Mavzu: Tasavvufning vujudga kelish tarixi


Download 1.18 Mb.
bet26/34
Sana19.10.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1709801
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
Bog'liq
portal.guldu.uz-TASAFFUF VA MUMTOZ POETIKA ASOSLARI 2

Asosiy savollar:
1.Qofiyaning tuzilishi
2.Qofiyaning turlari


Tayanch tushuncha va iboralar: Qofiya, xatqofiya, mukarrar qofiya, ichki qofiya, boshqofiya san’ati, zulqofiyatayn, raviy, ridf, qayd, ta’sis harfi, vasl harfi.



  1. savol bayoni:

Qofiya bayt ohridagi ohangdoshlikni yuzaga keltiruvchi ikki har xil so’zdan iborat bo’ladi. Qofiya tovush mushtarakligiga asoslanadi.


Chiqib ishq o’ti ko’ksim chokidin,boshimdin oshibdur,
Quruq shoxeki, guyo o’z ichidin o’t tutoshibdur
Uvaysiy
Mazkur baytda “oshibdur va tutoshibdir” so’zlari qofiyadosh bo’lib, qofiyaga o’zak bo’lgan tovush “sh” raviysidir. Raviy qofiya unsuri bo’lib, bir-biriga ohandosh qofiyadosh ikki so’zdagi tayanch tovushdir.
Odatda bayt so’ngida keladigan qofiya ridifning ko’p so’zliligi sababli misra boshigacha siljiyverishi mumkin.
Yuzung ko’rdi ko’zim, alhamdulilloh,
Seni topti o’zum, alhamdulilloh.
“Farhod va Shirin”
Xatqofiya san’ati

Qofiya navlaridan biri xatqofiyadir. Xatqofiyada ham raviy mavjud biroq, bu asl qofiyalardagidek tovush jihatidan ohangdoshlik yaratolmaydi.


Xatqofiyaning mohiyati misralar ohiridagi ikki so’zning yozuvidagi o’xshashligiga asoslanadi. Qizig’i shundaki xatqofiyalarda so’zlarning biri buzilgan holda talaffuz etiladi. Shunday qilinmasa qofiyadoshlik bo’lmaydi. A. Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonidan ko’rib o’tamiz:
Dedi ba’zi: “Bu nav dilkash emas ,
Zuafo qatli tig’ ila xvash emas”
Matndagi xatqofiya “dilkash va xvash” so’zlaridir. So’zni to’g’ri talaffuz qilsak xvash emas xush bo’lar edi. To’g’ri talaffuzda xush dilkashga qofiya bo’lolmaydi. Ya’ni tovush jihatidan ohangdosh emas, dilkash va xvash so’zlarida raviy “sh” ham, ridf “a” harflari ham bor. Demak, mumtoz adabiyotdagi qofiya ilmiga ko’ra bu so’zlar o’zaro qofiyadoshdir. Muhammad Solihning “Shayboniynoma ” dostonidan xatqofiya namunasini ko’ramiz:



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling