Mavzu: Tijorat banklarining yangi xizmat turlari (4 soat) reja
Mijozlarga ish joyida va uyida xizmat ko‘rsatish
Download 269.47 Kb.
|
Yangi xizmat turlari
Mijozlarga ish joyida va uyida xizmat ko‘rsatish.
Hozirgi paytda O‘zbekiston banklari bank xizmatining yangi turini, ya’ni elektron texnikasidan foydalanishi asoslangan bank operatsiyalarini mijoz uyida ko‘rsatishni joriy etmoqda. Elektron bank xizmatlari tizimidan o‘z o‘ylarida foydalanuvchi mijozlar zarur uskunalarni oladilar, bank esa mijozlarni uy terminallari uskunalari va zarur dasturiy ta’minotlarni olish bo‘yicha maslahatlar beradi. Bunday tizimlar bank mijoziga shaxsiy kompyuterlar, monitor ekranlari yordamida bank kompyuterining telekommunikatsion aloqa kanaliga bog‘laydi. Har bir operatsiyaning boshlanashidan oldin hisob egasi tizimga noqonuniy kirib qolishlarga qarshi himoya kodining «kaliti»dan foydalanishadi. Bu tizimdan foydalanish joriy hisob raqamlarini, omonatlarni mijozning byudjet bilan o‘zaro hisob- kitoblarini, to‘lov va jamg‘arma hisoblarini boshqarish imkoniyatini yaratadi.Shaxsiy kompyuterni bank kompyuter tizimiga bog‘lash qo‘yidagi operatsiyalarni bajarish uchun imkoniyat yaratadi: joriy kun hisobi bo‘yicha balansni olish, qoida va yo‘riqnomalarning detallari bilan tanishish; tegishli davr mobaynida hisobdagi pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida hisobot olish; tovar va xizmatlar uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish; qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish. Yuqorida qayd etganimizdek, hozirgi paytda respublikamiz tijorat banklari «Bank - mijoz» tizimi bo‘yicha o‘z mijozlariga uylariga va ishxonalariga bank xizmatlarini ko‘rsatishni taklif qilmoqda.Mijozlar-tizimdan foydalanuvchilar bankdan disket vaparolni oladilar hamda shundan so‘ng to‘lov topshiriqnomasinito‘ldirishlari va elektron imzo chyokilgandan so‘ng modem bo‘yichabankkayuborishlari mumkin. Bankda hujjatlar qabulqilinadi, tekshiriladi va kamchiliklar topilmasa, mijozning hisobidan pul mablag‘lari avtomatik ravishda ko‘chiriladi.«Bank-mijoz» tizimi: to‘lov hujjatlarini bankka o‘zatish; mijozning hisobidan ko‘chirmalar olish; mijozlarning hisobiga pul mablag‘larini kelib tushishi bo‘yicha to‘lov hujjatlarini nusxasini olish; bank bilan elektron matnli xabarlar orqali axborot almashinish; axborot tariqasidagi ma’lumotlarni olish."Bank - mijoz" tizimi ko‘p darajli himoya vositasiga ega va o‘zatilayotgan ma’lumotlarni maxfiyligi va saqlanishini, xaqqoniyligini ta’minlaydi.Yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lgan bank mijozi uchun bunday tizimdan foydalanuvchilar qatoriga kirishdan asosiy moment tizim xizmatidan foydalanganlik uchun xaq to‘lashdir.Elektron bank xizmatlarining bu turini asosiy ustun tomoni har qanday ma’lumotli sutkaning har qanday vaqtida boshqa imkoniyatlardan foydalangan holda olishdir.Banklar uchun bu tizimning qanday samara keltirishini baholash juda qiyin: bir tomondan, bu bino, inshootlarni, shtatlarni, qog‘ozli hujjat oborotini va boshqalarni qisqartirish, ikkinchi tomondan, mijozlarning foizlar keltirmaydigan schyotiga tegishli pul mablag‘larini daromad keltiradigan schyotlarga tez ko‘chirish natijasida turli yo‘qotishlarni oldini olishdir. Bunday xizmatlarni ko‘rsatayotgan chet el banklari va boshqa moliya - kredit institutlari tomonidan bo‘layotgan raqobat ham jiddiy tahmini talab etadi. Download 269.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling