Mavzu: Tasavvuf ajdodlarimiz talqinida. Reja: Kirish Asosiy qism


 “Chahor kalima”. Risola Xojagon tariqatining asoschisi bo’lgan Xoja Abdulxoliq G’ijdivoniy mushohadalarining sharhidir.  15


Download 48.51 Kb.
bet6/8
Sana23.02.2023
Hajmi48.51 Kb.
#1225839
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 Mavzu Tasavvuf paydo bo‘lgan davr haqidagi qarashlar

14. “Chahor kalima”. Risola Xojagon tariqatining asoschisi bo’lgan Xoja Abdulxoliq G’ijdivoniy mushohadalarining sharhidir. 


15. “Silsilat us-sodiqin”. Bu risola ham ahli tasavvufning Hazrati Payg’ambarimiz (s.a.v.) va Abu Bakr Siddiq (r.a.)dan boshlanib keladigan silsila-zanjirilari bayon qilingan. U ustozlari asarlaridan ilhomlanib yozilgan risolaga o’xshaydi. 
16. “Risolai bittixiya”. Qovun haqida risola, deb nomlangan bu asar hosilni yig’ib olishni o’ylashdan oldin yerga urug’ sepishni o’ylashi kerak bo’lgan dehqon kabi, har bir musulmon hayot vaqtidayoq boqiy dunyo haqida o’ylashi kerakligi to’g’risida fikr yuritadi. Bundan tashqari qovun yetishtirish sohasidagi o’z tajribalarini nihoyatda ravon bayon etgan. Risola Hazrati Payg’ambarimiz (s.a.v.) ning hadisi shariflari “Payg’ambarimiz (s.a.v.): Dunyo – oxiratning ekinzoridir”, bilan mustahkamlangan.
17. “Mir’ot us – safo”. Bu risola “Poklik ko’zgusi” deb atalib, ma’naviy tozalikni sof ko’zguga qiyoslasada, ko’zgu ba’zi changlardan xoli emasligi ham eslatiladi. Sufiylik tariqatining asosiy vazifalaridan biri, bu ko’ngilni – ko’zguni pok tutishga ko’maklashishdir. 


18. “Zubdat us-solikin va tanbiyatus – salotin”. Risolada hukmdorlarning fazilatlari, ularning oddiy xalq bilan qanday muomalada bo’lishlari lozimligi haqida so’z yuritilgan. 
19. “Gul va Navro’z”. Bu risola sufiylik ma’naviyati, xalq bilan hukmdorlar o’rtasidagi munosabatlar haqida bo’lib, Maxdumi A’zamning mudiri hukmdor Abdulloxonning iltimosi bilan yozilgan. 
20. “Risolai me’roj ul-oshiqin”. Risola juda yuqori mansab egasi bo’lgan mashhur sultonning (shayboniy Ubaydullaxon bo’lsa kerak) safardan qaytishiga bag’ishlab yozilgan asar bo’lib, sufiylik tariqatlarining xalq hukmdorlarning ko’ngillariga yetkazadigan ta’sirlari haqida. 


21. “Risolai murshid us-solikin”. Bu risola haqiqiy sufiy va tariqat yo’lboshchisining vazifalari haqidagi asar. 

Download 48.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling