Mavzu: Tasavvufning vujudga kelish tarixi
Download 1.18 Mb.
|
portal.guldu.uz-TASAFFUF VA MUMTOZ POETIKA ASOSLARI 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-Savol bayoni
- Xosiy ruboiy
Tragediya. Tragediya kishilarning boshiga tushadigan eng og’ir holatlarni bo’rttirib ko’rsatish yo’li bilan hayot dialektikasining o’zida mavjud dramatizm va fojiaviylikni yorqin tasvirlashni maqsad qilib qo’yadi. Tragediya inson hayotida eng qaltis, eng shiddatli, halokatli holatlarga e’tibor beradi.
Drama. Drama janrining, ya’ni tor ma’nodagi dramaning tasvir ob’ektibutun hayot, uning hamma katta-kichik hodisalari, inson boshidan kechiradigan barcha his va fikrlardir. Dramaga qahramonlik elementlari ham xos bo’lishi mumkin. Komediya. Komediyaning asosiy quroli kulgi bo’lgani uchun unda dramatik element tragediyadagi kabi rivojlanish va halokat darajasiga ko’tarilishi mumkin emas. Harakat xarakterining hatto dramadagi kabi “jiddiy bo’lishi” ham havflidir. Aks xolda, kulgi yo’qoladi, natijada jiddiy g’oya bachkanalashadi, ta’sirlizlanadi va kulgidan kutilgan foyda kelmaydi. Komediyada kulgi asosiy qurol ekan, uning hamma komponentlaridan tomosha zalida kulgi qo’zg’ata bilish talab etiladi.Bu talab hatto juda kichik detallarda ham o’z kuchida qoladi. 2-Savol bayoni G’azal arabcha so’z bo’lib, uning lug’aviy ma’nosi xotin kishiga xushomad qilmoq, oshiqona munosabatda bo’lmoqdir. Keyinchalik bu so’z adabiy termin sifatida ishq-muhabbat kuylangan lirik she’rga nisbatan tatbiq qilina boshlandi. Biroq xalq orasida “g’azal” so’zi umuman she’r,she’riyat va qo’shiq ma’nosida ham qo’llangan.G’azalning ilk ta’rifini Shamsiddin Muhammad Qays ar-Roziyning “Al-mu’jam fi maoyir-al-ash’or al Ajam” (“Ajam she’rlari o’lchovida harakat belgilari (zeru zabarlar)” ) (1217-1218) asarida ko’ramiz: “G’azal asl lug’atda xotinlar, ularga ishq qo’yish va do’st bo’lishga intilishdir. Alisher Navoiy, avvalo, g’azaliyotning g’oyaviy-tematik tomonlariga ko’proq e’tibor beradi. Shoir fikricha, g’azaliyotning asosiy etakchi mavzui “dard va so’z”dir Ey Navoiy, senu Xusrav bila Jomiy tavri, San’atu rangni qo’y, so’zda kerak dard ila so’z. G’azal ham, boshqa lirik tur janrlari singari, kishining ichki xis-tuyg’ularini ifodalaydi, unda hayot voqea-hodisalariga bo’lgan shoir munosabati lirik qahramon ichki kechinmalarining butun qarama-qarshiligi, to’laligi, teranligi tasviri orqali beriladi. Qasida arabcha qasd so’zidan olingan, niyat, intilish ma’nolarini beradi. Adabiy termin sifatida lirik tur janrlaridan biridir.Qasida muhim tarixiy voqealar va mashhur tarixiy shaxslar haqidagi tantanali uslubda yozilgan asardir. Sharq qasidalari mavzu va tasvir ob’ektiga qarab bir necha turkumni o’z ichiga oladi.Bular asosan qo’ydagilar: 1.Vasfiy qasidalar: bahoriya (bahor va uning manzalari vasfi) xoliya (shoirning o’z holi, kechinmalari tasviri) ishqiya (ishqiy kechinmalar vasfi) xamriya (may, uning sifatlari, kayfu nashidasi haqidagi qasidalar) 2.Madh qasidalar: madhiya (biror shaxsga bag’islangan, uni maqtovchi, madh etuvchi qasidalar) faxriya (shoirning o’zini, o’z faoliyati, ijtimoiy hayotda tutgan o’rnini maqtagan qasidalar) hamd (xudop madhiga bag’ishlangan an’anaviy qasidalar) na’t (payg’ambar Muhammad maqtoviga bag’ishlangan an’anaviy qasidalar) 3.Qasidai marsiya (vafot etgan biror kishining faoliyatini ulug’lovchi qasidalar). 4.Qasidai hajviya yoki qasidai zamm (biror kishini hajv qiluvchi, muzammat qiluvchi qasidalar). 5.Qasidai munojat (shoirning o’z “gunoh”lari uchun xudodan najot so’rab yozgan qasidalari). 6.Orifona yoki tasavvufona qasidalar (falsafiy fikr-mulohazalar aks ettirilgan qasidalar). Bu turdagi qasidalarni biz Rudakiy, Unsuriy, Farruxiy, Xoja Abdullox Ansoriy, Nosir Xusrav,Xoqoniy, Anvariy, Jaloliddin Rumiy, Sa’diy kabi fors-tojik shoirlari, Sakkokiy, Lutfiy, Atoiy, Gadoiy, Navoiy kabi mashhur o’zbek shoirlari ijodiyotida uchratamiz. Alisher Navoiy ijodida qasidaning janr imkoniyatlari boyidi. Uning “Hiloliya” qasidasi quruq madhxonlikdan iborat bo’lmasdan, davrning ijtimoiy-siyosiy masalalarini chuqur yoritgan falsafiy asar sifatida maydonga keldi. Qit’a arabcha so’z bo’lib, bo’lak, qism, parcha ma’nolarini anglatadi. Qit’a o’zbek klassik she’riyatida, xususan, Alisher Navoiy ijodiyotidan boshlab katta o’rin egallaydi. Qit’a turli mavzuda yaratilgan. Shoirlar ko’pincha falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlarini, axloq–odob haqidagi fikr mulohazalarini qit’ada ifodalaganlar. Qit’a “qissadan-qissa” vazifasini o’tagan. Qit’a o’zbek klassik adabiyotida Navoiydan keyin ham salmoqli o’rin tutdi. Munis, Ogahiy, Avaz va boshqa shoirlarning devonlaridagi qit’alar bunga misol bo’la oladi. Ruboiy arabcha so’z bo’lib, to’rtlik degan ma’noni anglatadi.Ruboiy dastlab fors-tojik she’riyatida Rudakiy ijodida paydo bo’ldi. Ruboiy qofiyalanishiga qarab ikki xil bo’ladi: 1)Xosiy ruboiy- a-a-b-a shaklida qofiyalanadi; 2)Ruboiya yoki taronai ruboiy- hamma misralar qofiyadosh bo’ladi (a-a-a-a). O’zbek klassik adabiyotida Alisher Navoiy va Bobur ruboiyning eng yaxshi namunalarini yaratdilar. Novoiy ruboiylarida ham klassik ruboiy uchun xos bo’lgan to’rt element (tezis, antitezis,moddai ruboiya, sentiz) mavjud: G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish, El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish. Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulg’a tikandek oshiyon bo’lmas emish O’zbek klassik she’riyatining o’ziga xos janrlaridan biri tuyuqdir. Tuyuq so’zi tuslash va tuymoq ma’nosini bildiradi. Tuyuq so’zi adabiy termin sifatida XIV asr oxiri va XV asr boshlarida ishlatila boshlangan. Tuyuq g’oyaviy-tematik jihatdan xiyla keng bo’lgan.Lutfiy, Navoiy, Bobur va ularning izdoshlari tomonidan yaratilgan didaktik, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy masalalar ifodalangan. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling