Mavzu: Tijorat banklarining yangi xizmat turlari (4 soat) reja
Internet banking xizmatlari
Download 269.47 Kb.
|
Yangi xizmat turlari
Internet banking xizmatlari.
Mijozlarning uylariga ko‘rsatiladigan bank operatsiyalarinitakomillashtirish va yanada rivojlantirish kommunikatsiya tiziminimodernizatsiya qismini talab etadi. Kelgusida mijozlarga o‘z uylarida bank xizmatlarini ko‘rsatish-aholiga ko‘rsatiladgan xizmatlar shubhasiz, chakana bank xizmatlarining asosiy shakliga aylanadi. Bu bank bo‘limlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kredit va to‘lov kartochkalari, bankomatlardan foydalanishga asoslangan xizmatlarni uyga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari yagona tizimiga birlashtiradi.Hisob- kitoblarni «bank mijoz» dasturiy majmuasi orqali amalga oshirish.«Bank mijoz» dasturiy majmuasi (dastur) bank va mijozning avtomatlashtirilgan o‘zaro aloqasi uchun belgilagan bo‘lib, pul mablag‘larining operativ boshqarishning o‘sishiga va quyidagilarga imkoniyatlar yaratadi: Mijozning har kuni bankka qatnamasligi hisobiga o‘z vaqtini va mablag‘ini tejashga; Manzilning o‘zoq yaqinligiga qaramasdan mijozning bankni o‘zi ixtiyoriy ravishda tanlashiga; Bank mijozlari bo‘lgan fuqarolarga ularning uyida, yuridik tashkilotlarga esa ularning idoralarida avtomatlashtirilgan ish joyini tashkil qilgan holda bank xizmatini ko‘rsatishga; Operatsion va axborotlar sohasida mijozga ko‘rsatiladigan xizmat doirasini kengaytirishga; Bank buxgalterlarining mehnat unumdorligini oshirishga; Amallar (operatsiyalar)ning yuqori tszlikda va sifatli ro‘yxat qilinishini ta’minlashga. Bank mijoz dasturiy majmuasining ishlashi bank bilan mijoz o‘rtasida kommunikatsion aloqa tarmog‘i orqali faylda ma’lumotlar almashinuviga asoslangan. Mijozlar bilan ma’lumotlarni almashish uchun bankda mijozlar uchun pochta qutisi tashkil qilinadi, unga parol va identifikator orqali kiriladi.Mijozlarning so‘rovlarini qayta ishlash, ma’lumotlarni qabul qilish o‘zatish avtomatlashgan holda amalga oshiriladi. Bank mijoz dasturining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: Elektron pul hisob-kitob ho‘jjatlarini tayyorlash; So‘rovnomalar va xabarnomalarni shakllantirish; Elektron imzo va ma’lumotlarni raqamlash; Bank bilan modem aloqasi; Ma’lumotlarni qabul qilish va o‘zatish; Qabul qilingan ma’lumotlarni qayta ishlash; Kerakli ma’lumot va hisobot shakllarini bosmadan chiqarish; Ma’lumotlarni arxivlash. Mijozlarning elektron pul hisob-kitob hujjatlarni bankning ma’lumotlar bazasiga kiritish qo‘yidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi: B ank mijoz dasturi bankning shaxsiy mulki hisoblanadi. Bank mijozlari ushbu dasturning asosiy foydalanuvchilari hisoblanib, ular munosabatlari tartibga solinishi uchun shartnoma to‘ziladi. Dasturiy majmuaga ulanishlari uchun mijozlarda qo‘yidagilar bo‘lishi talab etiladi: 4. Shaxsiy kompyuter; * Modem; * Printer; * Mos dasturiy ta’minot (Windows 2000; Win NT4, NT Server, Windows, XR, Millennium va hokazolardan biri). Elektron pul hisob hujjatlarining to‘g‘ri shakllantirilishi, shifrlanishi va ularning aloqa kanallari orqali bankka o‘zatilishi bo‘yicha javobgarlik mijoz zimmasiga yuklatiladi.Bank mijozning hisobvarag‘idan mablag‘larni to‘g‘ri hisobdan chiqarilganligi va o‘tkazilganligi, hamda elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha axborotni o‘z vaqtida o‘zatish uchun javobgardir.«Bank mijoz» dasturiy majmuasining ish tartibi.Aloqa kanallari orqali mijoz bilan bank o‘rtasidagi axborot almashinuvi shartnomada kelishilgan vaqtda amalga oshiriladi. YAngi amaliyot kuni boshlanishdan oldin mijoz o‘tgan kun bo‘yicha o‘z depozit hisobvarag‘idagi harakatlar (oborotlar) va qoldiqlarni bank bilan taqqoslab (tekshirib) olishi shart. Agar harakatlar va qoldiqlar mos kelsa, mijozga yangi amaliyot kunini boshlash va hujjatlarni kiritish uchun ruxsat beriladi. Aks holda ular o‘rtasidagi farq sabablari aniqlanadi va mijoz axboroti bank axboroti bilan muvofiqlashtiriladi. SHaxsiy hisobvaraqlardagi harakatlar va qoldiqlarning taqqoslash natijalaridan qat’iy nazar bank bilan mijoz o‘rtasidagi axborot surovnomalari va xabarlar almashinishi amalaga oshiriladi.Bu tizim orqali hisob-kitob qilishda mijoz o‘z hisobvarag‘idan mablag‘larni faqat to‘lov topshiriqnomasi shaklida amalga oshiradi. Bankda mijozlardan aloqa kanalari orqali olingan elektron pul hisob-kitob hujjatlari, to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin ikki nusxada bosmaga chiqariladi: bir nusxasi umumiy tartibda bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi; boshqa nusxasi esa taqqoslash uchun pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalarini olguncha bankda qoldiriladi. Mijoz aloqa kanallari orqali jo‘natilgan pul hisob hujjatlarining asl nusxalarini bankka shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda etkazishi lozim, bunda elektron hujjatlar asl nusxa bilan solishtirilib, buxgalter imzosi va unga biriktirilgan bank shtampi bilan tasdiqlanadi va elektron hujjatlarning nusxalari bilan birgalikda bankning kunlik hujjatlariga tikib qo‘yiladi. Dasturdan foydalanuvchi mijozlarning pul hujjatlarining asl nusxalarini yuritish uchun bankda alohida hujjat aylanmalari (dokument oborot) yuritiladi.Mijozning ish tartibi,mijoz pul hujjatlarini 60-yo‘riqnomagaasosanrasmiylashtiradi.Mijoz ma’lumotlarini hisob-kitob hujjatining asl nusxasiga asoslangan holda amalga oshiradi. Kompyuterga kiritilgan hujjatlarning ro‘yxati bosmadan chiqarilishi zarur. Javobgar xodim (bosh buxgalter yoki ushbu majburiyat yuklangan boshka bir shaxs) ushbu ro‘yxatlarni pul hujjatlarining asl nusxalari bilan taqqoslashi, ularning mosligini tasdiqlashi va bankka jo‘natish uchun ruxsat berishi lozim. Axborotlar elektron imzo bilan tasdiqlangandan keyin u kriptografik himoyaga o‘tadi va aloqa kanali orkali xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga o‘zatiladigan elektron fayl shakllantiriladi. Kriptografik himoyadan o‘tgan fayl, mijozni uni daxl qilish imkoniyatidan mahrum qiladi.Tijorat bankida qabul qilingan axborotlar dasturiy ravishda qayta ishlanadi. Va kelib tushgan hujjatlar, elektron pul hisob-kitob hujjatlari, shaxsiy hisobvaraqlar ro‘yxati shakllanadi.Mijoz qabul qilingan ma’lumotni kompyuter ekranida ko‘rishi va uni bosmaga chiqarishi mumkin. Mijoz uni o‘chirish yoki o‘zgartirish imkoniga ega emas. Pul hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha bankdan jo‘natilgan va qabul kilingan barcha axborotlar axborotlar dasturiy ravishda arxivlanadi hamda o‘rnatilgan tartibda saqlanadi. Axborotlarni saqlash muddati tugashi bilan dasturiy ravishda arxivdan o‘chiriladi. Arxivga faqat korxonaning javobgar yoki ruxsat berilgan xodimgina kirish mumkin.Mijozlar bilan axborotlar almashinish uchun bankda har bitta mijozga alohida pochta qutisi tashkil etiladi. Mijozlardan kelib tushgan barcha axborotlar dasturiy ravishda deshifratsiya qilinib, rekvizitli nazoratdan o‘tadi va bankning ma’lumotlar bazasiga «Kiritilgan» maqomi ostida tushiriladi. Zarur hollarda bankning javobgar xodimi o‘z ish joyida qo‘shimcha tekshirilishi lozim bo‘lgan elektron hujjatlarni bosmadan chiqaradi va bankning tegishli bo‘limlari bilan kelishadi. Pul hujjatlari o‘rnatilgan tartibda tekshirilgach ular tasdiqlanadi va bankning amaliyot kuniga qayta ishlash uchun yuboriladi, keyin esa elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha oluvchiga jo‘natiladi. Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘lar yo‘q bo‘lgan hollarda, pul ho‘jjatlari bilan butun fayl qayta ishlashdan chiqarib tashlanadi va mijozning pochta qutisiga qaytariladi. Agar shartnomada yoki boshqa me’yoriy hujjatlarda boshqasi nazarda tutilmagan bo‘lsa.Elektron to‘lovlar tizimi orqali kelib tushgan pul hujjatlari ijro etilgandan so‘ng mijozning pochta qutisiga joylashtiriladi. Kun davomida mijozlardan olingan barcha ma’lumotlar arxivlanadi va o‘rnatilgan tartibda saqlanadi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining mahsulot va xizmatlariga talab mavjud ekan, ular ham faoliyat ko‘rsatadi. Tijorat banklari rivojlanish strategiyasida asosiy yo‘nalish sifatida yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish yoki ularni modernizatsiya qilishga e’tiborlarini qaratadilar. Yaqinda yuz bergan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning oqibatlarini, shuningdek, hozirgi vaqtda jahonda globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotganligini e’tiborga olgan holda, bank-moliya tizimi barqarorligini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish hamda bank tizimiga aholi va korxonalarning ishonchini yanada mustahkamlash maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Binobarin, tijorat banklari yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini o‘zlarining iqtisodiy o‘sishini va raqobatbardoshligini, barqarorligini ta’minlashda muhim vosita sifatida baholaydilar. Chunki banklar bozorda yangi mahsulotlarni joriy etish va sifatini yaxshilamasdan samarali faoliyat ko‘rsata olmaydilar.Hozirgi vaqtda jahonda tezkorlik bilan rivojlanib kelayotgan, muammoli va istiqbolli yangi bank xizmati-internet-banking (internet-banking) hisoblanadi. Internet-bankingning rivojlanishi hozir etarli darajada istiqbollidir. Aksariyat ilg‘or tijorat banklari, xususan, Ipak yo‘li bank (Ipak yo‘li-Online), Samarqand bank (Samarqand-Online), TIF Milliy bank (R-bank), Turon bank, O‘zsanoatqurilishbank, Hamkorbank, Asia Alliance bank, Hi-Tech bank (i-bank), Invest Finance bank va boshqalar internet orqali mijozlar bilan hamkorlik qilmoqdalar. Mutaxassislarning fikricha, kelajakda bank mijozlarining qariyb yarmi internetning global jahon tarmog‘idan banklar bilan hamkorlik qilish uchun foydalanadilar. Ta’kidlash lozimki, mijozning talabi bo‘yicha uning bank mutaxassisi bilan bevosita muloqotisiz bank mahsulotlari va xizmatlarini berishni ham masofadan bank xizmati ko‘rsatish deb atash mumkin. Masofadan bank xizmati ko‘rsatishni ta’riflash uchun bir qator asosiy omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin, lekin, bizning nazarimizda bankning mijoz talablariga darhol munosabat bildirishi eng muhim omildir. Ushbu omil asosida xizmatlarni darajalab, banklar masofadan bank xizmati ko‘rsatish doirasida amalga oshiradigan hamma operatsiyalarni ikkita asosiy toifaga: oflayn (off-line) rejimida va onlayn (on-line) rejimida o‘tadigan operatsiyalarga ajratish mumkin Download 269.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling