Shersiz emasdur beshalar
Bordur sahovatpeshalar.
Baytidagi raviy “besha” “sahovatpesha” so’zlaridagi oxirgi “a” harfi.
Yuldek yitib ulquyosh qoshiga
Quyun kobi evrulib boshig’a.
Raviy “sh”
Hajru g’aming etti zulmu bedod
Ey jonu jahon, fig’onu faryod
Raviy ”d”
Jonima o’t soldi ul ruhsorai zebo yana,
Kungluma ul zulf bo’ldi moyai savdo yana
Raviy “o”
Ridf
Unsurlardan yana biri ridfdir. Qofiyaning ridfi qofiyadagi raviydan oldin turgan unli xarf tovushdir. Masalan:
Aylay sayoxat endi bas
Konibodom qilmay havas
“bas-xavas” so’zlaridagi “s” raviy, oldidagi “a” harfi ridf.
Chu dono chetki bu g’oyatg’a so’zni,
Bas etti so’zni dog’i yumdi ko’zni
Baytdagi “z” raviy. “z” oldidagi “o’” ridfdir.
Qayd
Qayd ham baytda radf oldidqan keladigan undosh xarf. Masalan:
Dedi: - No’shi labidin topqay el bahr
Dedi: - Ul no’shdin el qismidir zahr.
Raviy - r, qayd – h harflaridir.
Dedi: - Qay chog’din o’ldung ishq aro mast,
Dedi: - Ruh ermas erdi tang’a payvast.
Baytda raviy “t”, qayd “s” harflari.
Unda bo’lus G’ozi dedi,
Ham mufti, ham qozi dedi.
Baytda raviy “i”, qayd “z”.
Nazorat savollari:
Qofiya nima?
Qofiyaning tuzilishiga ko’ra qanday turlari mavjud?
Mukarrar qofiyani misollar orqali tushintiring.
Asosiy qofiya va ichki qofiyani farqlang.
Qayd nima?
Mumtoz she’riyatimizda qofiyani tashkel etuvchi tovush va harflarga misollar keltiring.
Glossariy
So’fiy – Yaratganning oshig’i
Zohid – toat-ibodat bilan shugullanadigan kishi
Obid – ibodat qiluvchi
Zohidlik – tasavvufning ilk rivojlanish bosqichi
Oriflik - tasavvufning keyingi rivojlanish bosqichi
Шариат – диний қонун-қоидалар мажмуи
Тариқат – йўл маъносини англатади. Маънавий камолот босқичининг иккинчи бекати.
Маърифат – Маънавий камолот босқичининг учинчи бекати
Ҳақиқат – маънавий камолот босқичининг сўнгги бекати бўлиб, унда сўфий ҳақнинг висолига етишади
Тавба – қайтиш. Олий ахлоқий сифатларга қайтиш.
Вараъ – парҳез, маънавий зарар келтирадиган шубҳалардан сақланиш.
Қурб – соликнинг ўзини яратганга яқинлашганини ҳис этиш ҳолати.
Шавқ – муҳаббатнинг зўрайиши
Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari fanidan test topshiriqlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |