Mavzu: Texnologiya fanida bilim,ko’nikma va malakalarini shakillantirish
Download 56.39 Kb.
|
Texnologiya fanida bilim,ko’nikma va malakalarini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Onglilik va faollik
Admin Xaydarov Farrux Dagarovich Dars ishlanma Mavzu: Texnologiya fanida bilim,ko’nikma va malakalarini shakillantirish Mavzu: Texnologiya fanida bilim,ko’nikma va malakalarini shakillantirish R E J A: 1.Onglilik va faollik. 2. Ilmiylik va tizimlilik. 3.Mustahkam va puxta o’zlashtirish. 4.Yosh va individual xususiyatni hisobga olish. 5.Unumli mehnat asosida o’qitish. Tayanch sozlar: didaktika, tamoyil, Onglilik va faollik, Ilmiylik va tizimlilik, Nazariya va amaliyot birligi, Ta`lim-tarbiya birligi, Ko’rsatmalilik, Mustahkam va puxta o’zlashtirish, izchillik, Yosh va individual xususiyatni hisobga olish Maqsad: Talabalarga mehnat ta`limining didaktik tamoyillari haqida ma`lumot berish va amaliy qo’llash haqida tushuncha hosil qilish. Natija: Mehnat ta`limining didaktik tamoyillari haqida talabalarda tushuncha hosil qilinadi va bilimlari oshiriladi. Onglilik va faollik-o’quvchi qilayotgan ishini mazmunini yaqqol tasavvur qilgandagina ishga ongli ravishda kirishadi. Bu tamoyil o’quvchilarda ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo’llash metodlarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik va o’quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq rivojlanadigan bo’lsin.O’qitishdagi onglilik tamoyili o’quvchilardagi ta`lim jarayonining aniq maqsadlarini tushunish, o’rganilayotgan dalil, hodisa, jarayonlar va ular o’rtasidagi bog`lanishni tushungan holda o’zlashtirib olish, o’zlashtirilgan bilimlarni amaliy faoliyatda qo’llay bilish kabi me`yorlarni anglatadi. Ilmiylik tamoyili-o’quvchilarga o’rgatish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, amalda sinab ko’rilgan ma`lumotlar berilishini talab etadi. Ularni tanlab olishda fan va texnikaning eng so’ngi yutuqlari va kashfiyotlaridan foydalanish kerak. Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, tafakkur rivojlanadi. Har bir darsda o’qitiladigan o’quv materialining ilmiy mazmuni keng va chuqur bo’lishi o’quvchida nafaqat bilim, balki tafakkur hosil qilishi hamda uning ijodiy qobiliyatini shakllantirishi kerak. Buning uchun esa o’qituvchi o’z ilmiy saviyasini izchil ravishda oshirib borishi zamonaviy pedogogik texnologiyalar, kashfiyotlar va ilmiy yangiliklardan xabardor bo’lishi lozim. O’quvchi o’rganayotgan bilimlar, albatta nazariy tasdiqlangan va amalda sinalgan bo’lishi kerak. Download 56.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling