Mavzu: texnik konstruksiyalash va modellashtirish


Texnik modellashtirishning metodlari


Download 141.76 Kb.
bet9/9
Sana16.06.2023
Hajmi141.76 Kb.
#1497822
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 SS N ONE

Texnik modellashtirishning metodlari. Bilimlarni to‘g‘ri idrok etishlari, anglashlari, eslab qolishlari va amalda ijodiy qo‘llashlari, zarur ko‘nikma va malakalarni egallashlari uchun didaktika prinsiplari va o‘rganiladigan materialning xarakteriga muvofiq mehnat ta’limining eng samarali metodlaridan foydalanishi kerak. Ma’lumki ta’lim metodining turli klassifikatsiyasi mavjuddir. Mehnat ta’limi, unumli mehnat va talabalarning texnik ijodkorligi amaliyoti uchun eng ma’quli o‘zaro bog‘liq ikkita jarayon - pedagogning rahbarlik faoliyati va talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati yaqqol namoyon bo‘ladigan - pedagog va talabalar ishining usullari bo‘yicha beriladigan metodlar klassifikatsiyasidir. Bu klassifikatsiya talabalarning mehnatga tayyorlanishi va unumli mehnatda asosiy o‘rinni egallaydi.
Ijodiy faoliyat metodlarining ana shunday klassifikatsiyasi sifatida quyidagilar qabul qilinishi mumkin:
Muammoli ta’lim metodlari - o‘quv materialini muammoli bayon etish, izlanish suhbatlari, tadqiqot metodi;
Og‘zaki metodlar - ijodiy suhbat;
Ko‘rsatmalilik metodlari - ratsionalizatorlik faoliyatini kuzatish, turli ijodiy ishlarni namoyish qilish;
Amaliy ish metodlari - talabalarning mustaqil ijodiy ishlari, texnik adabiyotlar va spravochniklar bilan ishlash;
Nazorat qilish metodlari - ijodiy topshiriqlarni tekshirish, texnik masalalarni hal etish va ularni nazorat qilish.
Bunda pedagogning vazifasi har bir amaliy mashg‘ulotda texnik ijodkorlikning turli metodlarini uyg‘unlashtirib, talabalar o‘quv materialini chuqur o‘zlashtirishini ta’minlashdan iboratdir.
Texnik ijodkorlikning turli metodlari va didaktik usullari o‘quv materialining mazmuniga va mashg‘ulotda hal qilinadigan didaktik hamda tarbiyaviy vazifalarga qarab har xil yo‘sinda qo‘shib va o‘zaro bog‘lab qo‘llaniladi.
O‘quvchilarni ijodiy faoliyati jalb etish bo‘yicha asosiy psixologik-pedagogik talablarni bajarish bilan birga bunday faoliyatning mazmuniga qo‘yilgan maqsadga va o‘quvchilarning yoshiga muvofiq metodlarni tanlash ham katta ahamiyatga ega.
Hozir qator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi: buyumlarni konstruksiyalash (modellashtirish), manipulyativ konstrukstiyalash, ma’lumotlari qisqartirilgan texnik hujjatlarni qo‘llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruksiyalarni o‘zlashtirib, ishlarni qayta bajarish, xayoliy eksperiment, texnik vositalardan (shu jumladan trenajyorlar) foydalanib kamchiliklarni tuzatish kabilar. Ana shu metodlardan muayyan tartibda foydalanish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish ularda texnik sohasidagi mehnatga qiziqish uyg‘otish imkonini beradi.
Oliy maktabni kayta kurish sharoitida konstruksiyalash va texnologik masalalarni xal qilish uchun ta’limning quyidagi formalari yeng samaralidir. Texnik konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha Amaliy Mashgulotlar: brigada individual, zveno formalari va ularning turlari birlashmalari: xar xil yoshdagi talabalardan iborat brigada va xokazolar.
Texnik kosntruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha Amaliy Mashgulotlar o‘quv-mehnat faoliyatining izchil tashkil yetilishi tushuniladi. Bu faoliyat ham kollektiv, ham individual ish turlarini uz ichiga oladi va bu ishlar pedagog tomonidan tashkil kilinib, bunda talabalarning o‘quv materiallarini faol ongli va mustaxkam o‘zlashtirishi kuzda tutildi.
Tayyorlanadigan obektlar uz mazmuniga kura bir xil va xarakteriga kura xar xil bulsa, texnik metodlashtirish konstruksiyalash bo‘yicha Amaliy Mashgulotni tashkil yetishning individual formasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday hollarda deyarli xar bir talaba individual topshirikni bajarishi pedagog uchun muayyan qiyinchilik tugdiradi. Chunki bunday Mashgulotlarda ko‘pincha ayrim talabalarga yozma instruksiyalar tayyorlashga va ular anna shu instruksiyalar bo‘yicha Yangi mavzu materialini o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi.
Mashgulotni tashkil yetishning aralash formasidan modellashtirishning xar xil obektlarini bajarishda foydalaniladi. shularga kura maktab o‘quv ustaxonalaridagi texnik konstruksiyalash va modellashtirish Mashgulotining takiliy formalarini programmadagi urganilayotgan mavzuning mazmuniga, obektning xarakteriga ta’limiy-pedagog va ishlab chiqarish talablariga karab tanlanadi.

Bilimlarni to‘g‘ri idrok yetishlari va amalda ijodiy qo‘llashlari, zarur ko‘nikma va malakalarni yegallashlari uchun didaktiva va prinsiplari va urganiladigan materialning xarakteriga muvofiq mehnat ta’limining yeng samarali mktodlaridan foydalanish kerak. Ma’lumki ta’lim metodining turli klassifikasiyasi mavjuddir. Mehnat ta’limi, unumli mehnat va talabalarning texnik ijodkorligi praktikasi uchun yeng ma’kuli uzaro boglik ikkita jarayon-pedagogning rahbarlik faoliyati va talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati yakkol namoyon buladigan-pedagog va talabalar ishining usullari bo‘yicha beriladigan metodlar klassifikasiyasidir. Bu klassifikasiya talabalarning mehnatga tayyorlanishi va unumli mehnatida asosiy urinni yegallaydi. Texnik ijodkorlikning turli metodlari va ddaktik usullari o‘quv materialining mazmuniga va mashgulotda hal kilinadigan didaktiv hamda tarbiyaviy vazifasiga karab xar xil yusinda kushib va uzaro boglab qo‘llanadi.


O‘quvchilarni ijodiy faoliyati jalb yetish bo‘yicha asosiy psihologik-pedagogik talablarni bajarish bilan birga bunday faoliyatning mazmuniga qo‘yilgan maqsadga va o‘quvchilarning yoshiga muvofiq metodlarni tanlash ham katta ahamiyatga yega.
Hozir kator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi: buyumlarni konstruksiyalash (modellashtirish), manupulativ konstruksiyalash, ma’lumotlari kiskartirilgan texnik hujjatlarni qo‘llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriklarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruksiyalarni o‘zlashtirib, ishlarni kayta bajarish hayoliy yeksperimet, texnik vositalar (shu jumladan trinojerlar)dan foydalanib kam-kustlarni tuzatish kabilar. Anna shu metodlardan muayyan tartibda foydalanish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini o‘stirish ularda texnik soxasidagi mehnatga kizikish uygotish imkonini beradi.
Intuitiv fikrlashga asoslangan ijodkorlik masalalarini tadkik qilish uslubi yevristik uslublar guruhi deb ataladi. Ixtirochilik masalalari yechish uslublari G.S.Alishuller, L.V.Aleksandrov va boshqalar tomonidan urganilgan bo‘lib, ular uz tadkikotlarida yevristik hamda tahliliy uslublar guruhini ajratib ko‘rsatadilar. 
Yevristik uslub vositasida ijodkorlik masalalarini yechishga an’anaviy yondoshish quyidagi talablarda amalga oshiriladi: muammodan kelib chikuvchi masala shartnomani aniqlash; xususiy holl uchun muammoni tahlil kili shva maqsadni shakllantirish; masalani xal qilish rejasini to‘zish; rejani amalga oshirish va masalani kisman xal qilish; topilgan yechimlarni maqsadga muvofiqligini tadkik qilish va mAkbulini tanlash, ijodkorlik masalalarini yechishning tahliliy uslubida muammo yechimini topish uchun uning matematik modelini kurish kuzda tutiladi. Bu uslubda yechim aniqligi obekt yoki jarayon ko‘rsatkichlarining uni o‘rganish uchun ishlab chiqilgan model ko‘rsatkichlariga mutanosiblik darajasi bilan belgilanadi, ijodkorlik masalalarini tadkiki qilishning keltirilgan uslublarini talabalar faoliyatiga moslash uchun ularni amalga oshirish kadamlarini bir muncha soddalashtirish hamda subektiv ixtirolardan foydalanish uchun qo‘llashda ikki guruhga tegishli uslublardan iborat umumiy majmua ishlab chiqish talab yetiladi.


XULOSA
Umumiy o’rta talim maktablarining texnik ijodkorlik va modellashtirish fanining o’quv dasturida xalq hunarmandchiligining boshlang’ich elementlari singdirilgan turini o’rganishning kuchaytirilgan boshlangich darajasi bo’lib, unda xalq hunarmandchiligi yo’nalishlari boyicha ustoz-shogird ananalari haqida malumotlarni egallay olish; sodda naqsh elementlarini chiza olish; hunarmandlarning sodda ish namunalarini bajara olish; kichik hajmdagi buyumlarni toqiy olish; kashtachilik yonalishida sodda naqsh elementlaridan iborat kompozitsiyalarni tika olish; oz mehnat harakatlarini oquv topshiriqlari asosida munatazam mukammalashtirib bora olish; odob-axloq qoidalari, sabr-toqat, irodalilikka oid tushunchalarni o’rganish, taxlil qilish, rioya qilish; hunarmandlarning qol mehnatiga oid tushuncha va bilimlarini umumlashtirgan holda amaliy vazifalarni bajara olish, hunarmandlar haqidagi malumotlarni egallash, hunarmandlar faoliyatiga oid malumotlarni to’plash va tavsiflay olish kompetnsiya elementlari shakllantirish vazifalari ko’zda tutilgan. O’quvchilarda ushbu bilim konikma va malakalarni shakllantirishda ularning grafik tasvirlar bilan ishlash qobiliyatlarini ham rivojlantirib borishga togri keladi. Biz ushbu kurs ishimizda texnik ijodkorlik faoliyatining bosqichlarida o’quvchilarning grafik bilim va ko’nikmalarini shakllantirish masalalarini o’rganib chiqdik.
Inson maktabda, uyda va kochada turli asbob va mashinalar qurshovida yashaydi. Bizning zavod va fabrikalarimizda har kuni koplab stanoklar, elektrovozlar, samolyotlar, maishiy mashinalar, masalan, muzlatgichlar, chang yutgich va boshqalar ishlab chiqariladi. Chizmasiz bu mashinalarni yaratish ham, ishlab chiqarish ham mumkin emas. Chizmalar injenerning oy-fikrlarini ishchiga yetkazadi. Chizmalarga qarab mashinalarning ayrim qismlari yasaladi, tayyor detallardan murakkab qurilmalar yigiladi. Shu sababli, chizmani ―texnika tili deb ataydilar.
Texnikani egallash uchun, yuqori malakali ishchi, qishloq xojalik mexanizatori yoki muhandis bolib yetishish uchun chizmalar tayyorlashni, yani chizmalar chizishni bilish va ularni tushunish, yoki chizmachilik tili bilan aytganda, chizmalarni o’qiy olish kerak. Ishchi chizmani o’qir ekan, konstruktor o’ylab chiqargan narsani ko’z oldiga keltiradi. Chizmalar zavodlardan zavodlarga, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga yuborib turiladi. Chizmani oqishni bilgan har qanday ixtisosdagi kishi chizmani tushunadi va unga qarab eng murakkab mashinaning tuzilishini ham bilib oladi. Faqat injenerlargina emas, balki har bir ishchi ham chizmachilikni bilishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. Karimov I.A. “Yuksak malakali mutaxassislar taraqqiѐt omili”, Toshkent, “ Oʻzbekiston”.1995y.-23b.
2. Karimov I.A. .:“Oʻzbekiston buyuk kelajak sari”, Toshkent, “Oʻzbekiston”.1998y.-68b.
3. Mirziѐyev Sh.M.:“Mamlakatimiz taraqqiѐti va xalqimizni xaѐt darajasini yuksaltirish- barcha demokratik yangilanish va iqtisodiy isloxatlarimizning pirovard maqsadidir”, Toshkent, “
Oʻzbekiston”.2017y.-199b.
4. Mirziѐyev Sh.M. .:“Erkin va farovon demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, Toshkent, “ Oʻzbekiston”.2016y.-27b
5. Mirziѐyev Sh.M. .: “Qonun ustivorligi va inson manfatlarini taminlash-yurt taraqqiѐti xalq farovonligining garovi”, Toshkent, “Oʻzbekiston”.2017y.-26b
6. Mirziѐyev Sh.M. .:“Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”, Toshkent, “Oʻzbekiston”.2017y.-484 b
7. Muslimov N.A..: “Mehnat talimi, kasb tanlashga yoʻllashni oʻqitish metodikasi”. Darslik,Toshkent-.2014y.-457 b
8. Munavvarov A.. ―Pedagogika. –T.: ―Oʻkituvchi 1997-y.
9. Muslimov N., Sharipov Sh.. Texnik ijodkorlik va dizayn. — T.: ―Toshkent, 2007
10. Olimov Q.T., Uzoqova L.P., Halimov E.Z., Rustamov R.M., Ashurova S.Y.
Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi. –T.: “Fan”, 2004, -120 b.
11. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2009-yil 14-avgustdagi 286sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan ―Talabalarni mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish boʻyicha yoʻriqnoma.Toshkent-2009


Download 141.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling