Mavzu: Tik shaxta stvoli markazi va o‘qini tabiy sharoitda (joyda) belgilash va o‘rnatish. Reja


-rasm. Balandlik otmetkasini lenta orqali uzatish sxemasi


Download 491.05 Kb.
bet2/6
Sana23.01.2023
Hajmi491.05 Kb.
#1113669
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tik shaxta stvoli markazi va o‘qini tabiy sharoitda (joyda) belgilash va o‘rnatish.

20.1-rasm. Balandlik otmetkasini lenta orqali uzatish sxemasi
Shaxtada boshqa Rsh reper joylashgan. Rsh reperning zsh balandlik qiymatini topishni lenta yordamida amalga oshiramiz. Lenta 100, 200, 400 va xatto 1000 m uzunlikda bo‘ladi.
Lentalar shaxta stvoli og‘zi yaqiniga ishonchli qilib maxkamlangan barabanga o‘raladi va mustaxkam qilib berkitiladi.


zш = zп + ап – (n1n2) – bш + L

Yer osti kon lahimlaridagi vertikal tasvirga olish yoki nivelirlash quyidagi asosiy maqsadlarda amalga oshiriladi:



Har bir gorizontda stvol oldi hovlisida vertikal bog‘lash syomkasi orqali hosil qilingan reperlar otmetkasi yer osti balandlik tarmoqlarini qurishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Balandlik tarmoqlari reperlari asosiy kon lahimlarining asos qismida, yon devorlarida hamda shift qismida o‘rnatiladi, shu bilan birgalikda planiy tayanch tarmoqlarining doimiy punktlaridan reperlar sifatida foydalanishimiz mumkin. Reperlarning siljimasligini nazorat qilish uchun bir-biridan 20-50 m masofada reperlar juft holatda o‘rnatiladi. Juft reperlar orasidagi masofa 500 m dan oshib ketmasligi kerak.
Yer osti balandlik s’yomkasi geometrik va trigonometrik nivelirlash orqali amalga oshiriladi.
Kon lahimlarining qiyaligi 5-8° gacha bo‘lganda geometrik nivelirlash amalga oshiriladi. Yer osti kon ishlarida kamroq massaga ega bo‘lgan, o‘lchamlari katta bo‘lmagan, kichik masofalarda minimal kuzatish hamda chang va namga qarshi himoyalangan nivelirlar qo‘llaniladi. Nivelir reykalari esa yer yuzasida texnik nivelirlashda qo‘llaniladigan uzunligi 1.7 m li yaxlit hamda 2.1 m li reykalaridan foydalaniladi.
Geometrik nivelirlash o‘rtadan turib o‘lchash usulida bajariladi. Yer osti kon lahimlarida nivelirlash sxemalari xilma-xilligi, ya’ni reperlar kon lahimining shift hamda asos qismida joylashganligidan yer yuzasidagi nivelirlashdan farqlanadi.
Bunda nisbiy balandlikni hisoblash formulasi:
h=a – b;
Reperlarning kon lahimining shift hamda asos qismida joylashganligidan kon lahimi asosidagi reperda joylashgan reykadan olingan sanoq musbat ishora, kon lahimi shift qismidagi reperda joylashagan reykadan olingan sanoq manfiy ishora bilan belgilanadi
Yer osti kon lahimlarida quyidagi geometrik nivelirlash sxemalari bo‘lishi mumkin:


Download 491.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling