Mavzu. Tezislar. Tezis turlari. Tezislar yozish uslubi Nazariy ma’lumot Tezis


Download 337.2 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi337.2 Kb.
#1405047
  1   2   3   4
Bog'liq
21-22 Mavzu


2 1- 22-mavzu. Tezislar. Tezis turlari.Tezislar yozish uslubi
Nazariy ma’lumot


Tezis – (yunoncha “thesis”) qoida, isbot degan ma’noni anglatadi. 1) keng ma’noda – bahsda yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr; 2) tor ma’noda – asosiy fikr, prinsip; 3) mantiqda isbot qilishni talab etuvchi fikr, mulohaza; 4) ma’ruza, ma’lumot, xabarning asosiy mazmunini qisqacha aks ettirish.
Tezis yozishda manbaning asosiy qoidalari yoki eng muhim fikrlari ajratib olinadi. Tezis, odatda, ilmiy maqolalar, ma’ruzalarning qisqacha, siqiq mazmunidir. U yozilishi jihatidan tezisli konspekt bilan mos keladi. Tezisda muallif maqoladagi fikrlarni aynan keltirish bilan birga, ko‘pincha o‘z munosabatini ham bildiradi. Tezisning hajmi eng ko‘p deganda 1-4 varaqdan oshmaydi. Lekin bu qat’iy chegara emas. Ba’zi ilmiy-tadqiqot masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalarning tezisi kattaroq hajmda ham bo‘lishi mumkin.

Tezislar qisqa shakllantirilgan asosiy qoidalar, muallif yoki ma'ruzachi o'z ishida yoki nutqida rivojlantirishi, isbotlashi, himoya qilishi yoki rad etishi mumkin bo‘lgan fikrlaridir.


Tezislar oddiy, asosiy va murakkab bo‘ladi.

Asosiy - bu muhim, asosiy qoidalar, manba mazmunini umumlashtiruvchi, ba’zan xulosa xarakteriga ega bo‘ladi. Iqtiboslardan tuzilishi mumkin, oddiy tezislardan farqli o‘laroq, ko‘pincha mustaqil ravishda shakllantiriladi.
Sodda - bu asosiy fikrlar, ba’zan konspekt, referatning ajralmas qismi hisoblanadi. Sodda tezislar har qanday asarda, uning biron bir qismida juda ko‘p bo‘ladi, asosiylarini esa bir nechta sanash mumkin, bundan tashqari, asarning har bir qismidan ham ularni ajratib olish mumkin emas. Oddiy tezislarni asarning barcha qismlaridan, uning umumiy yo‘nalishidan qat’iy nazar, hatto u bilan dastlabki tanishishda ham ajratish mumkin. Aksincha, asosiy tezislarni butun asar bilan tanishishdan keyin muvaffaqiyatli tuzish mumkin. Har bir asosiy tezisga bir nechta (ba’zan juda ko‘p) asosiy tezisni ochuvchi va tushuntiruvchi oddiy tezislar tuzish mumkin.
Murakkab - ikki turdagi tezisni (sodda va asosiy) o‘z ichiga olgan yozuv. Murakkab rejada asosiy punktlardan keyin kichik punktlar kelgani kabi, murakkab tezislarda asosiy tezislardan keyin mazmunini ochib beruvchi, tushuntirib beruvchi oddiy tezislar keladi.

Download 337.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling