Mavzu: tarkibida alkaloidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar
Download 34.87 Kb.
|
Mavzu tarkibida alkaloidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahs-fayllar.org
Gultojisi keng voronkasimon, 5 bo‘lakli, biroz orqaga qayrilgan, xira sariq, tomir va gultojilari birlashgan yeri to‘q binafsharangga bo‘yalgan. Otaligi 5 ta, onalik tuguni yuqoriga joylashgan. Mevasi — ko‘zachasimon, ikki xonali, ko‘p urug‘li, qopqog‘i bilan ochiladigan ko‘sakcha. Urug‘i mayda, yumaloq yoki buyraksimon, yassi, ustki tomonida juda ko‘p mayda chuqurchalari bo‘ladi. Mingdevona yoz bo‘yi gullaydi. O‘simlikning hamma qismi zaharli! Geografik tarqalishi. Yo‘l yoqalarida, bo‘sh yotgan, aholi yashaydigan va o‘tloq yerlarda hamda begona o‘t sifatida ekinzorlar orasida o‘sadi. Moldova, Ukraina, Belorus, Rossiyaning Yevropa qismi, Sibir, O‘rta Osiyo va Uzoq Sharqda uchraydi. Mahsulot Ukraina, Shimoliy Kavkaz, Kuybishev va Voronej viloyatlarida tayyorlanadi. Ukraina va Krasnodar o‘lkasida o‘stiriladi. Tibbiyotda qora mingdevona bilan bir qatorda dala mingdevonasi Hyoscyamus bohemicus F. W.Schmidt. (Hyoscyamus agrestis Kit.) ni ishlatishga ruxsat etiladi. Dala mingdevonasi poyasining shoxlanmasligi, poyadagi barglarning kam o‘yilganligi, ildizoldi to‘pbarglari yo‘qligi bilan qora mingdevonadan farq qiladi.Mahsulot tayyorlash. O‘simlik gullashi davrida ildizoldi barglari (bir yoshdagi o‘simlikda) hamda poyadagi barglari yig‘ib olinadi. Odatda, poya o‘rilgandan keyin barglar teriladi. Bundan tashqari, GOST ga ko‘ra har ikkala mingdevona o‘simligining yerustki qismini mahsulot sifatida yig‘ib olish mumkin. Uni 2 sm uzunlikda qirqib, tezda quritiladi (belladonnaga qaralsin). Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot bargdan hamda o‘simlikning yerustki qismidan tashkil topgan. Bargdan iborat mahsulotda ildizoldi hamda alohida poyadagi barglar bo‘lishi mumkin. Barglari cho‘zinchoq tuxumsimon, tuxumsimon, chuqur patsimon bo‘lakli yoki 3—5 bo‘lakli, tukli, mo‘rt, kulrang-yashil, uzunligi 5—20 sm, eni 3—10 sm, asosiy tomiri yo‘g‘on, oqish, yassi bo‘lib, uchki qismidan asos qismi tomon kengayib boradi, yon tomirlari esa ingichka, aniq bilinmaydi. Poyadagi barglari bandsiz, ildizoldi barglari uzun bandli boladi. Ho‘l o‘simlikning bosh aylantiruvchi hidi bor, quritilgandan so‘ng bu hid yo‘qolib ketadi. O‘simlikning yerustki qismi mahsuloti maydalangan poya, barg, gul va mevalar aralashmalaridan iborat.Download 34.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling