Mavzu: tarkibida alkaloidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar


Download 34.87 Kb.
bet8/13
Sana18.10.2023
Hajmi34.87 Kb.
#1707382
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mavzu tarkibida alkaloidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahs-fayllar.org

Tuklar kalta va uzun bo‘ladi. Kalta tuklarning oxirgi hujayrasi tekis, devori yupqa va bo‘shlig‘i keng, uzun tuklarning oxirgi hujayrasi esa qalin devorli, bo‘shligi tor, ustki tornoni chuqurchalidir, O‘simlikning poya, barg, meva va boshqa qismlarini ko‘ndalangiga kesib yoki tashqi ko‘rinishdagi preparati xloralgidrat eritmasi yordamida mikroskop ostida ko‘rilganda ular hujayrasidagi termopsilansin glikozidining sferokristallarini ko‘rish mumkin. Bu kristallar ishqor eritmasida erib ketadi (ishqor bilan yoritilgan preparatda ko‘rinmaydi). Kimyoviy tarkibi. O‘simlikning yerustki qismi tarkibida 0,5— 3,6% alkaloid bo‘ladi. XI DF ga ko‘ra, o‘simlikning yerustki qismida alkaloidlar yig‘indisining miqdori (termopsinga nisbatan hisoblaganda) 1,5% dan kam bo‘lmasligi kerak. Mahsulot tarkibida alkaloidlardan tashqari saponinlar, oshlovchi moddalar, flavonoidlar hamda termopsilansin glikozidi bor. Ishlatilishi. Afsonak turlarining preparatlari balg‘am ko‘chiruvchi, sitizin alkaloidi esa nafas markazini qo‘zg‘atuvchi va qon bosimini ko‘taruvchi dori sifatida ishlatiladi.

Afsonak chet eldan keltiriladigan, balg‘am ko‘chiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan iðekakuana o‘simligining ildizi o‘rnida ishlatishga tavsiya etilgan va shu maqsadda ishlatiladi. Bu o‘simlik me’da shirasining ajralishini kuchaytiradi. Shuning uchun uning dorivor preparatlarini me’da va ichak kasalligi bo‘lgan bemorlarga berish to‘g‘ri kelmaydi. Dorivor preparatlari. Damlama, quruq ekstrakt. O‘simlikning yerustki qismi kukun (poroshok) va tabletka holida ham ishlatiladi. Sitizin alkaloidining ampuladagi 0,15% li eritmasi — sititon. Afsonakning quruq ekstrakti balg‘am ko‘chiruvchi va yo‘tal qoldiruvchi dori — pektol, sitizin alkaloidi esa Bolgariyada chiqariladigan papiros chekishga qarshi qo‘llaniladigan „Tabeks“ tabletkasining tarkibiga kiradi.

MINGDEVONA BARGI – FOLIA HYOSCYAMI

O‘simlikning nomi. Qora mingdevona — Hyoscyamus niger L., ituzumdoshlar — Solanaceae oilasiga kiradi Ikki yillik, sertuk, badbo‘y o‘simlik. Birinchi yili faqat ildizoldi to‘pbarglar hosil qiladi. Bu barglar bandli, cho‘ziqtuxumsimon, chuqur patsimon bo‘lakli bo‘ladi. Ikkinchi yili poya o‘sib chiqadi. Poyasi shoxlangan, bo‘yi 50—150 sm ga yetadi. Poyadagi barglari ildizoldi barglariga nisbatan yumaloqroq va maydaroq, umumiy ko‘rinishi tuxumsimon, poyaning pastki qismidagilari 5—7 bo‘lakli, o‘rta qismidagilari 3 bo‘lakli, yuqori qismidagilari esa 1—2 ta yirik tishsimon qirrali bo‘lib, poyada bandsiz ketma-ket o‘rnashgan. Barglar bezli tuklar bilan qoplangan, shu sababli ular yumshoq, yopishqoq. Poya uchidagi barg qo‘ltiqlariga joylashgan gullari qiyshiqroq bo‘lib, burma to‘pgulni tashkil etadi. Gullari ochilgandan so‘ng gulo‘qi cho‘zilib ketadi. Gulkosachasi ko‘zachasimon, asos qismi sertuk, 5 tishli (tishi to‘g‘ri va o‘tkir uchli) bo‘lib, meva bilan birga qoladi.


Download 34.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling