Mavzu: texnik konstruksiyalash va modellashtirish


Ijodkorlik tushunchasining mohiyati


Download 141.76 Kb.
bet3/9
Sana16.06.2023
Hajmi141.76 Kb.
#1497822
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 SS N ONE

Ijodkorlik tushunchasining mohiyati. Odatdagi tushunchaga ko‘ra ijod ozchilik kishilarning, buyuk san’at asarlarini, yangi mashinalarni, dastgohlar va hokazolarni yaratadigan iste’dodli odamlarning qismatidir. Lekin ijod buyuk asarlar yaratishdan iboratgina emas, balki kishining fikr yuritishi, biror tadbirni o‘ylab topishi, ozgina bo‘lsa-da, qandaydir yangilik yaratishi ham ijoddir. Ijod jarayoniga tasodif sifatida emas, balki muayyan qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi jarayon sifatida qarash lozim.
O‘quvchining ijodkorligi, avval, uning har qanday faoliyat jarayonidagi o‘ziga xos usul bilan masala yechish, insho yozish, tajriba ishlari, mehnat darslari va hokazolardagi mustaqil fikrlashida namoyon bo‘lishi lozim. O‘quvchining ijodi uning olgan bilimlarini hayotda ko‘rgan dalil va hodisalarga bog‘lay olishi, ularni to‘g‘ri baholab, dastlabki ma’lumotlarni tahlil va sintez qila bilishidir. Har qanday ijod borliqni rad etish emas, balki borliqqa to‘laroq kirib borishdir.
O‘qitishdagi individual yondoshish ham ta’lim jarayonining muhim talabidir. O‘qitishdagi individual yondoshish faqat mashq ishlarida emas, balki o‘quv jarayonining hamma bosqichlarida: yangi materialni o‘tish, mustahkamlash va takrorlashlarda ham, uy vazifasini tuzish va darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ham amalga oshirilishi zarur. Bu esa o‘quvchilarning ijodkorlik mahoratlari va qobiliyatlari o‘sishida yana bir eshikni ochadi.
Shaxs sifatlarining shakllanishida oila, atrof–muhit, jamiyat katta rol o‘ynaydi. Ota–onaning mehri, atrofdagilarning mehri, ularning olqishlari bolani mustaqil fikrlashga va mustaqil ish boshlashga ishonchini uyg‘otadi. Ma’naviy-ijodiy usullar shu tariqa o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda eng asosiy rol o‘ynaydi va ushbu usul 3 bosqichda amalga oshiriladi:
a) o‘quvchilarda bilishga qiziqishni uyg‘ota bilish;
b) o‘quvchilarning egallagan bilim va tajribasiga asoslangan holda masala qo‘yish hamda ularga tayanib, masalalarni tahlil qilish;
v) o‘rganish kerak bo‘lgan muammo ustida mustaqil fikr yuritib, xulosa chiqarishga erishish.
Yuqoridagi bosqichlarni amalga oshirish jarayonida talabalar, insonning boy xazinasi uning o‘zida yashiringanligini tushunadilar. Buning uchun o‘qituvchi ulardagi qiziqishni, yashiringan iste’dodni anglay bilishi kerak. Ilm olish, aqlni peshlash, o‘z ustida ishlash, hikmatlarni bilish, kamtarlik, ma’rifatli bo‘lish kabi fazilatlarga faqat mehnat qilish va bilim olish, o‘qib – o‘rganish, hayotni kuzatish orqali erishish mumkin

1.2. O‘quvchilarning texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik xususiyatlari.


O‘quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik xususiyatlari. Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat bashariyatni olg‘a xarakatlantiruvchi asosiy omil bo‘lib kelgan. Shunday ekan, yosh avlodni ijodiy mehnatga o‘rgatish, uni o‘z zamonasining eng ilg‘or bilimlari bilan qurollantirish barcha davrlarda hamma xalqlar uchun eng dolzarb vazifa hisoblangan. Texnik ijodkorlikni tashkil qilishda, ikki o‘zaro bog‘liq vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi, talabalarning ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, bilimlarni egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirilishi bilan, ikkinchisi, o‘zlashtirilgan bilimlarni ta’limda va amaliy faoliyatda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish bilan belgilanadi.
Texnik ijodkorlik talabalar egallayotgan bilimlarining mustahkamligi va mukammalligini ta’minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa, bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchilarining fan asoslarini o‘zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlik qilishda oshirishida, ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijodkorlikka bo‘lgan ehtiyoj psixofiziologik jihatdan qaralganda, bir nechta bosqichlarda amalga oshadi.
Bulardan birinchisi­­, havas - ehtiyojning eng sodda shakli bo‘lib, inson tomonidan ongli boshqariladi.
Ikkinchisi, nisbatan yuqoriroq rivojlanish bosqichi bo‘lgan xohish ham inson tomonidan ongli boshqarilib, u shaxsning ma’lum buyum yoki hodisaga nisbatan munosabatlari majmuasini ifodalaydi.
Uchinchisi, eng murakkab bosqich bo‘lgan qiziqish, xohish va u bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar asosida yuzaga keladi.
Qiziqish hayotdagi tashqi ta’sirlar, shaxs faoliyati hamda ta’lim-tarbiya jarayoni ta’sirida shakllanib boradi. Bu holatlar psixologik omillar - diqqat, idrok, tushuncha, xotira, fikrlash, sezgi va iroda xislatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, shaxsning shakllanishida alohida muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 141.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling