Mavzu: Tasavvufning vujudga kelish tarixi


Jondin seni ko’p sevarman, ey umri aziz


Download 1.18 Mb.
bet28/34
Sana19.10.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1709801
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
Bog'liq
portal.guldu.uz-TASAFFUF VA MUMTOZ POETIKA ASOSLARI 2

Jondin seni ko’p sevarman, ey umri aziz,
Sondin seni ko’p sevarman, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortiq o’lmas,
Ondin seni ko’p sevarman, ey umri aziz.
A.Navoiy

Misollardan ko’rinadiki qofiyali misralarning bosh qismi boshqofiyalar bilan ziynatlangan “jondin- sondin- ondin”


Kuzatishlar bizga boshqofiya ruboiy bilan chiklanmasligini, uni g’azal va boshqa lerik janirlarda ham uchrashini ko’rsatmoqda.
Buni Boburning quyidagi g’azalida ko’rishimiz mumkin:


Shoh Sulton Uvays binni Mahmud!
Moh Sulton Uvays binni Mahmud!
Qaddu og’zidin ayru tortarmen
Oh, Sulton Uvays binni Mahmud!
Meni yod ayla bazmi ishqingda
Goh, Sulton Uvays binni Mahmud!
Xush tuerur, hamrahim agar sensen
Roh, Sulton Uvays binni Mahmud!
Podshahdur agarchi Bobur, lek
Shoh Sulton Uvays binni Mahmud!

Boshqofiyali baytlar masnaviylar – dostonlarda ham onda -sonda uchrab turadi. Boshqofiya san’atiga murojat etgan mutoz shoir: sheriy ravonlikni , o’ynoqilik, musiqiylikni taminlashni o’ylagan. Boshqofiya san’atining muhim hizmati: boshqofiya vazifasidagi so’z ma’nosiga o’quvchi e’tibori mahsus tortilgan: fikriy-ma’naviy urug’u shu so’zga tushgan.




Zulqofiyatayn
Zulqofiyatayn atamasi arabcha so’z bo’lib, ikki qofiyali demakdir.odatda she’rlarda misra so’ngidagi so’z oldingi misra ohridagi bir so’zga ohangdosh bo’lib’qofiya yaratadi. Masalan:Atoiyning quydagi baytida “chamanda-anjumanda” so’zlari qofiyadosh:


Jamoling vasfini qildim chqmanda,
Qizardi gul uyattin anjumanda.


2-savol bayoni:
Raviy
Mumtoz she’riyatimizda qofiya navlari hilma xil bo’lganidek,qofiyani tashkel etuvchi tovush va harflar ham juda ko’p.
Raviy ham shunday unsurlar bo’lib, ikki qofiyadosh so’zlar o’zagining yoki negizining so’ngi harfi hisoblanadi. Raviy unli yoki undosh harf bo’lishi mumkin.



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling