigrafik, arxeologik, numizmatik) manbalarning paydo bo‘lishi tarix fanining saviyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Tarixshunoslik tarixning manbashunoslik, arxeologiya, etnografiya, numizmatika va lingvistika fanlari bilan chambarchas bog‘liq.
Foydalaniladigan ro`yxati:



  1. Download 38.33 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling