Mavzu: texnik konstruksiyalash va modellashtirish


Download 141.76 Kb.
bet7/9
Sana16.06.2023
Hajmi141.76 Kb.
#1497822
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 SS N ONE

Birinchi tomondan - bu metod ya’ni o‘quvchilar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi texnik obyektni yaratish yoki tuzilishini o‘zgartirish ishlarida ishtirok etadilar. Bunday tajriba o‘quv xarakteriga ega bo‘lishiga qaramay ishlab chiqarishning asosiy vazifalari ya’ni uning tarkibiga kiradi. Asosiysi bunda o‘quvchilar bilim tajriba o‘tkazish ko‘nikmasini hosil qiladilar.
Ikkinchi tomondan bunday turdagi tajribalar o‘quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, ya’ni tabiiy bilish qonunlarni o‘zining harakatlari orqali bilish faoliyatini haqiqiy ishlab chiqarish sharoitida texnikaga qo‘llash yo‘llarini ochib beradi.
O‘quv-ishlab chiqarish texnik tajribalari o‘quvchilar politexnik ta’limining nazariya va amaliyot birligi natijasi hisoblanadi.
Texnik modellashtirish jarayonida konstruksiyalash elementlarini o‘rgatish tajribasini qator murakkab vazifalarni qo‘yidagi tartibda bajarish ayni maqsadga muofiqligini ko‘rsatadi:
Chizmalar eskizlarini o‘qish va tayorlanadigan detalllar konstruksiyasini tushuntirish.
Xisoblash asosida ayrim detallarning konstruksiyalarining o‘zgartirish, ana shu o‘zgarishlarni chizmaga kiritish va kinematik (prinsipial) sxema tuzish.
Detallarni biriktirish va mustaxkamlash yo‘llarini belgilash.
Detallarni yig‘ish jarayonida ularni o‘rnatish joylariga ko‘ra konstruksiyalash.
Konstruksiyada yetishmaydigan detallar va uzellarni loyixalash.
Kinematik va prinsipial sxemalar bo‘yicha detallarni konstruksiyalash.
Texnik talablar, shuningdek, topshiriq bo‘yicha yoki ixtiyoriy ravishda detallar tayorlash.
Detallarni uzellarga, uzellarni modelga yig‘ish va modelni ishda sinab ko‘rish.
Aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, modellarni takroran ishda sinab ko‘rish va pardozlash.
Xar bir bosqichni bir muncha batafsil tushuntiramiz.
Agar talabalar bilish-ijrochilik faoliyati doirasida tayyor texnik-texnologik xujjatlar bo‘yicha model yasasalar, ular birinchi galda modelning konstruksiyasini, detallar va uzellarning eskiz hamda chizmalarini, ularga ishlatilgan materiallarni o‘rganadilar, har bir detalni, uzelni va umuman modelni sinchiklab konstruktiv analiz qilib, mana shu modelga xos konstruktiv va texnnologik nuqsonlarini aniqlaydilar. Talabalar olingan ma’lumotlar asosida detalga, uzelga tegishli konstruktiv o‘zgartishlar kiritadilar, ularning pishiqligi va ishonchliligi uchun kerakli xisoblashlarni amalga oshiradilar, chizmalardagi o‘lchamlar va geometrik shakllarni to‘g‘irlaydilar, modelning o‘zgargan konstruksiyasining kinematik (prinsipial) sxemasini tuzadilar. Detallar, uzellar va mexanizmlarning konstruksiyalarini tanlashda standartlash va unifikatsiyalash talablariga asoslanish lozim, ya’ni yangi nomukammal detallarni o‘ylab topmaslik, balki ko‘p marta amalda sinalgan, tayorlash va yig‘ish qo‘lay standart detallardan unifikatsiyalangan uzellar va mexanizmlardan foydalanish kerak.
Modelda detallarni o‘zaro biriktirishning, uzellarni mustaxkamlashning eng ratsional usularini aniqlash amalga oshiriladi.

Download 141.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling