2-misol. Izlari bilan berilgan umumiy vaziyatdagi P(PH;PV) tekislikning izlari orasidagi burchakning haqiqiy kattaligi aniqlansin (5.19-shakl).
Aylantirish o’qi sifatida berilgan tekislikning gorizontal PH izini olamiz. Tekislikda ihtiyoriy A(A1;A2) nuqtani (masalan tekislikning PV izida) tanlab uni H tekislikka PH atrofida aylantirib jipslashtiramiz. Buning uchun nuqtaning gorizontal proyeksiyasi A1 orqali PH ga perpendikulyar qilib SAH harakat tekisligi o’tkazib aylantirish markazi 0(01;02) ni topamiz. 0A(01A1;02A2) aylantirish radiusi bo’lib, 01A0 esa uning haqiqiy kattaligidir. 01 nuqtani markaz qilib, SAH ni kesgunga qadar O1A0 gradusda yoy chizamiz va A nuqtani H bilan jipslashgan A'2 proyeksiyasi bo’ladi. Topilgan A'2 va PX nuqtalarni birlashtirib, P tekislikning H proyeksiyalar tekisligi bilan jipslashgan PV1 izi yasaladi. Demak, tekislikning PV1 va PH izlari orasidagi burchak izlangan burchak bo’ladi.
5.19-shakl
3. Tekis parallel ko’chirish usuli
Bu usulda berilgan geometrik obrazning (nuqta, to’g’ri chiziq, tekislik va h.k.) har bir nuqtasi proyeksiyalar tekisligiga nisbatan parallel bo’lgan gorizontal yoki frontal tekisliklarda harakatlantiriladi.
1-misol. 5.20-shakl a) va b) da berilgan AB(A1B1;A2B2) to’g’ri chiziq kesmasining haqiqiy kattaligi topilsin.
Bunda kesmaning A(A1;A2) uchi H ga parallel NA tekislikda, B(B1;B2) uchi esa NB tekislikda harakatlanadi. Bu tekisliklardagi harakat natijasida AB kesma frontal proyeksiyalar tekisligi V ga parallel holga keltiriladi. 5.20-shakl, b) dagi epyurda ixtiyoriy A'1 nuqtani belgilab, undan gorizontal chiziq o’tkazib A1B1 proyeksiyani o’lchab A'1B'1=A1B1 qo’yiladi va B'1 nuqta hosil qilinadi ya’ni A'1B'1=A1B1. A nuqtaning frontal proyeksiyasi A2 orqali NA tekislikning NAV izi o’tadi. Proyeksion bog’lanishda B' nuqtaning B'2 frontal proyeksiyasi topiladi. Hosil bo’lgan A'2B'2 kesma AB kesmani haqiqiy katgaligi bo’lib, burchak esa bu kesmaning H teksilik bilan hosil qilgan burchagi bo’ladi.
a) 5.20-shakl b)
Do'stlaringiz bilan baham: |