Mavzu: Tijorat banklarinig faktoring operatsiyalari (4 soat) reja: 1


Tijorat banklarida faktoring operatsiyalarini rivojlantirish masalalari


Download 124.37 Kb.
bet9/11
Sana11.05.2023
Hajmi124.37 Kb.
#1454466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tij.fak.operat.

Tijorat banklarida faktoring operatsiyalarini rivojlantirish masalalari
Respublikamiz tijorat banklarining faktoring operatsiyalai samaradorligini amalga oshirish maqsadiga muvofikdir. Faktoring kreditlarining ta’minoti sifatida oson sotiladigan va bozor sohasini aniqlash imkoni bo‘lgan ob’ektlar garov sifatida olinishi zarur. Shunday garov ob’etlari borki, ularning respublikamizda bozori mavjud emas. Shu sababli, ularning bozor bahosini aniqlash qiyin. Masalan, taransformatorlar, avtomatika qo‘rilmalari kabilardan iborat. Faktoring kreditlarining garov ob’ektlari va beriladigan kreditning miqdori o‘rtasidagi marjinal qiymat har bir tijorat bankining Kredit siyosatida aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Aks holda, banklarning garov siyosatida chalkashliklar, tushunmovchiliklar yuzaga keladi.Global inqiroz natijasida mijozlarning ayrim toifalarida pul oqimining zaiflashuvi ko‘zatildi. Bu esa, ularning kreditlarni qaytarish imkoniyatini sezilarli darajada pasaytiradi. Bu toifadagi mijozlarga faktoring kreditini tovarlar xujjatlarini regress huquqisiz sotib olish asosida berilishi kredit riski darajasini keskin oshishiga olib keladi.Tijorat banklarining Kredit siyosatida yoki alohida yo‘riqnomada tovarlarning xujjatlarini regress xuquqi bilan v regress huquqisiz sotib olish shartlarini aniq aks ettirilish maqsadga muvofiqdir.
Bunda qo‘yidagi shartlar o‘z aksini topgan bo‘lishi zarur:
- regress huquqi bilan sotib olinadigan xujjatlar bo‘yicha bankning diskont stavkasi;
- regress xuquqisiz sotib olinadigan xujjatlar bo‘yicha bankning diskont stavkasi;
- qaysi toifadagi mijozlar uchun tovarlaning xujjatlari regress huquqi bilan sotib olinadi;
- qaysi toifadagi mijozlar uchun tovarlarning xujjatlari regress huquqisiz sotib olinadi.
Mazkur shartlarni banklarning Kredit siyosatida o‘zining aniq ifodasini topishi faktoring operatsiyalarining samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi, operatsiyalarni amalga oshirish jarayoning shaffofligini oshiradi.
Agar tijorat banklarida ishonchli, to‘lovga qobillik darajasi yuqori bo‘lgan mijozlar guruxi to‘g‘ri shakillantirilsa, ushbu holat bank tomomnidan regress huquqisiz xujjatlarni sotib olishga asoslangan faktoring kreditlari hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. O‘z navbatida, mazkur shart asosida berilgan faktoring kreditlari tijorat bankiga katta daromad keltiradi.Mijozlarning to‘lovga qobilligini aniq va to‘g‘ri baholash usun tijorat banklarining ekspertlari, analitiklari yuqori darajadagi bilim va professional ko‘nikmalariga ega bulishlari lozim. Buning uchun ular doimiy ravishda o‘z ustida ishlashlari, etakchi malaka oshirish markazlari va xorjiy banklarda amaliyot o‘tab turishlari zarur. Tijorat banklarining ishonchli, moliyaviy barqaror bo‘lgan mijozlr guruxiga halqaro faktoring xizmati kusatish yo‘li bilan faktoring operatsiyalari miqdori va daromadliligini oshirish zarur.

Download 124.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling