Mavzu: Texnologiya fanida bilim,ko’nikma va malakalarini shakillantirish


Download 56.39 Kb.
bet3/3
Sana01.05.2023
Hajmi56.39 Kb.
#1418440
1   2   3
Bog'liq
Texnologiya fanida bilim,ko’nikma va malakalarini

Izchillik printspi-bu printsip elementar didaktika qoidalariga amal kilishni talab etadi:Oddiydan murakkabga,ma`lumdan no`malumga. Mavzularni o’tishda yoki texnologik muammolarni echishda o’qituvchi darsni shunday rejalashtirishi kerakki, o’quvchilarning hammalariga tushunarli bo’lsin. Bunda xam o’quvchilarni yosh va individual xususiyatlari xisobga olinishi kerak.
Politexnik printsip-bu printsip ta`lim tarbiyani ishlab chiqarish asoslari bilan bog`lab, ya`ni tanishtirib olib borishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Bu printsip orqali biz o’quvchilarni xalq xo’jaligiga kerak bo’lgan kasblar bilan tanishtiramiz.
Unumli mehnat asosida o’qitish printsipi-ayrim pedagogika nazariyotchiari o’qitishni unumli mehnat bilan qo’shib olib borib bo’lmaydi degan fikrni ilgari surgan edilar.Mehnat ta`limi darslarida bajariladigan ishlar mashq asosida olib borilsa etarli bo’ladi degan noto’g`ri fikrni ilgari surgan edilar.Lekin xayot shuni ko’rsatdiki bu fikr noto’g`ri ekanligini ya`ni o’quvchi o’z mehnatining yakunini ko’rgandagina unda mehnatga qiziqish xamda mehnat kishisiga xurmat ortishi isbotlangan.SHuning uchun xam meµnat ta`lim darslari unumli mehnat asosida olib borilmoqda.


Ta'lim sohasidagi asosiy printsiplar quyidagilardan iborat:
- ta'lim ustuvorligining tan olinishi;
- ta'lim olish shaklini tanlash erkinligi;
- ta'lim sohasida kamsitishlarga yo'l qo'yilmasligi;
- ta'lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta'minlanishi;
- ta'lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
- ta'lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
- ta'limning uzluksizligi va izchilligi;
- o'n bir yillik ta'limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni bir yil davomida
umumiy o'rta ta'limga tayyorlashning majburiyligi;
- davlat ta'lim standartlari va davlat ta'lim talablari doirasida ta'lim olishning hamma
uchun ochiqligi;
- o'quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
- insonning butun hayoti davomida ta'lim olishi;
- jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
- ta'lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
- bilimlilik, qobiliyatlilik va iste'dodning rag'batlantirilishi;
- ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg'unligi;
- ta'lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
Download 56.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling