Mavzu: «Texnologik ta’lim yo’nalishi talabalarini mustaqil ta’lim olish faoliyatini takomillashtirish»


Texnologik ta’lim yo’nalishi talabalarini mustaqil ta’limini tashkil etish ta’lim jarayonini takomillashtirishda asosiy vosita sifatida


Download 84.19 Kb.
bet7/9
Sana19.12.2022
Hajmi84.19 Kb.
#1033499
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Texnologik a\'lim talabalarining mustaqil ta\'lim olish faoliyatini

1.2 Texnologik ta’lim yo’nalishi talabalarini mustaqil ta’limini tashkil etish ta’lim jarayonini takomillashtirishda asosiy vosita sifatida.

Mustaqil ta`lim olish yetuk mutaxassis bo’lib yetishishning muhim omili hisoblanadi. Bu ayniqsa kasbiy tayyorgarlik tizimida yaqqol namayon bo’ladi. Ajdodlarimiz ham yosh avlodning kasb-hunar egallashiga, yetuk, tarbiyali, taraqqiyotga xizmat qiluvchi inson bo’lib yetishishiga ahamiyat berishgan. Sharqning buyuk allomalari o’z ijodlarida mehnat qilishni, kasb-hunar egallashning ahamiyatini ta`kidlab o’tganlar. Muhammad al Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Al-Farg’oniy, Axmad Yassaviy, Yusuf Xos-Hojib, SHayh Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshbandiy, Abdurahmon Jomiy, Imom al Buxoriy, Ahmad Yugnakiy va Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlar mehnatni, kasb-hunarni ulug’laganlar. Bahovuddin Naqshbandiy (1318-1389 yil) buyuk naqshbandiylik ta`limotining asoschisi bo’lib, «Dil ba yor u, dast ba kor», ya`ni «Diling Ollohga, qo’ling mehnatga bo’lsin» deb o’rgatganlar. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy deyarli har bir asarida hunar o’rganishni, halol mehnatni ulug’laganlar. Jumladan, «Farhod va Shirin» dostonida shunday yozadi: «Hunarni asrabon netkumdir oxir, olib tuproqqamu ketgumdir oxir». Yuqorida sanab o’tilgan buyuk allomalar o’z hayoti va ijodiy faoliyatlarida kasbhunar egallashni ulug’lash bilan bir qatorda kasb-hunar egallashda mustaqil ish bajarishning naqadar muhimligi ta`kidlaganlar. Pedagog olimlarning aksariyat qismi mustaqil ta`limni tashkil etish jarayonini faollashtirish masalasini umumiy muammo sifatida qaraydilar. Jumladan, bu boradagi ishlarning bir qismida talabalarning mustaqil ta`lim olishlarini tashkil etishga shaxs nuqtai nazaridan yondoshish ko’zga tashlanadi. Bunda u faol, ta`limda, kasbiy mahoratini oshirishda yuqori natijalarga erishishga intiluvchi, pedagoglik kasbini tanlash va egallash ishida jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiquvchi shaxsni shakllantirishda mustaqil ta`lim muhim omil sifatida qaraladi. Mustaqil ta`lim olishni tashkil etish uchun nafaqat muayyan kasbga yoki faoliyat sohasiga qiziqish, balki ushbu faoliyat turiga layoqatning mavjud bo’lishi ham talab etiladi. Mustaqil ta`lim shaxsning o’zi tomonidan boshqarilishini e`tiborga olib, bu faoliyat bilan inson erkin holda va istagan vaqtida manbalardan o’zi tanlab, maqsad, vosita, mazmun nuqtai nazaridan foydalanishi mumkin. Mustaqil bilim olishda avtonomlik bu-o’qitish maqsadlari, tamoyillari, mazmuni, metodi va vositalarni aniqlash va tanlash, ularni qiynalmasdan hamda tashqi ta`sir yordamisiz, amalga oshirish qobiliyatidir.


O‘quv jarayoni sifatini oshirishda mustaqil ta’limning roli so‘zsiz katta. Pedagogdan tayyor ma’lumot olgandan ko‘ra mustaqil faoliyat jarayonida olgan bilimni o‘zlashtirish nisbatan ancha yaxshi natija beradi. Hozirgi davrda ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish, talabalarning mustaqil ravishda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi, ularning kasbiy o‘sishini rag‘batlantirish, ularda ijodiy faollikni tarbiyalashda pedagoglarning mas’uliyatini oshirish zarur.
Talaba va pedagog mustaqil ta’lim ularning manfaati uchun olib borilishini tushunishi kerak. Talaba bajarayotgan mustaqil ish pedagogi uchun emas, balki o‘zi uchun, uning kelajakdagi muvaffaqiyatini ta’minlashining asosiy omili ekanligini tushunishi kerak. Talaba olayotgan bilim natijasiga o‘zi mas’ulligini anglashi zarur. Pedagog esa mustaqil ta’lim faqatgina talaba uchun emas, balki o‘zi uchun ham kerak ekanligi, o‘zini ishini osonlashtirish, mustaqil fikr yurita oladigan talabalar bilan muloqotda bo‘lib, o‘z bilimini boyitish va kelajda xizmat pog‘onalarida o‘sishini ta’minlashini anglashi lozim. Shu bilan bir qatorda, pedagogning o‘quv jarayonida talabalar bilan hamkorligi, ularning mustaqil ta’limga ishonchini shakllantirishi, o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanayotganini ko‘rsata olishi, ma’ruzalarni a’nanaviy, ya’ni faqatgina ma’lumot berish bilan chegaralanmasdan, balki muammoli interaktiv usulda olib borishi kutilayotgan ijobiy natijalarga olib keladi. Mustaqil ta’limni faollashtirmasdan oliy ta’limda talabalarni samarali o‘qitishni ko‘z oldimizga keltirish qiyin. Hozirgi davr mutaxassisidan yuqori darajadagi tayyorgarlik, mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olish, belgilangan vazifalarni bajarish uchun ko‘p ma’lumotlar orasidan kerakligini tanlab olish va bu ma’lumotlarni qayta ishlay olish talab qilinadi.
Hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlash uchun o‘quv jarayonini tashkil etishni jiddiy ravishda o‘zgartirish kerak, ya’ni auditoriya soati, passiv ma’ruza mashg‘ulotlar ulushini kamaytirish hisobiga talabalarning mustaqil ishlari salmog‘ini oshirish zarur.[6]
Ta’lim tizimini samaradorligini o‘qituvchi saviyasi, talaba ehtiyoji, o‘quv adabiyotlari mazmuni hamda mustaqil ta’limni shakllantirishga qaratilgan infratuzilma bevosita ta’minlab beradi. demak ilg‘or kadrlarni tayyorlash, ularni mehnat bozori talablariga muvofiq raqobatdoshligini oshirish, ijodiy fikrlaydigan mutaxassislarni etishtirish o‘quv dargohlarida yo‘lga qo‘yilgan ta’lim berish jarayoni bilan chambarchas bog‘liq
. Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yilning 8-oktabridagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni imzolandi. Ushbu muhim dasturilamal hujjatda “…oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kreditmodul tizimiga o‘tkazish” masalalari vazifa qilib qo‘yildi. Kredit-modul tizimi zamonaviy ta’limning eng takomillashgan shakli sanaladi. Kredit-modul tizimiga ko‘ra o‘quv mashg‘ulotlari shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari va talabaning mustaqil o‘qib o‘rganishiga asoslanadi. Kredit-modul tizimida talabalar mustaqil ishining ikki turi ajratiladi: - auditoriyada – bu bevosita o‘qituvchi rahbarligida bajariladigan mustaqil ishlar; - auditoriyadan tashqari – o‘qituvchi tomonidan berilgan, lekin uni ishtirokisiz talaba tomonidan bajariladigan mustaqil ishlar.
Talabalarning ta’lim olishda an’anaviy o‘qitish usulidan mustaqil faoliyatiga katta e’tibor berib borish asosiy yetakchi g‘oyadir. Mustaqil ta’lim talabalarga bilim berishda bu talabani o‘z holiga tashlab qo‘yish emas, balki pedagog tomonidan muntazam boshqariladigan talabalarning mustaqil faoliyatidir.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, har bir pedagog faqatgina o‘zining fanini asosiy deb hisoblamasdan, talabaning mustaqil ta’limga ajratilgan vaqti o‘quv rejadagi barcha fanlar uchun ajratilganligini esdan chiqarmasligi kerak, aks holda talabalarga keragidan ortiq berilgan vazifa mustaqil ta’limdan kuzatilgan ijobiy natija o‘rniga, aksincha salbiy natijaga olib kelishi mumkin.
Talabalarning mustaqil ta’limidan asosiy maqsadlar quyidagilardan iboratdir:
- yangi bilim olish usullarini egallash, jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish;
- auditoriyadagi mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va tartibga solish;
- me’yoriy-huquqiy aktlar, ma’lumotlar va maxsus adabiyotlar bilan ishlashni o‘rganish;
- o‘quv materiallarini mustaqil o‘rganish;
- faolligi, bilim orttirishi, ijodiy tashabbusi, mas’uliyati va tartibligini rivojlantirish;
- olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishni shakllantirish;
- mustaqil fikr yuritish, o‘z-o‘zini o‘stirish, o‘zining rejasini amalga oshirishni shakllantirish;
- tadqiqot qila olish qobiliyatini rivojlantirish.
Talabalar mustaqil ta’limining asosiy vazifasi mustaqil ravishda ma’lumotlar topish usuli bilan bilim olishni rivojlantirish, o‘quv jarayoniga ijodiy yondashishga faol qiziqishni shakllantirishdan iborat.
Talabalar mustaqil ravishda kurs ishlari, kurs loyihasi, bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlayotganlarida qo‘yilgan muammolarni chuqur tahlil qilib, o‘zlarining mustaqil asoslangan fikr va xulosalarini chiqarishlari kerak.
Mustaqil ta`lim bevosita mustaqil fikrlash bilan uzviy bog’liqligi sababli unga berilgan ta`rifni ham keltirib o’tish maqsadga muvofiq: «Mustaqil fikrlash - insonning o’z oldida turgan muammolarni maqsad va vazifalarini belgilagan holda o’z bilimi va hayotiy tajribalariga tayanib, turli yo’l, usul, vositalar yordamida, o’zining intellektual imkoniyatlari darajasida mustaqil ravishda hal qilishdan iborat bo’lgan aqliy faoliyatidir». Texonologik ta’lim yo’nalishi bo’yicha ta`lim olayotgan bo’lajak o’qituvchilarda mustaqil bilim olishga qiziqish va qobiliyatni pedagogik madaniyatni takomillashtirishga chorlovchi omil sifatida shakllantirish lozim. Muammoni hal etishning muhim omili sifatida Texonologik ta’lim yo’nalishi bo’yicha ta`lim olayotgan bo’lajak o’qituvchilardan pedagogik takomillashish, kasbiy bilimlarni chuqurlashtirish va malakasini oshirish talab etiladi. Texonologik ta’lim o’qituvchisi o’z bilimini mustaqil oshirish faoliyatini aniq bir maqsadga yo’naltirishi va bu maqsadga erishishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilishi kerak.
1. O’z bilimini mustaqil oshirish mazmunini Texonologik ta’lim o’qituvchisi mutaxassisligi bo’yicha pedagogik amaliyot o’tayotgan ta`lim muassasasining o’quv ustaxonasidagi aniq sharoitlarga, amaliyotning sharoitlari, talablariga moslashtirishi kerak.
2. Texonologik ta’lim o’qituvchisi ma`lum maqsad asosida va ma`lum tartibda o’zida quyidagi sifatlarni shakllantirib borishi kerak:
- talabalarning intilishlari, qiziqishlarini chuqur his qilish, tushunish, ularning ma`naviy ehtiyojlarini hisobga ola bilish;
- talabalar bilan emotsional aloqa o’rnatish, ularning aqliy, axloqiy va amaliy faoliyati tomonlariga faol ta`sir etish.
3. Texonologik ta’lim o’qituvchisi umumiy pedagogika, psixologiya, mehnat gigienasi va fiziologiyasi, texnika va texnologiya fanlari bo’yicha savollar ro’yxatini mustaqil o’rganib chiqishlari shart.
4. Texonologik ta’lim o’qituvchisi o’zining pedagogik mahoratini oshirish ustida ishlash tizimining eng samarali usullari, yo’llarini tanlab olishi, texnologik jarayon va texnik ob`ektlarni to’g’ri tanlab faoliyat ko’rsatishi kerak.
5. Texonologik ta’lim o’qituvchisi aniq sharoitlarni hisobga olgan holda va ularga mos tarzda individual holda yoki jamoa bilan birga o’z bilimini oshirish shakllaridan foydalanishi, amaliy mashqlar bajarishi maqsadga muvofiq.
6. Texonologik ta’lim o’qituvchisi o’z bilimlarini oshirishni doimiy ijodiy izlanishlar tarzida tashkil etish va ma`lum maqsadga yo’naltirish zarur. Buning uchun u:
- ijodiy izlanishlar jarayonini boshqarishga moyil bo’lishi;
- ijodiy izlanishlarning samaradorligi o’qituvchining pedagogik, psixologik va nazariy tayyorgarligiga bog’liq bo’lishini esda tutishi lozim.
Yuqoridagi fikrlar Texonologik ta’lim o’qituvchisining mustaqil ta`lim olishi yangicha ijodiy tafakkurga ega bo’lgan kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishini ko’rsatib turibdi.



Download 84.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling