Mavzu: Tarmoqli reja tuzish. Ish ketma-ketligini aniqlash. Kalendar reja tuzish
Download 1.14 Mb.
|
3 Tarmoq, kalendar, stoxostik, kommovaya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalendar rejani tuzish va zaxiralarni taqsimlash
- Kommovoyejer masalasi
Mavzu: Tarmoqli reja tuzish. Ish ketma-ketligini aniqlash. Kalendar reja tuzish. Reja: Tarmoqli reja tuzish. Ish ketma-ketligini aniqlash Kalendar reja tuzish. Kommovoyejer masalasi -biri bilan bog‘langan ishlar tashkil etgan butun komplekslarni o‘z ichiga olgan yirik ishlanmalarni ratsional rejalashtirishda tarmoq usullari keng qo'llaniladi. Masalan, qurilish obyektlarini barpo etish, yangi texnik sistemalarni va uyumlarni yaratish, yirik ta ’mirlash va tiklash, yirik obyektlarni (samolyot, kemalar, kosmik kemalar) va boshqalarni tayyorlash va yig'ish. Tarmoq usullari bajarilishi lozim bo‘lgan kompleks ishlarni yo'naltirilgan graf yordamida yaqqol, aniq ko'rinishda ifodalashga asoslangan. Bunda, grafning yoylari bajarilayotgan ishlarni, uchlari esa alohida ishlarning yakunlanishini ifodalaydigan hodisalarni tasvirlaydi. Biror loyihaning tarmoq grafikasini tuzish uchun, uni alohida ishlarga yoki jarayonlarga ajratish talab etiladi. Har bir ishning davomiyligi bor, shu sababli u boshlanish va tamom bo'lish vaqtiga ega. Bunda boshlanish va tamom bo'lish vaqt momentlari to‘la aniqlangan bo'lishi lozim. Yana, bajarilishi kerak bo'lgan ishlarning tartibini va muhimlik darajalarini o'rnatish ham talab etiladi. Natijaviy maqsadga erishish uchun, ma’lum tartibda bajarilishi lozim bo'lgan, bir-biri bilan bog'langan ishlar majmuyi dastumi tashkil qiladi. Ishlar mantiqiy ketma-ketlikka egaligi shuni bildiradiki, biror ishni bajarish uchun, avvalgilari, albatta bajarilgan bo'lishi kerak. Shu yerda ta ’kidlab o'tamizki, tarmoq usullari yaratilishidan avval dasturning kalendar rejalari (ya’ni vaqt bo'yicha rejalashtirish) katta bo'lmagan hajmda olib borilgan bo'lishi lozim. Bunday rejalashtirishning ma’lum vositalaridan eng mashhuri Gantning chiziqli grafigidir (jadval), unda har bir ishning boshlanish va tamom bo'lish momentlari gorizantal vaqt o'qida ko'rsatib berilgan. Uning kamchiligi turli ishlarning bir-biri bilan bog'langanlik darajalarini, demak, dasturning bajarilish sur’atini aniqlashtirish imkonini bermaydi. Zamonaviy dasturlar murakkabligining ortib borishi, ularning bajarish jarayonini mukammallashtirishda aniqroq vasamaradorliroq rejalashtirish usullarini yaratish zarur ekanligini talab qiladi. Bunda samaradorlik deyilganda, butun dasturni, mavjud zaxiralarning iqtisodiy omillarini hisobga olgan holda, bajarish davomiyligini minimallashtirish nazarda tutiladi. Natijada tarkibiy va kalendar rejalashtirishning analitik usullari yaratildi. Ulardan biri kritik yo‘l usuli deb ataladi va u asosan vaqt omiliga diqqatni qaratadi. Bunda ishlarning davomiyligini determinik yoki tasodifiy miqdorlar sifatida ham qarash mumkin. Kalendar rejani tuzish va zaxiralarni taqsimlash Tarmoq modelida olib borilgan hisoblashlarning yakuniy natijasi kalendar grafigi (reja) bo‘lishi lozim. Bu grafik real vaqt shkalasiga nisbatan dasturni bajarish jarayonlarini amalga oshirish imkonini beradi. Kalendar grafikni qurishda zaxiralar hajmini hisobga olish zarur, chunki ayrim ishlarni parallel bajarish, ishchi kuchining, uskunalarning yoki boshqa omillarning chegaralanganligi sababli, imkoni bo‘lmasligi mumkin. Mana shu ma’noda, kritik bo'lmagan ishlarning to'la zaxira vaqti ahamiyatlidir. Kritik bo'lmagan ishlarni to'la zaxira vaqti doirasida u yoki bu tomonga siljitish orqali zaxiralardan maksimal foydalanishni kamaytirish mumkin bo'ladi. Ammo zaxiralar hajmiga chegara bo'lmasa ham, to'la zaxira vaqtlari, odatda, butun dasturni bajarish muddati davomida, zaxiralardan foydalanishni mumkin qadar tekkis taqsimlash uchun, xizmat qiladi. Haqiqatda, bu bildiradiki, ishchi kuchiga (boshqa zaxiralarga) nisbatan talab vaqt oraliqlarida keskin farq qilganda dasturni ma’lurn sondagi ishchilar tarkibi bilan tamomlash imkonini beradi. Misol. Rasmda keltirilgan dastur uchun, tarmoq grafik qurilsin. Tarmoq grafikni qurishdagi zarur ma’lumotlar jadvalda keltirilgan. Avval kritik ishlarning kalendar muddatlari (bajarilish vaqtlari) aniqlanadi. Keyin kritik bo'lmagan ishlarning erta boshlanish muddatlari E S va oxirgi bajarilish muddatlari L S lar topiladi. Tarmoq grafida kritik ishlar uzluksiz chiziqlar orqali berilgan. Kritik bo'lmagan ishlarning bajarilish muddatlar punktir chiziqlar yordarnida berilgan. Ya’ni, ushbu ishlarning kalendar muddatlari punktir chiziq ichida. ixtiyoriy ravishda joylashgan bo'lib, faqat ularning ketma-ketligi saqlangan bo'lishi zarur. Kommovoyejer masalasi Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling