Mavzu: Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish va diversifikatsiyalash yo'llari. Reja


Download 323.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana20.06.2023
Hajmi323.36 Kb.
#1631304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish va diversifikatsiyalash yo\'llari(57)

Birinchidan, xalqaro ayirboshlashning tarkibiy tuzilishi sezilarli darajada 
o’zgardi: mamlakatlar mahsulotlar ayirboshlashdan tashqari turli xil xizmatlar, 
moliya kapitali, ishchi kuchi, fan-texnika axborotlari, yangi texnologiyalar
boshqaruv usullari va boshqalar bilan faol savdo-sotiq olib borishga o’tdilar. 
Ikkinchidan, kapitalni chetga chiqarilishining ko’payishi va mamlakatlar 
o’rtasida ayirboshlashning kengayishi zamonaviy xalqaro iqtisodiy aloqalarni 
mamlakatlararo uyg’unlashishiga olib keldi. 
Bunday xususiyat o’z faoliyatini bir qancha davlatlar hududida amalga 
oshiradigan transmilliy korporatsiyalar (TMK) va transmilliy banklar (TMB) 
sonining ko’payib borishida o’z aksini topdi. 
Hozirgi vaqtda jahonda 10 mingdan ortiq TMK mavjud bo’lib, ular jahon 


11 
sanoat ishlab chiqarishning to’rtdan uch qismidan ko’prog’ini, tashqi savdoning 
esa yarmidan ko’prog’ini nazorat qilib turadi. Masalan, «Djeneral Motors», «Roil 
Datch SHell», kabi yirik TMK lar oboroti hajmi O’zbekistonda yaratilgan yalpi 
milliy mahsulot miqdoridan ortiqdir. O’z ixtiyorida behisob moddiy va moliyaviy 
qudratni jamlagan bunday korporatsiyalar va banklar ko’pchilik mamlakatlarning 
iqtisodiy siyosatiga, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga jiddiy ta’sir 
ko’rsatmokda. 
Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy bosqichida 
yana bir muhim xususiyat namoyon bo’ldi, ya’ni ayirboshlashda mamlakatlar 
tutgan o’rnining o’zgarishi jarayoni sodir bo’lmoqda. 
Hozirgi kunda jahon xo’jaligi va xalqaro ayirboshlashning umumiy 
yo’nalishlari va o’sish sur’atlarini rivojlangan mamlakatlar belgilab turadi. Bu 
mamlakatlar yer yuzasidagi davlatlarning 15 foizini tashkil etadi, hamda ularda 
jahon aholisi 25 foizi istiqomat qiladi. Bu mamlakatlar dunyoda xosil qilinayotgan 
elektr quvvatlarning 75 foizini, yoqilg’ining 80 foizi, yog’och mahsulotlarining 85 
foizi va po’latning 72 foizini iste’mol qilishadi. Sanoati taraqqiy etgan 
mamlakatlarning o’zaro savdosi jahon savdosining 70 foizini tashkil etadi. 
Ma’lumki, yaqin o’tmishda mamlakatimiz iqtisodiyoti sobiq ittifoqdosh 
respublikalar iqtisodiyoti bilan chambarchas bog’langan edi. SHu bois hozirgi 
kunda aloqalar ikkita yo’nalish bo’yicha rivojlanib bormoqda. Ularning birinchisi 
MDX mamlakatlari deb ataluvchi sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan bo’lsa, 
ikkinchisi mamlakatimizning o’zaro iqtisodiy aloqalari ilgari umuman 
o’rnatilmagan xorijiy davlatlar bilan olib borilmoqda. Agar birinchi yo’nalish 
O’zbekistonni ham xarajatlar sarflab, keng ko’lamda xom ashyo, tayyor 
mahsulotlar, texnologiyalar, fan texnika axborotlari bozorga kirib borishini 
ta’minlasa, ikkinchi yunalish respublika iqtisodiyotini keng ravishda jahon 
hamjamiyatiga birlashuvini ta’minlab beradi. 
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi mamlakatimizdagi mavjud 
imkoniyatlarni ob’ektiv baholash va ulardan milliy manfaatlar yo’lida imkoni 
boricha to’liq foydalanishni talab qiladi. 


12 
O’zbekistan mustaqillikning dastlabki davridayoq o’z tashqi iqtisodiy 
siyosatining qo’yidagi maqsadlari va asosiy yo’nalishlarini belgilab oldi: 
> eksportni rivojlantirish va uning oqilona tarkibini shakllantirish. CHunki 
eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish milliy ishlab chiqarishni 
texnik-iqtisodiy 
jihatdan jahon darajasiga ko’taradi, uning tuzilishini 
takomillashtiradi, respublika valyuta zahirasini ko’paytiradi; 
> import tuzilishini takomillashtirish ya’ni uni milliy iqtisodiyotni 
zamonaviylapggirish va rivojlantirish omiliga aylantirish; 
> ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish 
uchun chet el sarmoyalarini jalb etish; 
> O’zbekistonning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, ya’ni ma’lum darajada 
tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport-import operatsiyalari, valyutani olib chiqish, 
boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlat nazoratini o’rnatish. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublikamizning tashqi iqtisodiy siyosati 
aniq belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan qo’yidagi 
tadbirlarni o’z ichiga oladi. 

Download 323.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling