Мавзу: тасвирий санъат дарси материалларини бошқа фан материаллари билан боғликлиги


Tasviriy san` darslarida kompyuter grafikasidan foydalanishda o`qituvchining oldiga qo`yiladigan talablar


Download 137.5 Kb.
bet6/7
Sana14.02.2023
Hajmi137.5 Kb.
#1196300
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Homitova Gulnoza (2)

4.Tasviriy san` darslarida kompyuter grafikasidan foydalanishda o`qituvchining oldiga qo`yiladigan talablar

Pedagog praktika davrida biz o`quvchilar va o`qituvchini ko`p kuzatib, shunday xodisalarning shoxidi bo`lishiga to`g`ri keladi. O`qituvchi sinfga kirar ekan, darhol hamma bolalarning diqqatini o`ziga tortadi. Endi ular o`qituvchining ixtiyorida va bundan keyingi vaziyat muallifning bolalar diqqatini shu holatda saqlay olishga bog`liq bo`ladi. Tajribali o`qituvchi darhol bolalarning e`tiborini o`ziga qaratadi va bir daqiqaga ham vaziyatni o`zgartirmasdan dars temasiga o`tadi. Kam tajribali o`qituvchi esa ko`pincha o`z o`quvchilarning diqqat e`tiborini bo`lib qo`yadi, yo o`quvchilarga dars temasini zerikarli tarzda e`lon qiladi, yoki materialni shu qadar zavqsiz ayta boshlaydiki, bolalar unga quloq solmay qo`yadilar.


Ko`p xollarda dars bolalarning emas, balki o`qituvchining aybi bilan yomon o`tadi. Masalan, o`qituvchi san`at haqida suxbat dars o`tkazar ekan, ko`plari tinglamayotganini sezadi. U darsni bo`lib hammani tartibga chaqiradi va so`zida davom etadi.
Yana o`sha natija. O`qituvchi bu bolalarni hech narsa bilan qiziqtirib bo`lmas ekan deb o`ylay boshlaydi. Lekin buning sababi o`qituvchi bolalarga notanish ibora va terminlarni ishlatishida edi.
Bu terminlarning mazmunini tushuntirib berishni xayoliga ham keltirmasdi. Bu narsa, albatta, bolalarni charchatar, tushunarli bo`lmagan gaplar ularni qiziqtirmasdi.
Yuqorida aytilganidek, dekorativ va tematik rasm chizish darslarida o`quv jarayonini uyushtirish metodikasiga alohida e`tibor bilan qarash lozim. Ko`pchilik o`quvchilar bu mashg`ulotlarni passiv tarzda o`quvchilarni o`z xollariga tashlab qo`ygan xolda o`tkazishadi. Ular bolalarning ana shu mashg`ulotlarda mustaqil ijodiy ish olib bormoqlari zarur degan fikrga amal qiladilar. Masalan, agar o`quvchilar o`qituvchi bergan sxema bo`yicha naqshlar chizib, asosan xalq ijodiy namunalaridan nusxa ko`chirsalar, keyingi topshiriqlarni, ba`zi bir o`quvchilarning fikriga ko`ra, ular mustaqil ravishda, pedagogning yordamisiz bajarishlari lozim.
Bu esa noto`g`ridir. O`qituvchi o`zini chetga olib qolmasdan, doim o`quvchilarni boshqarib borishi, ularga murakkab ijodiy masalalarda yordam berishi kerak.
Mavzu asosida rasm chizish darslarida ayniqsa kompozitsiyadan dars berish metodikasi masalalariga alohida e`tibor berish kerak.
Shuni aytish kerakki, ba`zi rasm o`qituvchilari ko`pincha o`quvchilarni tematik rasm chizish darslarida o`z holatiga tashlab qo`yadilar. Bunda o`qituvchilar kompozitsiya uchun tema berish bilan chegaralanadilar. Bolalarning ijodiy faoliyatiga aralashmay "erkin tarbiya" prinsipida ish ko`radilar. Bunday hol bolalarning ijodiy rivojlanishiga, avvalgi mashg`ulotlarda o`zlashtirgani grafik malakalarini mustahkamlashiga, qolaversa umumiy rivojlanishiga ham ta`sir etmaydi. Mashg`ulot mazmuni samarali bo`ladi.
Mavzu asosida rasm ishlash syujet qidirishdan boshlanib, o`quvchining vazifasi mazkur yoshdagi o`quvchilar uchun tushunarli va zavqli bo`lgan syujet topib berishdan iboratdir. Qo`yilgan vazifani muvaffaqiyatli hal qilishda dastavval bolalarning oldindan ko`rgan voqealardan qolgan taassurotlari, yo`llarning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlaridan foydalanish yordam beradi.
Fikr qilish va tasavvur etishda o`tgan tajribalardan foydalanmasdan inson yangilik ijod etish, fikr qilishi mumkin emas. Rassom yoki yozuvchi asar yaratar ekan, doim hayotdan olingan real obrazlardan kelib chiqadi. Hatto fantastik obrazlarni yaratish jarayonida ijodkor insonga yaxshi ma`lum bo`lgan obrazlar elementlariga tayanadi.
Mavzu asosida rasm chizish darslarida o`quvchilarning ijodiy xayollarini rivojlantira turib, o`qituvchi doim buni nazarda tutishi va o`quvchilarning tafakkurlarini doim aktivlashtirishi, ularga kompozitsion tema qidirishlaridan to uni rasmda nihoyasiga yetkazgunlariga qadar bo`lgan ishlarida ko`maklshib bormog`i kerak. Ayni vaqtda o`qituvchi rasm kompozitsiyasini izoxlar ekan, rasm chizuvchiga syujetni aniqroq, ifodaliroq tasvirlashga, mazkur voqea va xodisaga nisbatan o`zining munosabatini bildirishga yordamlashadi.
O`qituvchi rasm darslarida, ayniqsa uning turlaridan biri mavzu asosida rasm chizish darslarida o`quvchilarga kopozitsiya asoslari – simmetriya va assimetriya, muvozanat va surat, dinamika, ikkinchi darajali va rasm kompozitsiyasidagi asosiy masalani aniqlash zarurligini tushuntirib beradi.
Simmetriya qonuni kompozitsiyada uning o`ng va chap qismlari o`zaro bir-birining oynadagi aksi bo`lishini talab qiladi. Yangi pedagogik texnologiya asosida tasviriy san`at metodikasi nazariyasi fanidan noan`anaviy – darslarni tashkil etish metodikasi (namuna)
Hammamizga ma`lumki siz bilan biz 1-paralik, 81 ni 90 minutlik darsni tashkil etishga, ( muhim dasturga suyangan xolda) o`rganib kelganmiz. Bu dars an`anaviy dars turi.
Endi tasviriy san`at metodika nazariyasidan qiziqarli noan`anaviy dars o`tishdan bir lavhani sizga taqdim etmoqdamiz Bizlar tavsiya etayotgan darsimiz namunaviy. Shuning uchun har bir tasviriy san`at o`qituvchisi metodik tomondan mukkamalashtirilgan, mahalliy sharoitni hisobga olgan holda ijodiy yondoshishi maqsadga muvofiqdir. Sizga taklif etayotgan o`yin –darsimiz quyidagicha
Guruhdagi talabalarni dumolok stol atrofiga o`tkazamiz.
O`qituvchi esa auditoriyani bir chekkasiga turib o`yin-darsiga rahbarlik va tashkilotchilik qiladi.
Talabalarni yoki o`quvchilarni 1.2...........10chi stullariga o`tkazib bo`lgandan so`ng sinf taxtasiga darsni maqsadini yozib qo`yadi.
So`ng har bir talaba yoki o`quvchi oldilariga 1 tadan oq varaq olishadi.
1-chi stuldagi o`quvchi, 2 chi stuldagi o`quvchiga, o`zining oq varag`iga tasviriy san`at metodika nazariyasidan savol yozib o`tkazadi. 2-chi o`quvchi, esa o`zining toza varag`iga savol yozib 3-chi o`quvchi yoki talabaga o`tkazadi. Shunday tarzda oxirgi ya`ni 10-chi talabaga yoki o`quvchiga qadar savol varaqalari aylanib beradi. Endi 10 chi o`quvchi yoki talaba yozgan savolni tegiga 1chi o`quvchi javobini yozib, ikkinchi talaba yoki o`quvchiga o`tkazadi, 2-chi o`quvchi esa 9-chi talaba yoki o`quvchini savoliga javob yozib 3-chi o`quvchi yoki talabaga o`tkazadi.
Xulosa
“Bugungi yoshlarda imkoniyat katta. Ular ishlasin-da. Bizda bunday imkoniyatlar yo`q edi. Bugun esa xatto chet ellarga chiqishga ham yoshlarning yo`li ochiq. Biroq yoshlar ijodida g`alati yo`nalishlarni kuzatish mumkin: go`yoki ular nima hayollariga kelsa, shularni ishlayverishayotgandek. Muzeylarda yoshlarni uchratish qiyin. Ko`rgazmaning ochilishida kelishadi, ikkinchi kundan boshlab ularni ko`rmaysiz. Yoshligimizda muzeylarga borib, rang surtmalari qanday qo`yilganligini xatto hidlab ham ko`rar edik. Biz Ro`zi Choriyevlar bilan birga o`qib, Rahim Ahmedov, Ne`mat Qo`ziboyev kabi rassomlarga suyanar edik. Ijodiy masalalarda ular bilan maslaxatlashar, san`at borasida ko`p suhbatlar qilar edik. Biz bir guruh edik. Hozirchi, milliy rassomlar, hayotni ko`ra oladigan ijodkorlar yo`q. Yoshlar esa san`atdan ko`ra ko`proq kompyuter kabi texnikalarga berilib ketgan. Nafaqat yoshlarda, umuman bizning xalqimizda tasviriy san`atga qishiqish sust. Axir tasviriy san`at-insoniyatning katta baxti, u hammaga ham berilmaydi”,-deydi rassom kuyunchaklik bilan. “Kelajakda qancha umr qolgan bo`lsa, ko`zim ko`rganicha chizaman. Rassom bo`lganimga ming shukrlar qilaman. Hayot qisqa ekan, imkoniyat borida ijod qilib qolish kerak. Rassomdan faqat ishlari qoladi. Bu ishlar necha yillar o`tsa ham, qachondir o`z bahosini topadi. Hozir Usta Mo`min, Ufimsev asarlarinitopa olmaysiz. Bu kabi qo`lda ishlangan asarlar yurakdan chiqadi. Ularning bahosi oshsa-oshadiki, aslo kamaydi. Van Gog hayotligida o`z asarlarini deyarli birortasini ham sota olmagan ekan. Biroq, bugungi kunga kelib uning birgina asari 47 mln. dollarga baholanishi yuqoridagi gapimning isbotidir. Rassomning bahosi u o`lganidan keyin oshar ekan. Lekin uni tirikligida ham saqlash, hurmat qilish kerak”-deya rassomning aytgan fikr-muloxozalari har qanday kishi ko`nglini san`atga yaqinlashtiradi.
Ayniqsa, rassomning quyidagi fikri yoshlarga ibrat bo`lishi muqarrar:
“Bugungi yoshlar muzeylarga borishga intilsinlar. Bu ham katta tarbiya, hayotni ochadigan narsa.” Hozirgi kunda Laylo Salimjonova farzandlari, kelini, nabiralari qurshovida tinch, totuv hamda ijodiy hayot kechirmoqda. Asarlari esa dunyo bo`ylab o`zbek san`ati va madaniyatini targ`ib qilish bilan band.

Download 137.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling