Mavzu: Tijorat banklarining yangi xizmat turlari (4 soat) reja
Masofadan bank xizmati ko‘rsatish
Download 269.47 Kb.
|
Yangi xizmat turlari
Masofadan bank xizmati ko‘rsatish. Oflayn pejimida masofadan bank xizmati ko‘rsatish katta kamchilikka ega-mijozning bank operatsiyasini amalga oshirish istagi bilan bankning ushbu operatsiyani bajarish haqidagi farmoyishni ijro etish payti o‘rtasida farq paydo bo‘ladi. Ushbu farqning vujudga kelishi mijozning operatsiyani amalga oshirish haqidagi farmoyishini bankka uzatish uchun ancha vaqt sarflanishi bilan bog‘liq. Masofadan bank xizmati onlayn rejimida ko‘rsatilgan takdirda mijozning o‘zi bank operatsiyasini amalga oshirish tashabbuskori bo‘ladi va bu holatda ma’lumotlarni mijozdan bankka elektron usulda uzatish vaqtida vujudga keladigan arzimagan farq hosil bo‘ladi.Masofadan bank xizmati ko‘rsatishning onlayn rejimida amal qilayotgan eng jo‘shqin rivojlanib borayotgan kanali bank mahsulotlari va xizmatlarini internet tarmog‘i orqali taqdim qilishdan iboratdir.Ma’lumotlarni internet tarmog‘i orqali uzatishdan foydalanadigan masofadan bank xizmati ko‘rsatish tizimlarini amalga oshirish chog‘ida banklar ikkita tizimli yondashuvni qo‘llaydilar. Ko‘pchilik banklar mijozlardan o‘zlarining kompyuterlariga o‘rnatilgan maxsus dasturiy ta’minotdan (mijoz-bank tizimidan) foydalanishni talab qiladi. Darhaqiqat, internet-ilovalarga (internet-bank tizimlari) asoslangan zamonaviy tizimlar masofadan bog‘lanish moslamasini o‘rnatib, ammo bank dasturiy ta’minotini foydalanuvchining kompyuteriga o‘rnatmasdan, undan foydalanish imkonini beradi. Bu ikkala yondashuv ham mijozlar uchun ochiq afzallik va kamchiliklarga ega. Shunga qaramay, banklarning hozircha masofadan bank xizmati ko‘rsatishdan foydalanmayotgan mijozlari birato‘la internet-bank tizimlarini tanlab olsalar, to‘g‘ri ish qilgan bo‘ladilar, chunki, an’anaviy tizimlar bir necha yildan keyinroq iste’moldan chiqib qoladi. Mijoz-bank tizimlariga maxsus kompyuter dasturidan foydalanish asos bo‘ladi. Bu dastur mijozga xilma-xil bank operatsiyalarini bajarishda yordam beradi. Bunday dasturlar unga ishning asosiy qismini mustaqil oflayn rejimda bajarish, so‘ngra esa, internet-ulanishni o‘rnatib, bank operatsiyasini oxiriga etkazish imkonini beradi. Shunday qilib, Mijoz-bank tizimlari afzallikka ega bo‘lib, mijozga o‘zining bank axborotini boshqa moliyaviy ma’lumotlar bilan birlashtirish, bunda murakkab bo‘lmagan dasturdan foydalanish imkonini beradi. Mijoz-bank tizimlari yordamida masofadan ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanuvchi mijozlar uchun asosiy muammo bankdagi o‘z hisobvaraqlariga kirish amalga oshiriladigan kompyuterga qo‘shimcha dasturiy ta’minot o‘rnatish zarurligidan iborat, ya’ni mijoz ushbu ilovani o‘rnatishga ma’lum vaqt sarflashiga to‘g‘ri keladi.Eng yangi internet-bank tizimlari mijozga masofadan ulanish qurilmasini o‘rnatish hamda o‘z kompyuteriga biron-bir ilovalarni o‘rnatmagan holda bankning dasturiy ta’minotidan foydalanish imkonini beradi. Buning ustiga bu ta’minotdan har qanday kompyuter orqali foydalanish mumkin. Bundan tashqari, internet-bank tizimlaridan foydalanish uncha qimmat emas. Umuman olganda, agar bank o‘zining internetdagi vakolatxonasi yordamida oddiy elektron bank xizmatini ta’minlasa, bankning operatsiya xarajatlari qisqaradi. Bundan tashqari, bank mijozlar foydalanishi mumkin bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p shaxsiy moliyaviy dastur-ilovalarni moslashtirish o‘rniga murakkab bo‘lmagan kompyuter tizimini ishlatadi. Chiqimlarning kamayishi banklarga internet-bankda mijozga xizmat ko‘rsatganlik uchun ancha kam haq olish yoki uni butunlay bekor qilish imkonini beradi.Ammo, mavjud farqlariga qaramay, mijoz-bank va internet-bank tizimlariga asoslangan masofadan bank xizmati ko‘rsatish mijozlarga xizmat ko‘rsatishning an’anaviy bank usullari oldida o‘xshash afzalliklarga ega, ya’ni:
- kompyuter bor bo‘lgan va internet global tarmog‘iga kirish imkoni bo‘lgan har qanday joydan turib, mijoz o‘z hisobvaraqlaridan foydalanishi hamda transaksiyalarni amalga oshirishi mumkin; - servisdan haftasiga 7 kun, sutkasiga 24 soat mobaynida foydalansa bo‘ladi; - transaksiyalar darhol bajariladi va tasdiqlanadi – ma’lumotlar ishlash vaqti bankomatda ma’lumotlar ishlash vaqti bilan bir xil; - amalga oshiriladigan operatsiyalar doirasi ancha keng: hisobvaraqlar bo‘yicha mablag‘lar harakatini nazorat qilishdan tortib, ipoteka kreditiga buyurtma berishgacha operatsiyalarni bajarish mumkin. Albatta, tabiiy savol tug‘ilishi mumkin. Nima sababdan internet-bank va mijoz-bank tizimlari orqali xizmat ko‘rsatish onlayn rejimida masofadan bank xizmati ko‘rsatishning boshqa usullariga qaraganda istiqbolli? Buning sabablari bir nechta bo‘lib, ularni batafsilroq tahlil qilishimiz mumkin. Download 269.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling