Moddiy boyliklardan to’g’ri foydalanish maqsadida har bir korxona zarur bo’lmagan materiallarning bor-yo’qligini tekshirib ko’rishi lozim. Agarda korxonada keraksiz yoki ortiqcha material borligi aniqlansa, uni boshqa korxonaga sotishi mumkin. Masalan, korxonada haqiqiy qiymati 200000 so’mlik ortiqcha material borligi aniqlandi va korxona uni 250000 so’mga boshqa korxonaga sotdi. Ushbu muomalalarga hisobda quyidagicha provodka beriladi: materialning haqiqiy qiymati hisobdan chiqarildi. Debet 9220-“Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi” - 200000 so’m Kredit 1010-“Xom-ashyo va materiallar” - 200000 so’m. materialning sotish qiymati aks ettirildi: Debet 4890-“Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi” - 250000 so’m Kredit 9220-“Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi” - 250000 so’m. QQS hisoblandi 50000 so’m; Debet9220-“Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi”-50000 so’m Kredit 6410-“Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar” - 50000 so’m. ortiqcha materillarni sotishdan foyda olindi (300000-200000- 50000)=50000 so’m; Debet 9220-“Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi” - 50000 so’m Kredit 9320-“Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda” - 50000 so’m. Materiallarni sotishdan olingan moliyaviy natija sotish xarajatlari hisobga olingan holda aniqlanadi hamda 9320-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti kreditiga yoki 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti debetiga kiritiladi. Etiboringiz uchun raxmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |