Mavzu: «Texnologik ta’lim yo’nalishi talabalarini mustaqil ta’lim olish faoliyatini takomillashtirish»


Download 84.19 Kb.
bet5/9
Sana19.12.2022
Hajmi84.19 Kb.
#1033499
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Texnologik a\'lim talabalarining mustaqil ta\'lim olish faoliyatini

Mustaqil ta`lim faoliyatining birinchi bosqichida fanlarga bo’lgan qiziqish asosiy manba bo’ladi. Biroq bu qiziqish etarli darajada qat`iy va chuqur bo’lmaydi. Bunda ham maqsadga yo’naltirilgan, tizimli, maxsus tashkiliy, mustaqil ta`lim faoliyati mavjud emas. Faqat kitoblar o’qish, maxsus ma`ruzalar tinglash, mustaqil tafakkur faoliyatiga intilish bo’ladi. Shaxsning mustaqil ta`lim olish faoliyatiga qiziqishlari ham mujassamlashmagan, u ham ko’plab qo’shimcha, keng miqyosli ishlarni amalga oshiradi, biroq bularni uzviy ravishda emas, balki ba`zan va chuqur bilimga ega bo’lmay amalga oshiradi.
Mustaqil ta`lim faoliyatining ikkinchi bosqichida talabalar mustaqil (albatta, nisbatan) o’z oldiga maqsad va vazifalar qo’yib, mustaqil faoliyat mazmunini anglab, tashkiliy ishlarni amalga oshirib boradilar. Bu davrda talabalar shaxsiy – hayotiy rejalar, g’oyalarni amalga oshirish vositasi sifatida kasbiy vazifalarni hal etadilar. Ikkinchi bosqichda ularning mustaqil faoliyat qiziqishlari jiddiylashadi, fanning alohida qismini o’rganish, bu orqali o’z hayotiy rejalarini tuzish, biror kasbni egallashga bo’lgan qat`iy istak asosiy o’rin tutadi. Ongli ravishda ko’shimcha faoliyat bilan shug’ullanadi, o’z g’oyalarini amalga oshirish vositasiga aylangan mustaqil ta`lim bilan shug’ullanishga intilish paydo bo’ladi. Mustaqil ta`limni ongli ravishda tashkil etadi. Mustaqil ta`lim faoliyatining uchinchi bosqichida talabalar mustaqil ta`lim bilan bir necha yil shug’ullanib, o’z kasbiy maqsadlari, faoliyati yo’nalishlarini vazifalarini aniq belgilash malakasiga ega bo’ladilar. Mustaqil bilim olish darajasini baholash o’z-o’zini baholash va o’qituvchi tomonidan baholash asosida qiyoslanadi. O’qituvchi tayyorlash o’quv rejasiga kiritilgan ta`lim dasturlarida talabalarning o’quv fanlariga oid bir qancha masalalar va muammolar bo’yicha mustaqil bilim olishlari nazarda tutilgan. Barcha yo’nalishdagi bakalavr-o’qituvchi tayyorlash o’quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soat qilib belgilangan. Shundan auditoriya o’quv ishlari hajmi haftasiga 24 soat, qolgan qismi, ya`ni 30 soati auditoriyadan tashqari mustaqil ta`lim olishga qaratilgan. Texnologik ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr-o’qituvchilar tayyorlash uchun belgilangan o`quv yuklamasining umumiy hajmi 5400 soatni, shundan mustaqil ish soatlari 2726 soatni tashkil qiladi. Bundan ko’rinib turibdiki, bakalavr darajasidagi kadrlarni tayyorlash uchun o’quv rejasida belgilangan yuklamaning 50 % hajmi mustaqil ta`lim olishga qaratilgan. Mustaqil ishlarni bajarishda talabalar fanlararo bog’lanishni hisobga olib, o’quv adabiyotlarini tanlaydi, ulardan kerakli ma`lumotlarni yozib oladi, ularni tahlil qilib, mustaqil ishning mazmunini o’rganadi va shu ish bo’yicha tushunchaga ega bo’ladi [11].
Mustaqil ta'lim - muayyan fan dan o'quv dasturida belgilangan hamda talabalar tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malaka shakllantirishni, o`zlashtirish darajasini amalga oshiriladigan ta'lim shakllaridan bo'lib, o'qituvchi maslahati va tavsiyalari, bilimlar taqsimotiga tayyorgarligi asosida auditoriyadan tashqarida bajariladi.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni shundan iboratki mustaqil ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo’lib, texnologiya va texnologik ta’limga oid fanlarni o’rganishda mavzular to’laroq o’zlashtirilashtiriladi va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Mustaqil ishni bajarishda maqsad- talabaning o’qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iborat.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari kelgusida bajaradigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. Mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonida talabalar mavzuga oid darsliklardan va elektron qo`llanmalardan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
Mustaqil ta’limnitashkil etish shakli quyidagilardan iborat:
-taqdimot tayyorlash;
-ilmiy loyiha yozish;
-tarqatma materiallar (jadval, grafik, chizma, sxemalar) tayyorlash;
Bundan tashqari fan mazmunini boyitish va uning ma’lumotlarini yangilab borish maqsadida:
-axborot resurslaridan foydalanishni yo’lga qo’yish;
-fanning mazmunini yanada takomillashtirish maqsadida tavsiya etilgan chet el adabiyotlari ma’lumotlarini tarjima qilish;
-fanni chuqurroq o’rganish
-fanni mukammal o’zlashtirish maqsadida mazkur fanga oid muammolarni hal qilish yo’llarini izlab topish va muammolarni maqolalar orqali yoritishlar ham kiradi.

Download 84.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling