Mavzu: Tijorat banklarinig faktoring operatsiyalari (4 soat) reja: 1


O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan mijozlarga berilgan faktoring kreditlari darajasi va dinamikasi


Download 124.37 Kb.
bet8/11
Sana11.05.2023
Hajmi124.37 Kb.
#1454466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tij.fak.operat.

O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan mijozlarga berilgan faktoring kreditlari darajasi va dinamikasi

Ko‘rsatkichlar

2018y

2019y

2020y

2021y

Bank tomonidan berilgan faktoring kreditlari, mlrd.sum

52,0

31,0

42,7

53,2

Banklar tomonidan
berilgan kreditlar xajmi, trln.sum

10,0

11, 1

11 ,446

13, 25

Faktoring kreditlaring
Bankning brutto kreditlari hajmidagi salmog‘i,%

0,8

0,33

0,37

0,4

Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2018- 2021 yil holatini qarab chiqsak, 2018 yildan boshlab respublikamiz tijorat banklari tomonidan berilagn faktoring kreditlari oshib bormoqda va brutto kreditlari hajmidagi salmog‘i ham 2021 yilga kelib 0,4 foizni tashkil etgan. Faktoring operatsiyalariga nisbatan samaradorlikni aniqlashning umuiy uslubiyotini aniqlash muammosi hozirgi kunda dolzarb ahamiyatga ega. Mazkur jarayonda faktoring operatsiyalari samaradorligini aniqlashning «qiyosiy uslubini» tavsiya etish mumkin, yanada aniqroq tarzda ushbu tavsiya qo‘yidagicha ifodalanadi: faktoring operatsiyalarini qo‘llashdan bank va mijoz oladigan yutuq va kamchiliklarni tijorat banklarining bo‘nga turdosh pasaygan. Ushbu pasayish mazkur davr mobaynida brutto kreditlar miqdorining o‘sish sur’atini faktoring kreditlari miqdorining o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lganligi bilan izohlanadi va bankning faktoring operatsiyalarini rivojlantirish nuqtai- nazaridan salbiy holat hisoblanadi.Faktoring operatsiyalarini o‘tkazish tartibining qanday bosqichlarda amalga oshiriliga asoslanganligi ham ularning samaradorligini oshirishi yoki pasaytirishga o‘ziga xos ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Bunga amalga oshirilgan faktoring operatsiyalarini hisobga olishning ham ishlab chiqilgan mexanizmi, uning murakkabligi yoki soddaligi, oddiyligi kabilar katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu mazkur turdagi operatsiyalarni o‘tkazishdan olinadigan foydaning banklarning boshqa turdagi hisob- kitob va kredit operatsiyalarini amalga oshirishdan olinadigan foydadan qiyosiy jixatdan farq kilishi bilan aniqlanadi.Faktoring kreditlari uchun ta’minot sifatida qabul qilinadigan garov ob’ektlari yuqori likvidli bo‘lishi lozim. CHunki, faktoring kreditlarida risk darajasi yuqori bo‘lganligi sababli, ularni sundirishda garov ob’ektini sotishdan foydalanish ehtimoli yuqori.Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasida yuqori likvidli garov ob’ektlarning etishmasligi muammosi mavjud. Halqaro bank amaliyotida yuqori likvidli garov ob’ektlariga er, hukumatning qimmatli qog‘ozlari, to‘lov hukumat tomonidan kafolatlangan qimmatli qog‘ozlar, oltin va boshqa nodir metallar kiradi. O‘zbekistonda esa, birinchidan, er davlatniki bo‘lganligi sababli garov ob’ekti bo‘la olmaydi; ikkinchidan, oltin va boshqa nodir metallar savdosiga nisbatan davlat monopoliyasi mavjud bo‘lganligi sababli xujalik yurituvchi sub’ektlarning balansida ular mavjud emas; uchinchidan 2005 yildan bo‘yon O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti profitsit bilan bajarilmoqda. Shu sababli, hukumat tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarning hajmi kichik.

Download 124.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling