Keyinchalik minus belgisini tashlab yuboramiz, u ordinatalar yo’nalishini ko’rsatadi. Yuqorida ko’rsatilgan formulaga asosan R0 kattalik 0,866 R ga teng. (16) formulaga n=32/√D ayl/min. kattalikni kiritsak va D ni 2R orqali almashtirsak, tamomila quyidagini olamiz: N = 6,58G·√D n √D / 32 = 0,41 GRn kvt.(17) (16) formulaga n=32/√D ayl/min. kattalikni kiritsak va D ni 2R orqali almashtirsak, tamomila quyidagini olamiz: N = 6,58G·√D n √D / 32 = 0,41 GRn kvt.(17) Materialning tuyilishi massasini e’tiborga olib, quyidagiga ega bo’lamiz: N = 0,467 GRn kvt. (18) (10), (14) va (18) formulalarni taqqoslaganda, υ=0,3 va ψ=0,758 bo’lganda ularni hammasi bir xil ekanligini belgilaymiz. Qurilish materiallari sanoatida ishlatilayotgan tegirmonga talab etiladigan quvvatni hisoblashda, (9) formuladan foydalanish zarur. Tegirmon uchun quvvatni hisoblashda, qaysilari υ ≠ 0,3 bo’lganda (11) formuladan foydalanish tavsiya etiladi. υ ≠ 0,3 va ψ ≠ 0,758 bo’lganda (15) formuladan foydalaniladi. υ ≠ 0,3 va ψ ≠ 0,758 bo’lganda (15) formuladan foydalaniladi. Quvvatni aniqlash uchun formulalarni xulosa qilganda, tegirmon barabanining ishlashida sarflanadigan kukunlanadigan jismlarni sirg’anishi va barabanning ichki yuza sirtiga nisbatan material e’tiborga olinmagan. Shu bilan birga, stement ishlab chiqarish zavodlarida tegirmon barabanining ishlashi amaliyoti shuni ko’rsatadiki, 1 kg/t va undan ko’proq kattalikdagi tayyor stementga futerovka eskirishiga erishadi.
Tegirmonni ishlashi uchun talab etiladigan quvvatga sirg’anishni ta’sirini aniqlashtirish uchun futerovka silliqligini e’tiborga olib, harakatlanadigan kuchni ko’rib chiqamiz.
Barabanning ichki yuza sirtiga chaqiriladigan markazdan qochma kuch Pst va radial tashkil etuvchi (radius bo’ylab tarqalgan) og’irlik kuchi yuklanishi Gr normal bosim kuchi ta’sir etadi (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |