Mavzu: Tasavvuf ajdodlarimiz talqinida. Reja: Kirish Asosiy qism


Download 48.51 Kb.
bet2/8
Sana23.02.2023
Hajmi48.51 Kb.
#1225839
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 Mavzu Tasavvuf paydo bo‘lgan davr haqidagi qarashlar

Kurs ishining maqsadi: Tasavvuf ta`limotida ilgari surilgan ta'limiy axoqiy masalalar
Kurs ishining ob’ekti: Tasavvuf ta`limotining paydo bo`lishi, buyuk so`fiylarning axloqiy tarbiyaga oid qarashlarini o’rganib chiqish va tahlil qilish.
Kurs ishining predmeti:, ajdodlarimiz talqinida tasvvuf ta`limotini tahlil qilish
Kurs ishining vazifalari:

  • Buyuk so`fiylarning hayot yo`li va ular qoldirgan boy merosni tahlil qilish.

  • Tasavvuf ta`limotida tarbiya turlari va usullarini tahlil qilish



  • Ajdodlarimizning ta`riqat yo`llarini ochib berish.

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi 4 qism: Kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat

Islom tarixida ilk tasavvuf amaliyotining vujudga kelishi


Zamoni saodatda va undan keying dastlabki vaqtlarda aqoid, fiqh kabi islomiy ilmlar qatori tasavvuf ham alohida ajralib chiqmagan edi. U davrdagi musulmonlar Rasululoh sallohu alayhi vasallamning hayotlik chog‘larida barcha narsada u zotning o‘zlariga ergashar edilar. Keyinchalik esa sahobalar o‘zlari Qur’on va sunnatdan kerakli xulosalarni olib, amal qilib yurdilar. O‘sha paytda ruhiy kamolotga, zikr va zohidlikka moyil zotlar turli oyat va va hadislardan o‘zlari uchun dalil topib, mazkur ishlarni o‘z hayotlariga tatbiq qildilar. Bu borada sahobai kiromlar ichida to‘rt roshid xalifa, Abu Zar G‘ifforiy, Abdulloh ibn Amr, Abu Dardo, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Umar, Salmon Forsiy, as’hobi suffa roziyallohu anhum va boshqalar ko‘zga ko‘ringan edilar. Tobeinlar avlodi esa boshqa barcha ilmlar qatori, ruhiy tarbiya va nafsni jilovlash ilmini ham sahobalardan qabul qilib oldilar[1]. Ular orasidan tasavvuf yo‘nalishini belgilashda va uning ilm sifatida shakllanishiga o‘zlarining katta hissalarini qo‘shgan zotlar yetishib chiqadilar. Bulardan Uvays Qa’raniy, Hasan Basriy, Said Ibn Musayyab, Ja’far Sodiq va boshqa barchalarini e’tirof etib, zikr qiladilar. Ushbu tasavvuf namoyondalari ruhiy kamolot ilmini rivoji yo‘lida, Qur’oni karim va Payg'ambar alayhissalom sunnatlari asosida targ'ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirdilar. Tasavvuf, so‘fiylik - islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yo‘llovchi ta’limot. Tasavvuf so‘zining o‘zagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va tahminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb e’tirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf’ - "jun", "po‘stin" so‘zidan olingan bo‘lishi kerak, zero qadimdan tarki dunyo qilgan zohidlar jundan to‘qilgan kiyim yoki po‘stin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi ahli dunyolardan farqli hayot tarzini o‘zlarida namoyon etganlar, deydi[2]. Tasavvuf va "so‘fiy" so‘zlari IX asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim So‘fiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama o‘rnida "zuhd" ("zohidlik", "tarkidunyochilik"), "taqvodorlik", "parhezkorlik" kabi so‘zlar ishlatilgan. Ibn Xaldunning fikriga ko‘ra, sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi asr kishilarida hidoyat, ibodat, taqvo va zohidlik kabi his-tuyg'ular mujassam bo‘lgan. Lekin hijratning II asri va undan keyingi davrga kelib, odamlarning k o‘pchiligida mazkur xususiyatlar o‘rnida dunyoparastlik, din ishlariga beparvolik, kibr va riyokorlik kabi salbiy xususiyatlar paydo bo‘la boshlagandan keyin obidlik va zohidlikni ixtiyor qilgan bir guruh kishilar tasavvuf va so‘fiylik nomi bilan ajralib chiqqanlar. Tasavvuf turlicha talqin qilingan. Masalan: Ma’ruf al Karxiy (815 y.v.e.) fikricha, "tasavvuf - haqiqat sari intilish, odamlardan ta’magirlik qilmaslik va faqirlikni ixtiyor etishdir". Zunnuni Misriy (859 y.v.e.), "So‘fiy boylik istab o‘zini charchatmas va yo‘qotgan boyligiga achinib, bezovta bo‘lmas", desa, Junayd al Bag'dodiy (909 y.v.e.) "tasavvuf - qalbni sof tutmoq, tug'ma zaiflik va noxush axloqlardan forig' bo‘lib, hayvoniy va nafsoniy tuyg'ular ustidan g'alaba qilmoq", deb ta’rif bergan. Yana u "tasavvuf bir uy bo‘lsa, shariat unga kiradigan eshikdir", degan. So‘fi Olloyor bu ta’rifni quvvatlab: Shariatsiz kishi uchsa havog'a, Ko‘ngil berma aningdek xudnamog'a, deb yozadi. Misirlik olim Ibrohim Basyuniy "Islomda Tasavvufning paydo bo‘lishi" kitobida hijriy III va IV asrlarda yashab o‘tgan olimlarning tasavvuf haqidagi 40 ta ta’rifini keltiradi[3]. Tasavvufda tasavvufning o‘ziga xos istilohi mavjud. Masalan, tasavvuf ilmidan saboq beruvchi shaxs - shayx, murshid, pir, eshon, xoja, mavlo, mavlono, maxdum kabi unvonlar bilan tanilgan. Tasavvufdan saboq oluvchi shaxs - murid, solik, ahli dil, ahli hol, mutasavvif kabi nomlar bilan atalgan. Tasavvuf bo‘yicha oliy maqomlarga erishgan sohibkaromat pirlar - valiy, avliyo, qutb, aqtob, avtod, chilton, abdol, abror, ahror, nujabo, nuqabo, siddiq, g'avs kabi so‘zlar bilan ifodalangan. Tasavvuf ahli ba’zan oshiq, faqir, haqir, darvesh, qalandar, zohid, orif, devona, ahli muhabbat, ahli suluk, rijolul g'ayb, savdoyi, gado kabi atamalar bilan ham ifoda etilgan. Tasavvuf istilohi asosida ijod etgan shoirlar majoz uslubini tanlashgan. Shuning uchun haqiqat, majoz, tashbeh, istiora kabi mantiqiy qoidalardan boxabar bo‘lmagan kitobxon Navoiy, Fuzuliy, Atoyi, Umar Xayyom kabi mumtoz adabiyot namoyandalarining she’rlarini to‘la anglashi qiyin kechadi. Tasavvuf tarixida ko‘p olimlar tasavvufga doir so‘zlar izohiga bag'ishlangan lug'at va qomuslarni yozib qoldirishgan. Ulardan ayrimlari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. Tasavvuf tariqatlarining insoniyat ma’naviyatini yuksaltirishga qo‘shib kelayotgan benazir hissasi butun dunyo xalqi tomonidan e’tirof etilsada, ba’zan islom olamida tasavvufga salbiy nazar bilan qarash, uning tariqatlari, mashoyixlar va karomatlarini inkor etish ko‘zga tashlanadi. Burhoniddin al Biqoiy (1406-1480)ning "Tasavvuf inqirozi", Abdurahmon Dimashqiyaning "Naqshbandiya tahlili" kitobi va boshqa kitoblarda tasavvufning barcha tariqatlari va ularga doir asarlar hamda mashoyixlar qattiq tanqid qilingan. Mustaqillik yillaridan beri O‘zbekistonda tasavvuf tariqatlarini o‘rganish, unga doir asarlarni tarjima qilish, atoqli mashoyixlarning maqbaralarini qayta qurish va ta’mirlashga ahamiyat berilmoqda. Shuningdek, tasavvuf tariqatlariga mansub pir-u komillar: Hakim Termiziy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq G'ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Xoja Axror Valiy, Shayx Zayniddin, Zangi ota, Shayx Xovandi Tohur kabi valiylarning hayot va ijodlarini chuqur o‘rganish, qoldirgan asarlaridan xalqni bahramand etish borasida muayyan ishlar qilinmoqda. Tariqatlar, tasavvuf va mutasavviflar tarixini o‘rgangan olimlardan biri Abu Nuaym o‘zining “Xulyatul avliyo” kitobida tasavvuf bilan mashhur bo‘lgan tobeinlardan ikki yuz kishini tarjimayi holini keltirgan. Taba’a tobe’inlar avlodida Fuzayl ibn Iyoz va Ibrohim ibn Adham boshliq ko‘plab so‘fiylar yetishib chiqdilar. Asta-sekin ruhiy tarbiya ustozlari yetishib chiqa boshladi. Ularning atrofida shogirdlari va o‘z jamoalari ham paydo bo‘la boshladi. Bora-bora ular boshqalardan ajralib turadigan o‘z belgilariga ham ega bo‘ldilar. Keyinchalik bir ustozning ruhiy tarbiyasini olib, o‘sha tarbiyani hayotiga tatbiq qilib yurgan jamoa a’zolarining tutgan yo‘lini “Tariqat” deb nomlash odat tusiga kirdi. Zotan, “Tariqat” arabcha “toriyq” - “yo‘l” so‘zidan olingan bo‘lib, ham moddiy, ham ma’naviy yo‘lni ifoda etadi.
Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega bir ta’limot bo’lib, islom olamida VIII asrning o’rtalarida paydo bo’lgan. Dastlab u zohidlik harakati ko’rinishida kurtak yoyadi. Gap shundaki, hazrati Muhammad a.s. vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi ichida bo’linish yuz beradi, ayniqsa, xalifa Usmon zamonida boylikka ruju, qimmatbaho tuhfalar bilan qarindosh-urug’lar, yaqin do’st-birodarlarni siylash rasm bo’ladi. Umaviya xalifaligi davriga kelib esa, saroy hashamlari, dabdaba bezaklar, oltin-kumushga berilish, xazina to’plash avj oldi. Ya’ni diniy mashg’ulotlar, xudo yo’lidagi toat-ibodat o’rnini dunyoviy ishlar, dunyo moliga muhabbat egallay boshladi. Bu hol diniy amrlarni ado etishni har qanday dunyoviy ishlar, boyliklardan ustun qo’ygan e’tiqodli kishilarning noroziligiga sabab bo’ldi. Ular orasida hadis to’plovchi muhaddislar, ilgaridan qashshoq bo’lib, uy-joy, mol-mulkka e’tibor qilmagan sahobalar bor edi. Bularning bir qismi dinni himoya qilib, ochiq kurashga otlangan bo’lsalar, ikkinchi qismi qanoat va zuhdni asosiy maqsad qilib olib, saroy ahli va sarvatdorlar (boylar) axloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik g’oyasini targ’ib etib, ijtimoiy faoliyatdan butunlay chetlashganlar, surunkali toat-ibodat bilan shug’ullanganlar .

Kufa, Bag’dod, Basra shaharlarida tarkidunyo qilgan zohidlar ko’p edi, aytish kerakki, ularning obro’-e’tibori ham xalq orasida katta bo’lgan. Chunonchi, Uvays Qaraniy, Hasan Basriy kabi yirik so’fiylar aslida zohid kishilar edilar, shuning uchun bu zotlarning nomi shayxlar va so’fiylar haqidagi tazkiralarida zohid sifatida tilga olinadi, ba’zi mulalliflar esa ularni so’fiylar qatoriga qo’shmaganlar ham. Buning boisi shuki, zohidlar uzlat va taqvoni pesha etgan bo’lishlariga qaramay, ishq va irfon (ma’rifat)dan bexabar kishilar edilar. Falsafiy mushohadakorlik, ajzu-irodat bilan ma’naviy-axloqiy kamolot sari intilish, valiylik, karomat-mo’jizalar ko’rsatish zohidlarda yo’q edi. Zohidlarning niyati ibodat bilan oxirat mag’firatini qozonish, Qur’onda va’da qilingan jannatning huzur-halovatiga yetishish edi. Shu tariqa, dunyodan ko’ngil uzgan, ammo zohidlarga o’xshamaydigan, “bir nazar bilan tuproqni kimyo etadigan” (Hofiz Sheroziy), zehnu zakovat, aqlu farosatda tengsiz, ammo o’zga mutafakkirlar, faylasuflardan ajralib turadigan, shariat ilmini suv qilib ichgan, toatu ibodatda mustahkam, lekin oddiy dindorlardan farqlanadigan ajoyib xislatli odamlar toifasi paydo bo’lgan edi.


Ularning fe’l-atvori, yurish-turishi, odatdan tashqari so’zlari va ishlari atrofdagilarni hayratga solar, ba’zilarining g’aybdan bashorat beruvchi karomatlari, sirli mo’jizalari aqllarni lol qoldirardi. Ularni ahlulloh, avliyo, ahli hol, ahli botin, arbobi tariqat, darvesh, qalandar, faqir degan nomlar bilan tilga olardilar. Ammo bu toifaga nisbatan “so’fiy” nomi ko’proq qo’llanilgan, chunki so’fiy so’zining ma’nosi ancha keng bo’lib, boshqa tushuncha va atamalarni o’z ichiga sig’dirardi. Xo’sh tasavvuf so’zi qayerdan paydo bo’lgan ?. Tasavvuf atamasining etimologiyasi borasida bir necha qarashlar mavjud bo’lib, ularning aksariyatida mazkur atamaning «صوف» (jun) so’zidan kelib chiqqani qayd etiladi. Chunki so’fiylar tanlarini riyozatda chiniqtirish hamda dunyoning moddiy boyliklaridan yuz o’girganliklarining isboti sifatida qattiq jundan to’qilgan libos kiyib yurganlar.


Ayni vaqtda musulmon dunyosining deyarli barcha mamlakatlarida turli tasavvufiy tariqatlar vakillari faoliyat yuritayotganini ko’rish mumkin. Turkiya, Misr, Jazoir, Tunis, Liviya, Indoneziya, Malayziya, Iordaniya, Pokiston kabi mamlakatlarda mavjud tariqatlarning sanog’iga yetish ham qiyin. Shu bilan birga ushbu suluklarning ko’pchiligi tasavvuf ta’limotining ilk g’oyalaridan ancha uzoqlashib ketgan. Shayxlik maqomi mablag’ to’plash manbai bo’lib qolgan holatlar ham yo’q emas. Turkiyadagi ko’plab tariqat vakillari tomonidan shayxlarini o’ta mubolag’a bilan ulug’lanishi, ularning tavof qilinishi, shayxlarning o’z tarafdorlari va muassasalari mavjudligi fikrimiz isboti bo’la oladi. Islom dinining keng hududlarga kirib borishi va tarqalishi mahalliy aholi hayotini tubdan o’zgartirdi va o’ziga xos madaniyatning shakllanishiga turtki bo’ldi. Turli diniy oqimlar va qarashlar, shu jumladan, so’fiylar qatlami yuzaga keldi.

Bu esa azaldan komil inson tushunchasi asosiy e’tiborda turgan sharqona urf-odat va qonun-qoidalarni yanada mustahkamladi. Movarounnahrda islom dini mustahkam mavqega ega bo’lgach, bir tomondan, turli diniy ta’limotlar, xususan, kalom maktablari yuzaga keldi, IX – XII asrlarda Markaziy Osiyoda asosiy e’tibor tafsir, hadis va fiqh ilmlariga qaratildi, ikkinchi tomondan esa, islomiy ilmlar rivoji mazkur hududda tasavvuf oqimining yuzaga kelishi va keng tarqalishi uchun asosiy omil bo’lib xizmat qildi. Musulmon Sharqi mamlakatlari ijtimoiy va ma’naviy hayotiga chuqur kirib borgan tasavvuf ta’limoti fan, madaniyat va adabiyot rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. XI asrdan boshlab, Sharqning deyarli barcha nufuzli shoir va yozuvchilari, mutafakkir va olimlari tasavvufdan oziqlanib, uning insonparvarlik va haqsevarlik g’oyalaridan ruhlanganlar.


Shuni nazarda tutib, atoqli olim Y.E.Bertels qayd etgan edi: «Tasavvuf adabiyotini o’rganmasdan turib, o’rta asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti haqida tasavvurga ega bo’lish mumkin emas. Bu adabiyotdan xabardor bo’lmasdan Sharqning o’zini ham anglash qiyin» . Arablar yurtida paydo bo’lib, X–XI asrlarda gurkirab rivojlanayotgan Hallojiya, Junaydiya, Suhravardiya, Uvaysiya, Qodiriya tariqatlari ta’siri ostida Markaziy Osiyoda ham XI–XII asrlarga kelib Yassaviya, Kubraviya, Xojagon tariqatlari paydo bo’ldi va zo’r shiddat bilan rivojlandi. Garchi tasavvuf maktablarining tashkil topishi dastlab Kufa, Bag’dod, Basra, Misr kabi islom dini keng tarqalgan hududlar bilan bog’liq bo’lsa-da, lekin keyinchalik Markaziy Osiyoda butun islom olami miqyosida umum e’tirof etilgan Yassaviya, Xojagon-Naqshbandiya va Kubraviya kabi nufuzli mustaqil tariqatlar vujudga keldi.



Download 48.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling