Mavzu: Tijorat banklarinig faktoring operatsiyalari (4 soat) reja: 1


Faktoring operatsiyalarining samaradorligi qo‘yidagi mezonlar asosida aniqlanadi


Download 124.37 Kb.
bet3/11
Sana11.05.2023
Hajmi124.37 Kb.
#1454466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tij.fak.operat.

Faktoring operatsiyalarining samaradorligi qo‘yidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
1. Tijorat banklari va faktor kompaniyalarining faktoring operatsiyalaridan oladigan daromadlarining barqarorligi.Faktoring operatsiyalaridan olinadigan daromadlarning barqarorligini aniqlashda uning darajasini oldingi davrlarga nisbatan barqaror sur’atlarda o‘sish yoki o‘zgarmasdan barqaror darajada qolishi hisobga olinadi. Buning iqtisodiy tahlilning qiyosiy va trendli tahlil usullaridan keng foydalaniladi. Masalan tijorat banklarida faktoring operatsiyalarining daromadliligini aniqlashda ushbu daromadlar bankning kredit operatsiyalaridan olingan daromadlarining jami summasiga bo‘linadi va olingan natija 100 foizga ko‘paytirilib, faktoring kreditlarining daromadlilik darajasi aniqlanadi. Ushbu ko‘rsatkichning barqarorligini baholash uchun qo‘yidagi tartibda qiyosiy tahlil usulidan foydalaniladi:
- ko‘rsatkichni boshqa banklarning shu ko‘rsatkichi bilan taqqoslash;
- ushbu ko‘rsatkichning joriy davrdagi darajasi oldingi davrlardagi darajalari bilan taqqoslanadi.
Faktoring operatsiyalarining samaradorligini aniqlashda iqtisodiy tahlilning trendli tahlil usuli ham muhim o‘rin tutadi. Chunki, trendli tahlil usuli orqali faktoring operatsiyalaridan olingan daromadlarni o‘zgarish tendensiyasi aniqlanadi.
2. Faktoring operatsiyalari orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning debitor qarzdorligini pul mablag‘lariga aylanish darajasini oshishi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning debitor qarzdorligini pulga aylanish darajasini tavsivlovchi ko‘rsatkich bo‘lib, debitor qarzdorlikni aylanish koeffitsienti hisoblanadi. Ana shu koeffitsientning darajasiga faktoring kreditlarining ta’siri ushbu kreditlarning samaradorligini baholash imkonini beradi.
3. Faktoring kreditlarining o‘sish sur’ati bilan ulardan olingan daromadlarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblik.
Agar faktoring kreditlaridan olingan daromad so‘mmasining o‘sish sur’ati faktoring kreditlari summasining o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lsa yoki teng bo‘lsa, u holda, faktoring operatsiyasi samaradorligini talab darajasida deb hisoblash mumkin.
Kreditlari so‘mmasining o‘sish sur’atidan past bo‘lsa, u holda, faktoring operatsiyasining samaradorligi talab darajasida emas, deb hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda:
- iqtisodchi olimlar tomonidan faktoringning ilmiy - nazariy asoslari chuqur tadqiq etilgan hamda tegishli xulosalar va tavsiyalar shakillantirilgan;
- ko‘pchilik iqtisodchi olimlar tomonidan faktoringga xos bulgan muxim xususiyat, ya’ni jo‘natilgan tovarlar bo‘yicha yuzaga kelgan debitor qarzdorlikni sotib olishning zarurligi e’tirof etilgan;
- faktoring bo‘yicha sessiya shartnomasi faktoring shartnomasiga nisbatan xosilaviydir;
- faktoring operatsiyalarida kredit riski darajasi tovar xujjatlarini qaysi shart asosida sotib olinishiga bevosita bog‘liq bo‘lib hisoblanadi. Bu esa, faktoringga ta’rif berishda tovar xujjatlarini sotib olish shartlarini aniq ifoda etishni taqozo etadi. YUqorida ta’kidlab o‘tganimizdek faktoring operatsiyasining asosiy maqsadi mijozlarining karzdorligini o‘z vaqtida inkasso qilish, to‘lovlarini o‘z muddatida olib borish, shubxali qarzdorliklarini paydo bo‘lishini oldini olish, mijozlarining likvidligini oshirish va ularning moliyaviy xatarini pasaytirishdan iboratdir.



Download 124.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling