Mavzu: Tasavvuf ajdodlarimiz talqinida. Reja: Kirish Asosiy qism
Download 48.51 Kb.
|
1 Mavzu Tasavvuf paydo bo‘lgan davr haqidagi qarashlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzu: Tasavvuf ajdodlarimiz talqinida. Reja:
Asosiy qism Islom tarixida ilk tasavvuf amaliyotining vujudga kelishi. Naqshbandiya tasavvuf maktabida nazariyot yo’nalishining kelib chiqishi. Mutasavvuf allomalarning tasavvuf rivojiga qo‘shgan hissalari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH
Mavzuning dolzarbligi . Komillik - bugungi kun insonlari uchun qadrli va kerakli bo‘lgan tushuncha. Har bir inson umri davomida erishgan tajribalari, bilimlari, ko‘nikmalari asnosida hayot kechiradi. U o‘z hayot yo‘lini va bu yo‘lda sodir etgan barcha a’mollarini o‘zicha baholaydi. O‘zga insonlarning bildirgan ijobiy fikrlari yoqimli, albatta, lekin tanqid hamisha ham hammaga yoqavermaydi. Inson hayoti davomida goho bilib, goho bilmay, juda ko‘p xato va gunoh ishlarni sodir etadi. Bu esa ayrim hollarda jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatlardan saqlanish uchun komillikka erishish lozim. Xalq hamisha komillikka intilib, yaxshi niyatlar bilan yashaydi. El-yurtga naf keltirishni oilasini mustahkam, o‘z turmushini obod qilishdan boshlaydi. Bu ezgu yo‘lda milliy qarashlar va an’analarga suyanadi, bobomeros qudratdan kuch oladi.Darhaqiqat , Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev yoshlar ma`naviyati yuksalishida tarbiyaning rolini alohida ta`kidlab shunday degan edilar- “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.”Tarixiy yondashuv, tizimlilik, vorisiylik va qiyosiy tipologik tahlil tadqiqotning metodologik asosini tashkil etadi. Komillik, komil inson g'oyalarining dastlabki kurtaklari tasavvuf tariqatlariga borib taqaladi.Unga ko‘ra inson shariat, ma’rifat, tariqat va haqiqat orqali komillikka erishadi. Tasavvuf tariqatlari insonlarni ruhan poklanishga, halolikka, haqiqat yo‘lidan yurishga, undovchi insoniy, axloqiy tamoyillarni shakllantiruvchi yo‘ldir. Tarixdan ma’lumki, ushbu yo‘l asosida yashagan, insonlarni to‘g'ri yashashga chorlagan, insonlar hayotini, faoliyatini, yengillashtirgan, ularga naf keltirgan ne-ne buyuk siymolar mavjud. Ularning hayot faoliyati ibrat maktabi vazifasini o‘taydi. Bu kabi ajdodlarga misol qilib buyuk sarkarda, Temuriylar davlati asoschisi - Amir Temur xazratlarini, o‘z davrida valiy darajasida ulug'langan xazrat Xoja Ubaydulloh Axrorni, g'azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hazratlarini keltirish mumkin. Tasavvuf tariqatlari tarixiga nazar solinsa, undagi g'oyalar, ta’limotlar necha asrlar davomida axloq singari zamon o‘zgargani sayin u ham sayqallanib, takomillashib borgan. Quyida ushbu tarixiy jarayonga qisqacha t o‘xtalib o‘tiladi. Download 48.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling