Mavzu: «Texnologik ta’lim yo’nalishi talabalarini mustaqil ta’lim olish faoliyatini takomillashtirish»


Download 84.19 Kb.
bet2/9
Sana19.12.2022
Hajmi84.19 Kb.
#1033499
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Texnologik a\'lim talabalarining mustaqil ta\'lim olish faoliyatini

Tadqiqotning maqsadi: Texnologik ta’lim yo’nalishi talabalarini mustaqil ta’lim olish faoliyatini takomillashtirish va amaliyotga tatbiq qilish.

Mavzuning vazifalari:

  • texnologik ta’lim yo’nalishi talabalarini mustaqil ta’lim olish faoliyatini takomillashtirishga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlar, tadqiqot ishlari va me’yoriy hujjatlarni o‘rganish, tahlil qilish, umumlashtirish, xulosalar chiqarish;

  • mustaqil ta’lim olish orqali bo`lajak texnologiya fani o`qituvchilarini erkin va mantiqiy fikrlashga o‘rgatish hamda ijodkorligini shakllantirish mazmunini ishlab chiqish;

  • texnologik ta’lim yo`nalishida mutaxassislik fanlarini o`qitish jarayonida talabalarning kreativligini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish;

  • texnologik ta’lim yo`nalishi talabalarini mustaqil ta’lim olish faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish.

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Oliy ta’lim tizimida bo‘lajak mutaxassislarning professional tayyorgarligini takomillashtirish masalalari S.I.Arxangelskiy, V.P.Bespalko, V.A.Slastenin, U.N.Nishonaliyev, A.A.Abduqodirov, A.R.Xodjaboyev, R.Xasanov, N.Saidaxmedov, O‘.Q.Tolipov, S.S.Bulatov, N.A.Muslimov kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlari asosini tashkil etadi.
I.O.Leontev talabalarning mustaqil ishi eng avvalo, faoliyat ekanligini ta’kidlaydi. O`qituvchi-psixolog I.A.Zimnyaya mustaqil ish o‘qituvchi tomonidan tashqi vositachilik tizimi boshqaruvi asosida o‘quvchi tomonidan o‘z nuqtai nazaridan eng oqilona vaqtda tashkil etilgan va amalga oshiriladigan, jarayon va natija nuqtai nazaridan u tomonidan nazorat qilinadigan o‘quv faoliyatidir, deydi. O'z ishida A.N.Ribnova va N.P.Kashinlar talabalarning mustaqil ishi ostida o'qituvchining bevosita ishtirokisiz, lekin uning ko'rsatmalariga binoan bajariladigan turli xil ishlarni tushunishini aytadi. Shulardan kelib chiqib mustaqil ta’limni to`g`ri tashkil qilish va talabalarni uni doimiy ravishda mustaqil faoliyatini nazorat qilib borish ta’lim tizimida samara berishi mumkin[6].

Download 84.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling