Mavzu: Tijorat banklarinig faktoring operatsiyalari (4 soat) reja: 1


Korxonalarni debitorlik qarzlarini qisqartirishda faktoring operatsiyalarining o‘rni


Download 124.37 Kb.
bet7/11
Sana11.05.2023
Hajmi124.37 Kb.
#1454466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tij.fak.operat.

Korxonalarni debitorlik qarzlarini qisqartirishda faktoring operatsiyalarining o‘rni.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan xujalik sub’ektlarida juda katta hajmdagi debitorlik-kreditorlik qarzdorligini mavjudligi. Bu salbiy holat esa ko‘p hollarda to‘lov intizomini asossiz ravishda bo‘zganlik uchun yuzaga kelgan.O‘zbekiston Respublikasi xududida faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘plab xujalik sub’ektlarida haddan tashqari ko‘p tovar zaxiralari va tayer mahsulotni to‘planib qolganligi:Faktoring operatsiyasi faktoring firma (bank) tomonidan mijoz to‘g‘risida, ya’ni uni to‘lovga qobiliyatligi, balansisini likvidligi, ishlab chiqargan mahsulotlarini sotib oluvchi xaridorlarining moliyaviy holati, debitor qarzdorligi va shunga uhshash moliyaviy ma’lumotlarni to‘liq, haqqoniy va o‘z muddatida olishlikni talab etadi. Lekin, shuni qayd etish lozimki hozirda respublikamizda faoliyat ko‘rsatietgan juda ko‘plab xujalik sub’ektlari tomonidan xujalik-moliyaviy holati to‘g‘risida xaqqoniy va oshkora ma’lumot berish tajribasi yo‘lga qo‘yilmagan.Yuqorida qayd etib o‘tgan salbiy omillar respublikamiz tijorat banklari tomonidan faktoring operatsiyasini amaliyotga kirish hamda rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda. Bizning fikrimizcha ushbu salbiy holatni bartaraf etish maqsadida qo‘yidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan mamlakatimizda xujalik yurituvchi korxonalarda debitorlik kreditorlik qarzdorligini inventarizatsiya qilish va aniqlangan o‘zaro qarzdorlikni o‘zaro singdirish hamda da’vo muddati o‘tganlarini (O‘zbekiston Respublikasi Fukorolik kodeksining 157 moddasiga asosan respublikamizda debitor-kreditor qarzdorlikning da’vo muddati 3 yil deb belgilab qo‘yilgan) majburiy ravishda korxonaning foydasiga (kreditorlik qarzi) yoki zarariga (debitorlik qarz) olish to‘g‘risida mahsus qaror ishlab chiqish lozim. Ushbu qarorni ishlab chiqarilishi va amaliyotga kiritilishi respublikamizdagi juda ko‘plab korxonalardagi o‘zaro qarzdorlikni keskin ravishda qisqartirishga olib keladi. Bu holat esa tijorat banklari tomonidan faktoring operatsiyasini olib borishdagi o‘ziga xos salbiy to‘siqni olib tashlaydi deb hisoblaymiz.O‘zbekiston Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan xujalik sub’ektlari tomonidan ular o‘zlari to‘g‘risida xujalik-moliyaviy holati to‘liq, haqqoniy ma’lumot oshkoraligini amaldagi qonunchilik asosida tartibga solish lozim. Bu xolat esa tijorat banklarida faktoring shartnomasida ishtirok etayotgan mijozlar to‘g‘risidagi haqqoniy, to‘liq ma’lumotni olish imkoniyatini beradi va bu bilan faktoring operatsiyasidagi pasayadi. SHuni ta’kidlash lozimki, faktoring shartnomasida ishtirok etayotgan sub’ektning biri bankning mijozi bo‘lmasligi mumkin shuning uchun, bizning fikrimizcha, respublikamiz bank tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan (mulkchilik shaklidagi qat’iy nazar) tijorat banklarida mijozlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bazasini yaratish va lozim vaqtda bu ma’lumotlardan (faktoring shartnomasi tuzilayotgan vaqtda) rasmiy ravishda o‘zaro foydalanishlikni amaliyotga kiritish lozim. Bu xolat faktoring shartnomasini imzolayotgan tijorat bankiga xar ikkala (o‘z mijozi hamda ishtirok etayotgan begona mijoz) mijoz to‘g‘risida tezkor va haqqoniy ma’lumot olish imkoniyatini yaratadi hamda bank uchun kredit xatarini kamaytiradi.Faktoring krediti kompaniyalar o‘rtasidagi debitor- kreditor qarzdorlikni qisqartirishning ishonchli vositasi va tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning mustaqil shakli bo‘lib hisoblanadi. Banklar tomonidan ko‘rsatilayotgan faktoring xizmatlari xajmini oshirish tijorat banklarining etarli darajada resurs bazasiga ega bulishini taqazo etadi va ularning joriy likvidlilik darajasini talab darajasida bo‘lishini taqozo etadi.Tijorat banklarining depozit va kapital bazalarining barqaror bo‘lishi ularning resurs bazasini mustahkam ekanligidan dalolat beradi. Banklarning depozit bazasini barqarorligi deganda, odatda, ularning jami depozitlari hajmida talab qilib olinadigan depozitlar salmog‘inining 30 foizdan oshmasligi e’tirof etiladi.Banklarning joriy likvidliligini talab darajasida bo‘lishi deganda ularning joriy likvidlilik koeffitsienti 30 foizdan past bo‘lmasligi tushuniladi.Xorijiy davlatlar faktoring kompaniyalari vakillarining ma’lumotlariga ko‘ra, tovarni ishlab chiqaruvchi va uni etkazib beruvchilar faktoring kompaniyalari uchun xizmat ko‘rsatish soxalari korxonalariga qaraganda ishonchliroq mijozlar hisoblanar ekan, chunki agar yuklab junatilgan tovarlarni sotib olishga rozilik bildirmagan holatda uni boshqa iste’molchiga (albatta, nisbatan past bahoda) sotib yuborish mumkin, ko‘rsatilgan xizmatni esa boshqa iste’molchiga o‘tkazishning imkoni yo‘q. Bu holat faktoring kompaniyalari tijorat riskining usishida o‘z aksini topadi. Aynan shu uchun, faktoring kompaniyalari uchun umumiy tarzda tayyorlangan mahsulot ostidagi operatsiyalar mahsus buyurtmadagi maxsulotga nisbatan ishonchlirokdir.

Download 124.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling