Mavzu: Tijorat banklarining yangi xizmat turlari (4 soat) reja
Download 269.47 Kb.
|
Yangi xizmat turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
- To‘rtinchidan
Birinchidan, internet global tarmog‘idan foydalanuvchilar soni ko‘payib borayotganligi.
Ikkinchidan, internet global tarmog‘i orqali sotiladigan bank mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanuvchilar soni ko‘payib bormoqda. Internetdan faol foydalanuvchilarning bu qadar tez ko‘payib borayotganligi banklarga global tarmoq yordamida tarqatiladigan bank mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanuvchilar sonini jadal sur’atlar bilan ko‘paytirib borish imkonini bermoqda. Uchinchidan, mijozlarga internet tarmog‘i orqali bank xizmatlari ko‘rsatilganida chiqimlar ancha kamayadi. Masofadan bank xizmati ko‘rsatishni internet orqali sotish uchun bank kam deganda internet global tarmog‘ida o‘zining hozir bo‘lishini ta’minlashi, ya’ni o‘zining «virtual ofisini» ochishi kerak. Bu ofis orqali mijoz bank-mijoz yoki kompyuter buyurtmalari tizimining mijozlar qismi distributlarini o‘ziga o‘tkazib olishi yoki agar tizim mijozda biron-bir qo‘shimcha dasturiy ta’minotni o‘rnatish zaruratisiz amalga oshirilgan bo‘lsa, internet-bankka kirishi mumkin. Bundan tashqari, bank mijozlarga xizmat ko‘rsatadigan serverni o‘rnatishi, avtomatlashtirilgan bank tizimidagi mijozlar qismidan axborot uzatish uchun shlyuzlar yaratishi talab qilinadi va h.k. Bu esa qo‘shimcha xarajatlar bilan bog‘liq. Lekin, bank masofadan bank xizmati ko‘rsatishni internet global tarmog‘i orqali amalga oshirish uchun qiladigan hamma xarajatlar bir nechta bank bo‘limini ochishga qaraganda ancha kam, vaholanki, internet orqali xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar soni real bank bo‘limlari mijozlarining sonidan bir necha baravar ortiq bo‘lishi mumkin. Snuningdek, bank kapital qurilish xarajatlarini qisqartirishi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar shtatini kamaytirishi, filiallar tarmog‘ining bir qismini jismoniy shaxslar bilan qilinadigan ortiqcha kam daromadli operatsiyalardan ozod qilishi mumkin. To‘rtinchidan, elektron tijorat rivojlanishi bilan jismoniy shaxslarga internet orqali bank xizmati ko‘rsatish zarurligi. Elektron tijorat rivojlanishi internet orqali mahsulot xarid qilinganida haq to‘lash mexanizmlarini ishlab chiqishga sabab bo‘ldi. Dastlab, internet orqali tovar va xizmatlar haqini to‘lash uchun kredit va debet kartochkalaridan foydalanildi (kartochkaning rekvizitlari buyurtma bilan birga sotuvchiga jo‘natiladi). 90-yillarning o‘rtalaridan boshlab, to‘lovlarni amalga oshirish uchun internetda internet-bank turidagi tizimlardan foydalanila boshlandi. Biroq, bank xizmatlarini ko‘rsatish shakllarigina o‘zgarib qolmasdan, internet tarmog‘ida elektron tijoratning rivojlanishi, hatto, pul mablag‘larining evolyusiyasiga ham ta’sir etdi – cheklar va banknotlarning o‘xshashi bo‘lgan «elektron pullar» (E-money) paydo bo‘ldi. YUqorida sanab o‘tilgan dalillarning hammasi internet orqali bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim qilish yo‘li onlayn rejimida amal qilayotgan boshqa yo‘llarga qaraganda g‘oyat istiqbolli deyish imkonini beradi. Global tarmoqda bank operatsiyalari hajmlarining ko‘payishida internet orqali ko‘rsatiladigan aloqa xizmatlari bahosining arzonligi muhim rol o‘ynamoqda, u an’anaviy kanallardan (Teleks, SVIFT, o‘xshash ixtisoslashgan telekommunikatsiya tarmoqlari va boshqalar) foydalanishga qaraganda ancha arzon. Internet eng arzon aloqa kanallaridan biri bo‘lganligidan, undan foydalanish bank ancha qimmat aloqa kanallarini ishlatayotgan barcha hollarda maqsadga muvofiqdir. Xususan, banklar internetdan internet-bank tizimlari faoliyati uchun ham, ichki ehtiyojlar uchun ham foydalanishi mumkin. Masofadan bank xizmati ko‘rsatish doirasida internet-bank va mijoz-bank tizimlari orqali onlayn rejimida taklif qilinayotgan qulay bank xizmatlari va mahsulotlari ro‘yxati ancha xilma-xil. Deyarli barcha banklarda mijozga joriy hisobvaraqning holatini tekshirish, pul jo‘natmalarini amalga oshirish, elektron hisobvaraqlar bo‘yicha pul to‘lash imkoniyati beriladi. Murakkabroq tizimlar mijozlarga kredit (ssuda) olish uchun buyurtma tuzish, o‘z hisobvaraqlariga doir axborotni o‘z kompyuteriga kiritish, qo‘shimcha bank kartochkasi chiqarishning tashabbuskori bo‘lish yoki muddatli depozit ochish imkonini beradi. Ushbu xizmatdan foydalanish qulayligi mijoz uchun ham, bankning o‘zi uchun ham shubhasizdir: - bank mijozi hisobvaraqlar, shu jumladan kommunal xisobvaraqlar bo‘yicha o‘zi uchun qulay bo‘lgan har qanday paytda pul to‘lashi va jarima, penyalardan holi bo‘lishi mumkin; - odatda, kommunal xizmatlar haqi internet-bank va mijoz-bank tizimlari yordamida to‘langanida, mijozga to‘lov summasining 1 foizidan 5 foizigacha miqdorda kichikroq diskont beriladi. Bunda bank hujjatlar aylanishi va o‘z xodimlarining vaqtidan tejalgan mablag‘lar hisobidan vositachilik xaqini to‘laydi; - rivojlanib borayotgan bank uchun bu xizmat, hatto, keng filiallar tarmog‘ini yaratmasdan turib, mijoz topshirig‘iga muvofiq operatsiyalarni amalga oshirish va shu yo‘l bilan mijozlar bazasini ham, ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini ham kengaytirish imkonini beradi.Bunday xizmat bank mijozlariga hisobvaraqdagi vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tezkor ravishda investitsiyalashgina emas, balki kapitalning o‘sish jarayonini ko‘rish imkonini ham beradi. Chunki ba’zi tizimlarda omonatga qo‘yilgan mablag‘lardan har kuni olingan daromadni hisoblaydigan maydon bor. Bu mijozning bankka ishonchini bilvosita oshirishi mumkin. Download 269.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling