Mavzu: Tezlik vektori uyurma va tezlik divirgensiyasi berilganda hisoblash. Topshirdi
Download 256.72 Kb.
|
Ilyos kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:Tezlik vektori uyurma va tezlik divirgensiyasi berilganda hisoblash. Topshirdi
- Vektor maydon uyurmasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Urganch Davlat Universiteti Fizika matematika fakulteti mexanika va matematika modellashtirish yo’nalishi 201-guruh talabasi Quromboyev IlyosningTutash muhitlar mexanikasi fanidan KURS ISHI Mavzu:Tezlik vektori uyurma va tezlik divirgensiyasi berilganda hisoblash. Topshirdi: Quromboyev Ilyosbek Kurs ishi rahbari: Sharipova Shohista Urganch-2022 Reja: Kirish. Asosiy qism. 2.1. Vektor maydon uyurmasi 2.2. Vektor maydon uyurmasi xossalari 2.3.Vektorning divergensiyasi tushunchasi Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Vektor va tenzor tushunchalari bu mexanikaning asosini tashkil etuvchi tushunchalar hisoblanib, bu tushunchalarsiz mexanikani tasavvur qilib bo’lmaydi.vektor va tenzor analizi fanida talabalar vektor va tenzor tushunchalari, ular ustida amallar, vektor va skalyar maydonlar tushunchalari, maydonlar nazariyasida qo’llaniladigan birinchi tartibli operasiyalar bilan tanishib chiqadilar. Nazariy fizikaning birinchi galdagi vazifasi hodisalarning o’zarо bоg’lanishlari va ularning qоnuniyatlarni оchib berish yoki aniqlash bo’lsa, uning navbatdagi o’ziga хоs tоmоni-ana shunday bоg’lanish va qоnuniyatlarni matematika tilida bayon qilishdir. Matematika nazariyotchi uchun tayyor ish qurоllari to’plami vazifasini bajaradi. Jumladan, vektоrlar hisоbi ham shunday qurоllardan biri sanalib, u asоsan fiziklar tоmоnidan tatbiq etilgan va rivоjlantirilgan. Vektоr hisоbi bevоsita ko’rgazmali mazmunga ega bo’lib, fizikaning bir qatоr qоnunlari faqat vektоrlar tilida o’zining aniq ifоdasini tоpa оlgan. Tutash muhitlar mexanikasi fani zamonaviy texnikaning turli murakkab texnik jarayonlarini, mexanik harakatlarini o’rganish, ularni matematik nuqtai nazardan tasavvur qilish, tutash muhit modellarini tuzish va unga oid masalalarni yechish uchun nazariy asos bo’ladi hamda nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Tutash muhitlar mexanikasi (TMM) kursini o’qishdan maqsad mexanika yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarga ushbu yo’nalishning negizini tashkil qiluvchi fanlardan biri-TMMning fundamental asoslarini berish. Tutash muhitlar mexanikasi fani vazifasi quyida keltirilgan dastur doirasida talabalarga chuqur nazariy bilim berish va muayyan ko’nikmalar hosil qilish hamda maxsus fanlar bloki tarkibida o’qitiladigan kurslarni o’zlashtirishlari uchun yetarli bilim berish hisoblanadi. TMM predmetni tinglagan talabalar deformasiyalar va kuchlanishlar nazariyalarini puxta o’zlashtirgan bo’lishlari, tutash muhitning klassik modellari to’g’risida kurs dasturi doirasida bilimga ega bo’lishlari, TMMning asosiy tenglamalarini va termodinamikaning asoslarini bilishi kerak. Tutash muhit klassik modellari harakati uchun to’la tenglamalar sistemasi mavjud bo’lgan hollarni bilishlari va ularga misol tariqasida qaralgan masalalarni matematik yechish usullarini o’zlashtirgan bo’lishlari hamda mazkur yechimlarni tahlil qila olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. Tutash muhitning murakkab (noklassik) modellarini tuzish zaruriyatini tushunishlari va muayyan modellar haqida ma’lum tushunchaga ega bo’lishlari kerak. Tutash muhit kinematikasi, deformasiyalar va kuchlanishlar nazariyasi va TMM kursining boshqa barcha qismlariga oid misol va masalalar yecha olish malakalariga ega bo’lishi kerak. Tutash muhitlar mexanikasi kursini o’qitishdan maqsad mexanika yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarga ushbu yo’nalishning negizini tashkil qiluvchi fanlardan biri TMMning fundamental asoslarini berishdir. Kursning vazifasi quyida keltirilgan dastur doirasida talabalarga chuqur nazariy bilim berish va muayyan ko’nikmalar hosil qilish, ular yo’nalishning maxsus fanlar bloki tarkibida o’qitiladigan kurslarni o’zlashtirishlari uchun yetarli bilim berish Fanni o’zlashtirishda qo’yiladigan talablar Davlat ta’lim standartidagi malakaviy tavsifga muvofiq ishlab chiqiladi va quyidagicha bayon etiladi. Fanni o’zlashtirgandan keyin talaba: - tutash muhit gipotezalari, xossalari va harakat qonunlari; mexanika fani turli fizik xodisalar va jarayonlarni o’rganishning ilmiy nazariy asosi ekanligi, uning tushuncha va tasavvurlarining umumiyligi haqida tasavvurga ega bo’lishi; - tutash muhitlar mexanikasining asosiy tushunchalari va usullari; termodinamik faktorlar hisobga olingan va hisobga olinmagan hollardagi tutash muhit klassik modellari; tutash muhit kinematikasi; deformasiya nazariyasi; kuchlanish nazariyasi va tutash muhit asosiy tenglamalari; deformasiya, kuchlanish va ko’chish masalalarini yechish va ularni muvozanat holati, deformasiyalanuvchan jismlarning (suyuqlik, gazsimon aralashmalar va qattiq jismlar) kuchlanganlik masalalariga qo’llashni bilishi va foydalana olishi; - texnik masalalarni yechish uchun mos keladigan klassik tutash muhit modellarini tanlay olish va ularga tutash muhit asosiy qonunlari, xossalarini qo’llay olish; olinga natijalarni tahlil qila bilish malakasiga ega bo’lishi kerak. TMM fani nazariy mexanika, algebra, tenzor analizi, matematik analiz, analitik va differensial geometriya, differensial tenglamalar, matematik fizika tenglamalari fanlari bilan bog’liqdir. Bu fanlar talabalarning TMM fanini chuqur o’zlashtirishlari uchun zarur fanlar hisoblanadi. Shuningdek, xisoblarni zamonaviy usullarda bajara olishlari uchun talabalar dasturlash va informatika fanini ham o’zlashtirib, turli texnik obyektlar hisobotini shaxsiy kompyuterlarda bajara olishlari uchun dastur tuzishlari hamda uni amaliy bajara olishlari kerak. Bunda asosan, talabalar ma’ruzalar matnlarini yaratish, uni labaratoriya ishlari bilan birgalikda olib borish hamda amaliy mashg’ulotlarni shaxsiy kompyuterlarda bajarish ko’nikmalarni hosil qilish kerak. Download 256.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling