Mavzu: Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish va diversifikatsiyalash yo'llari. Reja
O’zbekistonning jahon xo’jalik tizimiga integratsiyalashuvida tashqi
Download 323.36 Kb. Pdf ko'rish
|
Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish va diversifikatsiyalash yo\'llari(57)
1.2. O’zbekistonning jahon xo’jalik tizimiga integratsiyalashuvida tashqi
iqtisodiy aloqalarning ahamiyati Mustaqil O'zbekiston nafaqat jahon siyosati balki jahon iqtisodiyotiga ham tez kirib bormoqda va qator mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o'rnatish va rivojlantirishga intilmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro hamkorlikning eng muhim sohalaridan biridir. Turli mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va 17 madaniy aloqalarini tobora takomillashib borishi, ayrim tarmoqlarni zamonaviy texnika va texnologiya bilan qurollanishga, yer-suv, qazilma boyliklar va mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkonini yaratadi. Jahon talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, ularning raqobatbardoshliligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun sub’ektlarni zamonaviy ilg’or texnologiya, eng yangi uskunalar, ayniqsa kichik va o’rta sub’ektlar uchun mo’ljallangan ixcham uskunalar bilan jihozlash talab qilinadi 1 .. Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimotida, tashqi iqtisodiy aloqalarni samarali yo’lga qo’yish va kengaytirishda faol ishtirok etish uchun respublikada katta imkoniyatlar mavjud. O'zbekiston juda qadim zamonlardan buyon ko’hna karvon yili-Buyuk ipak yo’lida joylashib, tashqi dunyo (G'arb bilan Sharq) bilan faol iqtisodiy a loqalar olib borgan. Mustaqillik sharofati bilan esa mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi yo’nalish - tashqi dunyo bilan turli sohalarda hamkorlikka keng yo’l ochildi. Endilikda O'zbekiston tovarlar, kapital, ishchi kuchini mamlakatlararo tranzit etishga, jahon iqtisodini integratsiyalash, yirik transmilliy va xalqaro loyihalarni amalga oshirishga qodir. Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solish maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki, bojxona qo’mitasi tuzildi. Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida yangi strategiya ishlab chiqilib, unda eksportning xom ashyoviy yo’nalishini bartaraf etish hamda xorijiy investitsiyalar oqimi kengayishiga ko’maklashish kabi yo’nalishlar belgilab olindi. Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalar tizimi, ularni yo’lga qo’yishdagi asosiy tamoyillar ishlab chiqildi. Xorijiy davlatlar firma, bank tizimlari bilan aloqalarni barpo etish yo’lida siyosiy, huquqiy va tashkiliy omillar yaratildi. "Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida", "Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining 1 И.А.Каримов. Узбекистан иктисодий ислохотларни чукурлаштириш йулида. - Т.: Узбекистан, 1995. 102-103-бетлар. 18 kafolatlari to'g'risida"gi va boshqa bir qator qonun va me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun sharoit yaratdi. O'zbekiston jahon hamjamiyatiga dadil kirib borib, ko’pchilik davlatlar bilan iqtisodiy, texnikaviy, savdo-sotiq va madaniy aloqalarni amalga oshirmoqda. Tashqi aloqalar ham ko’p tomonlama, ham ikki tomonlama rivojlanmoqda. Vatanimizda iqtisodiy faoliyatni keng ko’lamda rivojlantirish, yuksak taraqqiy etgan davlatlardagi ishlab chiqarishning texnologiya va iqtisodiy jarayonlari bilan tanishish, xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda qo’shma korxonalar, supermarketlar, savdo filiallari tashkil qilish imkoniyati yaratilmoqda. Respublikamiz ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy - mafkuraviy taraqqiyotining hozirgi bosqichida ko’p ukladli iqtisodiy tizimni tashkil etish, yangi davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon xo’jaligi tizimiga jadal kirib borishini ta’minlash sharoitida insonning jismoniy va ma’naviy salohiyatidan, uning aql- zakovatidan samarali foydalanish, ehtiyoj va manfaatlarni hisobga olish masalalari birinchi o’ringa chiqadi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishdan iborat o’z yo’limiz va dasturimizni muvaffaqiyatli amalga oshirish, demokratik huquqiy davlat va fuqarolar jamiyati qurish vazifasini hal etish bevosita inson, uning professional bilimlari, mas’uliyati, milliy ma’naviyati, tadbirkorligi, tashabbuskorligi va boshqa bir qancha fazilatlariga bog’liqdir. Hozirgi kunda yuzlab korxonalar, xususiy firmalar, kichik biznes vakillari, fermer va dehqon xo’jaliklari qo’yingki har bir fuqaro respublikamizning iqtisodiy salohiyatini oshirishga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. SHuni ham ta’kidlash lozimki, zamonaviy bilimlarsiz, yangi texnika va texnalogiyalarsiz bozor sharoitida muvoffaqiyatga erishish mumkin emas. SHunday ekan iqtisodiyotni boshqarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish, tashqi iqtisodiy faoliyatni samarali amalga oshirish, jahon va ichki bozor kon’yunkturasini tadqiq qilish, talab va taklif munosabatlari, zamonaviy menejment va marketing bilan bog’liq bo’lgan bilimlarni puxta egallash bugungi kun talabiga aylanib bormoqda. Bozor munosabatlari har bir ishtirokchisida o’z 19 iqtisodiy faoliyatini baholash ko’nikmalarini hosil etish, tashqi iqtisodiy aloqalar bilan bog’liq bo’lgan shartnomalar tuzish, hamkorlarni tanlash, xalqaro marketing tamoyillaridan o’z faoliyatlarida foydalanish, shular asosida qarorlar qabul qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarishning qudratli omili sifatida maydonga chiqadi. Respublikamizning jahon hamjamiyatiga qo’shilishining shart-sharoitlari va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari mustaqilligimizni qo’lga kiritish bilan vujudga kela boshladi. Vujudga kelgan vaziyat tashqi iqtisodiy majmuani boshqarishning o’ziga xos tizimini shakllantirish, aloqalarni yo’lga qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, respublikamizning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga qo’shilish yo’llarini belgilashni taqazo etdi. O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati keng qamrovli bo’lib bormoqda. Mamlakatimizda chet el firmalari mablag'i ishtirokida tuzilgan qo’shma korxonalar soni 6 mingdan oshib ketdi. Hozirgi vaqtda O'zbekistonni dunyoning 170 ga yaqin mamlakati tan olgan, shundan 140 dan ortig’i bilan diplomatik munosabatlar o'rnatilgan. Poytaxt - Toshkentda 50 ga yaqin mamlakatning elchixonalari faoliyat ko’rsatmoqda. O'zbekistonning chet mamlakatlarda elchixonalari, konsulliklari va 30 dan ortiq vakolatxonalari ishlab turibdi. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimovning “O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishining o’ziga xos yo’li”, “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”, “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” va “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarlarida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning asosiy tamoyillari o’z aksini topgan. O’zbekiston o’zining tashqi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, yaratilgan tamoyillarga qat’iy rioya qiladi, ularni boyitib va kengaytirib borib, tashqi siyosiy hamda iqtisodiy faoliyatning asosiy yo’nalishlarini qat’iyat va izchillik bilan turmushga tadbiq etadi 4 5 . Mavjud imkoniyatlardan samarali va oqilona foydalanish natijasida respublikamizning kuch va qudratini, iqtisodiy salohiyatini oshirish, xalqaro 20 mehnat taqsimotida o’z o’rnini egallashida iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlarini rivojlantirish, import o’rnini bosadigan va eksportga mo’ljallangan mahsulotlar assortimenti, hajmini kengaytirish bugungi kunning asosiy vazifasidir. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo’jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi. 5 2015 yilda O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25,3 mlrd. AQSH dollarini tpshkil etgan. Bu ko’rsatkich 2012 yilda 26,286 mlrd AQSH dollariga teng bo’lgan. Ayni vaqtda, O’zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmida ham bir muncha pasayish 2015 yilda kuzatiladi. Mazkur yilda tashqi savdo ko’rsatkichi 9,9 mlrd.ga teng bo’lgan. 2012 yilda esa 12,4mlrd.ni dollarni tashkil etgan di. Boshqa mamlakatlar bilan tovar ayirboshlash hajmi 15,4 mlrd dollarni tashkil etgan holda oldingi yillarga nisbatan bir muncha ortganligini ko’rish mumkin. 2012 yilda 13,884 milliard dollarni tashkil etgan. Ma’lumotlarga ko’ra, 2015 yilda O’zbekiston eksport hajmi 2014 yilga nisbatan 5,0 foizga kamayib, yuqorida ta’kidlanganidek 25,3 milliard dollarni tashkil etgan, import hajmi esa 11,2 foizga kamaygan va 12,4 mlkd. dollarga yetgan. Respublikamiz tashqi savdosida nafaqat miqdoriy o’zgarishlar yuz berib qolmasdan, balki tarkibiy o’zgarishlar ham amalga oshirildi. Asta sekinlik bilan eksport tovarlari tarkibida xom-ashyo emas tayyor mahsulotlar ulushi sezilarli darajada oshib bormoqda, shu bilan birga import tarkibi ham o’zgarib bormoqda. Asosiy e’tibor mashina va asbob- uskunalar, yangi texnologiyalar va “nou-xau” keltirishga qaratilmoqda Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko’p tomonlama aloqalarni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Respublikamizning Yaqin SHarq va Janubiy-SHarqiy Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlarga yaqinligi va 21 chegaradoshligi, Yevropa va Osiyo mamlakatlari savdo yo’lida joylashganligi tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bu eksportga ixtisoslashgan qo’shma korxonalarni yaratish, tabiiy resurslardan foydalanish bo’yicha chegaradosh xo’jaliklarni tashkil qilish, erkin iqtisodiy mintaqalarni shakllantirish negizida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada rivojlantirish imkoniyatlari vujudga keladi. Respublikamizning qadimiy “Buyuk Ipak Yo’li” da joylashganligi sababli yevroosiyo iqtisodiy va madaniy ko’prik vazifasini o’tashi mumkin. Ana shunday ko’prik doirasida tovarlar, texnologiyalar, sarmoyalar, ishchi kuchi, madaniy qadriyatlarning harakat qilishi va ayriboshlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratilishi mumkin. Hozirgi kunda respublikamizda importni o’rnini qoplash va eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xorijiy sarmoyalarni ustuvor yo’nalishlarga jadalroq jalb qilish, ularga kafolat va imtiyozlar berish, litsenziya, “nou-xau”lar sotib olishda, kadrlarni tayyorlashda valyuta tushumlarini sarflashda erkinliklar berishga qaratilgan izchil siyosat olib borilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish ushbu sohada boshqaruvni takomillashtirish, eng avvalo sanoat korxonalarining boshqarish va iqtisodiy rag’batlantirish tizimini yaratishga ko’p jihatdan bog’liqdir. Jahon talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, ularning raqobatga bardoshliligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun korxonalarni zamonaviy ilg’or texnologiya, eng yangi uskunalar, ayniqsa kichik va o’rta korxonalar uchun mo’ljallangan ixcham uskunalar bilan jihozlash talab qilinadi 6 . Haqiqatdan ham jahon bozori tovarlarga, ularning sifatiga yuksak talab qo’yadi, raqobat kurashida yenga olgan korxonagina o’z tovarini sota oladi. 4 И.А.Каримов. Узбекистоннинг уз истиклол ва тараккиёт йули. - Т.:Узбекистон, 1992. 24-27 бетлар. 5 Узбекистан Республикаси биринчи Президент Ислом Каримовнинг “Бош максадимиз - мавжуд кийинчиликларга карамасдан, олиб бораётган ислохотларни, иктисодиётимизда таркибий узгаришларни изчил давом эттириш, хусусий мулкчилик, кичик бизнес ва тадбиркорликка янада кенг йул очиб бериш хисобидан олдинга юришдир”. // Мамлакатимизни 2015 йилда ижтимоий-иктисодий ривожлантириш якунлари ва 2016 йилга мулжалланган иктисодий дастурнинг энг мухим устувор йуналишларига багишланган Вазирлар Махкамаси мажлисидаги маърузаси. - Т.: "Халк сузи” газетаси, 2016 йил, 22 январь. 22 Umuman olganda, Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, hamda zarur bo’lgan infrastrukturalarni yaratishga katta ahamiyat berilmoqda. Bular jumlasiga Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Xorijiy sarmoyalar bo’yicha agentlik, “O’zbekinvest” eksport-import sug’urta kompaniyasi, AQSH bilan hamkorlikda tuzilgan “O’zAIG” interneyshnl sug’urta kompaniyasi va hokazolarni kiritishimiz mumkin. Bu tashkilot va muassasalar respublikamizga xorijiy sarmoyalarning kirib kelishini tezlashtirishda, ustuvor yo’nalishlarni aniqlashda, ularni sug’urtalashda, bank va konsalting xizmatlari ko’rsatishda o’z hissalarini qo’shmoqdalar. Natijada esa xorijiy sarmoyalarning ulushi yil sayin oshib mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanib bormoqda. Download 323.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling